O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet7/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Xett madaniyati. Xett madaniyatiga qadimgi Misr va Mesopatamiya sivilizatsiyalari muayyan ta’sir ko‘rsatdi. Xettlar mamlakatida xudolar haqida minglab esdaliklar uchraydi. Masalan, momaqaldiroq xudosi Xattusa shahrining oliy himoyachisi hisoblanib, u bir qo‘lida chaqmoq, ikkinchi qo‘lida oy bolta tutgan holda tasvirlangan.

Xattusada ayol xudo momaqaldiroq xudosining rafiqasi sifatida izzatlangan. Hosildorlik xudolariga e’tiqod keng quloch yoygan. Muqaddas jonivorlar – ho‘kiz, sher hamda qushlarga e’tiqod muhim o‘rin tutgan. Ba’zan shohlar quyosh xudosiga o‘xshatilgan.

Xett yozma manbalari orasida hukmdorlarning o‘ziga xos tarjimai hollari saqlanib qolgan. Ular saroy mirza (kotib)lari tomonidan bitilgan. Xett solnomalarida mamlakat tarixini uch davrga bo‘lib tasvirlashga harakat qilingan. Arxivlarda miloddan avvalgi XXIII asr oxirida Kutiy shohi Impakruning Aqqodga qilgan yurishi haqidagi tarixiy doston saqlangan.

Xett saltanatida sakkiz mahalliy va chet tillarida so‘zlashilgan. Shuning uchun bu yerda uch tilli: shumer - bobil - xett lug‘atlari mavjud bo‘lgan. Shuningdek, ismlarga oid mashhur darslik yozib qoldirilgan. Bu darslik xett tilida yozilib, unda ko‘plab qadimgi hind tiliga oid atamalar uchraydi. Xett davlati avvalo harbiy davlat bo‘lgani uchun mudofaa, harbiy istehkomlar qurish ishlariga alohida e’tibor berilgan. Shaharlar ikki qatorlik devorlar bilan o‘ralgan. Shahar devorlari yirik tosh bloklardan tuzilgan.

Xett haykalchalari, bo‘rtma naqshlari xurrit haykalchalarini eslatib turgan.

Qadimgi Xett madaniyati o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, ular haqida arxeologik qazishma ishlari, ayniqsa, Yazili - Qoyadagi bo‘rtma rasmlar orqali boy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Xett ahlining o‘nlab xudolari tasvirlangan ushbu rasmlarda xurritlar va bobilliklar san’ati ta’siri ko‘rinib turadi.

Bo‘g‘oz-Qoya yaqinida arxeologlar tomonidan Xett davlati poytaxti – Xattusa shahri qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu shahar antiqa me’morchilik namunalari bilan ajralib turadi. Shahar bahaybat toshlardan terilgan devori hamda baland minoralari bilan birga mustahkam qal’ani tashkil etgan. Shahardagi qasrlarning devorlari tosh plitalar bilan bezatilgan bo‘lib, shahar darvozasi oldida dushmanga vahima solish uchun ikki ulkan sher haykali o‘rnatilgan.

Xett davlatida binokorlik ishlarida katta-katta toshlardan foydalanilgan. Mudofaa inshootlari tizimi, saroylarning qurilish rejasi go‘zal haykallar bilan bezatilgan. Poydevor ustiga qurilgan o‘ziga xos ustunlar xett me’morchiligining Egey va Miken me’morchiligidan andoza olganini ko‘rsatadi.

O. Genri o‘zining “Xettlar” kitobida turk arxeologlari Aloj - Xyuyukda miloddan avvalgi III ming yillikka mansub bir qancha qabr va ularda saqlanayotgan ajoyib buyumlarni qazib olganlari haqida yozadi. Bu buyumlar orasida kumush va bronzadan yasalgan turli hayvon haykallari, oltin ko‘za, idish va taqinchoqlar bor edi. Jonivorlar haykalchalari ichida eng ko‘p uchraydigani - kiyik haykali. Chunki xettliklar kiyikni muqaddas hisoblaganlar.

Xett davlatida yasalgan buyumlarning boshqa o‘lkalarda va, aksincha, o‘zga yerda ishlangan buyumlarning ushbu qadimgi davlat hududida topilishi Kichik Osiyoda yashagan xett qabilalari bilan Suriya va Shimoliy Mesopotamiyadagi xurritlar, shuningdek, Egey dengizi orollari va Yunonistonning mintaqaviy qismida yashagan egey qabilalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ancha rivojlanganligini ko‘rsatadi.

Xett davlatida Shohlar ilohiylashtirilib, xudoga tenglashtirilgan. Shoh hayot vaqtida davlatni boshqarish bilan birga bosh ruhoniy sifatida eng muhim diniy marosimlarni amalga oshirgan. U o‘lganidan keyin ruhiga atab motam-ma’raka marosimi ado etilgan.

Podsho va malikalarning motam marosimlari 13 kun va undan ortiq davom etgan. Motamning birinchi kuni jasad maxsus pechda kuydirilgan. Keyingi kunlari marhumning kuydirilgan xoki yig‘ib olinib, maxsus stol ustiga joylangan. Uning atrofiga non, turli pishiriq va ichimliklar qo‘yilgan. Xettlar marhumning ruhi taomlarni iste’mol qiladi, deb ishonganlar.

Shohlar qo‘lida quyosh xudosi hassasini tutgan holda tasvirlangan. Yazili - Qoyadagi bo‘rtma rasmlarda momaqaldiroq xudosi Teshubning shohni o‘z o‘g‘li kabi quchog‘iga olib turgani tasvirlangan. Saroy taomillariga muvofiq Xett shohini “quyoshim” deb atash lozim bo‘lgan. Xuddi shu kabi unvonlar Suriya hukmdorlarining miloddan avvalgi XIV asrga oid diplomatik xatlarida uchraydi. Xett davlatida xudo darajasiga ko‘tarilgan shohga e’tiqod qilish ana shu tariqa tashkil topgan.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish