O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti

Musiqali drama - musiqa hamda so‘z san’atiga asoslangan 
sahna asari. musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning 
ichki kechinma va holatlari, o’zaro munosabatlari soz musiqa, 
dramatik harakat, shuningdek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa 
va so‘z bir-birini toldirib, asar mazmunini ochishga xizmat 
qiladi. ilk namunalari sharqda (V asr Hindiston, Xii - Xitoy) 
da shakllangan.
Respublika o‘zbek davlat musiqali teatri rasman 1929-yilda 
vujudga keldi. Bu jamoaning tashkil topishida muhiddin qori 
yoqubov rahbarligida 1926-yilda tashkil topgan «o‘zbek davlat 
etnografik ansambli» zamin tayorladi. O‘zbekistonda musiqali 
drama janrining shakllanishida «Halima», ”Gulsara”, «Farhod va 
shirin», «layli va majnun» asarlari zaminiy ahamiyat kasb etdi. 
Chunki bu asarlarda musiqali drama janrining asosiy xususiyatlari 
mujassamlashgan edi. o‘zbek davlat musiqali drama teatri 
o‘zining an’ana bo‘lib qolgan konsert dasturini saqlab qolgan 
holda yangi-yangi musiqali sahna asarlarni namoyish etishga 
katta ahamiyat berdi va ijro qilish usullarini tubdan o‘zgartirish 
hamda zamon talablariga javob bera oladigan repertuar 
tanlashga, musiqiy yangiliklarga tobora intildi. musiqali drama 
teatri o‘tmish va zamonaviy turmush manzaralarini tasvirlovchi 
musiqali komediyalar bilan bir qatorda inson hayotida uchrab 
turadigan jiddiy muammolarni yoritishga ham e’tibor berdi. 
masalan, teatrning dastlabki sahnaga qo‘ygan asarlari orasida 
«o‘rtoqlar», «o‘tdan parchalar», «Po‘rtana», «ichkarida», 


61
«Farhod va shirin», «layli va majnun» nomli musiqali drama 
va komediyalari bunga misol bo‘la oladi. ”o‘rtoqlar”, «otdan 
parchalar», «Po‘rtana» kabi musiqali spektakllar o‘zbek musiqa 
teatrida zamonaviy mavzuni tasvirlashda birinchi tajriba edi, 
xolos. spektakllar qator nuqsonlari bo‘lganligi sababli sahnada 
uzoq yashay olmadi.
o‘zbek va boshqa markaziy osiyo xalqlarining musiqa 
san’ati ko‘p asrlardan beri bir ovozli musiqiy uslubda rivojlangan. 
30-yillarga kelib o‘zbek musiqa san’atida ko‘p ovozlik uslubi 
qo‘llanila boshladl o‘zbekistonda ijod qilayotgan kompozitorlar 
o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlarini garmoniyalash yo‘li orqali 
ko‘p ovozlik asarlarni yaratdilar. Xususan, N.mironov, 
a.Chetvertakov kabi kompozitorlar tomonidan «Po‘rtana», 
«ichkarida» spektakllariga o‘zbek xalq kuylari asosida ikki, uch 
ovozli xor lavhalari va o‘zbek xalq cholg‘u asboblari tarkibiga 
qo‘shimcha skripka, violonchel, truba, valtorna, fortepiano kabi 
cholg‘u asboblari kiritildi. lekin bu tajribalar yaxslii natija 
bermadi.
o‘zbekiston Rcspublikasining 10 yillik to‘yini o‘tkazish 
munosabati bilan, o‘zbek xalq musiqa merosining bilimdoni, 
kompozitorlar Va. Uspenskiyga «Farhod va shirin» musiqali 
dramasini yangicha tarzda sahnaga olib chiqish vazifasi 
topshiriladi. ya’ni, asar ko‘p ovozlik bo‘lib, xalq cholg‘u 
asboblari o‘rniga simfonik orkestr ijrosi uchun qayta ishlanishi 
lozim edi
53
. Partiturani qayta ishlashda Uspenskiyga yordam 
berish uchun kompozitor G. mushel va dirijyor s. Zveyfel 
jalb etildi. Bu jiddiy vazifani bajarishda, kompozitorlar zo‘r 
badiiy did va ehtiyotkoriik bilan ishlaganligi natijasida ulkan 
yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. asarning ikkinchi variantini muhim 
xususiyatlari sifatida shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, unda drama 
voqealari musiqa vositalari bilan ifodalandi, rechitativ va beshta 
53
  Jabborov a. musiqiy drama va komcdiya janrlari o‘zbekiston kompozi-
torlari ijodiyotida. 61-bet.


62
ko‘p ovozli xor kiritildi hamda simfonik orkestrga katta ahamiyat 
berildi. qo‘shimcha raqslar (qilichbozlar raqsi), har parda uchun 
musiqiy kirish lavhalari qo‘shilib, butun spektaklga maxsus 
muqaddima (uvertura) ham kiritilgan edi. Ushbu asar 1937-yil 
may oyida moskvada o‘zbek san’atining uch yilligi munosabati 
bilan katta teatr filialida namoyish etildi va katta e’tibor qozondi.
o‘zbek kompozitorlari musiqali drama musiqasining 
ifodaviy imkoniyatlarini kengaytiidilar. ”Farhod va shirin”, 
”layli va majnun”, ”Gulsara” kabi musiqali dramalar shular 
jumlasidandir.
Alisher  Navoiyning  «Farhod  va  Shirin»  dostonida  рок 
muhabbat, do‘stlik tuyg‘ulari olqishlanib, yovuzlik, urush, 
sotqinlik qoralanadi. shamsiddin Xurshid Navoiyning ushbu 
asarini mazmuni va g‘oyasiga izchillik bilan sodiq qolgani holda, 
pyesani anchagina qisqartirgan va unga qisman o‘zgartirishlar 
kiritgan. asar dastlab olti parda sakkiz ko‘rinishdan iborat bo‘lsa, 
keyinchalik to‘rt parda yetti ko‘rinishga keltirildi. dramaning 
asosi ikki qarama-qarshi kuchlar kurashidan iborat. Biri Farhod, 
shirin, shokir va mehinbonu obrazlarida gavdalantiradigan 
yuksak insoniy tuyg‘ularni ifoda qiladi. Eron shohi Xisrav, uning 
atrofidagi kishilar hamda makkor yosuman kampir obrazlari esa 
salbiy kuchlar ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.
54
musiqali dramaning uverturasi bir-biridan farq qiluvchi 
ikkita mavzuga asoslangan: «Naylaram», «askari». - shirin 
sevgisi mavzusi. «Askari» - Xisrav obrazining tavsifi, xalq kuyi 
marsh ko‘rinishida berilgan.
mazkur musiqali dramada rivojlangan qo‘shiq-ariyalar juda 
ko‘p. spektaklning bosh qahramoni Farhodga o‘n bitta ariya 
berilgan. Bu qo‘shiq ariyalarning barchasi maqom va o‘zbek 
xalq ijodiyoti namunalari vositasida ifodalanadi. «To‘lqin» 
nomli qo‘shiqda Farhod go‘zal hayot haqida, «dugoh-Xusayni» 
da esa u shirmning go‘zalligi haqida kuylaydi.
54
  Jabborov a. musiqiy drama va komediya janrlari o‘bekiston kompozitorlarining 
ijodiyotidan. 63-bet.


63
«miskin ii» da shirinni axtarishi kuylansa, «Bayot i» da esa 
Farhod shamolga murojaat qilib, sevgilisiga salomini yetkazishni 
so‘raydi. Keyinchalik Farhodning «Farg‘onacha» qo‘shig‘i, 
Dugoh П, Chorgoh II, Chorgoh IV ariyalari keltiriladi.
spektaklning yana bir qahramoni - shirin obrazidir. Uning 
«Naylaram», «dugoh», “Rajabiy”, «mo‘g‘ulcha» ariyalari 
maqom va ashulalar asosida yozilgan. asarda o‘zbek xalq lirik 
ashulasi «Naylaram» asosida yuzaga kelgan Farhod va shirin 
sevgisining mavzusi to‘laqonli ifodalanadi:
Ijobiy qahramonlarning tavsifi ga Xisravshoh leytmotivi 
(uning asosida «askari» kuyi) qarama-qarshi qo‘yiladi. 
Kompozitor uning bir yo‘nalish bo‘ylab olg‘a siljishini, «ochiq» 
kvarta va kvintali parallelizmlar orqali mavzuning dag‘al 
qiyofasini ifodalaydi:


64
«Farhod va shirin» asaridagi xorlar o‘zbek musiqasidagi ilk 
ko‘p ovozli xorlardandir. Kompozitor Uspenskiy imitatsiyadan 
ko‘proq foydalanib, asosiy kuy (folklor) intonatsiyasidan 
ohanglar tuzilmasi bo‘yicha mustaqil ikkinchi ovozni yaratadi.
“Farhod va shirin” musiqali dramasining tomoshabinlar 
tomonidan zavq bilan kutib olinishida artistlarning ijrochilik 
mahorati ham muhim rol o‘ynadi. Halima Nosirova yaratgan 
Shirin, Lutfi xonim Sarimsoqova yaratgan Yosiman obrazlari 
tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
ii Jahon urushi yillarida musiqali drama janri yetakchi 
o‘rinni egalladi. Bu yillarda yaratilgan asarlar vatanni himoya 
qilish, bosqinchilarga qarshi kurash va kishilarning mamlakat 
ichkarisidagi fidokorona mehnatiga bag‘ishlangan bo‘lib, 
xalqni vatanparvarlik rahida tarbiyaladi. Urash yillarida o‘zbek 
ijodkorlari o‘z asarlarida front ichkarisi va orqasidagi mehnat 
va jang qahramonlarini ulug‘lovchi yangi-yangi musiqali sahna 
asarlarini yaratdilar. Jumladan, 1941-yil muqimiy nomidagi 
Respublika musiqali teatri jamoasi dramaturglar s.abdulla va 
Chustiyning “qurbon Umarov” nomli to‘rt pardali musiqali 
dramasini, s.abdulla, Chustiy va K.yashinning “davron 
ota” hamda sh.Turg‘un, a.Umariy, bastakor Yu.  Rajabiy, 
B.Nadejdinlaming “qasos” nomli musiqali dramalaiini 
tomohabinlarga havola etdilar. 1942-yili “qo‘chqor Turdiyev”, 
1944-yili “oftobxon”, shu yili yana “muqanna” kabi musiqali 
dramalarini saqnalashtirdilar. davr voqealari bilan hamohang 
yaratilgan bu asarlar xalqni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga 
munosib hissa qo‘shdilar.


65
shunday qilib, 20-30-yillarda yuzaga kelgan “Halima”, 
“Farhod va shirin”, “layli va majnun”, “Gulsara” kabi 
spektakllarda musiqali drama janri o‘zbek xalqining an’anaviy 
bir ovozli musiqiy merosi hamda ko‘p ovozli asarlar asosida 
shakllangan bo‘lsa, 40-yillarda esa musiqiy drama janrini 
rivojlantirish borasida izlanishlar yanada rivoj topdi. “davron 
ota”, “qurbon Umarov”, “oftobxon”, “muqanna” kabi musiqali 
dramalar ham xalq musiqiy merosi asosida yaratilgan bo‘lsalar-
da, lekin ular ko‘p ovozli uslubda simfonik orkestr jo‘rligida 
bunyodga keldi. deyarli qisqa vaqt ichida o‘zbekistonda 
“musiqali drama”janri mukammal ravishda shakllandi va rivoj 
topdi. yuqorida nomlari tilga olingan asarlarda musiqali drama 
janrining barcha tarkibiy qismlari mujassam boldi. ya”ni adabiy 
mazmun, musiqa san’atining turli shakllari, raqs san’ati, badiiy 
sahna bezaklari, sahna o‘yin harakatlari tarkibi mohirona uzviy 
qorishtirish (sintez) natijasida o‘zbek milliy musiqali drama 
janrining asosiy xususiyatlari bunyodga keldi.
50-yillarning o‘rtalaridan boshlab musiqali teatrlarning 
ijodiy faoliyatlarida o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi, ya’ni 
teatrlarning ma’muriy-moddiy masalalariga repertuarni 
boyitishda ko‘rinarli burilish va e’tibor kuchaydi. masalan, 
urush yillarida teatr repertuarida Vatan himoyasi bilan bog‘liq 
mavzu yetakchi o‘rinda turgan bo‘lsa, tinchlik davrida esa o‘zbek 
xalqining tarix va zamonaviy hayoti bilan bog‘liq turli mavzular 
teatr repertuaridan o‘rin ola boshladi. Keksa bo‘g‘inga mansub 
bo‘lgan dramaturg bastakor, kompozitor, rejissor, dirijorlar 
yoniga birin-ketin maxsus oliy o‘quv maskanlarida ta’lim olgan, 
iste’dodli yosh avlodlar teatrlarga kirib keldilar.
ikkinchi jaqon urashidan avvalgi va urush yillarida 
yaratilgan asarlar o‘zbek bastakorlari va rus kompozitorlari 
bilan hamkorlikda qaytadan ishlash usuli va simfonik orkestrga 
moslash orqali yuzaga kelgan edi. Urushdan keyingi yillarda 
professional o‘zbek kompozitorlarining mustaqil ijodlariga 


66
muhim e’tibor berilishi munosabati bilan juda ko‘p musiqiy 
drama va komediyalar yuzaga keldi.
50-90-yillarda yaratilgan musiqali drama va komediyalar 
m.leviyevning “oltin kolit musiqali drama-komediyasi, 
X.Rahimovning «ishqing bilan» musiqali dramasi, 
a.muxamedovning «Jon qizlar» komediyasi tarixiy mavzuda 
yaratilgan s.Boboyevning «Vatan ishqi», s.Jalilning «anvar 
va Ra’no», i.akbarovning “momo yer” musiqali dramalari va 
boshqalar. 50-90-yillarda tarixiy shaxslar mavzulari ham alohida 
o‘rin egailaydi. Biogralik mavzuda yaratiigan va uzoq yillar 
davomida teatr repertuarini boyitib kelayotgan musiqali dramalar 
orasida quyidagi spektakllarni ko‘ramiz: «Nurxon» K.yashin 
pyesasi, T.Jalilov va G.sobitov musiqasi; «muqimiy» s.abdulla 
pyesasi, T.Jalilov va G.mushel musiqasi; «G‘azal fojiasi» a. 
Bobojonov pyesasi, m.yusupov musiqasi; «Nodira» X.Razoqov 
pyesasi, s.Xayitboyev va K.Jabborov musiqasi; «alisher Navoiy 
astrabodda» l.mahsumov pyesasi, yu.Rajabiy va s.Jalil 
musiqasi; «Zavqiy» iC.mahkamov pyesasi, s.Xayitboyev 
musiqasi; «mashrab» aTursunov pyesasi, X.Rahimov musiqasi 
va boshqalar.
Tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan ilk musiqali sahna 
asarlardan bin «Nurxondir». asar mazmuni va uning musiqiy 
tizimi mukammalligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. 
dramaturg K. yashin va bastakorlar T.Jalilov va G.sobitovlarning 
ushbu asari o‘zbek musiqali teatrining shox asarlaridan biridir, U 
birinchi bor 1942-yilda sahnalashtirilgan. o‘sha davrda spektaki 
o‘zbek xalq cholg‘u asboblari ansambli jo‘rligida olib borilgan 
edi. ikkinchi tahrirda 1952-yildan boshlab simfonik orkestr bilan 
ijro etildi.
asar voqeasi 20-yillarning oxirida marg‘ilonda o‘tadi. Bu 
asarda birinchilardan bo‘lib teatr san’atiga qadam qo‘ygan 


67
Nurxon yo‘ldoshxo‘jayevaning fojiali siymosi gavdalantiriigan. 
asar qahramonlari ikki guruhga bo‘lingan. ijobiy obrazlar. 
Nurxon, uning onasi Kimyoxon, sevgilisi Haydar, uning 
onasi Zebiniso, singlisi qumrixon, Xuzurxo‘ja, Norqo‘zi va  
N.stepanov. salbiy obrazlar: Nurxonning otasi Hoji, akasi 
mamat, ammasi Xolchaxon, jiyani Nozik, sarkor.
55

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish