O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet8/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Din va adabiyot. So‘nggi vaqtlarga qadar saqlanib kelgan ba’zi bir ibtidoiy xususiyatlar xett dinida mavjud bo‘lgan. Matriarxatning qadimgi shakllaridan biri bo‘lgan xett dinida hosildorlik kuchlarini o‘zida aks ettirgan tabiat onasi – ulug‘ ma’buda e’tiqodi asosiy o‘rin tutadi. Xett san’atida bu ma’buda, odatda, uzun kiyim va silindr shaklidagi bosh kiyimidan parda tushib turgan holda tasvirlangan. Shu bilan birga Xett o‘lkalarida tog‘lar, tabiat kuchlari – momaqaldiroq, yashin, shu bilan bir vaqtda yog‘in tufayli yuzaga keladigan hosildorlik xudosi Teshubga sig‘inilgan. Teshub Xett davlati tashkil topayotgan davrda shoh, davlat va shoh homiysi bo‘lgan xudoga aylangan. Uni beliga qilich taqqan, chap qo‘lida bir tutam yashin, o‘ng qo‘lida esa jang boltasi ushlagan zo‘r jangchi qiyofasida tasvirlaydigan bo‘ldilar; bu chaqmoq va yashin xudosining qudratini ifodalagan. Shu bilan birga, biz xett dinida yana bir xudo, ya’ni o‘lib, qayta tiriluvchi tabiat xudosi Telepin obrazini uchratamiz. Ushbu xudo, odatda, kalta kiyimda, yoniga xanjar taqqan va ikki tomonli bolta tutgan, soqol – mo‘ylovi chiqmagan yosh yigit qiyofasida tasvirlangan. Xett xudolari ko‘proq yovvoyi hayvonlar ustida yoki tog‘ cho‘qqilarida tasvirlangan. Bu hol tog‘lik xalq va ovchilarga oid dinning o‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Xettlar uzoq vaqt oliy davlat xudolari hamda turli mahalliy xudolarga e’tiqod qilib keldilar, bu esa qadimgi urug‘chilik tuzumining qoldig‘idir. Masalan, Xett davlati bitimlarida oliy xudolar bilan birga “Xett mamlakatining 1000 ta xudosi” tilga olinadi.

Jodugarlik Xett dinidagi ibtidoiy zamondan qolgan sarqitlardan biri bo‘lib, uzoq vaqtga qadar o‘z ahamiyatini saqlab kelgan. Haqiqatda, jodugarlik xett adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Xett davlati qonunlarida yomon niyatli jodugarlik bilan shug‘ullanish jinoyat hisoblanib, bunday jodugarlar qattiq jazolangan. Jodudan kasalliklarni haydash, odam a’zolarining ishdan chiqqan a’zolarini qayta tiklash uchun foydalanilgan. Uning yordamida xettliklar turli falokat va omadsizliklarga qarshi kurashishgan: oilalarda nizolarga barham berish, uylardan yovuz ruhlarni haydash, hosil taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik va h.k. Jodugarlik orqali dushmanga tavqi la’nat yo‘llanib, do‘stlarga omad tilangan.

Butun xett madaniyati singari, xett adabiyoti ham Ossuriya va Bobilning kuchli ta’siri ostida yuzaga kelgan. Xettliklar Shimoliy Suriya va Shimoliy Mesopotamiya orqali kirib kelgan Bobil mixxat yozuvidan keng foydalanishgan. Xettliklar o‘z yozuvlarini yarata olmaganlar. Ko‘pgina Bobil diniy asarlari xett tiliga tarjima qilingan. Bobil - aqqod tili uzoq vaqt davomida Xett davlatidagi hukmron davlat tili va adabiy til bo‘lib keldi. Biroq zamonlar o‘tishi bilan xett adabiyotida o‘ziga xos mahalliy xususiyatlar paydo bo‘ldi. Ya’ni ba’zi asarlarda muallif nomi keltiriladi. Masalan, kohin Kellning xudolar kurashi haqidagi afsonasi yoki mitannilik Kikkulining yilqi boqarlikka oid asari shular jumlasidandir.

Bo‘g‘oz qoya arxivlarida Gisgimmas haqidagi rivoyatlar saqlanib qolgan. Bu rivoyatlar matnini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, Gisgimmas afsonalari Shumer va Aqqoddagi Gilgamesh haqidagi afsonaning aynan o‘zi. Garchi qahramonning ismi xett tiliga moslashtirilganiga qaramay, Gilgamesh va Gisgimmas yagona obraz bo‘lib qolavergan.

Xett davlati tarixi va madaniyati Kichik Osiyoda yashagan xettlar Old Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida vositachi vazifasini o‘taganligini ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, xett madaniyatining o‘ziga xosligi, harbiy monarxiya ehtiyojlariga muvofiqligi bilan ajralib turgan.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish