O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


Sport bilan shug‘ullanishning ayollar organizmiga ta’siri



Download 2,34 Mb.
bet5/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

Sport bilan shug‘ullanishning ayollar organizmiga ta’siri
Sportning ayrim turlari bo‘yicha ayollar erkaklarga nisbatan yaxshiroq natijalar ko‘rsatadilar. Ayollar qator anatomik va fiziologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha erkaklarga tenglasha olmasalar ham yuksak uyg‘unlik iroda va egiluvchanlik xislatlarini talab qiluvchi mashqlarni bajarishda erkaklardan ustun turadilar. Ularning muskul kuchi nisbatan kam bo‘lsa ham, jismoniy mashqlarni bajarishda, kuchlanishni katta maxorat bilan juda ko‘p muskul guruxlariga barobar taqsimlay oladilar. Shu sababli ayollar harakati ancha nozik, tekis, muloyim, aniq va chiroyli ifodalangan bo‘ladi.
Ayollar organizmining tuzilishi va funksional xususiyatlari yuqori kuch bilan bajariladigan yoki yuqori darajada chidamlilik talab qiladigan ishlarni bajarishga imkoniyat bermaydi. Masalan, erkaklarga nisbatan ularning qon tarkibida yeritrotsitlarning, gemoglabinning, qon kislorod sig‘imining kam bo‘lishi, yurak hajmining kichikligi, o‘pkaning tiriklik sig‘imining, nafasning daqiqalik hajmining kamligi uzoq muddatli ishlarni bajarish imkoniyatini cheklaydi. Shunday qilib, ayollar organizmining aerob imkoniyati erkaklarga nisbatan kam bo‘ladi.
Ayollar bilan erkaklarning jismoniy ish qobiliyati o‘rtasidagi farq bir xil hajmdagi ishlarni bajarishda nafas olish va qon aylanish sistemalari funksiyasining o‘zgarishida ham namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda ayollar yuragining vaqt birligida qisqarish soni erkaklardagiga nisbatan ancha ortiq bo‘ladi. O‘pka ventilyatsiyasining ortishi nafas olish tezligi va chuqurligining kam samarali ko‘payishi orqali yuzaga keladi. Ayollarda kislorodning maksimal o‘zlashtirish erkaklarga nisbatan 25-30 % kam bo‘ladi. MKO‘ ayollarda 20-30 yoshlarda yeng yuqori darajada bo‘ladi.
MKO‘ ni ta’minlaydigan nafas olish va qon aylanish funksiyalarining bir-biriga muvofiqligini bildiriuvchi muhim ko‘rsatkich kislorod pulsining darajasidir. Ayollarda bu ko‘rsatkich 16-20 ml ni tashkil etadi, erkaklarda esa u 20-30 % ortiqroq bo‘ladi.
Ayollarning anaerob ish qobiliyati ham erkaklarga nisbatan kamroq bo‘ladi. Bu xol kislorod qarzi to‘planishida ifodalanadi, ya’ni ayollarda kislorod qarzi kam miqdorda bo‘ladi. Ayollarda ishqor zaxirasining erkaklardagiga nisbatan kam bo‘lishi, shiddatli muskul faoliyatida ichki muxit turg‘unligini saqlashni qiyinlashtiradi buning oqibatida ayollar shiddatli ishlarni erkaklarga qaraganda kamroq davom yettira oladilar.
Muskul kuchining ayollarda erkaklarga nisbatan past bo‘lishi statik kuchlanishli mashqlarni bajarishda ayollar organizmida noxush reaksiyalarni yuzaga keltirishi mumkin.
Jismoniy ishlarni rejalashtirishda ayollarning qattiq hayajonlanishga, yuqori sezuvchanlikga molik ekanligini, ulardagi funksional imkoniyatning erkaklarga nisbatan kamligini albatta hisobga olish zarur3.
Ayollarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi natijasida ular organizmining tuzilishi va funksiyasida ijobiy o‘zgarishlar yuzaga kelgani kuzatilgan. Jismoniy mashqlarning to‘g‘ri qo‘llash ularning hajmini to‘g‘ri belgilashda kuch, chidamlilik, harakat uyg‘unligi takomillashadi. Gavda tarkibida yog‘ to‘qimasi kamayadi. Muskullar boylamlar rivojlanadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi, nafas olish tezligi kamayadi, yurak urishi sekinlashadi, energiya sarfi kamayadi, organizmning turli kasalliklarga chidamliligi ortadi, ish qobiliyati yaxshilanadi, qomat go‘zallashadi, xomiladorlik davrida u o‘zini yaxshi xis etadi, bola tug‘ishi oson bo‘ladi. Ayollar organizmida ijobiy o‘zgarishlarning yuzaga kelishida, ularning gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanishi alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa hozirgi vaqtda ritmik gimnastikaning kegn yoyilishi bu fikrimizga dalil bo‘ladi. Ayni paytda ayollar bilan sport mashqi olib borilganda, beriladigan nagruzkaning hajmiga alohida e’tibor berish kerakligini ham unutmaslik zarur. Sport mashqining fiziologik prinsiplariga qat’iy rioya qilgan holda, xar bir sportchi ayolning individual xususiyatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish