Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana09.03.2022
Hajmi1,68 Mb.
#487083
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
2. Mamatqulova M. BMI 2021

Maummoli vaziyat 
Barcha 
Elementar zarralarning mavjudligining asosiy sababini tushuntirib bering. 
 Amaliy koʻ nikma 
1.
Barcha turdagi ta`sirlarda ishtirok etuvchi zzrrachani nomini toping 
2.
Elementar zarralar qanday holatda boʻ ladi? 
3.
Zarra va antizarra uchrashuv qolganda qanday jarayon hosil boʻ ladi. 


57 
III bob. 
PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING 
NATIJALARI
3.1.
 
Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish 
Pedagogik tajriba-sinovining maqsadi. Pedagogik tajriba-sinov pedagogik 
tadqiqotning murakkab va asosiy metodlaridan biri hisoblanadi. Pedagogik tajriba 
kuzatish bilan chambarchas bog‘liq, lekin u bilan cheklanmaydi. 
Pedagogik tajriba fizika оʻqitishda оʻziga xos jarayon bоʻlib, qaralayotgan 
sharoitda pedagogik hodisalarni kuzatish imkoniyatini beradi. 
Pedagogik tajriba-sinovning mazmunini belgilovchi uchta asosiy xususiyati 
mavjud bоʻlib, bu xususiyatlar bilan pedagogik tajriba-sinov pedagogik 
tadqiqotning boshqa xususiyatlaridan farq qiladi. 
Bular quyidagilar: 
a) оʻqitish jarayoniga tadqiqotning maqsadi va ilgari surilgan g‘oyalariga mos 
ravishda kerakli оʻzgarishlarni kiritish; 
b) оʻquv jarayonining turli tomonlarining оʻzaro bog‘lanishini aks ettiruvchi 
va chuqurroq оʻrganuvchi sharoitlarni hosil qilish; 
s) оʻquv jarayoni va unga kiritilgan оʻzgarish natijalarini hisobga olish [15]. 
Pedagogik 
tajriba-sinovning 
maqsadi 
оʻquv-tarbiya 
jarayonida 
qоʻllanilayotgan vosita va metodlarni, u yoki bu оʻquv materialining berilgan 
hajmini kоʻrsatilgan vaqtda оʻrganish imkoniyatlarini effektivligini hal etishdan 
iboratdir. 
Bitiruv malakaviy ishining asosiy holatlarini tajriba-sinovdan oʻ tkazish bir 
necha bosqichda, 2020-2021-oʻquv yilining ikkinchi yarim yilligida amalga 
oshirildi. Piskent tumani 17-umumiy oʻrta ta`lim maktabining bitiruvchi sinflari 
oʻrtasida tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi.
 
Birinchi bosqichning (fevral) asosiy maqsadi, tanlangan mavzuning fizika 
darslarida oʻquvchilarning fizik bilimlari qanday darajada ekanligini oʻrganish, 
oʻquvchilarda atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarning shakllanganlik darajasini 
aniqlash 
mezonlarini 
ishlab 
chiqishdan 
iborat 
boʻldi. 
Buning 
uchun 


58 
oʻquvchilarning fizikadan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlardagi faoliyatlari 
oʻrganildi. Fizika fanining umumiy oʻrta ta`lim maktablari bitiruvchi sinflari uchun 
dars dasturlari rejasi tahlil qilindi. Maktabdagi fizika darslari kuzatildi. 
 
Ma'lumki, har bir ishda tashxisning toʻ g‘ri qoʻyilishi keyingi ishlarning 
samaradorligini belgilaydi, shu boisdan oʻquvchilarda Atom va yadro fizikasiga 
oid bilimlarning shakllanganlik darajasini dastlabki holatini aniqlashga alohida 
ahamiyat berildi. Oʻquvchilar bilan anketa soʻrovnomalar oʻ tkazildi. Javoblar 
tahlili natijalaridan, oʻquvchilarning koʻ pchiligida (50-60%) Atom va yadro 
fizikasiga bilimlarning shakllanganligi yetarli darajada emasligi aniqlandi.
 
Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida (mayda) oʻquvchilarda atom 
va yadro fizikasi tushunchalarga oid bilimlar shakllanganlik darajasining dastlabki 
holati aniqlandi, atom va yadro fizikasi tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish 
imkoniyatlari izlandi. Shu maqsadda ilg‘or pedagogik tajribalar oʻrganildi, 
umumlashtirildi. Tajriba boshlanishida oʻzlashtirish darajalari bir-biriga yaqin 
boʻlgan ikkita bitiruvchi sinflar tanlab olindi. Bunda 11-a va 11-b sinf oʻquvchilari 
ishtirok etishdi. 
 
Atom va yadro fizikasi tushunchalarga oid bilimlarning shakllanganlini 
aniqlash uchun uch darajali (yuqori, oʻrta, past) mezondan foydalanildi. Pedagogik 
tajriba-sinovda ishtirok etgan 43 nafar oʻquvchining eksperimental tayyorgarlik 
darajasi talablar boʻ yicha baholanganda: 5 nafar (12%) oʻquvchi “yuqori”, 19 
nafar (46%) oʻquvchi “oʻrta”, 19 nafar (42%) oʻquvchi “past” natijalarga erishdi. 
Bundan oʻquvchilarda atom va yadro fizikasi tushunchalarga oid bilimlarning 
shakllanganlik darajasini oshirish lozim, degan xulosaga kelindi.
 
Ikkinchi bosqichning asosiy maqsadidan yana biri boʻ lgan atom va yadro 
fizikasi tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va 
aprobatsiyadan oʻtkazishga qaratildi. Birinchi bosqichdagi xulosalarga tayangan 
holda, tavsiya etilayotgan metodikaga tuzatishlar kiritildi. Masalalar yechish bilan 
bog‘liq boʻlgan topshiriqlarni bajarishda muammoli savollardan foydalinildi. 
Bunday muammoli vaziyatlar yaratilishi natijasida, oʻquvchilar oʻzlarida 
yetishmayotgan atom va yadro fizikasiga oid bilimlarni shakllantirishga ehtiyoj 


59 
sezib, oʻqish motivlari vujudga kelgach, kvant tushunchalarga oid bilimlar 
shakllantirildi. Tajriba-sinov ishlarining natijalari umumlashtirildi, sifat va 
miqdoriy jihatdan ishlov berildi.
Atom va yadro fizikasiga oid bilimlarni shakllanganlik darajasini aniqlash 
maqsadida 2021-yilning fevral oyida Piskent tumani 17- umumiy oʻrta ta`lim 
maktabining 11-a va 11-b sinflarida tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichi 
oʻtkazildi. Tajriba oʻtkazish jarayonida atom va yadro fizikasiga oid boʻlgan 
bilimlarning umumiy oʻrta ta'lim fizikasi mazmunidagi masalalar, laboratoriya 
ishlari va namoyishli tajribalarni mustaqil bajara olish va ularni oʻquvchilarga 
tushuntira olishiga alohida e'tibor qaratildi. 
Tajriba-sinov ishlarining bu bosqichini amalga oshirish uchun quyidagi 
vazifalar qoʻyildi:
 
– Fizikadan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini kuzatish, ushbu 
mashg‘ulotlarning tashkil qilinishi va mazmunini atom va yadro fizikasi 
tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish nuqtai nazaridan tahlil qilish.
 
– Nazorat, laboratoriya ishlarini bajarish va topshirishlarini tahlil qilish.
 
– Oʻquvchilar bilan soʻrovnoma oʻ tkazish, suhbat olib borish.
 
Soʻrovnoma va suhbat davrida oʻquvchilar umumiy oʻrta ta'limning oʻ tgan 
sinflarda fizika fanidan qanday atom va yadro fizikasiga oid masalalar va 
laboratoriya ishlarini bajarganligi, qanday namoyishli tajribalarni kuzatganligini 
topshiriqlar asosida tekshirildi.
 
Mashg‘ulotlarni kuzatish jarayonida atom va yadro fizikasi tushunchalariga 
oid bilimlarni shakllantirish masalasiga asosiy e'tibor qaratildi. Bitiruvchi sinf 
oʻquvchilarining atom va yadro fizikasiga oid bilimlarni shakllanganlik darajasini 
aniqlash maqsadida hal qilinayotgan muammo boʻ yicha quyidagi savollar ishlab 
chiqildi. Savollar muammo boʻ yicha dastlabki ma'lumotlarni olish uchun 
oʻquvchilarga taklif qilindi. Quyida bu savollar keltirilgan: 
1.
Atom nima?
 
2.
Atom tuzilishi haqidagi dastalbki fikrlar
 
3.
Atom tarkibi?
 


60 
4.
Atom modellari turlari?
 
5.
Elektron, proton, neytron zarralarining ishoralari qanday?
 
6.
Yadro tarkibini ayting?
 
7.
Izotoplar, izobarlar va izotonlar nima? 
 
Olingan natijalarning tahlili guruhlarda oʻquvchlarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari 
bir-biriga yaqin ekanligni koʻrsatdi. Bundan oʻquvchilarni bilimlarning 
shakllanganlik darajasini oshirish lozim, degan xulosaga kelindi. Tadqiqot ishining 
keyingi bosqichida tajriba va nazorat guruhlariga tanlandi. Tanlangan sinflardagi 
oʻquvchlarga bilimlarining shakllanganlik darajasini aniqlash har bir oʻquvchiga 
alohida individual ravishda mustaqil bajarish kerak boʻlgan quyidagi test 
topshiriqlari berildi va ularning javoblari tahlil qilindi: 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish