O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi



Download 0,87 Mb.
bet14/51
Sana18.07.2022
Hajmi0,87 Mb.
#824139
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
Avtotransport vositalarida

л _ Gmaks ' lo‘rt avt;
A y 77 ™’ л v L
qo‘rt ' Y' Vtas ' Hsh
bu yerda: lort o‘rtacha tashish masofasi, km;
у — sig‘imdan foydalanish koeffitsiyenti;
Tish — avtobuslarning o‘rtacha ish vaqti, soat; qo‘rt — avtobuslarning o‘rtacha sig‘imi, nafar.
Umumiy hollarda avtobuslar soni, yo‘lovchilar oqimining taqsimlanishi notekislik koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda quyidagicha topiladi.
- Gkun ' lo‘rt ' Koy ' Kyo‘l ' Koylik ' Kbo‘lak dona
qa 'у' Vtas 'T ish
Takrorlash uchun savollar:

  1. Aholining transport harakatchanligi deb nimaga aytiladi?

  2. Yo‘lovchilar oqimi deganda nima tushuniladi?

  3. Yo‘lovchilar oqimining kun soatlari bo‘yicha notekislik koef- fitsiyenti qanday hisoblanadi?

  4. Yo‘lovchilar oqimining yo‘nalish bo‘laklari bo‘yicha notekislik koeffitsiyenti nimani tavsiflaydi?

  5. Yo‘lovchilar oqimini qaysi usullar yordamida aniqlash mumkin?

  6. Anketa usuli nima?

  7. Talon usuli yordamida qanday ma'lumotlar aniqlanadi?

  8. So‘rovnoma usuli yordamida qanday ma'lumotlar aniqlanadi?

  9. Ko‘z bilan chamalash usuli yordamida qanday ma'lumotlar aniqlanadi?

  10. Chipta usuli qay vaqtda qo‘llaniladi?

  11. Avtobuslar turi va sig‘imi qanday tanlanadi?

  12. Harakat intervali deb nimaga aytiladi?

  13. Harakat chastotasi nima?

  1. Avtobus tezliklarini me'yorlash

Avtokorxonalarning texnik-tasarruf ko‘rsatkichlarini reja- lashtirish uchun birinchi galda avtobuslarning har bir yo‘na- lishdagi tezliklarini aniqlash va me'yorlash zarur bo‘ladi. Buning uchun yo‘nalishlarda avtobuslarning harakat tezliklarini kuzatish va olingan ma'lumotlarni matematik-statistik usullar yordamida qayta ishlash kerak.
Harakat tezliklarini kuzatishning bir qancha usullari mav- jud bo‘lib, ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. Mexanik kontaktli o‘lchash usuli. Bu usulda tezlik pnev- matik, elektron kontaktli yoki boshqa turdagi datchiklar yorda- mida amalga oshiriladi.

  2. Avtomobillarni nurlash usuli. Bu usulda tezlik infraqizil nurli, ultratovushli yoki radiolokatsion datchiklar yordamida amalga oshiriladi.

  3. Fotoelektrik usul. Bu usul harakatni suratga yoki kinoga olish orqali amalga oshiriladi.

  4. Maxsus harakatlanuvchi avtomobil-laboratoriyadan foydalanish usuli. Bu usulda avtomobil-laboratoriya tezlikni o‘lchovchi asboblar bilan jihozlangan bo‘ladi.

  5. «Beshinchi g‘ildirak» yordamida tezlikni aniqlash usuli. Bu usulda avtomobilga taxometr o‘rnatilgan beshinchi g‘ildirak biriktiriladi. Avtomobil harakatlanganda dinamik kuchlar ta'sirida g‘ildiraklarning radiuslari o‘zgarib turadi va o‘lchash ishlariga xatoliklarni kirgizadi. Beshinchi qo‘shimcha g‘ildirakka dinamik kuchlar ta'sir etmaganligi uchun undan foydalanganda o‘lchash ishlari aniq bo‘ladi. Taxometr har ondagi tezlikni ko‘rsatib boradi va bu tezlik biron-bir turdagi asbob vositasida o‘ziyozar asbob, taxograf yordamida yozib olinadi.

O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda keng foyda- lanilayotgan «Mercedes-Benz Low Floor» rusumli avtobuslarga taxograflar zavodning o‘zida o‘rnatilgan va ular qatnaydigan yo‘nalishlarda tezlikni me'yorlash ishlarini juda osonlashtiradi.

  1. Sekundomer yordamida tezlikni aniqlash va me'yorlash usuli. Bu usulda maxsus kuzatuvchi har bir bekat oralig‘ini avtobus qancha vaqtda bosib o‘tganini, uning oraliq va oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini maxsus jadvalga qayd qilib boradi.

Yuqorida sanab o‘tilgan 1—4-usullar yordamida avtomo- billarning oniy tezliklari aniqlansa, qolgan 5- va 6-usul yorda- mida butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha o‘rtacha tezlik aniq- lanadi.
5-usuldan foydalanilganda yo‘nalish va bekatlar orasidagi masofa avtomatik ravishda aniqlanib boriladi. Bu usuldan foydalanish chog‘ida kuzatish uchun tajribali haydovchilarni tanlash va ularga yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda maksimal xavfsiz tezlikda harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma berish kifoya qiladi.
6-usulda esa tajribalarga qo‘shimcha ravishda yo‘nalish va bekatlar orasidagi masofani eng ko‘pi bilan 10% gacha xatolik bilan aniqlash yuklanadi, aks holda kuzatuv natijalari qoni- qarsiz deb hisoblanadi. Masofalarni o‘lchash uchun bugungi kunda maxsus asbob «Kurvimetr» ishlab chiqilgan bo‘lib, uning o‘lchash xatoligi har 1000 m ga 10 sm dan ortmaydi, ya'ni o‘lchash xatoligi 1% dan ham kichik.

  1. Yo‘nalishlarda tezliklarni xronometraj usulida me'yorlash

Bu usul eng sodda bo‘lgani uchun yo‘nalishlarda tezliklarni me'yorlashda keng qo‘llanilib kelyapti.
Tezliklarni me'yorlash uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Birinchi galda xronometraj natijalarini qayd etish uchun maxsus varaqa tayyorlanadi. Varaqaning shakli ixtiyoriy bo‘lib, kuzatishlar qanday maqsadlar uchun o‘tkazilishiga bog‘liq bo‘ladi:
— faqat avtomobillarning texnik tezliklarini aniqlash uchun;
— texnik va aloqa tezliklarini aniqlash uchun;
— texnik, aloqa va tasarruf tezliklarini aniqlash uchun;
— tezliklardan tashqari yo‘lovchilar oqimini o‘rganish uchun (bu maqsad uchun kuzatuvchilar soni avtobusning eshiklari soniga teng qilib olinadi). Faqat tezliklarni me'yor- lash uchun tuzilgan kuzatuv varaqasi 9-jadvalda ko‘rsa- tilagan.


9-jadval



Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish