Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet14/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Oʻzgarishning ta’siri

Xaridorlarga ta’sir qiladigan oʻzgaruvchilar

Tovarlar

bahosi


Talab egri chizigʻi boʻylab

harakatni ifodalaydi



Daromad Oʻrin


Talab egri chizigʻini oʻzgartiradi



Ushbu jadvalda biror tovarni xarid qiluvchilarning oʻzgarishiga ta’sir

bosuvchi

Talab egri chizigʻini

etadigan omillar

tovarlar

oʻzgartiradi

keltirilgan. Bunga eng

bahosi

Talab egri chizigʻini

asosiysi baho hisoblanadi.

Did

oʻzgartiradi




Kutish

Talab egri chizigʻini




Xaridorlar

oʻzgartiradi




soni

Talab egri chizigʻini







oʻzgartiradi





Kutish. Sizning kelajakka boʻlgan ishonchingiz bugungi kunda tovar yoki xizmatlarga boʻlgan talabingizga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, siz keyingi oyda yuqoriroq daromad olishga ishonsangiz, hozirda kamroq pul jamgʻarasiz va joriy daromadingizning koʻp qismini muzqaymoqqa sarflaysiz. Yana bir misol, ertaga muzqaymoq narxini tushishiga ishonsangiz, bugungi narxda kamroq muzqaymoq sotib olishga harakat qilasiz.

Xaridorlar soni. Avvalgi omillarga qoʻshimcha tarzda xaridorlar xatti-harakatiga ta’sir qiliuvchi omillar bir nechta boʻlib, bozor talabi xaridorlar soniga bevosita bogʻliq. Agar Piter muzqaymoq iste’molchilari Katerina va Nikolasga qoʻshilganda edi bozordagi talab miqdori oshgan va bozor talabi oʻsgan boʻlardi.

Xulosa. Talab egri chizigʻi boshqa oʻzgaruvchilar oʻzgarmas boʻlganda ushbu tovarning bahosini oʻzgarishi talab miqdorining oʻzgarishiga qanchalik ta’sir etishini ifodalaydi. Boshqa oʻzgaruvchilardan birortasi oʻzgarganda talab egri chizigʻi ham oʻzgaradi. 1-jadvalda oʻzgaruvchilar mahsulot sotib oluvchilar soniga qanchalik ta’sir etishi keltirib oʻtilgan. Agar siz talab egri chizigʻining siljish yoki siljimasligi boʻyicha muammoga duch kelsangiz, 2- boʻlimning ilovasi sizga yordam beradi. Ikkala oʻqdagi tegishli oʻzgaruvchida oʻzgarish boʻlganda oʻq joyidan siljiydi. Chunki narx vertikal oʻqda joylashadi, narxdagi oʻzgarish talab egri chizigʻi boylab boʻladigan oʻzgarishni koʻrsatadi. Daromad esa faqat bitta tegishli oʻqdagi oʻzgaruvchi oʻzgarganda siljiydi.
Chekishga boʻlgan talab miqdorini kamaytirishning ikki yoʻli Jamiyatdagi siyosatchilar insonlar chekishining hajmini kamaytirishga koʻp harakat qilishadi. Ushbu maqsadga erishishning ikkita yoʻli bor.

Birinchisi, sigareta va tamaki mahsulotlariga boʻlgan talab egri chizigʻini oʻzgartirish kerak. Ya’ni istalgan turdagi sigaretalar haqida ommaviy axborot vositalaridan, televideniyedan chekishni taqiqlaydigan koʻrsatuvlarni qoʻyish, sigareta qutilariga yozish kerak. Agar bu muvaffaqiyatli boʻlsa, sigaretalarga boʻlgan talab egri chizigʻi 4 rasm (a) qismdagidek chapga siljiydi.





Rasm

Talab egri chizigʻi va talab egri chizigʻining koʻchishi oʻrtasidagi oʻzgarish

Agar sigaret qutisidagi ogohlantirish chekuvchilarni kamroq chekishga ishontirsa, talab egri chizigʻi chapga siljiydi. (a) qismda talab egri chizigʻi D1dan D2ga siljiydi. Bir paketi 2$ boʻlsa, talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 10ta sigaretga tushadi. Natijada oʻzgarish A nuqtadan B nuqtaga tushadi. Agar sigaret narxiga soliq oshsa, talab egri chizigʻi oʻzgarmaydi. Bunda talab egri chizigʻida turli nuqtalarda oʻzgarishlarni koʻrishimiz mumkin. (b) qismda narx 2$dan 4$ga oshganda talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 12taga pasayadi. Natijada oʻzgarish A nuqtadan C nuqtaga koʻchadi.






1 pachka sigaret narxi

Talab egri chizigʻidagi oʻzgarish

Chekishdan umidsizlantirish siyosati natijasida talab egri chizigʻining chapga siljishi
1 pachka sigaret narxi

Talab egri chizigʻidagi koʻchish

Sigaret narxlariga soliqning koʻtarilishi natijasida talab egri chizigʻining oʻzgarishi


Kunlik chekiladigan sigaret miqdori Kunlik chekiladigan sigaret miqdori

Muqobil yoʻllardan biri siyosatchilar sigaretalar narxini oshirishi kerak. Agar hukumat sigaret ishlab chiqarishga katta soliq joriy qilsa, masalan, soliqlar hisobiga sigaretalar narxini oshirish kerak. Yuqori darajadagi narx chekuvchilarni ular chekadigan sigaretalar miqdorini kamaytirishga undaydi. Shu sababdan, bu talabni oshirmaydi. Buning oʻrniga 4-jadvaldagi (b) qismdagi kabi miqdorni kamaytiradi.

Narxni qanchaga oʻzgartirsak, chekish hajmi kamayadi va qanchaga? Iqtisodchilar sigareta narxida qancha oʻzgarish boʻlishi kerakligi yuzasidan izlanish olib bordilar. Ular aniqlashdiki, narxning


10 %ga oshishi talab hajmini 4 %ga qisqartiradi. Oʻsmirlar sigareta narxiga ta’sirchan boʻlishadi. Narxning 10 %ga ortishi oʻsmirlar orasidagi chekishni 12 %ga kamaytiradi.

Xuddi shunday savol – sigaretalarning narxini oshishi marixuana kabi taqiqlangan dorilarga boʻlgan talabga qanday ta’sir qiladi. Sigareta va marixuana bir-birini toʻldiruvchi tovarlar hisoblanib, sigaretaning narxini oshishi marixuananing iste’molini oshiradi. Koʻpchilik ekspertlar sigaret narxini pasayishi tamaki va marixuanani paydo boʻlishiga olib kelishadi deb hisoblaydilar.




Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish