Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet6/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Bozor va uning vazifasi

Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng keladigan muqobil variantning yoʻqligini isbotladi.

Birinchidan, bozor ishlab chiqarish va iste’molning oʻzaro bogʻliqligini ta’minlaydi. Bu funksiyani u taklifni toʻlov qobiliyatli talab hajmiga muvofiqligini oʻrnatish orqali amalga oshiradi.

Ikkinchidan, xolis ishlab chiqaruvchilar mehnatining natijalarini ijtimoiy baholashni kafolatlaydi. Bunday baholash mexanizmi oddiy, samarali va obyektivdir. U bir narsadan: oldi-sotdi boʻladimi yoki yoʻqligidan iborat.

Uchinchidan, bozor ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi uchun sharoit yaratadi. Bunga qoloqlarni ilgʻorlardan «ajratuvchi» raqobat yordam beradi.

«Sof» bozor hech qachon mavjud boʻlmagan, bu hayoliy tizim -

«mukammal raqobat» deb ataluvchi «hayoliy» modeldir. Erkin bozor yoki «mukammal raqobat» ishi qator majburiy shartlar, institutlar mavjudligi bilan aniqlanadi:

- xususiy mulkchilik;




3 Microeconomics, Second Edition bv Robert S. Pindyck, 12 bet

- tadbirkorlik va tanlash erkinligi;

- shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi sifatida;

- raqobat;

- bozor narxlari tizimiga tayanish;

- davlat rolining cheklanganligi.

Bu barcha institutlar xoʻjalik faoliyatini rivojlantirish asosi sifatida iqtisodiy ragʻbatlantirish tizimini vujudga keltiradi.

Xususiy mulkchilik – bu fuqaro yoki firmani iqtisodiy ne’matga egalik qilish, foydalanish, taqsimlash huquqidir.

Agar mulkchilik huquqlari yaqqol aniqlangan va ishonchli himoyalangan boʻlsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi.

Tadbirkorlik erkinligi har qanday inson tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkinligini: resurslarni sotib olish va oʻz tanloviga koʻra har qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni bozorda sotish, pullarni bankka qoʻyish va boshqalarni koʻzda tutadi.

Tanlash erkinligi resurs egalarini ularni oʻz xohishiga qarab foydalanish: xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan shugʻullanish, iste’molchilar uchun oʻz pul daromadlariga tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini koʻzda tutadi. Tanlovning toʻgʻriligi va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot toʻla hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi.

Shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi ragʻbat, xoʻjalik faoliyati sababidir. Bozorda faoliyat koʻrsatayotgan barcha subyektlar oʻzining shaxsiy manfaatini koʻzlaydi, ularni Adam Smit ta’biricha “koʻrinmas qoʻl” boshqaradi. U bozorning barcha qatnashchilarini barcha uchun farovonlikni oshishini ta’minlovchi yoʻnalishda harakat qilishga undaydi. Har bir odamni boylikka intilishi umuman butun jamiyatning boyligiga olib keladi.

Raqobat – cheklangan resurslarning koʻproq miqdoriga, ulardan eng koʻp qaytim olish maqsadida ularni oʻz ixtiyoriga olish uchun xoʻjalik subyektlari oʻrtasidagi musobaqadir.

Odatda, raqobat odamlarni cheklangan resurslarni olish va ishlatishning eng oqilona yoʻllarini izlashda ijobiy rol oʻynaydi.

Bozor narxlari tizimiga tayanish. Narx bozorda iqtisodiy vaziyat koʻrsatkichi boʻlib xizmat qiladi va uchta funksiyani bajaradi:

1)xaridor va sotuvchilar harakatini yoʻnaltiruvchi axborotni beradi; 2)ishlab chiqarishning samaraliroq yoʻllarini ragʻbatlantiradi; 3)bozor subyektlari oʻrtasida daromadlarni taqsimlaydi.

Narxlar bu uchta funksiyani bajarishi uchun, ularning erkin harakatlanishini ta’minlash zarur boʻladi.

Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida yechiladi:


  • optimallashtirish tamoyili – har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;

  • muqobil xarajatlar tamoyili – noyob resurslardan foydalanish yoʻnalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.

Iqtisodiy subyektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga koʻra oʻz maqsadlariga erishishi uchun xoʻjalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy subyektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.

Mikroiqtisodiyot iqtisodiy subyektlarni ikkiga boʻlib qaraydi – iste’molchilar (uy xoʻjaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi – mumkin darajada oʻzining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish boʻlsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi

– foydani yoki boshqa bir faoliyat koʻrsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.

Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo – bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:



  1. ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;

  2. iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;

  3. ishlab chiqarish va iste’mol qilish boʻyicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.


Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1- chizma).

1.1-chizma. Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi


Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi oʻzgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen oʻzgaruvchilar tashqi oʻzgaruvchilar boʻlib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen oʻzgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga boʻlinadi: uy xoʻjaliklari va firmalar. Uy xoʻjaliklari oʻz resurslarini (ishchi kuchi, kapital va yerni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar oʻzlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xoʻjaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.

Koʻrinib turibdiki, haqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xoʻjaliklari hal qiladi. Uy xoʻjaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos boʻlishi kerak. Firmalar, oʻz navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xoʻjaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish boʻyicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak boʻladi.

Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.

Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xoʻjaliklari sektori oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi boʻyicha oʻzaro munosabatda boʻlsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi boʻyicha oʻzaro munosabatda boʻlsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.

Har bir bozor oʻzining ikkita qaror qabul qiluvchi subyektiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xoʻjaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot boʻlib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning oʻzida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash muammosini yechish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi – xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash toʻgʻrisida signal boʻlsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash toʻgʻrisida muhim axborot boʻlib xizmat qiladi.

Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx yer, kapital va resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bogʻliq xarajatlarga tranzaksion xarajatlar deyiladi.

Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qarorlarini vaqt boʻyicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) bozorining vujudga kelishi bilan bogʻliqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi toʻgʻrisida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga koʻra, oʻzlarining joriy xoʻjalik rejalarini qayta koʻrib chiqadilar va oʻzlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.


Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish