O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/56
Sana01.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#423373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)

Tabiatdan oqilona foydalanish
ni tashkil etish tabiiy 
resurslardan majmuali va tejamkorlik bilan foydalanish, ilmiy 
tadqiqot ishlarini o‘tkazish asosida tabiiy resurslardan foydalanish 
darajasini belgilash va eng qulay variantlarini (lot. 
varians
o‘zgaruvchan) asoslash, ishlab chiqarishni tabiiy resurslardan 
foydalanish jarayonlarida imkoni boricha atrof muhitga zararli 
ta’sirini bartaraf qilish va kishilarning me’yoriy hayotiy faoliyatini 
ta’minlash maqsadida atrof muhitning buzilishi va ifloslanishini 
oldini olish, tabiiy resurslarni qayta tiklashga qaratilgan tadbirlarni 
belgilashga asoslangan bo‘lishi lozim.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza 
qilish va qayta tiklashning birligi jamiyatning tabiat bilan o‘zaro 
aloqalaridagi asosiy tamoyildir. Zero, tabiatdan foydalanish - 
tabiiy resurslardan foydalanishning zaruriy sharti va tabiatdan 
foydalanish hamda tabiatning tabiiy tiklanish imkoniyatlari 
orasidagi dinamik muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Tabiiy 
resurslardan foydalanishga doir har qanday tadbir tabiiy muhitni 
inson ta’sirining noxush oqibatlaridan asrash, insonning me’yoriy 
hayotiy, ma’naviy va moddiy faoliyatini ta’minlash bilan bir 
qatorda va bir paytda o‘tkazilishi lozim.
Tabiatdan foydalanishda muhim bo‘g‘inni 
tabiatni 
maqsadli o‘zgartirish
ishlari tashkil etadi. Chunki faqat tabiatni 
1. Madaniy landshaft bir xil bo‘lmasligi kerak. 
2. Madaniy landshaftda antropogen bo‘sh joylar, tashlandiq 
karyerlar, atrof muhit ifloslaqnishining manbalari bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin bo‘lgan turli chiqindigohlar va boshqa “noqulay” 
yerlar 
bo‘lmasligi 
kerak. 
Ularning 
barchasi 
qayta 
obodonlashtirilishi - rekultavatsiya (lot. 
re
qarshi + 
cultus
ekish, 
ishlov berish) qilinishi kerak. 
3. Yerdan foydalanishning barcha turlari orasida yashil 
qoplamga asosiy e’tibor berilishi kerak. Odatda eng yaxshi yerlar 
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun berilishi kerak. Ammo 
rekultivatsiya qilingan maydonlar, bo‘sh yerlar va kam unumdor 
qishloq xo‘jalik yerlarining bir qismidan foydalanilganda 
daraxtzorlar 
band 
etadigan 
maydonlarni 
imkon 
boricha
ko‘paytirishga harakat qilish lozim.
4. Ayrim landshaftlarda tabiiy muvozanatni saqlash uchun 
yerlardan ekstensiv foydalanish ham maqsadga muvofiq. Chunki, 
tabiiy biotsenozlar madaniy biotsenozlarga nisbatan Quyosh 
energiyasi va suvdan to‘liqroq foydalanadi va muayyan 
sharoitlarda iqtisodiy jihatdan samaraliroqdir. Landshaftlarni 
“parvarishlash”da yerdan foydalanishning turli (masalan, 
ekinzorlar, bog‘lar, yaylovlar va b. ) tiplarini birgalikda tashkil 
etish va ularni qo‘llab-quvvatlash anchagina iqtisodiy foyda 
bergan holda ekologik talablarga ham mos tushadi. 
5. Landshaft hududini tashkil etish loyihalarida muhofaza 
qilinadigan hududlar (shu jumladan, qo‘riqxonalar) uchun ham joy 
ajratilishi lozim. Qo‘riqxonalar band qilgan hudud faqat ilmiy 
maqsadlarda 
foydalanilishi, 
xo‘jalikda 
esa 
batamom 
foydalanilmasligi lozim. Bundan tashqari, qo‘riqxonalar o‘simlik 
va hayvonlarning genofondini (yun. 
genёs
tug‘iladigam; lot. 
fundus
asos)saqlab qolish imkonini beradi, ko‘pgina qimmatbaho 
turlar yashirinadigan maskan va joylashadigan markaz bo‘lib 
xizmat qiladi, yaqin atrofdagi hududlarda tabiiy jarayonlarni 
tartibga solishga imkon beradi. 
Muayyan sharoitlarga va eng avvalo landshaftlarning tabiiy 
tuzilmasining qay darajada saqlanib qolganligi darajasiga bog‘liq 
holda turli xildagi tabiiy rezervatlar (lot. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish