Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet2/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

KIRISH

Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan oʻzgarishlar yetishib chiqayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada boʻlishini talab etmoqda. Ayniqsa, bu iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni tayyorlashda oliy taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan iqtisodiy fanlar muhim oʻrin tutadi.



2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yoʻnalishlarda koʻzda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini oʻzlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ragʻbatlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining oʻrnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish1 kabi vazifalar belgilangan boʻlib, bu




1 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish koʻp jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi boʻgʻini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yoʻllarini oʻrganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bogʻliqdir.

Shunday jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan sifatida “Mikroiqtisodiyot” fani qatnashadi. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini aks ettiruvchi materiallar, qoidalar va xulosalarni puxta oʻzlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni oʻrganish oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir

“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanini oʻqitishning maqsadi bakalavriat yoʻnalishlarida ta’lim oluvchi talabalarda alohida firmalar faoliyati, iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan holda tahlil etish, ular dinamikasini qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bogʻliq siyosatini muvofiqlashtirgan holda qoʻllash va bu boradagi strategiyani toʻgʻri asoslay olish koʻnikmasini shakllantirishdan iborat.

Fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur oʻquv qoʻllanma talabalarga mikroiqtisodiyotdan turli mavzular, ularga oid masalalarni hal etish uchun koʻnikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.

Bu oʻquv qoʻllanmani tayyorlashda jahonnning yetakchi universitetlarida keng miqyosda foydalanib kelinayotgan adabiyotlar G.Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N.Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”) hamda R.Pindayk va Rubinfeldning “Mikroiqtisodiyot” kitobidan foydalanilgan va ulardagi asosiy mavzular ushbu oʻquv qoʻllanmaning asosini tashkil etgan. Mazkur oʻquv qoʻllanmadan barcha qiziquvchilar: talabalar, dars olib boruvchi professor-oʻqituvchilar foydalanishlari mumkin.




Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish