O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 126,5 Kb.
bet2/6
Sana11.07.2022
Hajmi126,5 Kb.
#773974
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kasimova Maftuna Erkin qizi

Kurs ishining maqsadi – pedagogik tadqiqotlar o’tkazish, ularni amaliyotga tadbiq etish, natijalarini baxolash.
Kurs ishining vazifasi –

  • tadqiqot turlarini tanlash;

  • so’rovnomalar tuzish;

  • tadqiqot o’tkazish obyektini aniqlash;

  • tadqiqot o’tkazish;

  • natijalarni taxlil qilish;

Kurs ishining obyekti – universitet talabalari va mahalliy axoli.
1.“Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari” fanining maqsad va vazifalari.
Pedagogika fani hozirgi davrda har qachongidan ham muhim rivojlanish davriga kirdi. Chunki mustaqil O'zbekiston Respublikasining kelajagi unda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga bog'liq. “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun Prezidentimiz I.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining I - chaqiriq 2 -sessiyasida “O'zbekiston siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” haqida qilgan ma'ruzasida pedagogik tadqiqotlar oldiga muhim talablar qo'ydi.
“Zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor Qonunlariga mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun vazifasi” ekanligi va buning uchun “Maktab- o'rta -oliy ta'lim, ilmiy - tadqiqot institutlari shaklidagi ilmiy - ma'rifiy komplekslarni vujudga keltirish lozimligini ta'kidladi.
O'zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz ta'limni isloh qilish sohasidagi katta vazifalarni belgilab berdi. “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunni qabul qildi. Bu pedagogik ilmiy tadqiqot ishlariga yanada ma'suliyat bilan yondoshishni taqozo etadi.Pedagogik ilmiy - tadqiqot ishlari bilan faqat ilmiy xodimlargina emas, balki maktab o'qituvchilari ham shug'ullanishlari, ularning ijodiy ishlari ta'lim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Universitet va pedagogika institutlarida talabalarning ilmiy- tadqiqot ishlari, asosan, professional-pedagogik, o'quv-tarbiyaviy yo'nalishda amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
talabalarda izlanishga, tadqiqotchilik faoliyatiga, o'quv-tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondashishni rivojlan-tirish;
mutaxassislikka oid va pedagogik- psixologik fanlarga oid o'quv-tadqiqot ko'nikma va malakalarini shakllantirish;
-adabiyotlar va boshqa ilmiy manbaalarni o'rganish va taxlil qilish qobiliyatlarini o'stirish;
-o'quvchilar bilan olib boriladigan ta'lim- tarbiyaviy ishlar, shuningdek, mutaxassislik fanlari sohasidagi muammolarni ko'ra olish va shu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ko'nikma va malakalarini egallash;
o'z faoliyatini muvafaqqiyatli tashkil qilishda ilmiy- tadqiqot metodlaridan froydalanishga o'rgatish.
Pedagogika oliy o'quv yurtlarida talabalar bajaradigan ilmiy tadqiqot ishlari ikki yo'nalishda tashkil qilinadi: birinchisi, o'quv mashg'ulotlari bilan bog'liq bo'lgan tadqiqot ishlari, ya'ni o'quv- tadqiqot ishlari; ikkinchisi, auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari.
O'quv mashg'ulotlari bilan bog'liq bo'lgan tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi:
- laboratoriya mashg'ulotlarini o'tishda tadqiqot ishlariga o'rgatish;
-o'quv predmetlaridan amaliy mashg'ulotlar uchun tajriba va eksperiment materiallarini to'plash;
-qo'shimcha adabiyotlarni, ayniqsa ilmiy-tadqiqot metodlari va metodologiyasi masalalari bilan bog'liq bo'lgan adabiyotlarni (vatan va chet el adabiyotlarini) o'rganish va tanqidiy tahlil qilish;
-to'plangan tadqiqot materiallari asosida referat va ma'ruzalar yozish;
pedagogik, ishlab chiqarish va dala amaliyotlari
davomida, o'quv ekspedisiyalari vaqtida o'quv topshiriqlari bo'yicha individual yoki jamoaviy tadqiqot ishlari olib borish; o'quvchilarning qiziqishlari, individual xususiyat-larini o'rganish, jamoada shaxslararo munosabatlar, bir maqsadga qaratilan ijtimoiy-psixologik va sosiolaogik tadqiqotlar, yoshlar e'tiqodi va ideali, maktabda o'quv tarbiyaviy ishlar metodlarini qiyosiy psixologik va pedagogik o'rganish, arxeologik-dialektologik tadqiqotlar, gerbariylar to'plash, fenologik va meterologik hodisa-larni o'rganish, o'quv ustaxonalarida mehnat ta'limi metodlarining samaradorligini tadqiq qilish, o'simliklar va daraxtlar o'stirishning samarali vositalarini tadqiq qilish va boshqalar;
-kurs bitiruv va diplom ishlarini tajriba tadqiqot yo'nalishida bajarish.
Auditoriyadan tashqaridagi ilmiy- tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi:
- talabalarning ilmiy to'garaklardagi ishlari. Bunday to'garaklarda talabalar ilmiy bilish metolarini, tadqiqot usullarini o'rganadilar, adabiyotlar va boshqa ilm manabaalari asosida hisobotlar yozadilar, o'zlarining tadqiqot ishlari haqida chiqishlar qiladilar, turli maslarning muhokama qilishda, munozaralarda qatnashadi-lar;
- kafedra o'qituvchilari, aspirantlar, shuningdek, maktablar, xalq ta'limi tizimidagi ilmiy-metodik muassa-salari tomonidan olib boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish;
- ilmiy- tadqiqot muassasalari tomonidan o'tkazila-digan arxeologik, etnografik va boshqa ekspedisiyalarda qatnashish;
- o'zining tadqiqot materiallari asosida ma'ruzalar va chiqishlar qilish;
- konstruktorlik byurolaridagi ishlarda, shartnoma yoki otaliq asosida olib boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish; asboblarni konstruksiya qilish, ta'limning texnik vositalari va ko'rgazmalilik vositalarini yasash, jamoa xo'jaliklarida mehnatni ilmiy tashkil qilishni o'rganish va boshqalar.
I-II kurslarda talbalar kafedra o'qituvchilari rahbarligada psixologo-pedagogik va o'z mutaxassisligi yuzasidan dastur topshiriqlariga muvofiq o'quv xarakteridagi tadqiqot ishlarini bajaradilar. O'qigan, bilganlarini yozma bayon qilishga o'rganadilar, ilmiy tushunchalarni, qoidalarni o'z tushunchasi bilan solishtiradi. Faktlar orasida aloqalarni tushunadi va mustaqil fikrlaydi. Referat yozish davomida talabalar adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallaydi, muhim nazariy masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ilmiy ishlarni rasmiylashtirish kabi qoidalar bilan ham tanishadi.
Ayrim kurslarning oxirida o'tkaziladigan o'quv koferensiyalari ham talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga o'rgatishda muxim ahamiyat kasb etadi. Ishning bu shakli referativ ishga bog'lanadi va unga suyanadi. Ma'ruzachilar muammo yuzasidan eng yaxshi referat yozgan talabalardan tanlanadi. Ularning chiqishlarini boshqalar to'ldiradilar. Har bir ma'ruza to'ldiriladi, muhokama qilinadi. Bunday konferensiyalar o'quv yili oxirida o'tkaziladi.
Shuningdek, birinchi, ikkinchi kurslarda o'quv amaliyoti jarayonida talablar maktab o'quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini o'rganishga jalb etiladi. Bunda ular kuzatish, suhbat va anketalar yordamida o'quvchilarning xususiyatlarini, qiziqishlarini va intilishlarini o'rgandi-lar va tadqiqotchilik malakalarini egallaydilar.
Talabalarda tadqiqotchilik sifatlari shakllanishining ikkinchi etapi yuqori kurslarda o'qish davomida bo'ladi. Bu etapda talabalar laboratoriyada, o'quv va ilmiy ekspedisiyalarda turli darajadagi tadqtqot ishlarini mustaqil bajaradilar, ilmiy to'garak va kafedra o'qituv-chilari va aspirantlar tadqiqotlarida, talabalarning jamoaviy tadqiqot ishlarida qatnashadilar; kurs, bitiruv va diplom ishalri yozish bildan bog'liq bo'lgan tadqiqot ishlarini bajaradilar; ilmiy-nazariy konferensiyalarda ma'ruza qiladilar, ilmiy ishlar konkurslarida ishtirok etadilar.
Bu etapda talabalar olib borgan tadqiqot ishlari natijasida mavzu tanlay olish, tadqiqot metodikasini tuza olish, tadqiqotni tashkil etish va o'tkazish, tadqiqot natijalarini sifat va son jihatidan taxlil qilish, o'z xulosalarini ayta olish, o'z ishini talabalar ilmiy ishalri konkurslari uchun tayyorlay olish qobiliyatini ko'rsatishi kerak.
Hozirgi davrda tarbiya muammosi bilan juda ko'p jamoatchilik shug'ullanmokda. Bu sohada pedagoglardan tashqari filosoflar, sosiologlar, psixologlar ham keng tadqiqot ilarini olib bormokdalar.
Tarbiya ya'ni pedagogik muammolarga bunday qiziqish-ni shuni bilish bilan izog'lash mumkinki, O'zbekiston Respublikasining istiqloli davrida tarbiyaning roli yanada oshib bormokda. Pedagogika fani kelajak avlodni tarbiyalashning asoslarini belgilab berishi lozim.
Pedagogika fanining rivojlanishi faqat ilmiy xodimlarning tadqiqotlari bilangina kifoyalanib qol-maydi.Bu ishga keng o'qituvchilar ommasi - intellegentlar ham bosh qo'shsa, fanning rivojlanishi ancha yuqori bo'ladi. Pedagogika tajribalarni umumlashtirish, uning yutuqlarini amaliyotga qo'llash, pedagogika fanining va maktabdagi o'quv tarbiyaviy jarayonlar samaradorligiga ta'sir qiladi.
Hozirgi kunda pedagogika fani faqat yosh avlodni shakllantirish uchungina muhim bo'lib qolmay, balki uning roli jamiyatning hamma sohalarida muhim bo'lmokda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yoki halq xo'jaligining biror - bir sohasida kompleks tarbiyaviy tadbirlarni qo'llamasdan turib biror bir natijaga erishish mumkin emas.
Jamiyatda juda ko'p umumiy, iqtisodiy va tashkiliy muammolar bir vaqtda u yoki bu jihatdan tarbiyaviy muammolar ham bo'lib kolmokda.
Insoniyat faoliyati orkali bo'ladigan munosabatni 2 ga bo'lish mumkin. S-S, S-0
Hozirgi davrda pedagogikaning metodologik muammolari ayniksa o'tkir tus oladi. O'zbekiston Respublikasining istiqloli munosabati bilan istiqlol mafkurasi shakllandi.
Xalq ta'limi tizimi yaslidan boshlab, oliy o'quv - tarbiya muasasalari boshqarmalarini rivojlantirish sohasi-da kompleks tadbirlar ishlab chiqishni, o'quv tarbiya - ishlari darajasi hozirgi davr talabi asosida yaxshilashni, ta'lim metodlarini takomillashtirishni, pedagogik kadrlar malakasini oshirishni va ularni tayyorlashni davr talabi asosida yaxshilashni talab etadi. Bu masalalarni muvaf-faqiyatli hal etishi, ko'p tomonlama o'qituvchilarning pedagogika fani arboblari va halk ta'limi organlarining umummetodologik tayyorgarligiga bog'liq.
Hozirgi taraqqiyot tarbiyaning muhim masalalarini birinchi planga qo'ymokda, mafkuraviy ishlarni kuchaytirish, ta'limning mazmunini milliylashtirish, uni takomillashtirish, ta'limning tashkiliy shakl va metod-larini takomillashtirish, nazariy va amaliy masalalarini hal qilishga yangicha yondashish,metologik muammolar ustida ko'proq fikr yuritishni talab qilmoqda. Umumiy ma'lumot muammosi hozirgi davrdagi eng muhim muammolaridan biridir, bu uning hozirgi davr talabiga javob berishi milliyligi, umuminsoniy sifatlarni shakllantirishga xizmat qilish, o'quv materiallarini tashkil qilish va tanlash prinsplariga mos bo'lishi kabilardir. Bular ilmiy bilimlarning ko'payib borayotgan hajmi bilan maktabda ularga o'rganish sharoitlari o'rtasidagi ziddiyatni yo'qotishga yordam beradi. Ta'lim - tarbiya metodlari, tajribalarni tushinish va unga ijodiy yondoshish, ta'limning tashkiliy shakllari, vositasita va usullarining nazariy asoslanish, uni boshqarish va mantiqiy to'zilmasi ko'pincha o'qituvchining metodologik tayyorgarligiga bog'liq.
Metodologiya nima? Metodologiya (metod va logiya so'zlari) - faoliyatining strukturasi, logik to'zilish, metod va vositalari haqidagi ta'limot.
Har qanday ilmiy- tekshirish ishlariga avval faktlar to'planadi va shu asosida nazariy xulosalar bayon etiladi. Bunda olim qanday nazariy pozisiyaga turadi, bu juda muhim, chunki uning dunyoqarashi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, uning kuyilishi, u faktlar qanday oladi, qanday xulosa chiqaradi, bo'lar tadqiqot ishining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham metodologiya hozirgi zamon fanining dunyoqarash konseasiyasini o'rganadi, yanada tasdiqlangan asosiy bosh qoidalari o'rganadi.Bu qoidalarni filosof ham, pedagog ham matematik ham hamma birday bilishi kerak.
Tadqiqotning tashkil qilinishi va borishi ham muhim muammo. Bu yo'llar bilan faktlar olinadi, ularni qanday ishlash, baholash va bayon qilish kerak. Faktlardan qanday xulosalar chiqarish kerak. Umumlashtirish kerak (bo'lgan) va bo'lar saosida nazariyani qanday ishlab chiqish kerak - bo'larning hammasi maxsus fan sohasi metodologiya.ir (yoki fanshunoslik). Har bir fanda umumiy asoslardan tashqari, o'zining nazariy bosh qoidalari ham mavjud. Bular mazkur fanning metodologiyasi ya'ni nazariy fundamentidir.
Pedagogikaning metodologiyasi biz har qanday pedagogik muammoni tashkil qilish asosida yotgan umumiy asosli bosh qoidalarni tushunamiz.
Har qanday fan dunyoni falsafiy tushunish aks ettirilgan bosh qoidalardan foydalanadi. Pedagogika fanining metodologiyasi falsafaning dialektiq prinsip-laridir.

Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish