O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


partiyasi yo‘q. U faqat orkestrda leyt mavzuda aks ettirilgan



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana29.12.2021
Hajmi3,45 Mb.
#83188
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
ozbek musiqa adabiyoti


partiyasi yo‘q. U faqat orkestrda leyt mavzuda aks ettirilgan. 
Nurxon musiqali dramasida ansambllar ommaviy qo‘shiq, 
yalla va raqslar muhim rol o‘ynaydi. masalan, birinchi 
ko‘rinishda «Endi sendek», «abdurahmon begi» kabi yallalar 
jo‘rligida katta raqs sahnalari, «yor-yor», yalla-xorlar, spektakl 
yakunida ijro etiladigan motam ruhi bilan sug‘orilgan xor sahnasi 
bunga misol bo‘la oladi.
Nurxon musiqali dramasi o‘zbekiston musiqa mada-
niyatining oltin fondidan o‘rin olgan. Bu yuksak g‘oyaviy, 
badiiy asar o‘zining mazmuni va yaxlit musiqali dramaturgiyasi 
bilan tomoshabinlar e’tiborini jalb qila oldi.
musiqali teatr repertuaridan o‘zbek xalq doston va ertaklari 
asosida yaratilgan musiqali dramalar ham muhim o‘rin 
egallaydi. s.abdulla, T.Jalilov va G.sobitovning «alpomish», 
K.yashin, T.Jalilov va G.mushelning «Ravshan va Zulxumor», 
a.Bobojonov, m.yusupov, K.otaniyozov va l.stepanovning 
«oshiq G‘arib va shohsanam», X.sadulla va d.soatqulovning 
«yusuf va Zulayxo», R.Hamroyev, d.Zokirovning «shahzoda 
va yetim qiz» kabi musiqali dramalari shular jumlasidandir.
50-90-yillarda zamonaviy mavzuda juda ko‘p musiqali 
drama va komediyalar yaratildi. Ularda o‘zbekistonning 
madaniy va ma’naviy, kundalik hayotidagi ulug‘vor ishlar 
madh etiladi. masalan, a.Bobojonov va d.Zokirovlaming 
«so‘nmas chiroqlar», N.safarov, m.leviyevlarning «Kimga 
to‘y kimga aza», m. mirzayev va X. Rahimovlarning «so‘nggi 
fojia», m.Boboyev, m.yusupovlarning «Tungi faryodlar», 
X.muhammad va leviyevning «Toshkentning nozanin 
malikasi», X.G‘ulom va m.leviyevning «Toshbolta oshiq», 
«ajab savdolar», J Jabborov va i.akbarovning «o‘jarlar», «To‘y 
oldidan tomosha», o‘.Rashid, s.Xaitboyevlarning “qudalar” 
kabi musiqali drama va komediyalari bunga misol bo‘la oladi.


73
Umumlashtirib aytganda, yuqorida tilga olingan asarlarning 
g‘oyasi va mazmuni insonning dunyoqarashini kengaytirish
go‘zal hayotga intilish, hayotdagi muammolarga, nuqsonlarga 
barham berishga da’vat etadi.
1991-yilning 1-sentabrida o‘zbekiston o‘z mustaqilligiga 
ega bo‘ldi. Buyuk istiqlol sharofati ila mamlakatimizning 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiyva ma’naviy hayotida tub islohotlar 
boshlandi. Bu jarayon o‘laroq san’atkorlar, shu jumladan, musiqa 
ijodkorlari va olimlari faoliyatida ham yangi ufqlar namoyon 
bo‘la boshladi. Ma’lumki, insonning falsafiy dunyoqarashini, 
ma’naviy saviyasini oshirishda teatming ma’jizakor kuchi 
beqiyosdir. shunirig uchun ham, o‘zbek musiqali teatri xalqning 
olamshumul ong shakllanishi, ma
5
naviy o‘z-o‘zini angiash, erkin 
fikrlash va rahiyatni erkin tarbiyalash masalalariga safarbar 
etadigan sahna asarlari yaratishga harakat qildilar. so‘nggi 
yillarda kenja avlod yozuvchi-dramaturglar bilan hamkorlikda 
samarali ijod qilib, musiqali teatr repertuarini boyitishga o


hissalarini qo‘shdilar. muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida 
“oqibat” (B.Umidjonov musiqasi, R.ma

diyev librettosi), 
“dilafiro‘zga to‘rt oshiq” (N.Xalilov musiqasi, T.minullm, 
X.Valiullin pyesasi), “Bir kam dunyo” (a.Rasulov musiqasi, 
T.yunusov pyesasi), “Nodirabegim” (F.alimov musiqasi, 
Turob Tola pyesasi), “Fotima va Zuhta” (F. alimov musiqasi, 
J.Umarbekov asari), “soyibxo‘ja operatsiyasi” (F. alimov 
musiqasi, s.imomov pyesasi), “Kelin tanlov” (X.Rahimov 
musiqasi, R.azizxo‘jayev pyesasi), “ibrohim alayhissalom” 
(T.qurbonov musiqasi, N. qobul asari), “Taqdir” (B.lutfuliayev 
musiqasi, R.ma’diyev librettosi), “ sevgi nidosi” (m. Bafoyev 
musiqasi, s.Jo‘ra pyesasi) kabi asarlar sahna yuzini ko‘rdi.
musiqiy-sahnaviy asarlar yaratgan kompozitorlar orasida 
i.akbarov, m.Bafoyev, F.alimov, X.Rahimov, a.Ergashev va 
boshqa kompozitorlarni alohida ko‘rsatish mumkin.


74
iste’dodli kompozitor Farhod alimovning “Fotima va 
Zuhra”, “devona”, “Nodirabegim”, “Checha’\ “super qaynona”, 
“soyibxo‘ja operatsiyasi” kabi musiqali drama va komediyalari 
alohida o‘rin tutadi. Uning “Fotima va Zuhra”musiqali dramasi 
va “superqaynona” musiqali komediyasi muqimiy nomidagi 
musiqali drama teatri repertuaridan muhim o”rin olgan 
spektakllar sifatida diqqatga sazovor.
so‘nggi yillarda o‘zbek musiqali drama va komediyalarida 
ayni milliylik sari harakatlarning jadallashtirilganini kuzatish 
mumkin. ma’lumki, musiqali drama janrining rivojida 
1930-yillardan 70-yillaigasha asosan ovropacha shakllar 
qo‘llanilib, ko‘proq operabop vokal uslubi hukmronlik qilar edi. 
Bu vaziyat so‘nggi yillarda xalqchillik, milliy uslub tomonga 
o‘zgardi. yangi-yangi o‘zbek musiqali drama va komediyalarida 
xalq qo‘shiq va ashulachiligiga xos ohanglar, milliy ijrochilik 
yo‘sinidagi uslublar, raqsbop jo‘shqin sur’atlar va xiima-xil 
usullar ifoda vositalari sifatida keng ishlatilmoqda. Xuddi 
shu sifatlarga ega bo‘lgan B.lutfullayevning «yor istab» va 
«Samarqand ushshog‘i”, S.Xayitboyevning «Наг kimki vafo 
qilsa», F.alimovning «Fotima va Zuhra», «super qaynona» 
musiqali drama va komediyalari tomoshabinlar tomonidan 
qizg‘in qarshi olinib, respublikamiz teatrlari repertuarlaridan 
mustahkam o‘rin egalladi.
Yuqorida tilga olingan ijodkor mualliflar, musiqali drama 
teatri jamoalari xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va 
rivojlantirish, estetik didini yanada oshirish yo‘lida samarali 
ijod qilmoqdalar.


75

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish