Tadqiqot obyekti va predmeti. O‘zbekiston Respublikasining Fors ko‘rfazi arab davlatlari - Saudiya Arabistoni Podsholigi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalari hamda keyingi yillarda amalga oshirilishi kuzatilayotgan yangi jabhalari qamrovi tadqiqot obyekti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi va arab davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini hukumatlararo kelishuvlar, tarixiy bitimlar, shartnomalar, davlat rahbarlari uchrashuvlari tafsilotlari, o‘zaro aloqalarning natijasi o‘laroq yuzaga kelgan davlatlararo tashkil etilgan yirik loyihalar orqali o‘rganish va shu kunga qadar bo‘lgan holatni tadqiq qilgan holda, kelajakdagi rejalarni va yangi marralarni belgilash tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |