O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika



Download 1,38 Mb.
bet2/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari




  • Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari mavzulari va ularni o’zlashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar




Glossariy




Ilovalar




Fan dasturi




Ishchi fan dasturi




  • Tarqatma materiallar




  • Testlar




  • Nazorat savollari




  • Baholash mezoni







  • Fan o`qituvchisi haqida ma`lumot





Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 fevralida (№107 –sonli buyrug‘i) tasdiqlangan O‘quv uslubiy majmualarni tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma asosida ushbu majmua ishlab chiqildi.


MA’RUZA MATNI



1- Мavzu:

PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING PREDMETI VA TARIXIY RIVOJI




Pedagogik diagnostikaning paydo bo’lishi juda qadimiydir. Uning tarixi pedagogik faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan buyon mavjud bo’lsa, bu faoliyatning me’yorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o‘quvchi-talaba bilimiga baho qo'yish, uni sinov, imtihon qilish, munozara, mushoira o‘tkazish, pirovard bilimlarni bilib olish boshlangan yerda diagnostika ham turli shakl va ko‘rinishlarda mavjud bo’lgan. Faqat bularning farqi shundaki, ibtidoiy va o‘rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostik tahlil qilishning ilmiy asoslari yo‘q edi.


Hamma zamonlarda ham o‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi o‘quvchi talabani o‘qish, o‘rganish, o‘zlashtirish, bilish hamda olgan bilimlarini kundalik hayotda foydalana olishlari bilan baholangan va natijalangan. Ma’lumki, mamlakatimizda uch ming yillar avval ham bilim olish va mutolaa qilish oilada, jamoa muhitida ustoz-shogirdlik asosida olib borilgan. Buyuk allomalarimiz Mirzo Ulug‘bek, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy davrlarida ilohiy-dunyoviy bilimlami o‘rganish maxsus madrasalar va Akademiyalarda amalga oshirilgan. Bilimlar, asosan, yakka tartibda va kichik jamoalarda, ustoz-shogird maktablarida mutolaa, mushoira, muzokara tariqasida amalga oshirilgan. O’sha davrda ham o‘quvchi-talabalarni baholovchi mezonlar bo‘lgan. Jumladan, o‘quvchi- talaba berilgan vazifalarni bajarib, o‘z fikrini ongli ravishda bayon qila olsa, ustozi o‘quvchi-talabalar oldida unga “tashakkur” yoki “tasanno” deyish orqali baholagan. Agar о‘quvchi-talaba berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarib, to‘la o‘zlashtirib, talabalar orasida yorqin, ravon bayon qila olsa, ustozi uni “barakallo” deb rag‘batlantirgan. Agar o‘quvchi-talaba berilgan vazifa va topshiriqlarni a’lo darajada bajarib, amaliyotda uni bemalol qo’llay olsa, unga yuqori baho berib, “ofarin” deb rag‘batlantirgan.
Bularning zamirida nozik ruhiy qo‘llash, o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, unda ichki motivatsiyani vujudga keltirish orqali yangi bilimlami egallash sari yetaklangan. Agar o‘quvchi-talaba vazifalarni yaxshi o‘zlashtirmay kelsa, unga qayta mutolaa qilish zarurligi haqida tanbeh berilgan.
Yuqorida keltirilgan baholash tizimida rag‘batlantirishning har bir turi o‘quvchi-talaba qay darajada o‘zlashtirganligi mezon vazifani bajargan. Bunday rag‘batlantirish talabani mutolaa qilishga bo’lgan zavqini oshirib, yangi bilimlarni egallash sari chorlagan. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo’lga qo‘yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. Shu boisdan, ushbu pedagogik jarayonning nomlanishi ham turlicha bo’lgan. Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarning o‘zlashtirish asosi, deyishsa, ba’zilar uni o‘qitishni jadallashtiruvchi axborotdir, deb hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostika egallangan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrni ilgan suradilar. Taniqli pedagog olim Matserman pedagogik diagnostikani “O‘quvchi-talaba o'zlashtirishi bilan o‘quv materialni to‘g‘ri tanlash, maqsadni to‘g‘ri yo‘naltirish mezonidir” deb hisoblaydi. Aslida pedagogik diagnostika o‘quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Ushbu fanning tarixiga nazar tashlasak, o‘tgan asrlarda u o‘quvchi-talaba bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864-yilda AQSH olimlari D.Fisher va R.Reeslar asos solganlar.
1908-yildan boshlab, olim T.Stoun arifmetikadan test orqali o‘quvchi-talaba bilimining sog’lom tizimini tadbiq etgan. Nemis olimi Linner “Test shaxsning turli holatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatlarini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi.
Sobiq ittifoq davrida baholash mezonlari o‘zgarib, ular o‘rnini so‘rov, turli tekshiruv va imtihonlar egallab olgan. Baholash tizimida o‘quvchi-talabalarning olgan bilimiga nisbatan “o’zlashtirgan” yoki “o‘zlashtirmagan” kabi mezonlar qo‘llana boshlangan.
1938-yildan boshlab o‘zlashtirishni baholash besh ballik tizimga o’tkazilgan Unda “juda yomon”, “yomon”, “o'rta”, “yaxshi”, “a’lo” deb baholash tus olgan.
1944-yildan boshlab, ushbu baholashni besh ballik baholarda, ya’ni 2,3,4,5 raqamlarda ifoda etish joriy qilingan.
Pedagogik tajribadan bizga sir emaski, ijobiy baho o‘quvchi-talabaning o‘qishga bo’lgan ishtiyoqi va kayfiyatini oshiradi, ruhlantiradi. Uning o‘ziga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi, bilim olishga qiziqishini orttiradi. Bu holat etnopedagogikamizda va xalq pedagogikasida ham qayd etilgan. Yuqorida bayon etilgan besh ballik baho tizimida o‘quvchi-talaba yomon baho olganda, unga dashnom berilganda uning kayfiyati tushadi, bilim olishga ishtiyoqi, qiziqishi so‘nadi va o‘ziga bo’lgan ishonchi yo‘qolib boradi.
Uzoq yillik kuzatuvlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi-talabaning o‘z faoliyatini o‘zi baholashi, o‘ziga-o‘zi baho berishi eng adolatli, to‘g‘ri va istiqbollidir. Bunday oichov mezoni o‘quvchi-talaba bilim sifati va samaradorligini pedagogic diagnostika asosida baholashdir. Quyida shular haqida fikr yuritamiz.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish