O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy )markazi


Bitiruv ishi mavzusining nazariy va amaliy ahamyati



Download 1,78 Mb.
bet5/18
Sana04.10.2022
Hajmi1,78 Mb.
#851268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Karimova RozaBMI 2022

Bitiruv ishi mavzusining nazariy va amaliy ahamyati. Bitiruv ishi natijasida olingan xulosalar Urganch davlat universitetining kimyo yo‘nalishi talabalariga, boshqa oliy ta’lim muassalarining kimyo mutaxassisligi, magistratura, doktarantura tinglovchilariga Noorganik kimyoning “Bionorganik” kursini o‘qitishda “Zamonaviy bionorganik kimyoning rivojlanish istiqbollari” mavzusini pedagogik texnologiyalardan foydalanib, hozirgi ekologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Atmosfera havosini ifloslantiruvchi omillar, Sanoat chiqindi gazlarining doimiy nazorati, avtotransport chiqindi gazlarini monitoringi o‘tkazish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, olingan natijalar o‘quv jarayonini sifatini ta’minlashda, samaradorligini oshirishda, nazariy va amaliy ishlarda hamda ilmiy va amaliy tajribalarni tashkil etish va uni talab darajasida o‘tkazish jarayoni sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Bitiruv ishi mavzusining tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, o‘n bitta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan shuningdek, 16 ta rasm, 2 ta jadval bilan yoritib berilgan. Bitiruv ishida 33 ta adabiyotlardan, dissertatsiyadan, o‘quv va ilmiy-metodik ishlardan, 10 ta ilovalar-dan foydalanilgan. Ishning asosiy hajmi 52 betni tashkil etadi.


I Bob. “Zamonaviy bionorganik kimyoning rivojlanish istiqbollari” mavzusini o‘qitishning nazariy qismlari.

    1. Biosfera va geosferadagi kimyoviy elementlar

Kimyoviy moddalar insonlarga, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to‘fon, dovul, yong‘inlar, qurg‘oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi.Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta’siri natijasi fan-texnika inqlobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xujaligining tiklanishi xalq xujaligining o‘sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo‘lishiga, chiqidilar bilan atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi.Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo‘lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar.


Biosfera (yunonchadan bios – hayot va sphaira – shar, qobiq) — Erning tirik organizmlar tarqalgan qobig‘i. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bog‘liq. Biosfera ya’ni "hayot qobig‘i" to‘g‘risidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan. "Biosfera" terminini esa avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) fanga kiritgan. Biosfera to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.
V.I.Vernadskiy nafaqat tirik organizmlarga, balki ular yashaydigan geologik qobiqlarga ham biosfera tushunchasini kiritgan. 1926 yilda uning "Biosfera" kitobi nashr etildi, unda u tirik organizmlar faoliyati Erning geologik qobig‘ini o‘zgartirishi va biosferani yaratishi ko‘rsatilgan.
Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO2); oltingurgut oksidlari (SO, SO2); vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inert gazlardan: frionlar (SN3ClF, C2H4ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og‘ir metallar temir (Fe), qurg‘oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar.Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo‘yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qayta ishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug‘ri keladi.Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o‘g‘itlar hisoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis - zahar va cid - o‘ldirmoq) deb ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko‘ra uch guruxga bo‘lamiz:
1. Anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar);
2. O‘simlik, zamburug‘, bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar;
3. Organik birikmalar, ular ta’siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar.

XXI arga kelib inson tabiatga nisbatan tajavvuzkorlik bilan munosobatda bo‘lmoqda, buning natijasida eng avvalo tabiatga juda katta zarar etkazilmoqda bu esa tabiiy muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatib global ekologik muammolarni kelib chiqishiga olib kelmoqda, shu bilan birga inson salomatlagiga zarar etkazmoqda.Har yili sayyoramiz bo‘yicha 2.9 mlrd tonna har-xil mahsulotlar ishlab chiqiladi, 130 mlrd tonna ruda qazib olinadi bu degani har bir tonna mahsulot ishlab chiqishimiz uchun 25-60 tonnagacha tabiatga chiqindilar tashlamiz.Agar quruqlikni 9-12%ni qishloq xo‘jaligi erlari, 22-25% ni yaylovlar, 2-3%ni yo‘l,uy-joy, korxonalar va 1%ni kon-qazilma boyliklari maydoniga to‘g‘ri kelishini e’tiborga olsak, unda har bir kvadrat kilometrga 17-24 tonna chiqinli to‘g‘ri keladi.Hozirgi kunga kelib har yili 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg‘oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (P2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o‘g‘it sifatida tabiatga tashlanmoqda. Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish chora tadbirlari. Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi.Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashai uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. O‘zbekiston ham ko‘plab rivojlangan mamlakatlar qatoriga yangi ming yillikga qator ijtimoiy-iqtisodiy demografik va ekologik xarakterga ega bo‘lgan dunyo miqyosidagi muammolar bilan kirib keldi. Tabiiy resurslardan jadal foydalanish, moddalarning tabiiy aylanish tarkibiga kirmaydigan ishlab chiqarishning foydalanishning mumkin bo‘lmagan mahsulotlarning atrof-muhitga tashlash, ekologik jihatdan xavfli bo‘lgan biotexnologiyalardan foydalanish energiya manbalaridan va boshqalar inson faoliyati bilan o‘rab turuvchi muhitning holati orasidagi muvozanatning buzilishiga olib keldi. Ko‘pchilik holatlarda buzilgan muhitda tirik organizmlarning yashash faoliyati bilan ularning adaptasion mexanizmlari imkoniyatlarining mos kelmasligi kuzatilmoqda. Yuqori texnogenli yuklamalar natijasida ta’minlab beruvchi tashqi muhit tajovuzining ortishi tirik organizmlar genofondining sifatiga albatta o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, qaysiki tabiiy evolyusion moslashishning tezligi atrof muhitning o‘zgarish jadalligiga mos kelmaydi va bu esa o‘z navbatida tabiatda «Ekologik keskinlik» sindromini chaqiradi. Ekologik keskinlik sifati jihatdan yangi xarakterga ega bo‘lish bilan birga katastrofik mashtabni egallamoqda. Bunday sharoitlarda organizm bilan muhit orasidagi munosabatlar murakkablashadi va keskinlashadi. O‘tgan asrning 90-yillarida O‘zbekiston hududida ko‘plab sanoat korxonalari qurildi. Masalan, Qoravulbozor neftni qayta ishlash, Muborak gaz kondesat zavodi, Navoiy azot o‘zeli, Navoiy tog‘ metallurgiya kombinati, Jizzax akkumulyator zavodi va hokazolar tomonidan tashqi muhitga zaharli sanoat chiqindilari chiqarilmoqda. Organizmlar yashayotgan muhitning texnogen o‘zgarishlari orasida uning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi ancha ayanchli asoratlarga olib kelmoqda. Turli tabiatga ega bo‘lgan zaharli moddalar ancha yuqori xavf tug‘diradi. Ifloslovchi moddalar texnogen moddalar yoki tabiiy xarakterdagi aralashmalar sifatida kimyoviy elementlarni migrasiyalanish va energiyani transformasiyalanish sikllarini buzadi va ekotizimning yaxlit faoliyatiga noqulay ta’sir ko‘rsatadi. Biosferada dunyo miqyosidagi hududiy va lokal oqimlari va ksenobiotiklarni, ya’ni biosfera uchun begona bo‘lgan kimyoviy birikmalarning aylanishi shakllanadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarning tarkibini aniqlash, ularning zararli jihatlarini o‘rganish va chiqindilarni zararsizlantirishning optimal usullarini ishlab chiqish hamda ulardan oqilona foydalanish istiqbollarini yaratish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Biz o‘z oldimizga Samarqand superfosfat korxonasidan chiqayotgan chiqindilarni tarkibiy jihatdan o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqishni maqsad qilib oldik. Samarqand superfosfat korxonasidan chiqayotgan chiqindilarning mikroelementar tarkibini o‘rganish tajribalari Samarqand davlat universiteti “Mikroelementlar ilmiy tadqiqot laboratoriyasi”da olib borildi. Chiqindi tarkibidagi mikroelementlar tarkibi Kovalskiy (1969), Xavezov (1983) va Aleskov (1988) usullari yordamida atom-adsorbsionli’ spektrofotometr (“Saturn”)dan foydalanilgan holda aniqlandi. Biosfera - Yerdagi tirik organizmlarning mavjudlik maydoni bo‘lib, butun gidrosferani, litosferaning yuqori qismini - 4 km chuqurlikdagi, atmosferaning pastki qismini - Yer yuzasidan ozon qatlamiga qadar qismlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu geologik qobiqlar turli xil biogeotsenozlarda kechadiga moddalar aylanishi va energiya oqimlari bilan bog‘langan.

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish