Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2020  3



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

 
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2020 



 
SO ‘Z BOSHI 
Mamlakatimizda xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan talab kun sayin jadal 
sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida 
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanib borayotganligini 
e’tirof etish o‘rinlidir. Shu bois yurtimizda xitoy tili o‘qitiladigan ta’lim 
muassasalarining soni ham ortib bormoqda. Modomiki, bunday ilm maskanlari 
ko‘payib borayotgan ekan, demak o‘z-o‘zidan bu ziyo maskanlariga nafaqat xitoy 
tilini chuqur biladigan, balki ilg‘or o‘qitish metodikasiga ega, zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lgan hamda darslarda zamonaviy 
interfaol usullarni qo‘llay oladigan tajribali pedagog kadrlarni yetkazib 
berishdekmuhim masala Oliy ta’lim tizimidagi asosiy masalalardan biri 
bo‘lmog‘i kerak.O‘qitivchi, eng avvalo, o‘zi o‘qitadigan fanni yaxshi bilishi 
kerak.Agar o‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan fanni yaxshi bilmasa, muvaffaqiyat 
qozona olmaydi. Bugina emas: o‘qituvchi o‘z fani sohasida hamisha 
takomillashib borishi, o‘z ishiga mohir mutaxassis bo‘lmog‘i kerak. Bu 
muvaffaqiyatli o‘qitishning asosidir. Ammobilimga ega bo‘lishning o‘zigina 
kifoya qilmaydi; bilimga ega bo‘lish faqat materialga ega bo‘lish demakdir. 
Material yaxshi sifatga ega bo‘lishimumkin. Lekin har holda bu materialdan 
oqilona va juda ustalik bilan foydalana olish, bilimlarni boshqalarga berao lish 
ham talab qilinadi. O‘qitish faqatilmgina emas, balki san’athamdir. Bu gapimiz, 
aynan, yosh o‘qituvchilar uchun juda muhim. Shu nuqtai nazardan mazkur o‘quv 
qo‘llanma ham yuqoridagi fikrlarga hamohang tuzilgan va, aynan, chet tili
jumladan, xitoy tilidan bilim beruvchi ustozlarga yaqindan ko‘mak beradi. “Xitoy 
tilini o‘qitish metodikasi ”Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “5120100 
- Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy filologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi uchinchi 
bosqich talabalarigamo‘ljallangano‘quv rejasidagi asosiy fanlardan biridir. 
Mazkur fanni filolog talabalarimizga o‘qitilishining sababi bakalavr bosqichi 
bitiruvchilarining yurtimiz umumta’lim maktablari va akademik litseylarida, 
xitoy 
tili 
o‘qitiladigan 
markazlarda 
xitoy 
tilidan 
dars 
berishlari 
mumkinligibilanizohlanadi. Ularning institutdagi ta’lim jarayonida olgan puxta 
nazariy bilimlari, keyinchalik amaliyotda, ya’ni mashg‘ulotlar paytida juda katta 
yordam beradi. Yillar mobaynidagi tajribalarimiz va sobiq bitiruvchilarimizning 
fikr hamda mulohazalari shuni ko‘rsatdiki, aynan, “Xitoy tilini o‘qitish 
metodikasi” fani yosh mutaxassislarimizga maktab va litseylardagi faoliyatlariga 
juda katta yordam ko‘rsatgan. Bu, albatta, quvonarli holat. Hozirda “Xitoy tili va 
adabiyoti kafedrasi” bitiruvchilari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 
qoshidagi 
O‘zbek-Xitoy 
Konfutsiy 
institutida, 
litseylarda, 
hozircha 
Respublikamizda yagona bo‘lgan 59-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy 
o‘rta ta’lim maktabida va ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlariga qarashli til 



o‘qitish markazlarida xitoy tilidan dars berib kelmoqdalar. To‘la ishonch bilan 
ayta olamizki, ularning barchasi talabalik davrlarida “Xitoy tilini o‘qitish 
metodikasi” kursini muvaffaqiyatli o‘taganlar. 
Predmetdoirasidagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda xitoy tilini o‘qitish 
qonuniyatlari bayon etiladi, aynan “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” faniga 
ta’limning xususiy nazariyasi sifatida qarash shakllantiriladi. Maktabdagi xitoy 
tili kursi barcha fanlar va o‘quv predmetlaridan mohiyati bilan tubdan farqlanadi. 
“Xitoy tili" tushunchasi “xitoy tilini o‘rganish” ushbu tilda gapirish, tinglab 
tushunish, o‘qish, yozuv ko‘nikma va malakalarini egallashni ifodalaydi va nutq 
faoliyatining mazkur to‘rtala turi chegaralangan me’yorda, ya’ni dastur mavzulari 
doirasida hamda maxsus tanlangan til materiali hajmida o‘rganib boriladi. 
Leksika, grammatika, talaffuzni o‘rgatish natijasida o‘quvchilarga xitoy tilida 
o‘zaro axborot almashish malakalari singdiriladi. Ayniqsa, xitoy tilida talaffuzni 
o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu xitoy tilidagi ohanglar bilan bog‘liq 
masala bo‘lgani uchun ham e’tiborlidir. Yuqorida bayon etilgan va shu kabi 
boshqa masalalar to‘plangan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmunida o‘z 
aksini topgan. 
Talabalarimiz “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” kursi bo‘yicha uch toifa 
mashg‘ulotda ishtirok etadilar: institut dasturi asosida ma‘ruzalar mazmunini 
tinglaydi, amaliy-metodik saboqlar oladi va o‘rta umumta’lim maktablari, 
akademik litseylarda o‘quv-tarbiya (pedagogika) amaliyotinio‘taydilar. Birinchi 
ikkala mashg‘ulotlarda ilm bilan mashg‘ul bo‘linadi, uchinchi ish turida dars 
beriladi hamda sinfdan tashqari tadbirlar o‘tkaziladi. 
Mazkur kursimiz o‘rta umumta’lim maktablari va akademik litseylar xitoy 
tilini o‘qitish metodikasi dasturiga asoslangan hamda mazkur ta’lim 
maskanlarining o‘quv rejalaridagi “Xitoy tili” predmeti uning o‘rganish manbai 
hisoblanadi. Talabalarning o‘rganish ob’yekti “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” 
fani, mazkur fanning predmeti esa”xitoy tili“dir. Bu fanni o‘qitayotgan 
o‘qituvchining asosiy maqsadi birgina bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz. U ham 
bo‘lsa, auditoriyada Sizni tinglayotgan talabalarni kelajakda o‘z ishiga 
muhabbatli, sadoqatli va mohir o‘qituvchi-ustoz qilib tayyorlash! Zero, 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” 
munosabati bilan ustozlarga yo‘llagan tabriklaridan birida: “…Ishonchim komil, 
millati, tili va dinidan qat’iy nazar, Vatanimizning har bir farzandini o‘z 
bolasidek sevib, ardoqlab, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash uchun 
sidqidildan mehnat qilayotgan siz, hurmatli O‘zbekiston o‘qituvchi va 
murabbiylari bu vazifalarni, albatta, sharaf bilan ado etasiz.“
1
deb aytganlari ham 
bejiz emas. Bu biz o‘qituvchilarga bildirilgan ulkan ishonchdan darak! Bugungi 
kunda, mamlakatimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilayotgan, bu 
1
 
https://kun.uz/78551379 (28.09.2018) 



sohada Prezident farmonlariyu, hukumat qarorlari faqat va faqat xalq manfaati 
va yoshlar kelajagini ko‘zlayotgan bir pallada, bu farmon va qarorlarning ijrosi 
va ta’minotiga biz o‘qiyotgan “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” predmeti ham 
bevosita, ham bilvosita o‘z hissasini qo‘shmog‘i darkor.
“Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” predmeti36soat ma’ruza va 36 soat amaliy 
mashg‘ulotlar hajmida o‘qitiladi.
Ushbu o ‘quv qo‘llanmani tayyorlash davomida biz ko‘plab ilmiy, o ‘quv-
uslubiy va boshqa adabiyotlar bilan tanishib chiqdik, ulardan nazariy asos sifatida 
foydalandik. Jumladan, yurtimizdagi chet tili o‘qitish metodikasi sohasining 
mohir bilimdoni Ustoz Jamol Jalolovning “Chet tilio‘qitish metodikasi” 
darsligi
2
hamda XXRning metodist olimlaridanSui Yonghua (
崔永华
) va Yang 
Jizhou (
杨寄洲
) larning “Xitoy tili darsi. O‘qitish mahorati.” (
汉语课堂。教学
技巧
) kitoblari
3
ham bizga katta yordam berdi. Fursatdan foydalanib men ushbu 
kitoblarning mualliflarigao‘zimningchuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
O‘quv qo‘llanma xitoy tilini o‘qitish masalalariga doir ma’ruza va 
ma’lumotlar, darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnologiyalar va interfaol 
usullardan namunalarnio‘zichigaqamraboladi. O‘quv qo‘llanmada ma’ruzalar va 
amaliy mashg‘ulotlar mavzulari mazmunidan kelib chiqqan holda talabalar 
bilimini nazorat qilish maqsadida mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar, bundan 
tashqari nazorat va test savollari ham berilgan. Kitob so‘ngida esa talabalar 
e’tiboriga mazkur predmetga xos glossariy hamda foydalanilgan va tavsiya 
qilingan o‘zbek, rus, xitoy va ingliz tillaridagi qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati 
ham taqdim etiladi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmani nashr etilishida jonbozlik ko‘rsatgan, hamda amaliy 
ko‘mak bergan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi O‘zbek-Xitoy 
Konfutsiy instituti direktorlari Ustoz Yan Taybao va Ustoz Saodat Abdullayevna 
Nosirovalarga o‘z minnatdorligimni va ehtiromimni izhor etaman.
Zero, o‘zgalarga ilm berish yoki ilm berishga va ulashishga yordam berish, 
ziyo hamda ma’rifat tarqatishga ko‘maklashish katta savob ekanini 
unutmasligimiz kerak. Bu ish mamlakatimizdagi har bir ziyolik ishining sharafli 
vazifasi 
bo‘lmog‘i 
darkor! 
Yana 
bir 
quvonarli 
tomonishundaki, 
ushbukitobmuhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
tomonidan “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotnirivojlantirishyili” deb 
e’lonqilingan 2020 yilda nashr etilmoqda. O‘ylaymizki, mazkuro‘quvqo‘llanma 
ham O‘zbekistonda ilm va ma’rifatni tarqatishga xizmat qiladi.
 
2
JalolovJ. Chet tilio‘qitishmetodikasi.-T.: O‘qituvchi. 2012.
3
崔永华,杨寄洲。汉语课堂。教学技巧。
-
北京。北京语言大学出版社。
2014. 




Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish