O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand Davlat universiteti Geologiya(faoliyat sohasi bo’yicha) yo’nalishi Umumiy geologiya fanidan


Murakkab tuzilgan surilmali yer yoriqlari



Download 4,95 Mb.
bet7/7
Sana21.05.2022
Hajmi4,95 Mb.
#606341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tektonik harakatlar kurs ishi333

Murakkab tuzilgan surilmali yer yoriqlari
Bulardan tashqari bloklarning surilish yuzasiga perpendikulyar yo‘nalishdagi xarakati, surilish yuzasining yotish burchagi, uning yotish tomoni va boshqa xususiyatlari ham hisobga olinadi. Ular orqali uzilmali
strukturalar uzilma, aksuzilma, siljima, ustsurilma, qoplama va ochilma singari turlarga ajratiladi. Uzilmali struktura-larning bunday xilma-xilligi tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi tektonik kuchlarning harakat yo‘nalishi va ular orasidagi munosabatga bog‘liq.

Tektonik kuchlar harakat yo‘nalishiga qarab siquvchi, cho‘zuvchi va juft kuchlarga bo‘linadi Siquvchi tektonik kuchlar b ir-biriga qarshi yo‘nalishdagi harakati tufayli tog‘ jinslarida burmali strukturalardan tashqari aksuzilma, ustsurilma va qoplama singari uzilmali strukturalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Cho‘zuvchi tektonik kuchlar qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘lib, ularning ta’sirida asosan uzilma, ochilma va rift strukturalari vujudga keladi Parakuchlar esa, siquvchi tektonik kuchlar singari bir- biriga qarshi yo‘nalishda harakat qilsada, lekin ular o‘zaro parallel bo‘ladi.

Tektonik harakatlar hosilalari
Bu kuchlarta’sirida siljima strukturalar hosil bo‘ladi. Tektonik qoplamalar yoki sharyajlar tog‘ jinslari bloklarining qiyaligi kichik, gorizontal va to‘lqinsimon surilish yuzalari bo‘ylab o‘nlab va yuzlab
kilometrlarga surilganligi bilan ajralib turadi. Qoplama struktura tagidagi surilmagan tog‘ jinslari bloki avtoxton, katta masofaga surilgan va qoplama strukturani tashkil qiluvchi jinslar alloxton deb yuritiladi. Alloxtonning oldingi qismi yemirilishi mumkin. Uning yemirilishidan saqlanib qolgan fragmentlari tekonik qoldiq deb, alloxtonning yemirilib yuvilishi natijasida avtoxtonning ochilib qolgan joylari tektonik shog‘noq yoki tuynuk deb va alloxtonning oldingi qismi shar’yaj fronti deb yuritiladi. Agar uzilma qanotlari bitta yoriq orqali ko‘chsa oddiy uzilma hosil bo‘ladi. Murakkab uzilmalar ham uchraydi. Ikkita parallel yoriqlar bilan chegaralangan joy cho‘kkan bo‘lsa graben deyiladi. Agar ikkita parallel yoriqlar bilan chegaralangan joy ko‘tarilgan bo‘lsa gorst deyiladi. Oddiy graben ikkita uzilma bilan chegaralandi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan strukturalar-ning geologik qidiruv ishlarida ahamiyati katta. Ular turli ma’danlarga boy gidrotermal eritma-larning harakatla-nishi uchun eng qulay joy h isoblanadi. Shuning uchun ham geologlar ma’danlarni izlashda bunday tektonik strukturalarga katta ahamiyat berishadi.Uzilmali tektonik harakatlar palaxsali tog‘larni hosil qiladi. Platolar, stolsimon tog‘lar ham, burmali - palaxsali tog‘lar ham ana shu tektonik harakatlarning hosilasi.

Xulosa
Ushbu kurs ishimdan shuni xulosa qildimki, tektonik harakatlar uzlukli-uzluksiz ravishda kechadi, ya’ni uning intensivligi geologik vaqt davomida goh kuchayib, goh susayib turadi. Ular yer po‘stining relefi, materiklarning paydo bo‘lishi, umuman Yerning paleogeografik taraqqiyotida yetakchi o‘rinda turadi. Yer taraqqiyoti tarixida tog‘ hosil qiluvchi kuchli tektonik harakatlar ro‘y bergan tog‘ burmalanishi epoxalari ajratiladi. .
Tektonik harakatlar, odatda, deformatsiyaga uchragan togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi, fazaviy holati (mineral tarkibi) va ichki strukturasining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Tektonik harakatlar bir vaqtning oʻzida juda katta maydonni oʻz ichiga oladi. Geodezik oʻlchashlarning koʻrsatishicha, butun Yer yuzasi uzluksiz harakatda boʻladi, lekin Tektonik harakatlar tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha yetadi. Bu harakatlar juda uzoq geologik vaqt (oʻnlab — yuzlab mln. yil) davom etib, toʻplanishi natijasida Yer poʻstining ayrim qismlarida yirik siljishlar roʻy beradi. Tektonik harakatlar ikki xil - orogen va epeyrogen harakatlarga bo‘linadi. Orogen harakatlar ko‘z navbatida plikativ (burmalanish) va diz’yunktiv (uzilma) turlarga ajratiladi. Epeyrogen (tebranma) harakatlar yer po‘stining asriytebranishida o‘z ifodasini topgan. Dengiz yotqiziqlarining barcha qit’alarda topilishi o‘tgan geologik davrlarda bir necha marta yer po‘stida asriy tebranishlar kechganligidan dalolat beradi. Bunday harakatlar hozir ham davom etmoqda. Epeyrogen harakatlar qirg‘oq chiziqlarining o‘zgarishida ayniqsa yaqqol aks etadi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. Vlodaves V. I., Vulkani Zemli, M., 1973;
3. Aprodov V. A., Vulkani, M., 1982.
4.wikipediya.ru
5.geology.ru
Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish