Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet94/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Oʻrtacha ovoz beruvchi qirol
Arrovning teoremasiga qaramasdan, ovoz berish koʻpchilik jamiyatlarda oʻz yurtboshini tanlashda, muhim qonunlarni qabul qilishda ishlatiladi. Hukumatni oʻrganib chiqishdagi keyingi qadam, bu hukumatni koʻpchilik boshqaruvini ishlashini koʻrib chiqishdir. Demokratik jamiyatda, qonunlarni kim qabul qiladi? Ba’zi hollarda demokratik boshqaruv bu savolga juda oddiy javob beradi.

Faraz qiling, jamiyat armiyaga yoki parklarga oʻxshash, ijtimoiy ishga pul ajratishga qaror qildi. Har bir ovoz beruvchi oʻziga yarasha mablagʻi mavjud va u natijalar orasidan oʻziga eng maʼqul boʻlgan natijani tanlaydi va shu tariqa, biz ovoz beruvchilarni katta mablagʻ ajratuvchilar va kam mablagʻ ajratuvchilarga boʻlsak boʻladi. Pastdagi kalonnalarga nazar tashlang. Unda 100 ovoz beruvchilar, 0 dan 20 milliard orasida mablagʻ ajrata olishi tasvirlangan. Berilgan afzalliklar boʻyicha demokratiya qanday natijani koʻrsatadi?

Mashhur tadqiqot natijasi Oʻrta ovoz beruvchi teoremasiga asosan, chiqariladigan qonunlarni asosiy qismi aynan shu mablagʻ ajratuvchilarning oʻrta mablagʻ ajratadigan ovoz beruvchilarga tegishli boʻladi. Oʻrta ovoz beruvchi taqsimotning qoq oʻrtasida joylashgan boʻlishadi. Olgan misolimizda, taqsimotni oxiridan yoki boshidan 50 ta ovoz beruvchini sanab koʻring, va siz ularni 10 milliard dollar ajratishayotganini koʻrasiz. Aksincha, taqsimotni hisoblab chiqsak oʻrta arifmetik qiymati 9 milliard dollarga tengligini va taqsimotda eng koʻp uchraydigan ovoz beruvchilar turi 15 milliard dollarlik ovoz beruvchilardir.

Oʻrta ovoz beruvchi ustunlikka ega, chunki ular ustunlikga egalik qilishni ikki tomonli poygasini yutishadi. Misolimizda, ikki xil odamlar mavjud: 1) 10 mlrd dan ortiq mablagʻlilar va 10mlrd dan kamini

xohlovchilar. Agar kimdir 10 mlrd oʻrniga 8mlrdni tanlasa, qolgan 10mlrd dan ortiq bermoqchi boʻlganlar 10mlrd ga tushishadi va oʻrta ovoz beruvchi boʻladi. 2) Aksincha kimdir 12 mlrdni taklif qilsa, qolgan

10 mlrddan kam bermoqchi boʻlganlar 10 mlrdga koʻtarilishadi. Bularning ikkisida ham koʻrib chiqqanimizday oʻrta ovoz beruvchilar koʻpchilikni tashkil qilishadi.




Kondorset ovoz berish paradoksi haqida oʻylayotgan boʻlsangiz, yuqoridagi holatda har bir odam bir paytda qatorda oʻzining ajrata oladigan mablagʻiga ega va bu paradoksni keltirib chiqarmaydi. Oʻrta ovoz beruvchining eng yoqtirgan natijasi qolganlarnikidan ustun.

Bu teoremani bir tomoni mavjuddir. Masalan, hukumatda ikkita siyosiy partiya oʻrta ovoz beruvchilarni ular tomondagi sonini koʻpaytirishga intilganida sodir boʻladi. Demokratik partiya va Respublikachilar partiyasi misolida oladigan boʻlsak, Demokratlar 15 mlrd liklar tarafdori boʻlib chiqdi, Respublikachilar 10 mlrd liklarni tarafdori boʻlib chiqdi. Yuqorida koʻrganimizday oʻrta ovoz beruvchilar (10mlrd) koʻpchilikni tashkil qilishdi va Demokratlar oʻzining 15 mlrd ni 10 mlrdga tushiradi. Hayotda ham xuddi shunday, siyosiy partiyalar oʻrtahol aholini tarafini olishga harakat qilishadi.

Yana bir holat mavjuddir. Unda, ovoz beruvchilarni ikki xili mavjud. Masalan, pulni park qurishga sarflashni xohlovchilar 40% va pulni umuman sarflanishini xohlamaganlar 60%. Bu holatda, oʻrta ovoz beruvchilar mavjud emas. Demokratiyada ham shunday, kompramisga kelish oʻrniga, koʻpchilik qoidasi qollaniladi va oʻrta ovoz beruvchilar har doimgday oʻzi istaganiga erishishadi.


Siyosatchilar ham odamlar
Iqtisodisodchilar iste’molchilar xulqini oʻrganganida, ular xaridor oʻziga eng katta naflilik darajasini beradigan tovar yoki xizmat turini tanlaydi deb faraz qilishadi. Agar iqtisodisodchilar firmalar xulqini oʻrganadigan boʻlsa, u firmalarni eng katta daromad olib keladigan xizmat va tovarlarni ishlab chiqaradi deb faraz qiladi. Nima deb oʻylaysiz, iqtisodisodchilar, siyosat bilan ishlaydigan odamlarni qanday qilib oʻrganishadi?

Siyosatchilar ham oʻz maqsadlariga ega. Siyosatchilar xalqning faravonligi va tinchligini oʻylab yashashadi va tenglikga harakat qilishadi deb faraz qilsak yaxshi boʻlardi. Yaxshi boʻlardiyu, ammo haqiqatga yaqin emas. Xaridorlar va firmalar kabi siyosatchilar uchun oʻzining manfaati yuqori turadi. Ba’zi siyosatchilar, yana bir bor saylanish umidida xalqqa jon kuydirib qattiq harakat qiladi. Ba’zi bir siyosatchilarning jon kuydirishiga sabab, nafsdir. Agarda bunga qarshi boʻlsangiz, dunyoning qashshoq davlatlariga nazar tashlang va u yerda korrupsiyani oddiy holga aylanib qolganini koʻrasiz.

Bu kitob siyosiy nazariyalarni oʻrganib chiqmaydi, ammo shuni aytib oʻtish kerakki, barcha qabul qilinadigan qonunlar odamlar tomonidan qabul qilinadi va ularning barchasi ham jamiyatni oʻylab qabul qilishmagan boʻlishi mumkin.


    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish