O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanidan


-MAVZU: TASVIRIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI



Download 5,37 Mb.
bet10/148
Sana01.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#624117
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148
Bog'liq
TASVIRIY FAOLIYAT UMK РИСОВАНИЕ

1.4-MAVZU: TASVIRIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI
Tarbiyachining bolalarni tasviriy faoliyatga o`rgatish jarayonidagi o`rni.
Reja:
1.Tasviriy qobiliyatlarni rivojlantirish bosqichlari.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatlarining о‘ziga xos xususiyatlari.
3.MTMda tasviriy faoliyat mashg`ulotlarida tasviriy qobiliyatlarni rivojlantirish .
Tayanch so’z va iboralar: tasviriy qobiliyat, maktabgacha yosh, bolalar tasviriy faoliyati, fanning predmeti, asosiy tushunchalari, rivojlantirish, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar,rasm, loy, qirqib yopishtirish, mashg’ulotlar.



  1. Tasviriy qobiliyatlarni rivojlantirish bosqichlari.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan barcha ijobiy islohatlar Vatanimizning gullab yashnashi, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashi uchun olib borilmoqda. Yoshlarni yuksak bilimli, e’tiqodli, ma`naviy jihatdan pok insonlar qilib tarbiyalash, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish ta’lim- tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to’g’ri tashkil etish, mas`ul shaxslar tomonidan uni nazorat qilishning afzalligini ta`minlash maktabgacha yoshdagi bolalar estetik dunyoqarashini shakllantirishning asosiy bosqichi hisoblanadi.
Zero,maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar tasviriy faoliyati jarayonida go’zallikni tasavvur va idrok etish bilan birga voqelikka bo’lgan munosabatning amaliy-nazariy, axloqiy va estetik shakllarini vujudga keltiradi.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga kelganidan boshlab to voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota – onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
Sababi, inson hayotining kelajagiga tamal toshi qo‘yiladigan maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, pedagogika, psixologiya, maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi va pedagogikasi fanlarining dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotganligi shubhasizdir.
Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyodga keltirish uchun har qanday davlatning fuqarosi dastlab oilada va so‘ngra maktabgacha ta’lim muassasasida mukammal tarbiyalanishi, shaxs sifatida to‘laqonli shakllanishi imkoniyatlariga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi. Qolaversa, kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, uzluksiz ta’lim tizimi orqali, har tomonlama barkamol shaxs–fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.
Shu jihatdan qaraganda insonning shaxs sifatida shakllanishida uzluksiz ta’limning boshlang‘ich va joiz bo‘lsa, asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblangan maktabgacha ta’lim muassasasi muhim o‘rin tutadi.
Pedagogik, psixologik, fiziologik tadqiqotlardan ma’lumki, bolalarning dunyoqarashini asosiy qismi ularning maktabgacha bo‘lgan yoshlarida shakllanadi. SHuning uchun ham bolaning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasi ma’lum ma’noda barkamol shaxsning tarbiyalash kafolatidir.
Bolaning dunyoqarashini ma’naviy sifatlarining mazmunida estetik tasavvurlar muhim o‘rin tutadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixiy islohotlar, amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinib, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ta’lim ustivor soha sifatida e’tirof etildi.
Shunga monand tarzda uzluksiz ta’lim tizimida, jumladan uning maktabgacha ta’lim bo‘g‘inida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o’tilgan tasviriy sa’natni har bir turi narsaning o’ziga qarab rasmini chizish, dekarativ rasm chizish, mavzu asosida rasm chizish va sa’nat haqida duhbat mashg’ulotlari bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o’stirishga dunyoqarashninh shakllanishida yordam beradi, ya’ni shaxsni har tomonlama kamolot sari yetaklaydi.
Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bolalarga estetik, xususan badiiy tarbiya berishdan iborat. Estetik tarbiya bu maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarining hayotdagi, tabiatdagi, sa’natdagi, fan va ta’limdagi go’zalliklarni to’liq idrok etish qobiliyatini tarbiyalash. Go’zallik hislarning qalbiga, idrokka ta’sir etib ma’naviy dunyo qarashni boyitadi.
Hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim muassalarining asosiy vazifalaridan biri bolalarga borliqni faqat ijodiy o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoj va qobiliyatini shakllantirishgagina emas, balki ularni go’zallik qonunlari saosida borliqni qaytadan qurish hissini tarbiyalash ham maqsad qilib olingan. Jamiyatning har bir kishisi qaysi sohada ish olib borishidan qattiy nazar go’zallik va nafislikni ko’ra bilish va to’g’ri bilishi shart. Bolalarni estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga go’zallikni shartlarini turli tumanligini ko’rsata olishi ta’kidlanadi. Ta’kidlab o‘tganimizdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etish salmog‘ini oshirish dolzarb masalalardan biri bo‘lganligi bois, bolalarni maktabga tayyorlashda, ularda atrof-olam haqidagi yaxlit tasavvurlarni tarkib toptirish, xususan ularni tasviriy faoliyat turlariga barqaror qiziqishlarini shakllantirish o‘z yechimini kutayotgan dolzarb psixologik-pedagogik muammodir. Mаktаbgа bоlаlаrni tаyyorlаshdа tаsviriy fаоliyat kаttа аhаmiyat kаsb etаdi. rаsm, lоy, qurish mаtеriаlllаri bo’yichа bilim, mаlаkаlаrini egаllаsh mаktаbdа tаsviriy fаоliyat dаrslаri vа mеhnаt dаrslаrini muvаffаqiyatli egаllаshlаrigа аsоs bo’lаdi. Ulаrni o’quv fаоliyatigа tаyyorlаydi: pеdаgоgni tinglаshgа, uniig ko’rsаtmalаrini bаjаrishgа o’rgаtаdi. Оldigа qo’yilgаn vаzifаni hаl etishdа, uning аsоsiy vа muhim hаl etish yullаrini-izlаb tоpish bu o’quv fаоliyatning аsоsiy sаbаbchilаridаn biridir.
Tаsviriy fаоliyat jаrаyonidа o’z ishini nаzоrаt qilib bоrish, mаktаbdа vаzifаlаrni bаjаridа hаm rоlь o’ynаydi. Shuningdеk bоlа tаsviriy fаоliyat jаrаyonidа psiхоlоgik jihаtdаn ham tаyyorlаnib bоrаdi.
Mаktаbgаchа tа’lim muаssаsаsidа tаsviriy fаоliyat bоlаlаr bilаn оlib bоrilаdigаn butun tа’lim-tаrbiyaviy ishning bir qismi хisоblаnаdi. Shu sаbаbli u хilmа–хil fаоliyat vа mаshg’ulоtlаr turlаri bilаn bоg’liq bo’lishi muhimdir. Bolalarga quvonch baxsh etgan tabiat go’zalliklarini so’z bilan tasvirlab bo’lmas rang birliklari uzoq vaqtlargacha ularning hayotida saqlanadi. Bolalarni estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga go’zallikni shartlarini turli - tumanligini ko’rsata olishi, ayniqsa o’rta guruh bolalarida tasviriy faoliyatning barcha turlariga barqaror qiziqishlarini shakllantirish ta’kidlanadi. Shu jihatdan maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini sifatli tashkil etish dolzarb hisoblanadi.




  1. Download 5,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish