O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand Davlat universiteti Geologiya(faoliyat sohasi bo’yicha) yo’nalishi Umumiy geologiya fanidan



Download 4,95 Mb.
bet4/7
Sana21.05.2022
Hajmi4,95 Mb.
#606341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tektonik harakatlar kurs ishi333

Tektonik strukturalari
Tektonik harakatlar tufayli burmali va uzilmali strukturalar hosil bo‘ladi.
Burmali strukturalar va ularning elementlari. Burma deb tektonik va boshqa tashqi kuchlar ta’sirida cho‘kindi, vulkanogen va metamorfik jinslar qatlamlarining plastik deformatsiyasi tufayli to‘lqinsimon buklanishiga aytiladi.

Burmali strukturalar orasida ularning ikkita asosiy turi: antiklinal va sinklinal strukturalar ajratiladi. Antiklinal burma morfologik tomondan
qavariq struktura bo‘lib, uning yadrosida qari jinslar ochilib yotgan bo‘ladi, qanotlarini esa yosh jinslar tashkil etadi.Sinklinal burma anticlinal burmaning aksi bo‘lib, morfologik tomondan botiq struktura va uning muldasida yosh jinslar, qanotlarida esa qari jinslar rivojlangan bo‘ladi.

Antiklinal va sinklinal burmalar
Burmalar yer po‘stida har qanday holatda yotishi mumkin. Ular qanday holatda yotishidan qat’iy nazar ma’lum bir morfologik elementlardan iborat bo‘ladi. Tabiiy holda yer yuzasida yuvilishdan to‘la saqlangan burmalar kamdan-kam uchraydi. Antiklinal va sinklinal burmalar holatini tahlil qilish orqali ularning umumiy shaklini tiklash mumkin. Burmali strukturalarning o‘lchami va tartibi har xil bo‘lib, ko‘p hollarda yirik birinchi tartibdagilari mayda burmalardan tuzilgan bo‘ladi. Burmalar yer yuzasida alohida-alohida yoki katta guruhlardan iborat bo‘lishi mumkin. Keyingi holda ular burmali o‘lkalarni tashkil qiladi. Har bir burma ma’lum elementlardan tashkil topgan bo‘ladi.

Burmaning o`q tekisligi
Burmalarda qatlamlarning buklanish joyi burma qulfi yoki yadrosi deyiladi. Burmalarning qulfiga tutashgan qismlari burma qanotlari deyiladi va ular qarama qarshi tomonga monoklinal yotgan bo‘ladi. Burma yadrosi yer yuzasida, odatda, yuvilgan holda uchraydi. Qatlamlarning buklanish chizig‘I bo‘yicha burmani ikkiga bo‘luvchi hayoliy tekislik burmaning o‘q tekisligi deb yuritiladi . Burma o‘q tekisligi muhim elementlardan biri bo‘lib, uning fazoda tutgan vaziyatiga qarab burmalarning morfologik turlari ajratiladi. Burma o‘q tekisligi bilan relef yuzasining kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq burmaning o‘q chizig‘I deyiladi. Burma o‘q tekisligi bilan burmada qatnashayotgan qatlamlardan birining yuzasi kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq burma sharniri deyiladi .


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish