O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet4/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Xett davlati
Xett davlatining vujudga kelishi, rivoji, buyuk davlatga aylanishi tarixi ikki davriy bosqichdan iborat:

1. Qadimgi Xett saltanati (miloddan avvalgi XVIII - XVI asrlar) davri.

2. Yangi Xett saltanati (miloddan avvalgi XIV - XIII asrlar) davrida Buyuk Xett davlati.

Miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Kichik Osiyoda, qabilalar ittifoqi asosida hududiy jihatdan uncha katta bo‘lmagan shahar - davlatlar vujudga keldi. Bu davlatlar safiga Kanes, Kussar (Kushshar), Burusxand (Burushxand), Nesa (Nesha), Xalpa (Zalpuva) va Xattusa (Xattushash) shaharlari kirardi. Bunday shahar - davlatlar shakllanishida Kichik Osiyoda miloddan avvalgi XX - XVIII asrlarda paydo bo‘lgan savdo koloniyalari muhim rol o‘ynagan. Xalqaro savdo aloqalari shu kabi koloniyalar orqali amalga oshirilar edi. Savdo ishlarida oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, mis kabi tabiiy boyliklar asosiy o‘rin tutgan. Xalqaro savdo aloqalari - Kichik Osiyoning iqtisodiy rivojida muhim omil bo‘lgan. Shuningdek, bu yerda sudxo‘rlikning turli shakllari mavjud bo‘lgan. Shahar-davlatlar shohlar tomonidan boshqarilishiga qaramay, ularning ichki ishlari ozod aholining umumiy majlislarida hal qilingan. Ozod aholi o‘rtasida boy savdogarlar, sudxo‘rlar katta mavqega ega bo‘lgan.

Savdo koloniyalari mahalliy qabilalarning xo‘jalik taraqqiyoti uchun keng imkoniyat yaratar va quldorchilik munosabatlarini yanada yoyilishiga sharoit tug‘dirardi. Bunday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar xett jamiyatida tabaqalanish keng quloch yoyishiga zamin yaratdi.

Kichik Osiyoda ilk bor alohida yirik davlat tuzishga intilish miloddan avvalgi XVIII asrning birinchi yarmidan boshlanganini ko‘ramiz. Kussar shahri hokimi Pitxan (Putxan) qo‘qqisdan tunda Nesa shahriga hujum qilib uni bosib oladi. Pitxanning vorisi shoh Anitta poytaxtni Nesaga ko‘chirib, bu yerda istehkomlar, ibodatxonalar barpo etadi. Ko‘p o‘tmay, Xalpa shiddatli janglardan so‘ng, Xattusa shahrini bosib oladi. Bundan xabar topgan Burusxand shahri hokimi Anittaga o‘z xohishi bilan taslim bo‘ladi va taxtni topshiradi. Tez orada Kanes shahri ham Anitta ixtiyoriga o‘tadi. Shunday qilib, Anitta yirik davlat hokimi - shohi bo‘lib qoladi. Tadqiqotchilar bu davlatga Qadimgi Xett saltanati deb nom berganlar (miloddan avvalgi XVIII - XVI asrlar). Bu davlatda urug‘ - qabila tuzumi sarqitlari juda kuchli bo‘lgan.

Xett shohlari davlatda xalq lashkarlariga tayangan holda hukmronlik qilgan. Mamlakatda qurol olib yurish huquqiga ega bo‘lgan barcha shaxslar shoh huzuridagi majlisda ishtirok etganlar. Bu majlis xettlar tilida “pankus” deb atalgan. Zodagonlar, oliy lavozim egalari xalq majlisi faoliyatiga rahbarlik qilar hamda uni boshqarishda faol ishtirok etardilar.

Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan eng muhim masalalarni hal etishda zodagonlar deb atalgan kengash “tuliya” ga yig‘ilgan. Zodagonlar ichida shoh oilasi a’zolari, o‘g‘illari, yaqin qarindoshlari alohida o‘rin tutgan.

Qadimgi an’analarga ko‘ra shohlar shoh oilasi a’zolaridan, ko‘proq shoh nabiralaridan, xususan, singillarining o‘g‘illaridan saylanardi. Xett saltanatini birlashtirish siyosati Anittaning to‘rtinchi vorisi shoh Labarna (Tabarna) hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 1680 - 1650 yillar) tugallandi.

O‘z qudratiga ishongan Labarna mavjud an’anani buzib, taxt vorisi etib o‘g‘li Xattusili I (miloddan avvalgi 1650-1620 yillar) ni tayinlaydi. Xattusili I poytaxtni Xattusaga ko‘chiradi. U o‘zidan avvalgi shohlarga xos siyosat yuritib, Shimoliy Suriyaning yirik savdo markazi – Xalpa (Aleppo)ni bosib olishga urinadi. Tarixiy hujjatlarda aytilishicha, shoh salomatligi yomonlashgani sababli zafarli yurishini amalga oshirolmay, o‘z tug‘ilgan shahri – Kussarga qaytib keladi. Xattusili tomonidan taxt vorisini tayinlash shov-shuvga sabab bo‘lib, keskin kurashlarni keltirib chiqaradi. O‘g‘li to‘satdan qazo qilganidan so‘ng, Xattusili qadim an’analarga amal qilib, o‘z nabirasini taxtga o‘tqizadi. Bu holdan norozi bo‘lgan shoh oilasi a’zolari o‘rtasida g‘ulg‘ula ko‘tariladi. Ammo pankus shoh tarafini olib, uning qarorini ma’qullaydi.

Shoh Mursili I davrida (miloddan avvalgi 1620 - 1590 yillarga yaqin) Xett saltanatida mamlakatni markazlashtirish jarayoni kuchayadi. Xattusa mamlakatning yagona poytaxti bo‘lib qoladi. Boshqa yirik shaharlar, hatto Kussar ham ikkinchi darajali shaharga aylanadi. Mursili I Xalpani egallashga muyassar bo‘lib, so‘ng u janubiy-sharqqa – Bobil tomon yo‘l oladi va miloddan avvalgi 1595 yilda Old Osiyoning bosh markazini osonlik bilan bosib oladi.

Biroq asta-sekin tashqi siyosat yutuqlari ichki ziddiyatlar tufayli barbod bo‘la boshlaydi. Xett zodagonlari shoh hokimiyatining mustahkamlanishini istamas edilar. Ular shoh ko‘p sonli da’vogarlar orasidan tanlanadigan qadimgi tizimga qaytishni istardilar. O‘zaro kelishmovchiliklar vaqtida Mursili singlisining eri tomonidan o‘ldiriladi. O‘zaro ichki kurashlar bir necha o‘n yillar davom etib, bu hol Xett davlatining siyosiy mavqeiga putur yetkazadi.

Siyosiy beqarorlikka shoh Telepin davrida (1520 - 1490 yillar) chek qo‘yildi. U qabul qilgan farmonga ko‘ra taxt vorisi etib, asosan, shoh farzandi – shahzoda tayinlanar edi. Shohning o‘g‘li bo‘lmagan holda taxtga uning ona tomonidan jiyani o‘tirishi kerak bo‘lgan. Buning ham iloji bo‘lmasa, u vaqtda taxtga shohning “uchinchi daraja vorislari” – kuyovlari da’vo qilish huquqiga ega bo‘lishgan.

Taxt vorisiga oid bu tartib doimiy bo‘lib qoldi. Shoh doimo o‘g‘il, aka-uka, qarindosh va imtiyozli harbiy vakillarni majlisga – pankusga chaqirib turishi shart edi. Pankusda tuliya hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shoh tuliyaning ruxsatisiz oila a’zolaridan birontasini ham o‘limga hukm qila olmagan. U o‘z oilasini quvg‘in qilish, mol-mulkini musodara qilish huquqiga ega bo‘lmagan.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, Xett davlatida shoh hokimiyati cheklangan. Telepinning o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li hukmdorlik qilgan qisqa vaqt ichida Xett davlatida siyosiy beqarorlik boshlanib, taxtni bir necha shahzoda egallaydi. Natijada Xett davlati ancha zaiflashadi. Bu davr O‘rta Xett saltanati (taxminan miloddan avvalgi XV asr) nomini oladi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish