O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti xalqaro valyuta kredit munosabatlari Fanidan Mavzu. Jaxon oltin bozorida oltin bilan operatsiyalar mustaqil ta’lim ishi bajardi



Download 3,94 Mb.
Sana17.07.2022
Hajmi3,94 Mb.
#811927
Bog'liq
xalqaro valyuta Islomova Madina


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



Xalqaro valyuta kredit munosabatlari
Fanidan
Mavzu. Jaxon oltin bozorida oltin bilan operatsiyalar
MUSTAQIL TA’LIM ISHI


Bajardi: BI_57-2 guruh talabasi
Islomova Madina



Toshkent-2020


Mavzu. Jaxon oltin bozorida oltin bilan operatsiyalar

Oltin bozorlari - bu, oltin savdosining maxsus markazlari. Ushbu bozorlarda sanoat-maishiy iste'mol, xususiy iste'mol, investitsiya, tavakkalchilik, chayqovchilik, xalqaro hisob-kitoblar uchun zarur bo'lgan valyutani sotib olishni sug’urtalash maqsadida oltinni bozor bahosidagi muntazam oldi-sotdisi tashkil etilgan.


Bozordagi oltin taklifi manbasining asosiy qismini (80%) uning yangi ishlab chiqarilgan hajmi tashkil etadi.
Jahon oltin bozorlarida yirik va kichik hajmdagi standart oltin quymalar sotiladi hamda sotib olinadi. Ular qatoriga: 995 probadan kam bo'lmagan va hajmi 400 troya untsiyasida (12,5 kg) xalqaro turdagi quymalar, og’irligi 900 grammdan 916,6 grammgacha bo'lgan yirik quymalar kiradi.
Oltin bozori tashkiliy jihatdan oltin bilan bitimlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo'lgan bir nechta banklardan tashkil topgan konsortsiumdan iborat. Ushbu banklar sotuvchi va sotib oluvchilar o'rtasida vositachilik operatsiyalarini amalga oshirgan holda o'zida mijozlar buyurtmalarini to'playdi, ularni solishtiradi hamda o'zaro kelishilgan shartlarga muvofiq o'rtacha bozor bahosi darajasini qayd etadi (odatda bir kunda ikki marotaba). Bundan tashqari maxsus firmalar oltinni tozalash va saqlash, quymalar yasash ishi bilan shug’ullanadi.
Jahonda 50dan ziyod oltin bozorlari mavjud, ulardan 11tasi G’arbiy Yevropada (London, Syurix, Parij, Jeneva va boshqalar), 19tasi Osiyoda (masalan Bayrut, Tokio), 14tasi Amerikada (AQShda - 5), 8tasi Afrikada joylashgan.
Davlat tomonidan joriy etilgan rejimga bog’liq holda oltin bozorlari 4 toifaga bo'linadi:
1 jahon bozorlari (London, Syurix, Nyu-York, Chikago, Gonkong, Dubay va boshqalar);

2 ichki erkin bozorlar (Parij, Milan, Stambul, Rio-deJaneyro);


3 nazorat ostidagi maqalliy bozorlar (Afina, Qohira);
4 qora bozorlar.
1968 yilgacha jahonning yirik oltin bozori bo'lib London bozori hisoblangan. Chunki ushbu bozorga Janubiy Afrika Respublikasidan oltin muntazam ravishda yetkazib turilgan. Janubiy Afrika Respublikasidan yetkazib berilayotgan oltinning Syurix bozoriga kelib tushishi ushbu jahon oltin bozorining mavqeini o'sishiga olib keldi.
London va Syurix bozorlarida sotilgan oltin hajmining deyarli yarmi boshqa bozorlardagi oldi-sotdilarni tashkil etadi.
1975 yilda AQSh fuqarolariga oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirishga bo'lgan 40 yillik taqiqning bekor qilinishi munosabati bilan jahon oltin bozorlari ichida N’yu-York va Chikago oltin bozorlari oldinga chiqib, peshqadamlik qila boshladi. 1980 yildan boshlab N'yu-York jahonning yetakchi oltin bozoriga aylandi.
Oltinning ichki erkin bozorlari (Parij, Gamburg, Frankfurt-Mayna, Amsterdam, Vena va boshqalar) faoliyatini ichki investorlar va iste'molchi bo'lmish jismoniy shaxslar talabiga moslashtiradi. Natijada ushbu bozorlarda tangalar, medallar, mayda quymalar bilan operatsiyalar salmog’i nisbatan katta.
Oltinning qora bozorlari davlatlar tomonidan oltin bilan operatsiyalarga ham tegishli bo'lgan valyuta cheklovlarini kiritishi oqibatida paydo bo'ladi.
Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar. Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini Xalqaro Valyuta Fondi (1944 yil), Yevropa valyuta tizimida esa valyuta hamkorligining Yevropa fondi (1973-1993 y.y.) amalga oshiradi, keyinchalik u Yevropa valyuta instituti bilan almashtirilgan (1994-1998 yy.), 1998 yilning 1-iyulidan boshlab esa Yevropa Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. Zikr etilgan xalqaro institutlar xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarning xavfsiz, inqirozsiz rejimini ishlab chiqish va ta'minlashga intiladilar.
Pul muomalasi tarixida va umuman qiymatning rivojlanish tarixida oltinning ahamiyati katta. Kishilik jamiyatida oltinni muomalada pul sifatida yurgan davri taxminan olti ming yilni tashkil etadi. Shundan ushbu davrning dastlabki 3300 yili mobaynida oltin muomalada tanga shaklida yurmagan, so’nggi 2700 yil mobaynida esa oltin tanga shaklida muomalada yurgan.
Birinchi 3300 yil, qadimgi dunyoda (asrimizgacha 4100 - 3900 yillar), Misrda oltinning ochilish davrini o’z ichiga oladi. Birinchi oltin tangalar eramizgacha bo’lgan davrning 7-asrida, Kichik Osiyodagi Yunon mustamlakalarida kashf etilgan.
Oltin dastlab xonlar saroylarida jamg'ariladigan xazina, Sharq hukmdorlari tomonidan fir'avnlardan sotib olinadigan qimmatbaho metall edi. Misr oltin tarixiy davrining yarmidan ko’pi mobaynida yer yuzida yagona oltin yetkazib beruvchi edi.
Keyingi 2700 yil - oltinni tangalar sifatida muomalada yurishi davridir. Jahonga ma'lum eng taniqli oltin tangalar ichida quyidagi tangalarni ajratib ko’rsatish mumkin:
-qadimgi yunon oltin staterlari (Krez stateri - krezeid, 11 gramm; Filipp va Aleksandr Makedonskiyning staterlari (7,27 gramm) va kumush drahmalar;
-Yuliy Sezardan (8,18 gramm) to Valentingacha Rim oltin aureuslari (3,89 gramm).
O’rta asrlarda:
-Vizantiyada solidus bizantiuslar yoki bezantlar (4,54 gramm va boshqa og’irlikda);
-Arablarda dinorlar (4,25 gramm va boshqa og’irlikda). Ilk uyg’onish Yevropasida:
-Florenciyada, florinlar (1252 yildan 3,56 gramm);
-Venetciyada, grosso (1192 yildan), keyin dukatlar yoki cehinlar (1284 yildan);
-Fransiyada EKYU (1266 yildan);
-Angliyada nobl (9,4 gramm, keyinchalik 7 gramm); -Kastiliyada dublon (18-chi asrning oxiridan).
Amerika oltini ochilganidan so’ng:
-Ispaniyada eskudo (3,10 gramm 1537 yildan) va masXXur 6,2 gramm og’irlikka ega ikki barobarli tanga - pistol (va kumush piastrlar);
-Fransiyada luidor (6,69 gramm 1640 yilda Lui-13 tomonidan EKYUning o’rniga muomalaga kiritilgan, keyinchalik EKYU kumush tangaga aylangan);
-Angliyada luidor namunasi bo’yicha - gineya muomalaga kiritilgan.
Yangi davrda:
-Angliyada 1 funt sterling qimmatligidagi soveren (7,98 gramm);
-Fransiyada napoleondor nomini olgan 2 frank qimmatligidagi oltin tanga (6,45 gramm);
-Rossiyada imperiallar (10 rubl);
-AQShda oltin dollar (1,504 gramm 1834 yildan), 10 dollarli "igl" va 20 dollarli "dabl igl".
Hozirda jahonda (tanga, quyma va turli zargarlik bujumlari shaklida banklarda, xususiy shaxslarda) 1493 yildan 1992 yilgacha jami 110 ming tonna ishlab chiqarilgan oltin hisobga olingan. qadimgi davrlarda va o’rta asrlarda ishlab chiqarilgan oltinni hisoblasak, unda yakun quyidagicha bo’ladi:
-taxminan 1 ming tonna 4400 yil ichida (asrimizgacha 3900 yildan asrimizning 500 yiligacha); -2500 tonna o’rta asrning 1000 yili ichida (500 yildan 1493 yilgacha). 1493 yilgacha ishlab chiqarilgan barcha oltin jahon bo’ylab tarqalgan va kishilik jamiyati uchun yo’qotilgan;
-4900 tonna 340 yil ichida (16, 17, 18 asrlar va 19 asrning boshi) Amerikaning ochilishidan boshlab 19 asrning yarmigacha;
-95000 tonna 1840 yildan boshlab hozirgi kungacha. Yer yuzida 1 yilda o’rtacha 1350 tonna oltin qazib olinadi. Uning 840 tonnasi zargarlarga, 5 tonnasi elektron sanoatiga (faqat Yaponiya elektron sanoatining o’zi yiliga 50 tonnadan ziyod oltin ishlatadi), 65 tonnaga yaqini esa tish protezlariga ishlatiladi. Oltinning qolgan qismi esa xususiy kollekciyalar va zahiralarga tushadi hamda tangalarni zarb etish uchun ishlatiladi.
Janubiy Afrika Respublikasi har yili jahonda qazib chiqariladigan oltinning 70 foizini beradi.
Oltin bozoridagi taklif manbalari bo’lib, yangi qazib olingan oltin, davlat va xususiy zahiralar, investorlar va tezovratorlarning sotuvlari hisoblanadi.
Talab esa firmalar, tijorat banklari, xususiy shaxslarning oltinga bo’lgan talabidan shakllanadi. Oltin taqdimotining siyosatiga muvofiq Xalqaro Valyuta Fondi 1978 yildan boshlab davlatlar Markaziy banklariga oltin bozorlarida shakllanadigan baholar asosida oldi-sotdilarni o’tkazishga ruxsat berdi.
Tarixan qog’oz pullar zaminida oltin yotgan bo’lib, ushbu oltinning miqdori qog’oz pul birligining qiymatini belgilab bergan. Boshqacha qilib aytganda, milliy qog’oz pul birligi o’z zaminida yotgan oltin miqdori qiymatini ifodalagan. Qog’oz pul birligi zaminida yotgan oltin miqdori - baho masshtabi deb atalgan.
Baho masshtabi - bu, tarixan shakllangan va mamlakatning milliy pul birligi zaminida yotgan oltin miqdoridir. Boshqacha qilib aytganda milliy pul birligi qiymatini ifodalovchi oltin miqdori. Masalan, 1887 yilda Chor Rossiyasining 1 rubli zaminida 0,774234 gramm oltin bor edi yoki 0,774234 gramm oltin 1 rubl qiymatini ifodalar edi. 1922/24 yillarda Shurolar tomonidan chiqarilgan "chervonetc"da 7,74234 gramm, SSRI Vazirlar Kengashining 1950 yil 28 fevraldagi qaroriga muvofiq 1 rublda 0,222168 gramm oltin (1 gramm oltin 4,45 rubl) bor edi. Shu bilan birgalikda AQSh dollari zaminida 1971 yilda 0,888671 gramm, SSRI rublida esa 1961 yilda 0,987412 gramm oltin bor edi.
Milliy pul birliklari zaminida yotgan oltin miqdorlari davlatlar iqtisodiy barqarorligiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Agarda, davlat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lib, muvozanatsizlik boshlansa, unda davlat milliy pul birligini qadrsizlanish sur'atini pasaytirish maqsadida uni "devalvatsiya" qilishga, zaminidagi oltin miqdorini kamaytirishga majbur bo’lar edi. Aksincha bo’lganda esa davlatlar tomonidan milliy pul birliklarini "revalvatsiya"si, ya'ni zaminidagi oltin miqdorini oshirish tadbirlari o’tkazilar edi.
Baho masshtablari Yamayka valyuta tizimigacha, ya'ni 1976 yilgacha amalda bo’lgan. Yamayka valyuta tizimining shartlariga asosan oltin rasmiy asosda o’zining pul sifatidagi harakatini to’xtatadi va xalqaro munosabatlarda ko’p valyutali standart qabul qilinadi.
Qimmatbaho metall "oltin"ni pul sifatidagi tarixi o’z ichiga 2,5 ming yildan ziyodroq davrni oladi va o’z rivojlanishida ikki bosqichni, ya'ni bimetallizm va monometalizm davrlarini o’tkazgan.
Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish