O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mamatova E’zoza Musayevna



Download 111 Kb.
bet11/12
Sana08.02.2022
Hajmi111 Kb.
#437652
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Annotatsiya

3. XULOSA

Mazkur tadqiqot ishini tadqiq etish asosida quyidagi xulosalarga kelindi:


1. XXI asr global tendensiyalarining mamlakatimiz tashqi siyosati ustuvor yo‘nalishlariga ta’siri muhim masala bo‘lib, shubhasiz, u O‘zbekiston diplomatiyasining kun tartibida doimo dolzarbdir. Aksariyat xalqaro ekspertlar va xorijiy siyosatchilar fikriga ko‘ra, bugun O‘zbekiston Respublikasi o‘zining misli ko‘rilmagan ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, aniq va konstruktiv siyosatni olib bormoqda. Mamlakatning iqtisodiy ochiqligi hamda investitsiyalar va biznes uchun jozibadorligi, barcha muammoli masalalarni yakdillik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilish, dunyoning yetakchi davlatlari va boshqa mamlakatlari bilan muvozanatli va o‘zaro manfaatli aloqalar yuritish, siyosiy ishonch va xalqaro huquqqa rioya etilishi asosidagi o‘zaro hamkorlikka intilish – bizning xorijiy sheriklarimiz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan tashqi siyosiy kursni aynan ana shunday tavsiflamoqda.
2. O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy tashqi siyosatining asosiy vazifalarga yechim topilishi kerakligidan ham kelib chiqish lozim. Birinchi asosiy vazifa - davlat va jamiyatning muvaffaqiyatli ichki rivojlanishi, islohotlarni amalga oshirish, aholi turmush farovonligining oshishini ta’minlash, hayot sifatini ko‘tarish uchun qulay tashqi sharoitni yaratish hisoblanadi.
Ikkinchi vazifa – O‘zbekiston atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirishdir. Aynan mamlakatimiz joylashgan mintaqadagi xavfsizlik barqaror rivojlanishning eng asosiy shartidir.
3. O‘zbekiston Respublikasining O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalari yordamida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Misr, Bahrayn, O‘mon, Qatar, Iordaniya, Isroil, Eron, Hindiston, Pokiston bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha faol saʼy-harakatlar qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlatlar bilan aloqalari avvalo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan respublikamizning arab mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar dasturi alohida ahamiyatga molik. Mazkur davlatlar bilan siyosiy muloqotlar oliy va yuqori darajada amalga oshirib kelinmoqda.
4. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda katta mavqega ega bo‘lgan, dunyoda eng katta tabiiy resurslarga egalik qiluvchi, shunindek, dunyoning qulay geografik hududida joylashgan arab davlatlaridagi siyosiy jarayonlar nafaqat mazkur mintaqa davlatlari uchun balki, butun dunyo davlatlariga ham ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu mintaqa davlatlari bilan tashqi siyosiy aloqalar va hamkorlik masalalari bugungi kun zamonaviy tashqi siyosat konsepsiyasini belgilayotgan O‘zbekiston Respublikasi uchun alohida yondashuv va yo‘nalishni talab qiladi. Arab davlatlari orasida aynan Saudiya Arabistoni Podshohligi va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar eng rivojlangan va katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
5. O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podsholigi va BAA bilan hamkorlik jarayonlarining mintaqaviy rivojlanish istiqbollari, bu ikki muhim strategik mintaqa o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalarning rivojlanishini, ularning jahon siyosiy jarayoniga ko‘rsatadigan ta’sirini futurologik bashorat qilish natijasida bu ikki mintaqaning umumiy manfaat va qiziqishlari futurologik tadqiqotlar tizimini shakllantirishni talab qiladi.
6. Ikki arab davlati bilan o‘rnatilgan aloqalar tarixini shartli ravishda ikki davrga bo‘lib tahlil qildik: 1. 1991-2016-yillar – O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov davri; 2. 2016-yildan toki hozirga qadar – respublikamizning amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich rahbarligidagi davr.
7. Mustaqillikka erishganimizdan toki 2016-yilga qadar bo‘lgan 25 yillik taraqqiyot va odimlash yo‘limizda ushbu ikki arab davlati bilan aloqalarda ma’lum salbiy ta’sirlar va to‘siqlar uchradi. Shu sababli ko‘pincha o‘zaro aloqalarda uzilishlar, to‘xtalishlar va ba’zi kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan. Va bu holat har ikki tomon uchun ham yangicha qarash va yangicha yondashuvni talab etdi.
8. Mamlakatimiz va arab mamlakatlari o‘rtasidagi mazkur munosabatlarda mavjud muammolarning ba’zi holatlarini aniq tavsiflashimiz lozim: birinchidan, ikki mintaqa o‘rtasidagi masofaning juda uzoqligi va ushbu sabab ortidan yuzaga keluvchi iqtisodiy, transport va tranzit muammolari; ikkinchidan, mintaqalar o‘rtasida joylashgan Afg’oniston muammosining mavjudligi; uchinchidan, ba’zi Fors ko‘rfazi davlatlarida mavjud siyosiy-diniy g‘oyalarning Markaziy Osiyoga eksport qilinishi xavfi mintaqa davlatlarini sergaklangan holda aloqa olib borishga, munosabatlarni kuchli nazorat ostida saqlashga olib boradi va bu holat har qanday davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
9. Markaziy Osiyo davlatlaridagi boy energiya zaxiralari va ularni qayta ishlash salohiyatining hali mintaqa mamlakatlarida shakllanmaganligi kabi omillar ham arab davlatlarini hamkorlikka chorlovchi jihatlar edi. Ammo mustaqillikka erishilgandan so‘ng Markaziy Osiyoning bir qancha davlatlarida ba’zi ichki siyosiy muammolar vujudga keldi. Bu holat ko‘rfaz arab mamlakatlarining hamkorlik aloqalari bo‘yicha rejalarini biroz muddat kechiktirdi. Xalqaro tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi davlatlari murakkab rishtalarga ega. Aloqalar, asosan, biznes va din bilan bog‘liq. Har ikkisini ushbu mintaqa davlatlari qattiq nazorat qiladi va har bir jabhada o‘ziga xos ehtiyotkorlik seziladi. Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi mamlakatlari hamkorligi xususida gap ketar ekan, islom, masjidlar, me’morchilik, islomiy moliya, haj va rahbarlararo munosabatlar kabi mavzular ko‘p tilga olinadi.
10. O‘zbekiston hukumati tomonidan ilgari surilgan “Markaziy Osiyo-Fors koʻrfazi” koridorini yaratish boʻyicha bitim Markaziy Osiyo mamlakatlari va Fors ko‘rfazi hamda Ummon dengizi portlari o‘rtasidagi tovarlarni uzluksiz tashishga va tranzit uchun ishonchli transport yo‘lagini yaratishga yo‘naltirilgan. Mazkur bitim transport xarajatlarini optimallashtirish maqsadida yuklarni tashish tezligini oshirishga, shuningdek, rasmiy hujjatlar va tartib qoidalarni osonlashtirish va uyg‘unlashtirishga imkon beradi.
11. O‘zbekiston barcha Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh bo‘lganligi, shuningdek, hozirgi kunga qadar Afg‘oniston bilan transportning barcha turlari orqali bog‘langan yagona davlat ekanligi muhim ustunlik bo‘lib, Markaziy Osiyoni Afg‘oniston orqali Fors ko‘rfazi va Janubiy Osiyo bilan uzviy bog‘lashdek geosiyosiy roli va salohiyatini o‘zida mujassam etgan “Transafg‘on transport yo‘lagi” loyihasining zamonaviy jihatlarini taklif qilmoqda.
12. Geografik jihatdan dengiz yo‘llaridan ajralgan O‘zbekiston uchun arab davlatlari bilan hamkorlik qilish ustuvor vazifasini hal etish – Markaziy Osiyoda tranzit, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etishda muhim rol o‘ynaydi. Arab mamlakatlari Markaziy Osiyo mintaqasini O‘rtayer, Qizil va Arab dengizlari, Suvaysh kanali va Fors ko‘rfazi bilan birlashtirgan holda, jahon bozorlariga chiqish yo‘lida tranzit mamlakatlar rolini o‘ynashi mumkin.
13. Neft, gaz ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi sanalgan arab mamlakatlari jahon energetika bozoriga katta ta’sir ko‘rsatadilar. Shaxsiy energetika resurslariga ega O‘zbekiston buni hisobga olishi kerak. Bu borada arab mamlakatlari energetika infratuzilmalarini qurish va jahon energetika bozorida narxlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tajriba almashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining salohiyatli hamkorlari hisoblanadilar.
14. Arab mamlakatlari bir tomondan o‘zbek mahsulotlari, texnologiyalari va ayrim xomashyo turlari iste’molchilari, ikkinchi tomondan investitsiyalar manbai sifatida qiziqish uyg‘otadilar. Arab monarxiyalari, ayniqsa Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Bahrayn – dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari uchun uzoq muddatli kapital manbaidirlar. Xususan, BAA investitsiya jamg‘armasining mablag‘lari 1 trln. AQSh dollaridan oshadi, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida umumiy investitsiya kapitali hajmi 3,2 trln. AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari, Fors ko‘rfazining yetakchi arab davlatlari xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lib, ular bu tajribani O‘zbekiston bilan o‘rtoqlashishi mumkin.
15. Mamlakatimiz va Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari o‘rtasida oxirgi yillar davomida iqtisodiy aloqalar, ayniqsa, sarmoyaviy aloqalar barqaror rivojlanib kelmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz ham joizki, investisiyalar jalb qilish borasidagi bor imkoniyatlardan to‘laligicha foydalanolganimiz yo‘q. Mamlakatimizda neft-gaz, neft kimyosi, metallurgiva, qurulish, mashinasozlik, to‘qimachilik, turizm, qishloq xo‘jaligi, transport, telekommunikatsiya kabi sohalarda Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari investisiyalarini jalb qilish tomonlar uchun foydalidir.
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, har qanday muammolarni hal qilish yoki qisman chetlab o‘tish orqali ikki mintaqa o‘rtasidagi aloqalarni yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarish lozim. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz ham joizki, Fors ko‘rfazi davlatlari investitsiyalarini jalb qilish borasidagi bor imkoniyatlardan to‘laligicha foydalana olganimiz yo‘q. Nafaqat mintaqamizda, balki mamlakatimizda neft-gaz, neft kimyosi, metallurgiya, qurulish, mashinasozlik, to’qimachilik, turizm, qishloq xo‘jaligi, transport, telekommunikatsiya kabi sohalarda Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari investisiyalarini jalb qilish tomonlar uchun foydali va manfaatlidir.
O‘zbekiston uchun katta yutuqlarga erishgan bunday mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik olib borish ko'plab sohalarda keng siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarni ochib beradi va Toshkentning arab-musulmon dunyosi bilan tashqi aloqalarini izchil kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tomonlarning o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishi va erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yakdil fikrga kelgani mamlakatlarimiz manfaatiga xizmat qiladi. Va bularning barchasi har bir davlat xalqining tinch va farovon hayotiga xizmat qiladi.



Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish