Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


-rasm Texnologik takomillashtirishning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siri



Download 12,22 Mb.
bet103/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

10.3-rasm Texnologik takomillashtirishning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siri.

Kamayib boruvchi qaytim qonuni qisqa muddatli davr oraligʻida qoʻllanadi, chunki bu oraliqda hech boʻlmaganda bitta ishlab chiqarish omili oʻzgarmay qoladi. Qonun chegarali mahsulotning kamayishini tasvirlaydi, lekin bu manfiy miqdorga tushib qolishi shart emas. Masalan, 10.3-rasmda kamayib boruvchi qaytim qonuni mehnat sarflari

3 va undan koʻproq birlikda boʻlgan ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanishi mumkin, biroq chegarali mahsulot mehnat sarflari 8 birlikdan oshmaguncha manfiy boʻlmaydi.

Aytilgan qonunni ishlab chiqarishning ma’lum texnologiyasida qoʻllash mumkin. Biroq, vaqti kelganda, kashfiyotlar va boshqa texnologik yangiliklar 10.2-rasmdagi mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻining butunlay koʻtarilishiga olib kelishi mumkin va shunday qilib, mavjud kiritilgan omillar oʻzgarmagan holda koʻproq mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Bunday imkoniyatni 10.3-rasm koʻrsatib turibdi.

Dastlab ishlab chiqarish egri chizigʻi O, sifatida berilgan, ammo texnologiyaning takomillashuvi egri chiziqni 02 egri chizigʻi tomon yuqoriga siljitadi, texnologiyaning yanada takomillashuvi uni 03 egri chizigʻiga aylantiradi.

Faraz qilaylik, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan mehnat miqdori koʻpaygandan keyin ma’lum bir vaqt oʻtgach texnologik takomillashtirish amalga oshiriladi. Oqibatda, mahsulot ishlab chiqarish A dan (O, egri chizigʻida mehnat xarajatlari 8 birlikka teng boʻlgan holatdan) V ga (02 egri chizigʻida mehnat xarajatlari 9 birlikka teng boʻlgan holatga) va S ga (03 egri chizigʻida 10 birlikda mehnat xarajatlari boʻlgan holatga) aylanadi. A dan V va S ga tomon harakatlanish mahsulot ishlab chiqarishning koʻpayishini mehnat xarajatlari koʻpayishi bilan bogʻlaydi, shuning uchun ham bunda kamayib boruvchi qaytim qonuni amal qilmaganga oʻxshaydi. Biroq, amalda bu qonun bajariladi. Mehnat xarajatlari 8 birlikdan ortiq boʻlganda har bir alohida egri chiziq jonli mehnatdan foydalanish keltirayotgan qaytim kamayishini namoyish etadi.

Mahsulot ishlab chiqarish egri chiziqlarining siljishi kamayib boruvchi qaytim qonuni harakatini ifodalaydi va bu qonun iqtisodiy

oʻsishga uzoq muddatli davrda salbiy ta’sir koʻrsatmasligi taxmin qilinadi.



Mehnat unumdorligi

Biz ayrim vaqtlarda oʻrtacha mehnat mahsuli toʻgʻrisida gapirganda sanoatga yoki butun iqtisodiyotga taalluqli mehnat unumdorligini tilga olamiz. Mehnat oʻrtacha mahsuloti mehnat sarflari birligiga ishlab chiqarilgan mahsulotni ifodalaydi. Shuning uchun ham sanoatning barcha tarmoqlarida, shuningdek, alohida tarmoq esa unumdorlikni uzoq muddatli davrga tatbiqan qiyoslash foydali, nisbatan oson ish (chunki umumiy mehnat sarflari va mahsuloti hamda ishlab chiqarishning umumiy hajmi sizga kerak boʻlgan birdan bir ma’lumotdir). Ustiga-ustak mehnat unumdorligi koʻrsatkichi nihoyatda muhim, chunki u alohida mamlakat aholisining real turmush darajasini ifodalaydi.

Mehnat unumdorligi bilan turmush darajasi oʻrtasida oddiy bogʻliqlik mavjud. Har qanday yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlarning jami qiymati — toʻlovlar tarzidagi barcha ishlab chiqarish omillari uchun berilgan toʻlovlar tarzidagi qiymatga tengki, bunga ish haqi, ijara haqi va firmaning foydasi ham kiradi.

Oqibatda bu toʻlovlar yigʻindisi, ularning shaklidan qatʼiy nazar, jamiyat tomonidan ishlatiladi. Bas shunday ekan, iste’molchilar oʻzlarining iste’mol darajasini uzoq muddatli davrda faqat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdorini koʻpaytirish hisobigagina oshirishlari mumkin.

Jadvaldan koʻrinib turibdiki, Qoʻshma Shtatlarda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish boshqa rivojlangan mamlakatlardagiga qaraganda birmuncha yuqori. Ammo, urushdan keyingi davrda namoyon boʻlayotgan ikki tamoyil e’tiborni oʻziga tortadi. Birinchidan, AQShda mehnat unumdorligining oʻsish sur’atlari boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda sekin boʻlgan, ikkinchidan, keyingi 15—20

yilda mehnat unumdorligi barcha rivojlangan mamlakatlarda avvalgi davrga nisbatan sezilarli darajada past boʻlgan.

Mehnat unumdorligi oʻsishining eng asosiy manba’i jamgʻarilayotgan kapitalning oʻsishidir. Uning koʻpayishi uskunalarning miqdor va sifat oʻzgarishini anglatadi va shu sababli har bir ishchi bir ish soati mobaynida koʻproq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi.

Mehnat unumdorligining oʻsishi, shuningdek, iqtisodiyotning xomashyo sektori bilan ham bogʻliq. Neft, tabiiy gaz va boshqa resurslar kamayib borgani sari har bir ishchiga toʻgʻri keladigan mahsulot ishlab chiqarish birmuncha pasayib boradi. Bu hol atrof-muhit muhofazasi toʻgʻrisida qonunchilik qabul qilinishi bilan yanada kuchayadi

Mehnat unumdorligining pastligi sabablaridan biri nisbatan past malakali ish kuchidan foydalanish boʻlib, uni urushdan keyingi yillarda tugʻilish darajasining yuqoriligi keltirib chiqargan edi. Bunday ahvol sogʻliqni saqlash, mehnat va atrof-muhit muhofazasiga oid hukumat qarorlarining ba’zilari amalga oshishiga toʻsqinlik qilgan. Mehnat unumdorligining oʻsish sur’atlari pastligining sabablari turlicha va murakkab boʻlganligidan oldingi davrga qaytish bilan turmush darajasining oʻsishiga erishib boʻlmaydi. Ammo istiqbol noaniq boʻlmasligi kerak. Kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantiruvchi soliq siyosati yordami bilan asosiy kapitalni koʻpaytirish mumkin. Mehnat unumdorligining oʻsishiga koʻmaklashuvchi tadqiqotlarni va ishlanmalarni ragʻbatlantirish uchun katga kuch-gʻayrat zarur.

Ikkita oʻzgaruvchan omil sharoitida ishlab chiqarish

Ishlab chiqarish va unumdorlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik bilan tanishib chiqqanimizdan keyin, endi firmaning uzoq muddatdagi ikki omilli (bitta emas) ishlab chiqarish strategiyasini koʻrib chiqamiz. Izokvant guruhlarining shakliga koʻra biz ishlab chiqarishning muqobil variantlarini oʻrganib chiqa olamiz. 10.4-rasmdagi izokvantlar 10.1-

rasmdagilarning qayta koʻchirilgani. Ularning barchasi pastga tomon ogʻadi, chunki mehnat va kapital ham musbat chegarali mahsulotga egadir. U yoki bu ishlab chiqarish omilining katta boʻlishi mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Shuning uchun agar, mahsulot ishlab chiqarish hajmini birdek ushlab turilsa, unda bir omildan qancha koʻp foydalanilsa ikkinchi omil shuncha kam qoʻllanadi.


    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish