O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari



Download 126,5 Kb.
bet4/6
Sana11.07.2022
Hajmi126,5 Kb.
#773974
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kasimova Maftuna Erkin qizi

3 Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari
Jamiyatning rivojlanishi jarayonida inson tarbiyasi, ularning shaxs va dunyoqarashida tub sifatiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Lekin bu o'zgarishlarning mohiyatini ochib benrishda pedagogka fani ojizlik qilib qoldi. Pedagogika fani sohasidagi ilmiy - tadqiqot ishlarida ham bir xillik, nochorlik tobora ko'zga tashlanib qoldi. Xayriyatki, Respublikamizning istiqloli hamma sohadagi kabi, pedagogika fani sohasidagi chekinishlariga barham berdi. Endi pedagogika tor qobig'dan kutildi. Uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmokda. Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ta'lim - tarbiya sohasidagi tajriba-larni o'rganish, tadkik qilish sohasidagi katta ishlar amalga oshirilmokda.
Tabiiyki, bu masala hozirgi sharoitda pedagogika fanining metodologik asosini takomillashtirishni taqozo etmokda. Ta'lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarga metodologik zaifliklar, chalkashliklar ko'zga tashlanmokda. Bo'larga chek kuymok uchun avvalo metodologiya-ning o'zi nima? - degan savolga javob bermok lozim. O'zbek sovet ensiklopediyasining “ Metodologiya (metod va .... logiya so'zlaridan) faoliyatining strukturasi, logik tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limot”,- deb ko'rsatilgan.( O'zSE, Toshkent - 1976, 7 - jild , 172 - bet).
Ruscha - o'zbekcha lugatda esa metodologiya so'ziga “ bilimning ilmiy metodlari haqidagi ta'limot, shuningdek, ayrim fan tarmoqlarida kullaniladigan metodlar majmui”, - deb izog'langan.(Ruscha - o'zbekcha lugat. Toshkent - 1983, 1-jild. 554-bet).
Falsafa lugatida “ metodologik - biror fanda etila-digan tadqiqot usullarining majmui: ilmiy va dunyoni o'zgartirish metodi haqida ta'limot, - deb ko'rsatilgan. (Falsafa lugati, Toshkent - 1976, 305 bet).
Demak, metodologiya barcha fanlarining rivojlanishi uchun, uni o'rganish, tanqid qilishda kullaniladigan eng umumiy tushunchalar, prinsplar, yondoshuvlar, muammolar shuningdek eng umumiy metodlarning majmuasidan iborat.
Xo'sh shunday ekan, pedagogika fanining metodologiya asosi nima? Avval ham hozirgi ham pedagogika fanining metodologiya asosi falsafa fani bo'lgan, falsafaning asosiy masalasi esa olam bilan odam orasidagi o'zaro aloqadorlik qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Olam bilan odam o'rtasidagi aloqadorlikini o'rganishdan maqsad insonning o'zini o'rganishdir. Odamni inson darajasida ko'tarishda tarbiya muhim rol o'ynaydi.shuning uchun ham qadimgi faylasuflar (Masalan: Aristotel, Farobiy va boshqalar) inson tarbiyasi masalasini falsafaning asosiy masalasi katoriga qo'yganlar. Shunday qilib falsafiy ta'limotlar tarkibida pedagogik g'oyalar paydo bo'la boshlagan va rivojlanib borgan. Keyinchalik u mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan.
Pedagogika inson tarbiyasi, uni tashkil etish prinsp-lari, yo'llari usullari va formalarini o'rganiladigan fandir. Demak, pedagogika inson tarbiyasibilan shug'ullanar ekan, u falsafaning olam va odam orasidagi o'zaro aloqadorlik qonuniyatlariga asoslanishi lozim. Har qanday pedagogik tadqiqot, izlanishlar, tarbiya sohasidagi g'oyalar ana shu metodologiya asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Yoki qisqa qilib aytganda pedagogikaning metodologik asosi falsafaning dialektik konsepsiyasidir.
Xo’sh, dialektikaning o'zi nima? Dialektika - bu aloqadorlik, o'zgarish va rivojlanish to'g'risidagi ta'limotdir. Pedagogik muammolarni o'rganishda xuddi shu ta'limot, ishonchli metodologik asos vazifasini bajaradi. Xuddi shuning uchun ham, har qanday pedagogik muammoni o'rganishda quyidagi dialektik prinsiplarga asoslanish zarur:
1. Yaxlitlik prinsipi. Pedagogika jarayonlarni o'rganishda yaxlitlik prinspiga amal qilinganda inson tarbiyasi masalalarini to'g'ri tahlil qilishda muvafakiyatlarga erishish mumkin. Maslan: Ta'lim jarayoni yaxlit pedagogik jarayon sifatida o'rganishgina inson tarbiyasi muammosini to'g'ri berishi mumkin. Shuningdek, ta'lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida insonni shakllan-tirish masalasi hal etiladi. Maktabgacha tarbiya, umumiy ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim – insonni tarbiyalash maqsadiga xizmat qiladi.Bular orasidagi aloqadorlikni yaxlit tassavvur qilish va o'rganishgina ta'lim tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta'minlashi mumkin. Aks holda ta'lim - tarbiya bo'g'inlari har biri o'zicha ish ko'radigan bo'lsa, ta'lim - tarbiya tizimi komil insonni shakllantirish muammosini to'g'ri hal eta olmaydi.
2. Tizimlilik prinspi. Bu prinsip yordamida, eng avvalo ta'lim va tarbiya jarayonini bir butun tizim deb qaraladi.O'sha bir butun tizimni tashkil etgan asosiy elementlar, komponentlar alohida olib tahlil qilinadi.Har bir element yoki komponent bajaradigan funksiya aniqlab beriladi. Shuningdek, tizim ichida yana alohida tarkibiy qismlar, borligi inobatga olinadi. Xuddi shu asosida ta'lim - tarbiya jarayonining quyi zvenosidan tortib, yuqori pog'onasigacha, har bir etapda bu prinspga amal qilinishi lozim.
3. Sababiyat prinspi. Bu prinsip tasodif yoki zaruriyat,imoniyat va voqelik kabi kategoriyalar orqali ochib beriladi. Har qanday ijtimoiy tuzum tarbiya sohasida o'z manfaati yo'lidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni zaruriyat qilib qo'yadi. Ushbu zaruriyat esa ba'zi imkoniyatlarni mavjud bo'lishini talab qiladi. Imkoniyat-larni etarli yoki etarli emasligi tarbiyaning maqsad va vazifalarini ro'yobga chiqarishni ta'minlaydi. Imkoniyat-larni hisobga olmasdan qilingan har qanday harakat tarbiya sohasida katta xatolarning kelib chiqishiga olib keladi. (Masalan: maktablarni ixtisoslashtirish sohasidagi harakatlar, 6-yoshlilarni o'qitishga yoppasiga o'tish va hakozolar imkoniyatlarni hisobga olinmasligi oqibatida biror bir natija bermadi).
4. Tarixiylik prinsipi. Bu prinsip har qanday pedagogik tadqiqotlarda tarixiylikka asoslanishni taqozo qiladi.Tarixiy ma'lumotlar xronologik izchillikka o'rganilishi va bayon qilinishi ob'ektiv xulosalar chiqarish-ga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, pedagogik tadqiqotlarni amalda oshirishda falsafa fani va uning dialektik konsensiyasiga asoslanish zarur.
Har qanday fanning falsafa bilan bog'liqligi bu bilan tugamaydi.Hozirgi zamon fanining ma'lumotlari falsafaning rivojlanishi uchun baza bo'lib xizmat qiladi: faktlar, qonunlar har qanday fanning nazariyasi - falsafaning asosiy dalilidir.
Biz shunday davrda yashayapmizki, bu davrda fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada rivojlanmokda va shular asosida qiziqarli ilmiy kashfiyotlar vujudga kelmokda.Shuning uchun bugungi kunda tarbiyani pedagoglar, filosoflar, psihologlar va sosiologlar, gigienistlar va boshqalar birgalikda o'rganmoklari lozim. Lekin bular orasida pedagogika hal kiluvchi o'ringa ega. Pedagogka fani faqat pedagogik tadqiqotnigina emas, balki bolalarning rivojlanishi, shaxsning shakllanishini o'rganuvchi boshqa fanlar uchun ham qimmatlidir.
Tarbiya yosh avlodni jamiyat hayotiga tayyorlash vositasidir. Tarbiyaviy jarayon jamiyatning shaxsga qo'yadigan talablari bilan amalga oshiriladi.Bularning hammasi muhim pedagogik qonunlarni belgilashga asos bo'ladi: Jamiyatning rivojlanishining o'zi ijtimoiy tarbiya va shaxsiy o'z - o'zini tarbiyalash bilan kelishadi, ya'ni uni korrektirovka qiladi. Shunday ekan ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ya'ni yangi mustaqil respublikadagi hayotning o'zgarishi, jamiyatning insonlarga qo'ygan talablari va boshqalarni bilmasdan yosh avlodni tarbiyalashni to'g'ri tashkil qilish mumkin emas. Ijtimoiy rivojlanishni boshqarish uchun demak tarbiyaviy vazifalarni ham echish kerak. Albatta tarbiya jarayonining maqsadi sharoitlari, ob'ekti, shuningdek shaxs shakllanishining vositalari yo'l va metodlarini jamiyat belgilaydi. Jamiyat haqidagi hamma fanlar kompleksini bilmasdan turib, pedagogika o'z muammolarini hal eta olmaydi. Konkret pedagogik tadqi-qotlar uchun falsafiy qarashlar muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham falsafa faqat pedagogikaning metodologik asosigina bulib kolmasdan, uning butun fanlar ma'lumotlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi, uni xatoliklar va noto'g'ri ilmiy- tekshirishdan saklaydi.
Hozirgi davrda pedagogikaning dolzarb muammolari.
1. Tarbiyaviy jarayonning mohiyati va qonuniyatlari:
2. Shaxs axloqiy irodaviy sifatlarini shakllantirishning yo'llari, xususan ongli, mehnatga munosabat, vatanparvarlik, javobgarlik, burchni sevish, pok vijdon kabi milliy hamda umuminsoniy sifatlarni shakllantirish.
3. Shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari ta'limni mehnat amaliyoti bilan bog'lash, aqliy, jismoniy va mehnat, estetika va mavkuraviy, ijtimoiy va individual sifatlarin shakllantirish.
4. Tarbiya va o'z- o'zini tarbiyalash, tarbiya va qayta tarbiyalash va xaqozo.
5. O'quvchilarni tug'ma qobilyat va mahoratlarini aniqlash va rivojlantirsh, ta'limga individual yondashish.
6. Bolaning har - xil yoshdagi sifatlarini, motiv va qiziqishlarini aniqlash, ularning tarbiyachilarga ota - onalariga, tengdoshlariga, kattalarga munosabatlarini, o'z - o'zini tarbyalashlarini o'rganish.
7. Tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishining samarali yo'llarini izlash.
8.O'qituvchi ta'siri xulqidagi etika va estetika.
9. Bolalar jamoasini shakllantirishning samarali yo'llari.
10. Bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish ularning aqliy faolligini rivojlantirish.
11. O'quv ishining samarali yo'l va usullarini izlash.
12. Bolani oilada va maktabda tarbiyalashning yagona tizimini yaratish va h.
Ilmiy tadqiqot uchun quyidagilar muhim.
1). Muhim ilmiy tushuncha va tasavvurlarni bilish.
2). Faktlar, hodisalarni aniq yozib borish.
3). Bir - biriga o'xshash faktlarni ularning muhim belgilariga ko'ra tanlash.
4) Faktlarni umumiy qoidalarga muvofiq belgilariga ko'ra gruhlash.
5) Fakt va hodisalarni tahlil qilish, ularning umumiy, alohida, muhim va ikkinchi darajalarini ajratish.
6) Fakt va hodisalarni taqqoslash, ularning o'xshashlik va farqlarini, tasodifiy yoki qonuniylarini topish.
7). Tushunchalarni aniq belgilash, chunki tushuncha ilmiy bilishning fanga erishilgan darajasini aniqlash pog'onasi.
8). Isbot va rad qilishlarni ilmiy diskussiya va ma'lum fandagi har xil tadqiqotlardagi qarashlar asosida ko'rsatish.
9). Rivojlanish tendensiyasini ko'ra bilish.
10). Ilmiy xulosa.
Ilmiy tadqiqotning eng muhim tarkibiy elementlari katoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
1. Tadqiqot predmeti (yoki ob'ekti), ya'ni nima o'rganiladi (sifatning shakllanishi : uning boshqa sifatlar bilan aloqasi, hodisa yoki jarayonning harakteristkasi, ma'lum yoshdagi, ma'lum muhitdagi bola tarbiyasining tashqi va ichki omillari, tendensiyasi, sharoit va mohiyatini aniqlash).
2. Тадқиқотнинг мақсади, яъни тадқиқотнинг предмети нима учун ўрганилади.( тарбиянинг илмий асосларини ишлаб чиқиш, тадқиқот мавзуси юзасидан янги илмий информацияларини топиш, амалий ишлар натижасини таҳлил қилиш,ва бошқалар).
3. Tadqiqotning vazifasi, yangi o'rganilayotgan ilmiy muammoni tekshirishning predmetga muvofiq maqsadini konkretlashtirish. Maqsad fanning umumiy holatiga ko'ra pedagogik nazariyaning rivojlanishi zaruriyati belgi-lanadi.Tadqiqotning vazifasi faqat maqsaddan kelib chikibgina qolmay, maktabda tadqiqot ishlarini hisobga olish sharoitlari, tadqiqotning imkoniyatlari, amaliyot tajribalaridan kelib chikadi.
4. Tadqiqotning dastlabki konsepsiyasi, tadqiqotchi o'z ishiga asos qilib oladigan nazariy qoida-lar.Tadqiqotchining tayanch pozisiyasi - fanning holatini chukur tahlil qilish natijasida, adabiyotlardagi eng muhim umumiy g'oyalarini ko'rsatish, qoida va tavsiyalar.Dastlabki konsepsiya fanda nima ma'lum, hamma tomondan tan olingan, qaysi masalalar bo'yicha alohida qarashlar yo'q, nima (ma'lum) kam o'rganilgan, fanda qaysi savollarga javoblar yo'q kabilarni aniqlashga yordam beradi..Bu esa tadqiqotning maqsadi va vazifalarini aniqlashga, gepotezalar ishlab chiqishga yordam beradi.
5. Ilmiy gipoteza, ya'ni o'rganilayotgan jarayon, hodisa qanday boradi, ma'lum sifat shakllanishi bilan bolada qanday o'zgarishlar bo'ladi, jarayonning borishi nimaga bog'liq bo'ladi va hakozolarni taxmin qilinmoqda. Gipoteza ongda bajaraladigan o'ziga xos tadqiqot. U tadqiqot boshlan-masdan oldin ilmiy xodim tomonidan ishlab chiqiladi.
6. Tadqiqot metodikasi - tadqiqot vazifalari bajarilishiga yordam beradigan, ilmiy gipotezalarni tekshirishga, ishonchli ilmiy faktlarni olishga yordam beradigan priyom, yo'l va usullar ro'yxati.
7. Ishlab chiqarilgan tadqiqot metodlari sohasida ilmiy faktlar olish va ularni analiz qilish - pedagogik tadqiqotning natijalarini oilada va maktabda olib borilgan tarbiya natijalaridan ajratish va tadqiqot ishlarining mazmuni bilan bolalarning tarbiyalanganligini o'rtasida bog'liqlik o'rnatish.
8. Ilmiy konsepsiyani ishlab chiqish, ya'ni tadqiqot natijasida olinganlarning muhimmlarini ajratish, pedagogik nazariya uchun g'oya va xulosalar chiqarish.
9. Tadqiqot natijalarini amaliyotda qo'llash - bu ishning yakuniy etapining muhim elementi. Unda konkret metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi, metodik qo'llanmalar yaratiladi, tadqiqotchining pedagogik g'oyalarini ommaviy qo'llash uchun targ'ibot qilinadi.

Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish