O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

Hоji Abdulaziz Abdurasulov
Оta Jalol Nosirov


42
Xojixon Boltaev
Domla Xalim Ibodov
Paxlavon Niyoz Mirzaboshi
Mulla To‘ychi Toshmuxamedov


43
Usta Olim Komilov
To‘xtasin Jalilov
Axmadjon Umirzoqov
Jo‘raxon Sultonov


44
Komiljon Otaniyozov
Muxiddin qori Yoqubov
Ma’murjon Uzoqov
Yunus Rajabov


45
Faxriddin Sodiqov
Abdurauf Fitrat
Matniyoz Yusupov
Viktor Uspenskiy


46
8-§. XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA 
O‘ZBEKISTONNING MUSIQIY HAYOTI
Tarixdan ma’lumki, XiX asrning ikkinchi yarmida Rossiya 
imperiyasi butun o‘rta osiyoni bosib oldi. shu davrdan boshlab 
o‘rta osiyo asta-sekin, Rossiya imperiyasining mustamlakasi 
sifatida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mintaqasining tarkibiy 
qismiga aylandi.
o‘lkaga rus madaniyati jadal kirib kela boshladi. 
O‘zbekistonga kirib kelgan dastlabki rus musiqasi puflama 
cholg‘u oikestrida ijro etiladigan kuylardan iborat bo‘lgan. 
Ushbu puflama orkestrlarning repertuarlari G‘arbiy Yevropa 
kompozitorlarining asarlaridan iborat bo‘lib, XiX  asrning 
70-yillari oxirlaridan boshlab bu orkestrlar o‘zbek kuylarini 
ham ijro eta boshladilar, ushbu kuylar mahalliy kapelmeysterlar 
tomonidan qayta ishlangan edi.
1883-yili Toshkentda musiqa Jamiyati tuzilib, 1884-yildan 
o‘z faoUyatini boshladi. o‘zbekiston hududiga Rossiyadan 
rus fuqarolari ko‘plab ko‘chirtirib keltirila boshladi. Buning 
natijasida Toshkent Musiqa Jamiyatining safi yanada kengaydi. 
80~yillarning ikkinchi yarmida u musiqa havaskorlaridan 
tashkil topgan xor va orkestrga ega edi. Jamiyat qoshida 
ofitserlar havaskorlik orkestri ishlardL Mazkur jamiyatda barcha 
xohlovchilar o‘qishi mumkin bo‘lgan musiqa sinflari oshichga 
harakat qilindi. Biroq o‘qish haqining yuqoiiligi bunday sinflar 
uchun kerakli miqdorda o‘quvchilarni to‘plashga salbiy ta’sir 
ko‘rsatdi.
50
XX asr boshlarida Toshkent sekin-asta o‘lkaning muhim 
markazlaridan biriga aylandi. mazkur davrda havaskorlik musiqa 
to‘garaklari, o‘quv yurtlari tashkil etila boshladi. Havaskor xor 
qo‘shiqchiligi to‘garaklari ichida “lira” nomli to‘garak ajralib 
50
  Hamidov H. o‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi. 105-bet


47
turardi. Keyinchalik “lira” va Toshkent musiqa Jamiyati 
faoliyati o‘zaio yaqinlashdi.
ayni paytda Toshkentda ko‘plab ijodiy gastrollar uyushtirilar 
edi. 1880-yillar oxiri 1890-yillarda d.slavyanskiyning xor 
kapellasi, P.Gordovskiyning “malorossiyskaya kapella”si, 
Fransiya operetta truppasi, Tiflis operasi safar uyushtirdilar. 
Ular J.offenbax, i.shtraus, lKalman kabi kompozitorlarning 
asarlarini, “aida”, “Faust”, “Kaimen”, “ivan susanin”, 
“Pikovaya dama” nomli operalarni namoyish etardilar.
Turli jamiyat, uyushma, klub, to‘garaklar tashkil etib, ularda 
yevropa san’at turlariga keng e’tibor bcrildi. o‘lkaga yevropa 
musiqa sozlari (damli va urma zarbli cholg‘ular, fortepiano, 
garmonika, skripka) kirib kela boshladi. Xorazmda garmonika, 
Faig‘ona va Toshkentda esa skripka kabi musiqa asboblari keng 
tarqaldi.
Bu davrda N.mironov, a.Eyxgorn, V.leysek, T.Veibovskiy, 
yu.shefferling, V.mixaleklar kabi rus olim va musiqa             o‘zbek 
musiqasi tarixini, uning holati va o‘sha davrdagi muammolarini 
tahlil etishga harakat qildilar.
Bu davrda o‘zbekistonlik xonanda va sozandalarning 
aksariyati serqirra san’atkor edilar. Bir san’atkorning o‘zi ikki-
uchta musiqa sozida chalishni bilgan sozanda, bastakor, hofiz, 
qiziqchi bo‘Ub, hatto musiqa sozlarini yasash hunaridan ham 
xabardor bo‘lganlar. Ular nota yozuvlarisiz xalq qo‘shiq va 
kuylari, shashmaqomlarni yoddan o‘rganib, o‘z navbatida, 
shogirdlariga o‘rgatganlar.
XiX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida o‘zbek 
san’atkorlari o‘z yurtlaridagina emas, balki boshqa 
mamlakatlarda ham mashhur edilar. Jumladan, samarqandlik 
hofiz Hoji Abdulaziz Abdurasulov Eron, Afg‘oniston, Iroq, 
Hindiston va boshqa yurtlarda o‘z ijrochilik san’ati bilan 
tanilgan edi. Toshkentlik hofiz Mulla To‘ychi Toshmuxamedov 
esa o‘z san’ati bilan Chugachak, Gulja, yorkent shahri san’at 


48
muxlislarining hurmatini qozongan. Uning tashabbusi bilan o‘rta 
osiyoning qator shaharlarida grammafon va plastinka do‘konlari 
ochiiadi. Riga “Gramofon” jamiyati tomonidan 1905-yilda 
hofizning “Bobo Ravshan”, Ilg‘or”, “Bevafo dunyosan” kabi 
25 ga yaqin xalq kuy-qo‘shiqlari va mumtoz ashulalari yozib 
olinadi. Uning kuy-qo‘shiqlari yevropa mamlakatlariga ham 
tarqaladi.
o‘zbekistonda milliy musiqa san’atining rivoji jadidchilik 
harakatiga ham bevosita bog‘liq bo‘ldi. Jadidlar millat va xalqni 
diniy-dunyoviy ma’rifat, ilm-fan, madaniyat va yangiliklar bilan 
qurollantirib tarbiyalash, o‘zligini anglatish, ijtimoiy-ma’naviy 
g‘aflat uyqusidan uyg‘otib, turmush tarzi, tafakkuri, ma’naviyati, 
madaniyati, adabiyot va maorifini o‘zlashtirishga bel bog‘ladilar. 
Ularga s.ayniy, a.avloniy, m.Behbudiy, a.Fitrat, munawar 
qori, a. shakuriy kabi qator taraqqiyparvar ma’rifatparvarlar 
boshchilik qildilar.
Jadidchilik harakati paydo bo‘lishi bilan chor Rossiya 
ma’muriyati va mahalliy mutassiblarning qattiq qarshiligiga 
duch keldi. shunga qaramay jadidchilikning g‘oya va oqimlari 
yildan-yilga ayj ola boshladi va mahalliy xalqlar orasida 
ommalasha bordi. Chunki ular chorizm siyosatining xalqqa 
qarshi qaratilgan mohiyatini qoralab, unga muqolifatda turgan 
kuchlar bilan aloqa qilib, ularga yo‘1-yo‘riq ko‘rsatdilar. Jadidlar 
rus ijtimoiy-siyosiy tajribasi va milliy ozodlik kurashi haqida 
matbuotda tashviqot-targ‘ibot qilibgina qolmay, o‘zlari ham 
mazkur harakatlarda faol ishtirok etdilar. 1911-ylda Toshkentda 
munawar qori, abdulla avloniy va boshqalar “Turon” nomli 
ko‘p tarmoqli jamiyat tashkil etdilar. mazkur jamiyat sobiq 
sovet hokimiyatining dastlabki yillarigacha samarali faoliyat 
yuritadi. Uning qoshida teatr truppasi, “Turon” nomli kutubxona 
va nashriyot ham tashkil qilinib, bular butun Turkiston bo‘ylab 
ma’rifat va ziyo, ilm-fan tarqalishi, kitob chop etish ishlari 
rivojiga katta hissa qo‘shdilar.


49
Jadid adabiyotida dramaturgiya, ya’ni jadid dramasi eng 
sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko‘zga tashlanadi 
Jadid g‘oyalarining xalqqa yoyilishi va amaliy natijalar berishida 
dramaturgiya va teatr san’atining ta’siri kuchli bo‘ldi. shuning 
uchun ham jadid adabiyotining aksariyat yirik namoyandalari 
o‘zlarining ijodiy-amaliy faoliyatini drama yaratish va teatr bilan 
bog‘liq holda olib bordilar.
mahmudxo‘ja Behbudiy 1911-yilda dastlabki yozma 
milliy sahna asari “Padarkush” dramasini yaratib, o‘zbek jadid 
dramaturgiyasi va teatriga asos soldi. 1914-yilning 27-fevralida 
Toshkentda abdulla avloniy tuzgan teatr to‘dasi - o‘zbek milliy 
teatrining birinchi mavsumi “Padarkush” bilan ochildi va 
muvaffaqiyat qozonib, el og‘ziga tushdi. 1917-yilgacha o‘zbek 
dramalarining soni 40 ga yetdi. Bu davrda o‘zbek san’atkorlari 
sekin-asta ashula va raqs dastalariga birlasha bordilar. qo‘qonda 
Hamza uyushtirgan, Namanganda esa Usta Ro‘zimat tuzgan 
ansambllar, Farg‘onada muhiddin qori yoqubov tashkil etgan 
milliy sozlar orkestri bunga misol bo‘la oladi.
Rus mustamlakachiligiga qaramay, o‘zbekistonda mahalliy 
o‘zbek musiqa san’ati o‘zining rivojlanish yo‘lida davom etdi. 
ijrochilikning Buxoro, Xorazm, qo‘qon yo‘llari saqlab qolindi 
va ularni yanada takomillashtirishda o‘sha shaharlardagi mavjud 
an’anaviy maktablar muhim ahamiyat kasb etdi. maqom janrini 
tiklash va rivojlantirish davom etdi. o‘sha davrda Faig‘ona 
vodiysida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar mazlum mehnatkash 
ommaning orzu-umidlarini ifodalaganligi bilan ajralib turadi. 
Farg‘ona musiqa folklorida ixcham hajmli, jozibador, xilma-xil 
mavzudagi qo‘shiqlar muhim o‘rin tutgan. ayniqsa xotin-qizlar 
qo‘shiqlari mashhur bo‘lgan. Bu yerda xalq professional musiqa 
janriga mansub maqomlarning Farg‘ona-Toshkent yo‘llari, 
ayniqsa, katta ashula keng tarqalgan edi.
Xorazm yo‘li o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, o‘z shevasi, 
o‘ziga xos yo‘nalishi bilan ajralib turadi. o‘rganilayotgan 


50
davrda Xorazmda kuylarni oddiy, bir qatorli garmon sozi bilan 
jo‘rlikda kuylash odat bo‘lgan. Ularni, ko‘pincha, ayollar ijro 
etib, bunday ijrochilar Xorazmda xalfalar deb atalgan. Xorazm 
xalq musiqasining o‘ziga xos mahalliy xususiyatlariga dostonlar 
ijrosi ham taalluqlidir. o‘zbekistonning boshqa viloyatlarida 
dostonlar musiqasi odatda, rechitativ - deklamatsion yoki 
ohangdor-rechitativ xarakterda bo‘lsa, Xorazmda ular yorqin 
ifodali qo‘shiqlari bilan farq qiladi.
qashqadaryo-suixondaiyo musiqa folklorida chorvadoriar 
mehnati haqidagi qo‘shiqlar katta o‘rin egallagan. Bu o‘lkada 
doston ijrochilari-baxshilar muhim o‘rin tutar edi. dostonlar 
do‘mbira cholg‘usi jo‘rligida ijro etilgan. Buxoro-samarqand 
mahalliy uslubi esa musiqa merosi va ijrochiligining ikki turga-
og‘zaki an’anadagi professional hamda xalq musiqalariga 
asoslangan bo‘lib, turli janrlarini o‘z ichiga olar edi. Bu uslubda 
xonanda va sozandalar katta o‘rin tutib, ular mohir ijrochilar 
sifatida elga tanilgan edilar.
Buxoro va samarqand uslubi cholg‘u asboblari torlarining 
boyligi, marosim qo‘shiq-kuylari xilma-xilligi bilan ajralib 
turardi. Xonanda va sozandalar ishtirokida musiqa va she’riyat 
kechalari muntazam o‘tkazilib kelingan. o‘rganilayotgan davrda 
Buxoro musiqa madaniyatida yana bir o‘ziga xos yo‘nalish - 
mavrigixonlik ham bo‘lgan. mavrigixonlar qo‘shiq va raqs 
vakillari bo‘lishgan. Ulаrning san’ati to‘y-hashamlar, sunnat 
to‘ylari bilan bog‘liq bo‘lib, ayniqsa erkaklar yig‘inlarida keng 
tarqalgan edi.
samarqand, Buxoroda turli to‘garaklar, musiqa maktablari 
tashkil etilib – ularga Ota Jalol Nosirov, Levicha hofiz, Domla 
Halim ibodov, abduqodir ismoilov, matyusuf Xarratov, 
aqmadjon Umurzoqov kabi san’atkoriar boshchilik qildilar.
XX asrning 20-yillarida bolalar havaskorligi keng rivojlandi. 
Umumta’lim maktablarida havaskoriik to‘garaklari tashkil 
etila boshladi. Mazkur to‘garaklar qatnashchilari yordami bilаn 


51
maktab, ishchi klublarida konsert va spektakllar namoyish etilar 
edi. o‘zbek maktab o‘quvchilari jamoasi 60 ta o‘g‘il boladan 
iborat bo‘lib, konsertlarda Zafariyning musiqiy pyesalarini 
hamda xalq qo‘shiq va raqslarini ijro etar edilar. 20-yillar 
boshida ayollar internatida (faqat o‘zbek qizlari ta’lim olgan) 
birinchi musiqiy teatr to‘garaklari yuzaga keldi. Bunday o‘quv 
yurtlaridan biri ”Zebiniso” nomidagi qizlar internati edi. Bu 
yeida o‘qish bilan biiga rassomchilik, tikish-bichish bo‘yicha 
ham to‘garaklar olib borilar edi. Ushbu maktabda 1924-yil 
”san’atchi qizlar” deb nomlangan jamoa tashkil topdi. Bu qizlar 
jamoasi konsertlarda xalq qo‘shiq va raqslarini, zamonaviy 
laparlarni ijro etar edilar.
1919-yilda mehnat koloniyasi ko‘rinishda tashkil topgan 
Toshkent erkaklar ”Namuna” maktabi o‘zbek musiqa 
havaskorligining markazi bo‘lib qoldi. Bu yerda xalq 
musiqasining mashhur namoyandalari sh.shoumarov va 
i.lutfullayevlar rahbarligida musiqa to‘garagi vujudga keldi. 
20-yillarning ikkinchi yarmida ”Ko‘k ko‘ylak” nomli yoshlar 
jamoalari paydo bo‘la boshladi. Bu jamoalar tarkibi turli millat 
vakillaridan iborat bo‘lib, dastur ikki tilda ya’ni o‘zbek va rus 
tillarida olib borilar edi. Rus ommaviy qo‘shiqlari, o‘zbek 
laparlari dasturdan o‘rin olgan edi.
Ushbu yillarda o‘zbek umurnta’lim maktablari qoshida 
vujudga kelgan havaskor puflama cholg‘u asboblari orkestrlari 
katta e’tibor qozondi. orkestr qatnashchilari yuqori sinf 
o‘quvchilari, yosh o‘qituvchilardan, hattoki aksariyati 
hunarmandlardan iborat edi. 1918-yil Toshkcntda Turkiston 
xalq konservatoriyasi ochildi. mazkur konservatoriyaning 
faoliyati keng ko‘lamda rivojlanib, tez orada uning o‘z filiallari 
ham ochildi. o‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham musiqiy 
ta’lim rivojlanib bordi.
20-yillarning boshida xalq konservatoriyalari ixtisos-
lashtirilgan professional bilim yurtlariga aylantirildi. Toshkentda 


52
Turkiston xalq konservatoriyasi zaminida musiqa texnikumi 
vujudga keldi. Temir yo‘l filiali ham 1923-yili temir yo‘l 
musiqa texnikumi deb nomlana boshlandi. Texnikumda musiqa 
nazariyasi, musiqa tarixi fanlari, fortepiano va boshqa cholg‘u 
asboblarida ijrochilik hamda xor mashg‘ulotlari olib borilar edi. 
Sharq bo‘limi bilan birgalikda o‘zbek milliy musiqasi sinfiari 
ham ochildi. Bu bo‘limda a.Vaxobov (dutor), sh.shoumarov 
(hofiz), I.Lutftillayev (Chang), Yu.Xodjayev (tanbur) va boshqa 
xalq musiqasining biiimdonlari o‘qitavchilik qilar edilar.
mazkur bilim yurti qoshida bolalar guruhi tashkil topdi. 
30-yillar boshida bu guruh bolalar musiqa maktabiga aylantirildi, 
keyinchalik mazkur musiqa maktabiga R.Gliyer nomi berildi.
o‘rganilayotgan davrda o‘zbek musiqa ijrochiligi, san’at 
turlari nazariy-uslubiy va amaliy jihatlarida malum siljishlar 
yuz berdi. shu o‘rinda o‘zbek milliy san’atining yozma ravishda 
to‘planishiga e’tibor berilishi, ularni qayta ishlash bilan bog‘liq 
masalalarni hal etishga kirishilganhgini ijobiy hol sifatida 
baholash mumkin.
o‘zbek xalq musiqa ijodiyotini o‘rganish va ularni yozib 
olish maqsadida 1919 -yil dekabrda maorif xalq komissarligining 
musiqaviy-etnografik bo‘limi tuzildi. Bu bo‘lim shu yili 
Toshkentda ochilgan Xalq konservatoriyasi qoshida ish 
boshladi. mazkur komissiya faoliyatida G‘.Zafariy, V.Uspenskiy, 
N.mironov, E.melngaylislar turli mavzudagi qo‘shiqlarni notaga 
olib, taig‘ib qila boshladilar.
1923-yil V.Uspenskiy Buxoroga borib, yirik maqom 
ustalari ota Jalol Nosirov va ota qiyos abdug‘anilar ijrosida 
shashmaqomni notaga tushirdi va 1924-yil nashr qilindi. 
V.Uspenskiy tadqiqot ishlari bilan ham shug‘ullanadi. U 1927-
yil ”o‘zbek klassik musiqasi” nomli maqolasini nashr qildi. shu 
yili a.Fitrat ham o‘zining «o‘zbek klassik musiqasi ” nomli 
kitobini yozdi. Fitrat bu kitobda ”shashmaqom” qismlari, 


53
ijrochi-musiqachilar, musiqa cholgu asboblari haqida ma’lumot 
beradi.
o‘zbek milliy san’atshunosi G‘ulom Zafariy milliy musiqa 
taraqqiyoti uchun o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi. U XiX 
asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda yashab 
ijod qilgan mashhur xonanda va sozandalarning faoliyatlari 
haqida ma’lumot to‘pladi. Uning qalamiga mansub “musiqa 
muammosi”, “o‘zbek musiqasi to‘g‘risida”, “sharq kuylari va 
cholgulari” kabi maqolalari tarixdan bizga malum.
1928-yili samarqandda musiqa va xoreografiya ilmiy-
tekshirish institutining ochilishi o‘zbek musiqa san’atini 
o‘iganishdagi muhim omillardan bo‘ldi. Uning tashkil etilishida 
domla Halim ibodov, ota Jaloliddin Nazirov, matyusuf 
Xarratov, Ota Giyos Abdug‘aniyevlar fidoyilik ko‘rsatdilar. 
N.mironov boshchiligida Toshkent, Buxoro, samarqand shahar 
va qishloqlariga ekspeditsiyalar uyushtirilib, 2000 dan ortiq xalq 
qo‘shiqlari yozib olindi. o‘sha vaqtda endi ishlatila boshlangan 
ovoz yozib oluvchi dastlabki apparaturalar-fonograflardan 
foydalanganlari uchun musiqa ijodiyoti namunalarining tabiiy 
ijrosini saqlab qolar edi. N.mironovning “o‘zbeklar musiqasi” 
va “Farg‘ona, Buxoro, va Xiva qo‘shiqlari” nomli asarlari o‘sha 
davrning eng mukammal tadqiqotlari sifatida baholandi.
samarqand instituti bilan birga Toshkentda ham o‘zbek 
musiqasini o‘iganish sohasida ishlar olib borildi. musiqa 
arboblari V. Uspenskiy va ye.Romanovskayaiar Toshkent, 
Farg‘onaga xos yirik ashulalar va cholg‘u kuylarini notaga oldilar. 
1931-yil Farg‘onaga uyushtirilgan musiqa folklori ekspeditsiyasi 
tarkibida ye.Romanovskaya, V.Uspenskiylar bilan birga o‘sha 
vaqtda musiqa bilim yurtida tahsil olayotgan i.akbarov va 
X.muxamedovalar ham bor edilar. Ular Farg‘ona vodiysining 
shahar va qishloqlarida bo‘lib, xalq qo‘shiqlarini yozib oldilar. 
ayniqsa, xotin-qizlar qo‘shiqlari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.


54
Bu davrda respublikada simfonik orkestr jo‘rligida etnografik 
konsertlar uyushtirilar edi. V.Uspenskiy qayta ishlagan ”o‘rta 
osiyo xalqlaridan to‘rtta kuy” nomli asari, N.mironov qayta 
ishlagan o‘zbek xalq qo‘shiqlari konsert dasturidan o‘rin 
olgan bo‘lib, konsert rus opera teatrining artistlari va o‘zbek 
havaskorlik xorlari ishtirokida bo‘lib o‘tardi.
XX asrning boshlarida milliy musiqali teatriar tashkil etila 
boshladi. 1918-yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy tashkil qilgan 
«Farg‘ona yosh musulmonlar sayyor musiqali teatr truppasi» 
ana shunday teatrlardan edi. shuni eslatib o‘tish lozimki, 1916-
yil Faig‘onada muhiddin qori yoqubov kapelmeyster G.l 
Ivanov bilan hamkorlikda tuzgan o‘zbek puflama orkestrining 
sozandalari va Hamza dars bergan kechki maktab o‘quvchilari 
mazkur teatr truppasining asosini tashkil qilgan. «sayyor» 
teatrining shakllanishida muhiddin qori yoqubov, Hoji siddiq 
islomov, s.asomiddinov, G.musaxonov, yu.Egamberdiyev, 
K.davidov, m.Rajabov, U.yusupov, G.ivanov kabi iste’dodli 
san’atkorlar Hamza bilan hamkorlikda ishtirok etganlar. 
mazkur teatr Hamzaning «Boy ila xizmatchi» nomli dramasini. 
«Tuxmatchilar jazosi», «qarmoq» kabi komediyalarini 
namoyish etdi. Trappa ishtirokchilari xalq kuylari va Hamzaning 
qo‘shiqlarini ham ijro etar edi. Teatr tez orada mashhur bo‘lib 
ketdi. Teatr jamoasi turli shahar va qishloqlarda gastrollarda 
bo‘lib, tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. 
Keyinchalik mannon Uyg‘ur rahbarligida» «Karl marks» nomli 
teatr truppasi tashkil topdi. mazkur teatr repertuatini boyishida 
shoir-dramaturglar G‘ulom Zafariy hamda Xurshidlar faol 
xizmat qildilar.
o‘zbekistonda davlat musiqa teatri rasmiy ravishda 1929-
yili yuzaga keldi. mazkur jamoa tashkil topishida 1926-yili 
m.qoriyoqubov boshchiligida tashkil topgan o‘zbek davlat 
konsert-etnografik guruhi zamin tayyorladi. Bu ansamblda 
m.qoriyoqubov bilan birgalikda Tamaraxonim, yusufjon qiziq 


55
shakarjonov, Usta olim Komilov, madaminjon alixonovlar 
andijon, Namangan, maig‘ilon shaharlarida bo‘lib, ko‘zga 
ko‘ringan yetakchi san’atkorlardan To‘xtasin Jalilov, ahmadjon 
Umrzoqov, Jo‘raxon sultonov, Hoji siddiq islomov, abduqodir 
ismoilov, davlat oxunov, To‘xtaxon, Tojixon, Xolchaxon 
kabi san’atkorlarni ansamblga taklif qiladilar. Bu iste’dodli 
san’atkorlar ansamblda faol ijod qildilar. Ushbu ansambl 
ishtirokchilari konsertlar berish bilan biiga musiqali spektakllar 
qo‘yishga ham harakat qildilar. ansambl jamoasi Zafariyning 
«Binafsha», «Erk bolalari» kabi bir pardali pyesalarini, 
keyinchalik «Halima», «Farhod va shirin», «arshin mol olon» 
kabi asarlarni namoyish etdilar. 1929-yili guruh «o‘zbekiston 
davlat musiqa experimental teatri» deb atala boshladi.
Badiiy havaskoriik to‘garaklarini kengaytirish, musiqa bilim 
yurtlari, musiqali teatrlar, konsert tashkilotlarining ochilishi, 
turli ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi respublikada musiqa 
madaniyatining umumiy yuksalishiga yordam berdi.
o‘rganilayotgan davrda professional ijodiy guruhlar bilan bir 
qatorda havaskoriik xalq ijodiy gurahlarining rivojida ham ayrim 
o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. masalan, turli ko‘rik-tanlovlar 
o‘tkazish ancha jadallashdi. Chunonchi, 1932-yil moskvada 
badiiy havaskorlarning Birinchi olimpiadasi o‘tkaziladi. Unga 
tayyorgarlik asnosida respublikada tanlovlar tashkil qiUnadi. 
Birgina Toshkentdagi mayjud havaskoriik jamoalari ko‘rik-
tanlovida ellikta jamoa ishtirok etadi. olimpiadaga esa o‘ttiz 
kishidan iborat o‘zbek san’atkorlari tanlab olinadi.
1932-yili samarqand instituti Toshkentga ko‘chirilgach, 
uning vazifasi kengaytirilib, san’atshunoslik ilmiy-tekshirish 
instituti deb qayta nomlandi. institutda faoliyat ko‘rsatganlardan 
V.Uspenskiy, E.Romanovskaya, m.aliyev, m.Chetvertakov va 
i.akbarovlar o‘zbek musiqiy ijodining eng yaxshi namunalarini 
mohir sozanda va xonandalar - domla Halim Jbodov, 
X.Nosirova, sh.shoumarovlar ijrosida notaga yozib bordilar. 


56
mutaxassislar keyingi yillarda Xorazm maqomlarining cholg‘u 
bo‘limini, Buxoroga borib esa yuzdan ortiq o‘zbek va tojik xalq 
kuylarini, Farg‘ona-Toshkentga xos bo‘lgan katta ashulalarni 
notaga oldilar. shu yillarda i.akbarovning «ashulalar to‘plami», 
i.akbarovning ye.Romanovskaya bilan hamkorlikda tuzgan 
ikki tomli «G‘zbek xalq qo‘shiqlari» to‘plamlari nashr etildi. 
Keyingi yillarda san’atshunoslik institutining musiqa bo‘limi 
mahalliy madaniy merosni yanada faolroq tadqiq etishga ko‘proq 
e’tibor berdi. Uning tarkibida o‘zbek sozlarini ta’mirlash, 
takomillashtirish eksperimental labaratoriyasi tashkil etildi. Bu 
davrda o‘rta osiyo olimlari - Forobiy, ibn sino, sheroziy, Jomiy, 
darvesh ali Changiylarning musiqa haqidagi olamshumul 
nazariy asarlarini o‘rganishga kirishildi. sharqshunos a.N. 
Boldurev tarjimasidagi a.Jomiyning «Risolayi musiqiy» asari, a. 
semenovning qisqartirilgan tarjimasidan nashr etilgan darvesh 
ali Changiyning musiqa haqidagi risolasi shular jumlasidandir.
1936-yil O‘zbek Davlat filarmoniyasining tashkil etilishi 
respublikaning mashhur sozanda va xonandalarini bir markazga 
to‘plashga va ularning ijodiy samaradorligini oshirishga 
imkoniyat yaratdi. Filarmoniya negizida xor kapellasi va 
xalq cholg‘u orkestri ham tashkil etildi. Xor qo‘shiqchiligiga 
a.Chetvertakov rahbarlik qildi. 1937-yili moskvada o‘zbekiston 
san’ati dekadasining yakuniy konsertida filarmoniya san’atkorlari 
Halima Nosirova, domla Halim ibodov, Usta olim Komilov, 
muhiddin qori yoqubov, mulla To‘ychi Toshmuxamedov, 
Tamaraxonimlarning chiqishi o‘zbek musiqa san’atining rivoj 
topib borayotganidan dalolat berardi.
o‘rganilayotgan davrda respublikada opera, balet singari 
professional musiqaning murakkab janrlarini yuzaga kelishi 
ham ko‘zga tashlanadi. o‘zbek milliy kuylari asosida simfonik 
asarlaming paydo bo‘lishi, o‘zbek romansi, kamer-cholg‘u 
pyesalar yaratishdagi birinchi tajribalar ham shu davrga to‘g‘ri 
keladi.


57
Bu davrda musiqiy-ma’rifiy ishlar ham keng miqyosda 
amalga oshirildi. o‘zbekiston san’ati mazkur davrda teatr va 
simfonik musiqa janrlaridagi katta ijodiy yutuqlar bilan boyidi.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish