O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


Ayollar organizmida yoshga qarab o‘zgarish jixatlari



Download 2,34 Mb.
bet6/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

Ayollar organizmida yoshga qarab o‘zgarish jixatlari.
Ayollar umrining xar bir davri morfologik va funksiyaonal jixatdan xususiyatlarga ega, bularni sport mashqlari bilan shug‘ullanganda albatta hisobga olish zarur. Umr davrlarini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: bolalik davri, balog‘atga yetish davri, jinsiy yetuklik davri, (bu davrning o‘zi 25 yoshgacha kichik, 25 bilan 40 yosh orasi, o‘rta va 40 bilan 50 yosh orasi o‘tish yoki “klimakterik” yosh bosqichlariga bo‘linadi), katta yoshlik davri (50-60 yosh va qrilik davri 60 dan yuqori).
Organizm tug‘ilganidan to qariguncha sekin asta o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishning ba’zilari ma’lum yoshgacha sezilarli darajada bo‘lmaydi, lekin keyincha keskin yuzaga chiqadi. Ayollarda keskin o‘zgarish 40 yoshdan keyin bo‘ladi.
Organizmda yosh o‘tishi bilan bo‘ladigan o‘zgarishlar ko‘pincha markaziy asab sistemasi faoliyatining buzilishidan boshlanadi. Nevroz yuzaga kela boshlaydi, xotira susayadi, yangi mashqlar va harakat malakalarini o‘zlashtirish qobiliyati pasayadi, harakati uyg‘unligining buzilishi, tez charchash yuzaga keladi. Ayollarning 50 % da asab buzilishi kuzatiladi. Yurak tomir va nafas sistemalarining funksiyasi o‘zgaradi, tomir urishi tezlashadi, qon bosimi ortadi, qonning oqish tezligi va uning daqiqalik hajmi kamayadi.
Tashqi nafas olish ko‘rsatkichlarida yana ham yaqqolroq o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: nafas olish tezligi ortadi o‘pkaning tiriklik sig‘imi 1-1,5 l ga, o‘pka ventilyatsiyasi esa 30 l va undan ham ko‘proqqa ham kamayadi. Ichki sekresiya bezlarining faoliyati keskin pasayadi. Bu davrda ayollarda xayz ko‘rish davri tugaydi. Tuxumdonlarning kattaligi va og‘irligi kamayadi. Ular biriktiruv to‘qimasiga aylanadi, falikulalar etilishi va sariq tana hosil bo‘lishi to‘xtaydi, bachadon og‘irligi kamayadi. Uning devori yupqalashadi, shilimshiq parda qurib faoliyat qobiliyatini yo‘qotadi, qin bujmayadi, kichiklashadi. Yestrogenlar hosil bo‘lishi, progestron ajralishi to‘xtaydi. Vegetativ funksiyalarning turlicha buzilishlari bosh miyaning tepalik osti qismlari va vegetativ asab sistemasining boshqa markazlari funksiyasini izdan chiqishi oqibatida sodir bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan o‘zgarishlar moddalar almashinuvining va oksidlanish jarayonlarining buzilishiga olib keladi, natijaga nafaqat teri ostidagi biriktiruvchi to‘qimada shuningdek ichki organlarda va muskul to‘qimalarida ham yog‘ to‘planishi yuzaga keladi. Bu narsa organlar faoliyatini izdan chiqaradi.
Qondagi xolistrin miqdori odam organizmidagi almashinuv jarayonlarining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Yosh kattalashgan sari xolistrinning miqdori ko‘payadi, qon tarkibida ortiqcha xolistrin bo‘lishi arterosklerotik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi degan muloxaza bor. Ba’zi dalillarga qaraganda 30 yoshli ayollarda xolistrin miqdori 163 – 170 mg %, 40 yoshdan keyin 200 mg % gacha ortgani aniqlangan 50 yoshdan so‘ng organizmni hamma sistemalarida yosh o‘zgarishlari yuzaga kela boshlaydi.
Suyak bo‘g‘im apparatidagi o‘zgarishlar bo‘g‘imlarni qoplab turadigan tog‘ay to‘qimasidan boshlanadi. Tog‘ayning yelastikligi yo‘qoladi, bujmaya boshlaydi, oxak to‘zlari bilan to‘yinib, asta sekin suyakga aylanadi. Buni natijasida bo‘g‘inlar harakati buziladi.
Muskul tolalarining yelastikligi yo‘qolib, muskullar, “sinuvchan” bo‘lib qoladi, muskul kuchi kamayadi. Yosh ulg‘ayishi bilan qomat ham o‘zgaradi, bukchayadi, yelkalar chiqadi. Ko‘krak qafasidagi a’zolar (yurak, yirik qon tomirlar, o‘pka va boshqalar) ning ishlashi susayadi.
Oshqozon ichak muskullarining qovjirashi natijasida ularning funksiyasi o‘zgarib ichaklarda havo to‘planadi va qorin shisha boshlaydi. Bu o‘zgarishlar oshqozon va ichak devoridagi bezlar faoliyatining pasayishi bilan yana ham zo‘rayadi.
Siydik ajratish sistemasidagi (buyraklar, siydik yo‘llari, siydik pufagi va boshqalar) hamda jinsiy organlarning (bachadon, qin) tayanch boylam apparatidagi o‘zgarishlar oqibatida ularning yallig‘lanishi va ichki jinsiy organlarning joyidan siljishi yuzaga keladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan yosh o‘tishi bilan yuzaga keladigan o‘zgarishlar organizmning salomatligiga, asabning qanchalik mustaxkamligiga, yashash va mehnat sharoitiga, dam olish, ovqatlanish, gigienik qoidalarga qay darajada rioya qilishiga va harakat aktivligiga ya’ni ayollarning jismoniy tarbiya va sport bilan qanday shug‘ullanishiga qarab yerta yoki kech boshlanishi mumkin4.
Ayollarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish ta’sirida ular organizmida yuzaga keladigan o‘zgarishlarning muntazam takrorlanishi muskul ishiga muvofiqlashishni shakllantiradi. Bu jarayon harakat apparati tuzilishining puxtalanishi, kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarning rivojlanishi bilan kuzatiladi. Harakat apparatida bo‘g‘imlar harakatchanligining boylamlarning mustaxkamlanishi, muskullar tonusining ortishi, ichki organlar ishining rivojlanishi, boshqaruvchi mexanizmlar funksiyasining takomillashishi, ish qobiliyatini, salomatlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Biroq, shuni unutmaslik kerakkki, ayol organizmining o‘ziga xos imkoniyatlarini hisobga olgan holda, optimal hajmdagi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishgina ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, organizmda mehnat qobiliyatining uzoq vaqt saqlanishi qarilik davrining kech boshlanishiga imkon yaratadi.


Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish