O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

Marsiyalar
. Ma’lumki, inson hayoti faqat bayramlardan, xursandchilik, 
sayillar, to‘y-tomoshalardan iborat emas. Hayotda ko‘ngilsiz voqealar ham ro‘y berib 
turadi. Ularning eng musibatlisi o‘limdir. O‘zbek xalqi o‘lim marosimida ham qo‘shiq 
aytgan. Qadimda maxsus giryandi (giyrandi)lar yig‘lash marosimlarini qo‘shiq aytib 
o‘tkazganlar. Bunday qo‘shiqlarni marsiyalar deb atashgan. Marsiyalarning asosiy 
vazifasi hayotdan ko‘z yumgan shaxsning fazilatlarini esga olish, ro‘y bergan 
musibatga munosabat bildirishdir. Shuning uchun ota, ona, aka, uka, opa, singil, bola 
kabi qarindosh-urug‘lik belgilari marsiyalarda alohida tilga olinadi. Marsiya 
matnlarida o‘kinch, hasrat ifodasi alohida o‘rin tutadi. Aytib yig‘layotgan shaxs 
marhumga «suyangan tog‘«, «ishongan bog‘«, «osmondagi yulduz», «hayotdagi 
yorug‘ yulduz» istioralarini qo‘llaydi. Farzandning ota-onasiga xizmat qila olmagani, 
aka va ukaning qadriga yetmagani, ayniqsa, farzandining orzu-havasini, uylanganini 
yoki kelin bo‘lganini ko‘ra olmagani o‘ta ta’sirli so‘zlar bilan bildiriladi: 
Aytmay desam bo‘lmaydi, 
Dog‘ingiz oti qo‘ymaydi, 
Ishongan bog‘im, voy otam, 
Suyangan tog‘im, voy otam.
Yoki: 
Hovlimdagi giyoh bo‘ling, voy onam, 
Har kun sizni iskayin, voy onam, 
Yana qaytib bino bo‘ling, voy onam, 
Doim sizni eslayin, voy onam. 
Marsiya matnlarini o‘rganish ularning she’riy texnika jihatdan u qadar 
mukammal emasligini ko‘rsatmoqda. Bo‘g‘inlar sonining mos emasligi, turoq tizimiga 
yetarli e’tibor berilmasligi, qofiya qoidasiga rioya qilmaslik odatiy holat ekanini aytish 
mumkin. Bizningcha, bu turdagi qo‘shiqlarda ko‘proq aytilayotgan to‘rtlikning 
ma’nosi, kuydagi mung yetakchi ahamiyat kasb etadi. 
Afrosiyob (Alp Erto‘nga – Artunga) ning o‘limi munosabati bilan to‘qilgan aza 
qo‘shig‘i: 
Ulishib eran bo‘rlayu, 
Yirtin yaqo urlayu, 
Siqrib uni yurlayu,
Sig‘tab ko‘zi o‘rtilur.
Mazmuni: Mardlar yig‘lab, bo‘ridek uvlashdilar. Yoqalarini yirtib 
baqirishdilar. Faryod chekdilar.Qattiq yig‘idan ko‘zlari xiralashib, (go‘yo) parda bosdi. 
Mazkur qo‘shiqda so‘g‘d elining botir farzandi Alp Erto‘nga (Afrosiyob) o‘limidan 
keyingi marosim payti ifodasini topgan. Bu jasur va mard insonning eramizdan avval 
bosqinchilik urushlarini qilgan Iskandar Makedonskiy (eradan avvalgi 356-323)ga 
qarshi yurtini himoya qilganini nazarda tutsak, marsiyaning tarixi ikki ming yildan 
ziyod ekani, ayni chog‘da marosim qo‘shiqlari ham boshqa mazmundagi qo‘shiqlar 
singari uzoq o‘tmishga egaligi ma’lum bo‘ladi.


154 
Lirik qo‘shiqlar
. Avvalo, ta’kidlash lozimki, xalq qo‘shiqlari mavzuyida 
misol qilib keltirgan, nazariy ma’lumot berilgan, tahlilga jalb qilingan hamma to‘rtlik 
shaklidagi she’riy asarlarning hammasi badiiy adabiyotning lirik jinsiga mansubdir. 
Shu bois «lirik qo‘shiqlar» atamasini shartli tushunish maqsadga muvofiqdir. Aslida 
folklorshunoslikda lirik qo‘shiq deganda, ishq-muhabbat izhor etilgan to‘rtliklarni 
nazarda tutish qabul qilingan. Agar mehnat, marosim asarlarida yetakchi maqsad ish 
qurollari, mavsumdagi tabiat o‘zgarishlari, marosim tartiblari his-tuyg‘u vositasida aks 
etsa, lirik qo‘shiqlarning asosiy vazifasi muhabbat tuyg‘ularini ifodalash bilan 
belgilanadi. Binobarin, lirik qo‘shiqlarda mohiyatan ichki kechinmalar, ishq-muhabbat 
dardiga yo‘liqishdan mamnunlik kayfiyati ustuvordir. Har bir yigit-qiz balog‘at 
yoshiga yetganda muhabbat tuyg‘usini boshidan kechiradi. Insonning sevishi yoki 
sevilishi, ishq kechinmalariga yo‘liqish tashvishlari uni shoirlikka undaydi. Lirik 
qo‘shiqlar matnini o‘rganish ularni faqat muhabbat tuyg‘usini yurak qon tomirlaridan 
his qilgan shaxslargina yaratishi mumkin, degan xulosaga olib keladi. Endi ikki 
tarafdan iborat bo‘lgan ishq kechinmalarida bir tarafgina ishtirok etsa yoki o‘rtada 
muayyan to‘siqlar paydo bo‘lsa, muhabbat savdosi avj oladi, yechimsiz holatda insonni 
qiynaydi. Masalan: 
Qizil gulni ekasan-da, ketasan. 
Parvarish qilmasang, ekib netasan? 
Yo‘liga intizor qilgan qora ko‘z, 
Oxir mening bu boshimga yetasan. misralarini hayotdan 
qoniqqan, tashvishi yo‘q odam aytishi mumkin emas. To‘rt misradan iborat bu matnda 
inson taqdiri, qismati aks etganiga hech kim shubha qilmasa kerak. Ayni paytda ana 
shu azob unga shukuh, baxt bag‘ishlayotganini ham aytish lozimdir. Chunki haqiqiy 
insongina bunday tuyg‘ularga egalik qilishi mumkin. Lirik qo‘shiqlar og‘zaki ijodning 
mustaqil janri sifatida bir qator xususiyatlarga ega: 
1. Lirik qo‘shiqlar deb atalmish xalq poetik she’riyatiga mansub asarlarni 
inson ruhiy olamisiz, ishqiy kechinmalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. 
2. Agar boshqa mavzudagi qo‘shiqlar ba’zan uch (kelin salomlar), olti, 
sakkiz misralardan iborat bo‘lsa, ishqiy qo‘shiqlar to‘rt misradan tashkil topadi. Bir 
nom bilan bandlar birikuvidan iborat qo‘shiqlarda ham to‘rt misralilik an’ana 
hisoblanadi. 
3. Biz nazarda tutayotgan lirik qo‘shiqlar matni tugal fikr anglatish 
xususiyatiga egadir. 
Olov yonsin yog‘ bilan 
Bag‘rim kuysin dog‘ bilan 
O‘ynamadim – kulmadim. 
Ko‘nglim suygan yor bilan. 
Bir necha bandlardan iborat «Galdir», «Sumbula», «Omon yor» kabi lirik 
qo‘shiqlardagi to‘rtliklar nisbiy tugallikka ega bo‘ladi. 
8.
Lirik qo‘shiqlar kasb, payt, o‘rin tanlamaydi: ularni istalgan paytda
istagan shaxs xohishga ko‘ra baland ovozda yoki hirgoyi qilib ijro etaveradi. Shunday 
qilib, lirik qo‘shiqlarning ommalashuvi boshqa turdagilarga nisbatan kengroq 
imkoniyatga ega. Har kimning yori o‘ziga buyursin, o‘sha yorning husni qay darajada 


155 
bo‘lmasin oshiqqa oy ko‘rinadi, ya’ni har kim o‘z qalbidan o‘rin olishga ulgurgan 
yorga intiladi. Qizning qoshlari «qaldirg‘och qanoti», yuzi tandirdan uzilgan 
«shirmoy», lablari «Arslonbob asali» bo‘lib tuyulaveradi. Ayni shu paytda 
ma’shuqaning nigohi yigitning «beqasam to‘ni», «yangi chiqqan maysadek kiprigi», 
«marvariddek» yaraqlab turgan tishlariga tushadi va ajoyib qo‘shiq namunasi vujudga 
keladi:
Qoshingni qaro deydilar, 
Qora qosh ukam, yor-yor. 
Ko‘rsat qoshingni, bir ko‘rayin 
Jonim ukamey, yor-yor. 
Yoki qizning qalbidan chiqqan muloyim misralarga diqqat qiling: 
Beqasam to‘nlar kiyib, 
Muncha meni kuydirasiz. 
Goh-gohida bir qarab, 
Voy beajal o‘ldirasiz. 
Ammo «Bu – hayot» deb qo‘yibdilar. Ishq bulog‘idan sug‘orilgan gul 
hamisha ham ochilaver-masligi mumkin. Ya’ni ikki sevishgan hamisha ham oila 
qurishga muyassar bo‘lmaganlar. Bu ko‘ngil-sizlik ba’zan yigitning, ba’zan qizning 
ishqi ikkinchi tarafdan inkor etilishi, ba’zan esa yana boshqa sabablar oqibatida ro‘y 
bergan bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatni ifodalovchi to‘rtliklar ham anchagina: 
Oq ilon, oppoq ilon, 
Oydinda yotganing qani, 
Men – yomondan ayrilib, 
Yaxshini topganing qani. 
Gap shundaki, qadimgi afsonalarda oydinda yotgan oq ilonni ko‘rgan odam 
baxtli bo‘ladi, degan aqida bordir. Ammo bu oq ilonni kim ko‘rgan, hech kimga 
ma’lum emas. Ko‘rmaganlar esa keng ommani tashkil etadi. O‘z-o‘zidan xalq baxtli 
odamdan ko‘ra baxtsizlar ko‘proqdir, degan xulosani o‘ziga xos falsafiy tarzda 
ifodalash yo‘lini topgan. Lirik qo‘shiqlar, eng avvalo, lirikligi bilan insonni o‘ziga jalb 
qiladi. Ularda lirik qahramon fikri tuyg‘u vositasida ifodasini topadi. Ayrim qo‘shiqlar 
matnidagi muayyan misrani o‘zgartirish ularning yaratilishi maqsadiga ham ta’sir 
qiladi, umumiy mazmun mohiyatiga ham ta’sir qiladi: 
Gulijon o‘zi chaqqon, 
Qoqi gulini taqqan, 
Bir kulishi bor uchun 
Oyijoniga yoqqan. 
Endi 
«Oyijoniga»ni «Sevgilisiga», «Dadajoniga», «Buvijoniga», 
«Opajoniga» va h.k. so‘zlar bilan almashtiraylik. Yoki «Gulijon» ismini o‘zgartiraylik. 
«Qoqi gul» o‘rniga «atirgul» qo‘yaylik. Xullas, bir qo‘shiq asosida bir necha 
namunalar vujudga kelishi mumkin. Shunda gap seviklisi haqida ketsa, ishqiy 
mazmun; onasi-otasi haqida ketsa qiz farzandni erkalash mazmuni yetakchi bo‘lib 
qoladi. Ammo har ikkala holatda ham lirik qo‘shiq mohiyatan katta o‘zgarishga duch 
kelmaydi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish