O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

 
Ho’l mevalarning sifat tahlili 
Urug’li mevalar 
Olma.
Tez pishar olma navlarining sifati GOST 16270-70 ga, kech pishar olma 
navlarining sifati esa GOST 21122-75 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu Davlat 
standartlari talabi bo’yicha tez pishar olmalar sifat ko’rsatkichlari bo’yicha 1-chi va 2-chi tovar 



navlariga bo’linsa, kech pishar olma navlari esa oliy, 1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga 
bo’linadi. Olmalarni tovar navlariga ajratishda asosiy ko’rsatkich tekshirish uchun namuna 
sifatida olingan olmalarning eng katta ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Masalan, 
kech pishar olmalarning dumaloq shaklli oliy navida ko’ndalang kesimining diametri 65 mm 
dan, 1-navida 60 mm dan, 2-navida 50 mm dan, 3-navida esa 40 mm dan kam bo’lmasligi talab 
etiladi. Bundan tashqari olmalarning sifatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlarga ularning 
tashqi ko’rinishi, pishib etilganlik darajasi, hidi, ta’mi kabi ko’rsatkichlari kiradi. Chirigan, 
shishgan, eti qoraya boshlagan olmalar sotishga ruxsat etilmaydi. 
Nok.
Nok issiqsevar daraxt, mevasi olmaga nisbatan ancha nozik, shuning uchun 
saqlashga va tashishga chidamsizroq meva hisoblanadi. Nokni asosan ho’l meva sifatida iste’mol 
qilinadi va undan kompot, murabbo, stukat kabi mahsulotlar tayyorlashda ham foydalaniladi. 
Nokning kimyoviy tarkibida quyidagi moddalar mavjud (%): suv 82-85%, qand 6,5-13, 
kraxmal 0,3, kletchatka 0,6-0,9, pektin moddalari 0,2-0,3, organik kislotalar 0,1-0,5, mineral 
moddalar 0,3-0,7, oshlovchi moddalar 0,02-0,17. Shuningdek, nok mevalari tarkibida S
1
,V
1
,V
2
va boshqa vitaminlar ham uchraydi.
Nokning shakli yassi-yumaloq, yumaloq, tuximsimon, ovalsimon bo’ladi. Po’stlog’ining 
rangi asosan bir xil, yashil, sarg’ich-yashil, sariq ranglarda bo’ladi. Mag’zi esa oq, krem, pushti 
rangli, konsistenstiyasi qattiq, donador, mayda donador, dag’alroq, yopishqoq, mayin, 
uqalanuvchan, moysimon, og’izda tezda eriydigan holatlarda bo’ladi. 
Nok ham pishib etish muddatiga qarab yozgi, kuzgi va qishqi navlariga bo’linadi. 
Yozgi navlari iyul-avgust oylarda pishib etiladi, ular saqlashga deyarli yaramaydi 
(saqlanish muddati 10-20 kun). Yozgi navlariga Vilyams yozgi navi, Zuhra, Lastochka, Podarok, 
Rano kabi navlari kiradi. 
Kuzgi navlari avgust oyining oxiri, sentyabr oyining boshlarida daraxtdan uziladi. Ular 
ikki-uch oylar saqlangandan keyin yaxshi pishib etiladi. Mevalar tashishga yaroqli. Kuzgi 
navlarga Lesnaya krasavista, Kuzgi qizil nashvati, Paxtakor, Medovaya navlarini kiritish 
mumukin. 
Qishgi navlari sentyabr oyining oxiri va asosan oktyabr oyida daraxtdan uziladi. 
Daraxtdan uzilganda mevalar qattiq konsistenstiyaga ega bo’lib, ularning ta’mi va hidi ham kam 
seziluvchan bo’ladi. Qishgi nav mevalar bemalol 4-5 oy saqlanadi va ularni uzoq masofalarga 
ham ham tashish mumkin. Qishgi navlarga Qishgi Dekanka, Royal Zimnyaya, Olive de Serr, 
Qishgi nashvati, Kofe kabi navlarini kiritish mumkin. 
Yangi uzilgan tezpishar noklar sifatiga ko’ra 1-chi va 2-chi tovar navlariga (GOST 
21714-76), kechpishar noklar esa 1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga (GOST 21713-76) 
bo’linadi. 
Nok mevalarining 1-chi va 2-chi tovar navlari bitta pomologik navdan tashkil topib
shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, pishib etilganlik darajasi bir xil, ombor 
zararkunandalari bilan zararlanmagan va kasalliklarga chalinmagan bo’lishi kerak. Nok mevalari 
uchun ham tovar navlarini belgilashda asosiy ko’rsatkichlardan biri meva katta ko’ndalang 
kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich birinchi tovar navlarida 55 mm dan, ikkinchi 
tovar navlarida 45 mm dan, uchinchi tovar navlarida esa 35 mm dan kam bo’lmasligi yuqorida 
keltirilgan standartlarda qayd etilgan. 
Behi.
Behi daraxti issiqsevar, mevasi katta, tukchalar bilan qoplangan, shakli olmaga 
yoki noka o’xshash bo’ladi. Mevasining eti zich, ta’mi tishni qamashtiruvchi, hidi hushbo’y va 
yoqimli bo’ladi. Behidan yuqori sifatli murabbo, marmelad, kompot, jem singari mahsulotlar 
tayyorlanadi. 
Behi mevalarining o’rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha (%): suv 81-85, umumiy qand 
5-12 (fruktoza ko’proq), organik kislotalar 0,5-0,9 (asosan olma va limon kislotalari), kletchatka 
1,5, pektin moddalari 0,5-1,5, oshlovchi moddalar 0,44-0,66, mineral moddalar 0,8 (temir va mis 
ko’proq). Shuningdek, behi tarkibida S
1
,V,V
2
va boshqa vitaminlar uchraydi. Yangi uzilgan behi 
mevasidan kamqonlik va boshqa kasalliklarda foydalaniladigan tarkibida temir moddasi ko’p 
bo’lgan ekstraktlar tayyorlanadi. 



Behilar pishish muddatiga qarab ertapishar va kechkipishar turlariga bo’linadi. 
Behilarning ertapishar navlari sentyabr oyida, kechkipishar navlari esa oktyabr oyida yig’ib-terib 
olinadi. Ularning kechkipishar navlarini 4-8 oy saqlash mumkin. Saqlash jarayonida behi mevasi 
biroz yumshaydi, taxirligi kamayadi va o’ziga xos xushbuy hid paydo qiladi. Shu sababli
murabbo, jem va boshqa mahsulotlar olish uchun uzoqroq saqlangan mevalardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Xo’jalik botanik belgilari bo’yicha behilar ham ikki pomologik guruhga (GOST 21715-
76), sifati bo’yicha esa 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo’linadi. Ularning sifatini aniqlashda 
tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, pishib etilganlik darajasi va ruxsat etiladigan chetlanishlar 
darajasi kabi ko’rsatkichlariga katta e’tibor beriladi. Eng katta ko’ndalang kesimining diametri 1-
navida kamida 60 mm, 2-navida esa kamida 45 mm bo’lishi kerak. Respublikamizda behilarning 
Non behi, Baxri, Turush, shirin, Samarqand kabi navlari etishtiriladi.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish