O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


 
23–Mavzu: Oddiy efirlar. 
 
Reja. 
1. Oddiy efirlarning nomenklaturasi va izomeriyasini; 
2. Oddiy efirlarning olinish usullarini; 
3. Oddiy efirlarning fizikaviy xossalarini. 
Yangi darsning bayoni. 
 
Spirtlar va fenollar molekulasidagi gidroksil guruh vodorodini uglevodorod 
radikaliga  almashinishi  natijasida  hosil  bo`ladigan  organik  birikmalar  oddiy 
efirlar deb ataladi.  
Oddiy efirlar molekulasida ikkita bir valentlik uglevodorod radikali kislorod 
orqali bog`langan bo`ladi. Masalan:           
R–O–H → R–O–R
I
 
 
Oddiy  efirlarning  umumiy  formulasi  R–O–R
I
  bo`lib,  ularni  spirtlarning 
angidridi yoki suvning hosilasi deb qarash mumkin. 
R–OH + HO–R → R–O–R + H
2

H–O–H → R–O–R 
  
Molekulasida  ikkita  bir  xil  uglevodorod  radikali  tutgan  oddiy  efirlar 
simmetrik  oddiy  efirlar,  ikki  xil  uglevodorod  radikali  tutgan  oddiy  efirlar  esa 
aralash oddiy efirlar deb ataladi.  
 
Nomenklaturasi  va  izomeriyasi.  Ratsional  nomenklatura  bo`yicha  oddiy 
efirlarni  nomlashda  uglevodorod  radikallari  nomiga  efir  so`zi  qo`shib  nomlanadi. 
Agar  radikallar  bir  xil  bo`lsa  radikal  nomi  oldiga  di–  old  qo`shimcha  qo`shiladi. 
Radikalar  har  xil  bo`lsa,  dastlab  kichik  radikal  nomi,  so`ngra  katta  radikal  nomi 
aytiladi.  
 
Xalqaro  nomenklaturaga  ko`ra  oddiy  efirlar  nomlanganda  bitta  vodorod 
atomi  alkoksi  (RO–)  guruhiga  almashingan  uglevodorodlar  hosilasi  sifatida 
qaraladi. 

 
122 
 
Olinish  usullari.  Oddiy  efirlar  sanoatda  va  laboratoriyada  asosan  quyidagi 
usullar bilan olinadi. 
1.  Spirtlarni  suvni  tortib  oluvchi  moddalar–konsentrlangan  H
2
SO
4
  yoki 
Al
2
O
3
 ishtirokida qizdirish: 
R–OH + HO–R → R–O–R + H
2

 
2. Vilyamson usuli bo`yicha alkogolyatlarga galogen alkillar ta`sir ettirish: 
C
2
H
5
–ONa + J–CH
3
 → C
2
H
5
–O–CH
3
 + NaJ 
Gomologik qatori. 
CH
3
–O–CH
3
 
CH
3
–O–C
2
H
5
 
CH
3
–O–C
3
H
7
 
CH
3
–O–C
4
H
9
 
C
2
H
5
–O–C
2
H
5
 
C
2
H
5
–O–C
3
H
7
 
C
2
H
5
–O–C
4
H
9
 
C
3
H
7
–O–C
3
H
7
 
C
3
H
7
–O–C
4
H
9
 
C
4
H
9
–O–C
4
H
9
 
Dimetil efir, metoksi metan 
Metil etil efir, etoksi metan 
Metil propil efir, propoksi metan 
Metil butil efir, butoksi metan 
Dietil efir, etoksi etan 
Etil propil efir, propoksi etan 
Etil butil efir, butoksi etan 
Dipropil efir, propoksi propan 
Propil butil efir, butoksi propan 
Dibutil efir, butoksi butan 
Fizikaviy  xossalari.  Oddiy  efirlarning  dastlabki  ikki  vakili–dimetil  efir  va 
metiletil  efirlar oddiy  sharoitda gaz  moddalar  bo`lib, dietil  efirdan boshlab o`ziga 
xos hidli, rangsiz suyuqliklardir. Ular suvdan yengil, suvda yomon eriydi, organik 
erituvchilarda  yaxshi  eriydi.  Oddiy  efirlarning  o`zlari  ham  ko`pgina  organik 
moddalar uchun erituvchilar hisoblanadi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
 
Oddiy  efirlar–spirtlar  va  fenollar  molekulasidagi  gidroksil  guruh 
vodorodini uglevodorod radikaliga almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik 
birikmalar.  
 
Simmetrik  oddiy  efirlar–molekulasida  ikkita  bir  xil  uglevodorod  radikali 
tutgan oddiy efirlar. 

 
123 
Aralash  oddiy  efirlar–molekulasida  ikki  xil  uglevodorod  radikali  tutgan 
oddiy efirlar.  
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1. Oddiy efirlar deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi? 
2. Oddiy efirlar qanday sinflarga ajratiladi? 
3. Oddiy efirlarning gomologik qatorini sanab bering. 
4. Qanday efirlar simmetrik oddiy efirlar deb ataladi, ularga misollar keltiring? 
5. Qanday efirlar aralash oddiy efirlar deb ataladi, ularga misollar keltiring? 
6. Ratsional nomenklatura bo`yicha oddiy efirlar qanday nomlanadi? 
7. Xalqaro nomenklatura bo`yicha oddiy efirlar qanday nomlanadi? 
8. Oddiy efirlar qanday usullar bilan olinadi? 
9. Oddiy efirlar qanday fizikaviy xossalarni namoyon qiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
24–Mavzu: Peroksidlar haqida tushuncha. 
 
Reja. 

 
124 
1. Oddiy efirlarning kimyoviy xossalarini; 
2. Peroksidlar haqida tushuncha va ularning tuzilishini. 
Yangi darsning bayoni. 
Kimyoviy  xossalari.  Oddiy  sharoitda  oddiy  efirlar  turg`un  birikmalar 
hisoblanadi. Uy  haroratida natriy  metali  ham, ishqorlar ham, ko`pchilik  kislotalar 
ham  oddiy  efirlar  bilan  reaksiyaga  kirishmaydi.  Faqat  konsentrlangan  sulfat  va 
yodid kislotalar oddiy efirlar bilan reaksiyaga kirisha oladi va ularni parchalaydi.  
1.  Konsentrlangan  sulfat  kislota  oddiy  efirlar  bilan  reaksiyaga  kirishib, 
ularni tegishli murakkab efir va spirtga aylantiradi, masalan: 
C
2
H
5
–O–C
2
H
5
 + HO–SO
3
H → C
2
H
5
–OH + C
2
H
5
–OSO
3

 
2. Konsentrlangan yodid kislota hatto sovuqda ham oddiy efirlarni parchalay 
oladi hamda spirt va yodli hosila hosil bo`ladi: 
C
2
H
5
–O–C
2
H
5
 + HJ → C
2
H
5
–OH + C
2
H
5
–J 
 
Agar  oddiy  efirlar  bilan  konsentrlangan  yodid  kislota  orasidagi  reaksiya 
qizdirish bilan olib borilsa, ikki molekula yodli hosila hosil bo`ladi: 
C
2
H
5
–O–C
2
H
5
 + 2HJ → 2C
2
H
5
–J + H
2

 
3.  Oddiy  efirlarning  oksidlanishi.  Gidrolitik  parchalanishga  turg`un 
bo`lgan  oddiy  efirlar  oksidlanish  xususiyatiga  ega  bo`lib,  ularning  oksidlanish 
mahsulotlaridan biri organik peroksid birikmalar hisoblanadi. Organik peroksid 
birikmalar  vodorod  peroksidning  hosilalari  sifatida  qaraladi.  Agar  vodorod 
peroksidda bitta vodorod atomi radikalga almashingan bo`lsa (R–O–O–H), bunday 
birikmalar  organik  gidroperoksidlar,  agar  ikkala  vodorod  atomlari  radikalga 
almashingan bo`lsa (R–O–O–R) organik peroksidlar deyiladi.  
 
Ko`pchilik  organik  peroksid  birikmalar–yoqimsiz  hidli  suyuqliklar  bo`lib, 
ular  barqaror  birikmalar  emas,  ko`pchiligi  portlash  xususiyatiga  ega.  Organik 
gidroperoksidlar kuchsiz kislotalik xossaga ega bo`lib, o`yuvchi ishqorlar bilan  
R–O–O–Na tipidagi tuzsimon birikmalarni hosil qiladi. Organik moddalar kislorod 
bilan  oksidlanganda,  odatda,  oraliq  mahsulot  sifatida  organik  peroksidlar  hosil 
bo`ladi. 

 
125 
 
Dietil  efir  (efir)  rangsiz,  harakatchan,  o`ziga  xos  hidli  suyuqlik.  U  suvda 
yomon  eriydi,  20 
0
C  da  suvning  10  qismida  6,5  qism  efir  eriydi.  Dietil  efir  spirt 
bilan  istalgan  nisbatda  aralashadi.  Dietil  efir  oson  uchuvchan,  oson 
alangalanuvchan modda bo`lib, uning bug`i havo bilan portlovchi aralashma hosil 
qiladi.  
Dietil  efir  texnikada  yog`,  smola,  alkaloid  va  boshqa  muhim  organik 
moddalar  uchun  erituvchi  sijatida  ishlatiladi.  Efirning  spirt  bilan  aralashmasi 
Goffman tomchilari nomi bilan og`riqni qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. 
Tibbiyotda narkoz sifatida qo`llaniladigan efir mutlaqo toza bo`lishi shart. U 
ayniqsa, yorug`lik  va  kislorod  ta`sirida  ochiq  holda  turib qolsa, tezda  oksidlanadi 
va  zaharli  moddalarga  aylanadi.  Oksidlanish  mahsulotlari  ichida  eng  ko`p 
miqdorda  oksietil  peroksid  borligi  aniqlangan.  Bir  oz  namlik  ta`sirida  oksietil 
peroksid parchalanib, oksietil gidroperoksid va sirka aldegid hosil qiladi: 
C
2
H
5
O
C
2
H
5
+
3(O)
C H
3
C H O H
O
C H O H
C H
3
+
H
O H
C H
3
C H O H
O
O H
+
C H
3
C H O H
H
2
O
+
C H
3
C
O
H
O H
 
 
Oksietil  gidroperoksid  polimerlanib  oson  portlovchi  modda–etiliden 
peroksid hosil qiladi: 
C H
C H
3
O
O
[ . . .
. . . ]
n
 
 
Efirning  peroksid  birikmalarini  aniqlash  uchun  efirga  kaliy  yodid  eritmasi  
qo`shib  chayqatiladi.  Bunda  peroksidlar  yodid  ionini  neytral  yodga  oksidlaydi, 
natijada, rangsiz kaliy yodid eritmasi sariq rang tusiga kiradi: 
C
2
H
5
O
O
O
O
C
2
H
5
+
2KJ
+
H O H
C
2
H
5
O
O
O
C
2
H
5
+
2KOH
+
J
2
 
 
Fuksinsulfit  kislotaning  qizarishi  bo`yicha  esa  efir  tarkibidagi  sirka  aldegid 
aniqlanadi (aldegidlarga xos sifat reaksiya). 
Mavzuga oid tayancha iboralar. 
Oddiy  efirlarning  oksidlanishi–gidrolitik  parchalanishga  turg`un  bo`lgan 
oddiy efirlar oksidlanish xususiyatiga ega. 

 
126 
Organik peroksid birikmalar–oddiy efirlarning oksidlanish mahsulotlari. 
Organik  gidroperoksidlar–vodorod  peroksiddagi  bitta  vodorod  atomi 
radikalga almashingan oddiy efir. 
Organik  peroksidlar–vodorod  peroksiddagi  ikkala  vodorod  atomlari 
radikalga almashingan oddiy efir. 
Dietil efir (efir)–rangsiz, harakatchan, o`ziga xos hidli suyuqlik.  
Goffman  tomchilari–dietil  efirning  spirt  bilan  aralashmasi,  og`riqni 
qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1. Oddiy efirlar qanday kimyoviy xossalarni namoyon qiladi? 
2. Peroksidlar deb qanday moddalarga aytiladi? 
3. Dietil efir qanday xossalarga ega hamda tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi? 
4. Dimetil efir, metil  etil efir  kabi  moddalarga konsentrlangan sulfat kislota ta`sir 
ettirilganda qanday moddalar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing. 
5. Dimetil efir, metil etil efir kabi moddalarga konsentrlangan yodid kislota ta`sir 
ettirilganda qanday moddalar hosil bo`ladi, reaksiya tenglamalarini yozing. 
6. Parchalanish mahsulotlarini aniqlash qanday tarzda amalga oshiriladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 

 
127 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
25–Mavzu: Aldegidlar, gomologik qatori va xossalari. 
 
Reja. 
1. Aldegidlar tarkibini, funksional guruhini; 
2. Aldegidlarning izomeriyasi va nomenklaturasini
3. Aldegidlarning olinish usullari va fizikaviy xossalarini. 
Yangi darsning bayoni. 
 
Molekulasi  tarkibida  karbonil  guruhi  (>C=O)  mavjud  bo`lgan  organik 
birikmalar  oksobirikmalar  deyiladi.  Oksobirikmalar  ikki  turga  bo`linadi: 
aldegidlar va ketonlar. 
 
Molekulasidagi karbonil guruhining bir bog`i vodorod atomi, ikkinchi bog`i 
biror  bir  uglevodorod  radikali  bilan  bog`langan  oksobirikmalar  aldegidlar  deb 
ataladi  (chumoli  aldegidi  bundan  mustasno).    Aldegidlar  molekulasi  R–CH=O 
formula bilan ifodalanadi. Bir valentlik radikal –CH=O aldegid guruhi deyiladi.  
 
Molekulasidagi  karbonil  guruhining  ikkala  bog`i  ham  uglevodorod 
radikallari  bilan  bog`langan  oksobirikmalar  ketonlar  deb  ataladi.  Ketonlar 
molekulasi  R–CO–R  formula  bilan  ifodalanadi.  Ikki  valentlik  radikal  >C=O 
karbonil guruhi (keto–guruh yoki okso–guruh) deyiladi. 
 
Aldegid  va  ketonlar  to`yingan  va  to`yinmagan,  ochiq  zanjirli  va  yopiq 
halqali, bir karbonilli va ko`p karbonilli aldegid va ketonlarga bo`linadi. 
Aldegidlar  deb  uglevodorod  molekulasida  bitta  yoki  bir  nechta  karbonil 
guruhi (>C=O) bo`ladigan organik oksobirikmalarga aytiladi. Molekula tuzilishiga 
ko`ra  aldegidlar  to`yingan  va  to`yinmagan,  ochiq  zanjirli  va  yopiq  halqali,  bitta 
karbonil  guruhi  tutgan  yoki  ko`p  karbonil  guruhi  tutgan  aldegidlarga  bo`linishi 
mumkin. 
Aldegidlar umumiy  C
n
H
2n
O  formulaga  ega  bo`lib, to`yingan aldegidlarning 
tarkibi R–CH=O yoki C
n
H
2n+1
–CH=O formulalar bilan ifodalanadi. Ular ham bir–

 
128 
birlari  bilan  bitta  yoki  bir  nechta  CH
2
=  metilen  guruhiga  farq  qiladigan 
aldegidlarning gomologik qatorini hosil qiladi. 
Gomologik qatori. 
CH
2
O ; H–CH=O 
C
2
H
4
O ; CH
3
–CH=O 
C
3
H
6
O ; C
2
H
5
–CH=O 
C
4
H
8
O ; C
3
H
7
–CH=O 
C
5
H
10
O ; C
4
H
9
–CH=O 
C
6
H
12
O ; C
5
H
11
–CH=O 
C
7
H
14
O ; C
6
H
13
–CH=O 
C
8
H
16
O ; C
7
H
15
–CH=O 
C
9
H
18
O ; C
8
H
17
–CH=O 
C
10
H
20
O ; C
9
H
19
–CH=O 
Chumoli aldegid, formaldegid, metanal 
Sirka aldegid, atsetaldegid, etanal 
Propion aldegid, propil aldegid, propanal 
Moy aldegid, butil aldegid, butanal 
Valerian aldegid, pentil aldegid, pentanal 
Kapron aldegid, geksil aldegid, geksanal 
Enant aldegid, geptil aldegid, geptanal 
Oktil aldegid, oktanal 
Nonil aldegid, nonanal 
Detsil aldegid, decanal 
Nomenklaturasi.  «Aldegid»  so`zi  bu  turdagi  birikmalar  olishning  umumiy 
usulidan  kelib  chiqqan  bo`lib,  aldegidlar  degidrogenlangan  spirt,  ya`ni  vodorodi 
tortib  olinagn  spirt  mahsuloti  deb  qaraladi.  Ikkita  lotincha  so`z  Alcohol 
dehydrogenatus  (Degidrogenlangan  spirt)  so`zlarining  qisqartmasidan  aldegid 
so`zi kelib chiqqan. Aldegidlar quyidagicha nomlanadi: 
1. 
Tarixiy 
nomenklatura 
bo`yicha 
aldegidlar 
nomlanganda 
ular 
oksidlanganda  hosil  bo`ladigan  karbon  kislotalar  nomi  bilan  ataladi,  masalan: 
chumoli aldegid, sirka aldegid. 
2.  Ratsional  nomenklaturaga  asosan  aldegidlar  nomlari  radikallar  nomiga 
aldegid so`zi qo`shib hosil qilinadi, masalan: metil aldegid, etil aldegid. 
3.  Xalqaro  nomenklaturaga  ko`ra  aldegidlarning  nomlari  tegishli  to`yingan 
uglevodorodlar  nomiga  –al  qo`shimchasi  qo`shish  yo`li  bilan  hosil  qilinadi, 
masalan: metanal, etanal.  
Murakkab  hollarda  esa  aldegid guruhi  tutgan  asosiy  uzun  zanjir topiladi va 
raqamlanadi.  Raqamlash  doimo  karbonil  guruhi  uglerodidan  boshlanadi.  Radikal 
birikkan  uglerod  atomining  holati  ko`rsatiladi,  radikal  hamda  asosiy  zanjir  nomi 
aytiladi, masalan: 

 
129 
C H
3
C H
C H
3
C
H
O
 
                                                     2–metil propanal 
Izomeriyasi. Aldegidlarning izomeriyasi faqat aldegid guruhi bilan birikkan 
radikallar  izomeriyasiga  bog`liq  bo`lib,  aldegidlarda  izomeriya  butanaldan 
boshlanadi. Masalan: n–butanal, 2–metil propanal  
C H
3
C H
C H
3
C
H
O
C H
3
C H
2
C H
2
C
O
H
 
Olinish usullari. Aldegidlar sanoatda asosan quyidagi usullar bilan olinadi:  
1.  Birlamchi  spirtlar  oksidlanganda  aldegidlar  hosil  bo`ladi.  Spirtlarni 
oksidlash  jarayoni  gaz  va  suyuq  fazalarda  olib  boriladi.  Suyuq  fazada  spirtlarni 
oksidlash  uchun  K
2
Cr
2
O
7
,  KMnO
4
,  MnO
2
,  CrO
3
  kabi  oksidlovchilar  ishlatiladi. 
Gaz  fazada  oksidlash  jarayoni  uchun  spirt  bug`larining  havo  bilan  aralashmasi 
yuqori haroratda (300–600 
0
C) metall katalizatorlari (Zn, Cu) ustidan o`tkaziladi 
2Cu + O
2
 → 2CuO 
C H
3
O H
+
C u O
H
C
O
H
+
C u
+
H
2
O
 
2. Spirtlar katalitik degidrogenlanganda aldegidlarga aylanadi: 
C H
3
C H
2
C
H
O
C H
3
C H
2
C H
2
O H
+
H
2
 
3. Galogen atomlari geminal joylashgan digalogenli hosilalar ishqor eritmasi 
ishtirokida qaynatilganda aldegidlar hosil bo`ladi, masalan: 
C H
3
C H
C l
C l
+
2NaOH
C H
3
C H
O H
O H
+
2NaCl
 
C H
3
C
O
H
+
H
2
O
C H
3
C H
O H
O H
 
4. Kucherov reaksiyasi usuli bilan olinadi: 
C H
3
C
O
H
+
H C
C H
H O H
[ C H
2
= C H O H ]
 

 
130 
 
Fizikaviy  xossalari.  Aldegidlarning  eng  oddiy  vakili  chumoli  aldegid 
(formaldegid) bo`lib, u oddiy sharoitda o`tkir hidli gaz, suvda yaxshi eriydi, uning 
suvdagi 40 % li eritmasi formalin deb ataladi. Gomologik qatorning o`rta vakillari 
suyuqliklar, yuqori molekulali aldegidlar qattiq moddadir.  
 
Quyi molekulali aldegidlar suv bilan istalgan nisbatda aralashadi, keyingilari 
suvda  yomon  eriydi.  Aldegidlar  efirda  va  spirtda  yaxshi  eriydi.  Aldegidlarning 
molekula  og`irligi  ortishi  bilan  ularning  qaynash  haroratlari  ko`tariladi,  nisbiy 
zichligi  qiymati  ortadi.  Normal  tuzilgan  aldegidlarning  qaynash  haroratlari 
tarmoqlangan zanjirli aldegidlarning qaynash haroratidan yuqori bo`ladi, masalan: 
moy aldegid 75 
0
C da, izomoy aldegid 64 
0
C da qaynaydi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Oksobirikmalar–molekulasi  tarkibida  karbonil  guruhi  mavjud  bo`lgan 
organik birikmalar.  
 
Aldegidlar–molekulasidagi  karbonil  guruhining  bir  bog`i  vodorod  atomi, 
ikkinchi bog`i biror bir uglevodorod radikali bilan bog`langan oksobirikmalar. 
 
Ketonlar–molekulasidagi 
karbonil 
guruhining 
ikkala 
bog`i 
ham 
uglevodorod radikallari bilan bog`langan oksobirikmalar.  
Alcohol  dehydrogenatus–ikkita  lotincha  so`z  (Degidrogenlangan  spirt) 
so`zlarining qisqartmasidan aldegid so`zi kelib chiqqan.  
Formalin–chumoli aldegidning suvdagi 40 % li eritmasi.  
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1. Oksobirikmalar deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi?  
2. Oksobirikmalar nechta sinfga bo`linadi? 
3. Qanday turdagi oksobirikmalar aldegidlar deb ataladi?  
4. Aldegidlarning gomologik qatorini sanab bering. 
5. Aldegidlar ratsional nomenklaturaga ko`ra qanday nomlanadi? 
6. Aldegidlar xalqaro nomenklaturaga ko`ra qanday nomlanadi? 
7. Aldegidlar qanday usullar bilan hosil qilinadi? 
8. Aldegidlar qanday fizikaviy xossalarni namoyon qiladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 

 
131 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
26–Mavzu: Formaldegid va atsetaldegid. 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish