Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


- Bo‘lim.  “Sharq tillarini o‘qitish metodikasi (xitoy tili)” faniga kirish



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

1- Bo‘lim. 
“Sharq tillarini o‘qitish metodikasi (xitoy tili)” faniga kirish 
 
1.1-
§.“
Sharq tillarini o ‘qitish metodikasi (xitoy tili)” fanining mohiyati 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Til, chet tili, xususan sharq tillarini
o‘rganishning ahamiyati, hamda “Chet tili oqitish metodikasi” fani bo‘yicha 
talabalarga ma’lumotlar berish. 
Tayanch so‘z va iboralar:
metodika, chet tili, imo-ishora, o‘qish, yozish, 
tinglab tushunish, gapirish, sheva, dars, til, jamiyat.
Buyuk ipak yo‘lining qadimgi gavjum chorrahalaridan birida joylashgan 
yurtimiz ko‘plab madaniyatlar bilan o‘zaro ta’sir va aloqada bo‘lgan. 
Zaminimizda serqirra hamkorlik, ma’naviy-madaniy boyish, eng muhimi, o‘zaro 
tushunish, e’tibor va hurmat singari qadriyatlar qaror topgan.Bag‘rikenglik xal-
qimiz mentalitetining bosh fazilatlaridan biri bo‘lib kelgan. Shu bois qadimdan 
yurtimizda chet tillardan, asosan, anatkak (sanskrit), tabg‘ach (xitoy), to‘xri 
(o‘rta fors tili) tillari o‘rgatilgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib ko‘proq arab va fors 
tillarini o‘qitish ehtiyoji yuzaga keldi. Hozir dunyoda taraqqiy etgan 20 
davlatning yarmiga yaqini Sharq mintaqasida joylashganbo‘lib, Yaponiya, 
Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Turkiya, 
arab 
mintaqasi 
davlatlari 
shularjumlasidandir. 
ShubilanbirvaqtdabudavlatlarO‘zbekistonning asosiy strategik hamkorlari 
hisoblanadi. Mamlakatimizda chet tillarini o‘rganish masalasining davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilishi ham sherik mamlakatlar bilan aloqalarning 
yanada mustahkamlanishi, O‘zbekistonning jahon sahnasiga chiqishiga 
yo‘naltirilgan 
maqsadli 
qadamlardan 
biri 
edi. 
O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 
2012 
yil 
10 
dekabrdagi 
PQ-1875-son «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini 
chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik 
madaniyatini yanada oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish 
to‘g‘risida»gi farmoyishi hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, 
tarjima adabiyotin rivojlantirishni ham ko‘zda tutadi. 
O‘zbekistonda xorijiy 
tillarni o‘qitish va soha mutaxassislarini tayyorlash haqida gap ketganda asosan 
G‘arb tillari, birvaqtda Sharq tillarini o‘rgatishga juda keng sharoit va 
imkoniyatlar yaratildi. Yoshlar ingliz tilini Angliya, Amerikada, xitoy, koreys, 
hind, yapon, indonez, arab, fors, turk singari sharq tillarin iesa bevosita shu til 
Vatani hisoblangan mamlakatlarda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu 
bilan bir vaqtda o‘rganilayotgan til vakillari taklif etilib o‘quv mashg‘ulotlari, 



mahorat darslari tashkil qilinmoqda. Sharq tillari nafaqat sharq mamlakatlari 
bilan serqirra hamkorlik qilish, ma’naviy-madaniy boyish, eng muhimi, o‘zaro 
tushunish, e’tibor va hurmat singari qadriyatlar qaror topishida
hamda 
sharqshunoslik 
sohasini 
rivojlantirishdamuhimahamiyatkasbetadi. 
“Sharqshunoslik - Sharq (Osiyo va Shimolioy Afrikadagi davlatlar) tarixi, 
iqtisodi, tili, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va maʼnaviy 
madaniyatini kompleks oʻrganuvchi fan. Sharqshunoslikning misrshunoslik, 
assiriologiya (ossuriyashunoslik), semitologiya, arabshunoslik, eronshunoslik, 
turkshunoslik, xitoyshunoslik, mongolshunoslik, hindshunoslik, yaponshunoslik 
kabi sohalari mavjud. Fanning rivojlanishi bilan sharqshunoslikning yana yangi 
regional shoxobchalari (shumerologiya, urartologiya, kumranistika, koreistika 
va boshqalar) paydo boʻla boshladi. Afrikashunoslik sharqshunoslikdan ajralib 
chiqdi. Sharqshunoslikning kompleks fan sifatida rivojlanishi davom etmoqda. 
Sharq mamlakatlari va ularning tarixi mahalliy olimlar tomonidan qadimdan 
oʻrganila boshlangan. Qadimiy va oʻrta asr Sharq olimlari yaratgan asarlar 
sharqshunoslik uchun qimmatli manbalardir.”
4
Til eng muhim aloqa vositasi bo‘lib, odamlarni birlashtiradi, shaxslararo 
va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ularning amaliy faoliyatini 
muvofiqlashtiradi, dunyoqarash tizimlari va dunyoning milliy manzaralarini 
shakllantirishda ishtirok etadi, ma'lumotlarning, shu jumladan, odamlarning 
tarixi va tarixiy tajribasiga tegishli ma'lumotlarni to‘plash va saqlashni 
ta'minlaydi. “
U yoki bu tilning Xalqaro tillar darajasiga koʻtarilishi 
estralingvistik (siyosiy, iqtisodiy va madaniy) va lingvistik (til funksional 
tizimlarining rivojlanganligi, sohalarga oid terminologiyalarning mavjudligi va 
b.) omillar yigʻindisi bilan belgilanadi. Jahon tillari soni tobora ortib bormoqda. 
XVIII asrdan soʻng ("fransuz tili umumiy til boʻlgan asr" deb ham nomlanadi) 
asta-sekin ingliz va nemis tillari, XX asrdan esa rus va boshqa bir qancha tillar 
jahon miqyosida qoʻllanila boshlandi. Tillarning yuridik jihatdan xalqaro 
maqomi ularning xalqaro tashkilotlar yoki konferensiyalarning (BMT, 
YUNESKO) "rasmiy" yoki "ishchi" tili sifatida tan olinishi tufayli 
mustahkamlanishi bilan belgilanadi (mas, ingliz, arab, ispan, xitoy, rus, fransuz 
tillari BMTning rasmiy va ishchi tillari hisoblanadi).Xalqaro tillarni koʻp millatli 
davlat ichida qoʻllanuvchi, millatlararo aloqa vositasi hisoblanuvchi tillardan 
farqlash kerak. Baʼzi tillar ham xalqaro, ham millatlararo til sifatida qoʻllanishi 
mumkin (mas, rus va xitoy tillari).”
5
Jahon 
tillari 
miqdorini 
aniqlash 
uchun 
til 
va sheva orasidagi 
farqnianiqbelgilash zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb 
hisoblanadi. Tabiiy 
til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqalitarqaladi, 
4
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sharqshunoslik 
5
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_tillar 



biroqharqandaytileshitish, 
koʻrish, 
sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi 
ikkilamchi 
vositaga kodlanishi mumkin. Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot 
tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, 
yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va 
imo-ishora 
tillari 
ramzlar 
ketma-ketligini 
soʻz 
yoki morfema qilib 
shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan 
ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi. Zamonaviy 
ta’lim sohasida chet tili darslarining o‘qitilishi jarayonida o‘qituvchidan ilg’or 
pedagogik texnologiyalarni, interfaol,innovatsion usullardan, kommunikativ-
axborot vositalaridan foydalanishni talab qilinmoqda.
Kelgusida yetuk 
sharqshunos bo‘lishni istagan yoshlarning aynan maktabdan boshlab Sharq 
tillarini o‘rganishi mamlakatimiz ravnaqi uchun faqat naf keltiradi. 
Chet tili 
o‘rganishga, jumladan, sharq tillariga bo‘lgan talab ham kundan kunga oshib 
bormoqda. 
Hozirda 
ko‘pchilikkatta 
qiziqish 
bilan 
o‘rganayotgan 
tillardanbirixitoy tili hisoblanadi. Chet tili fani to‘rt asosiy bosqichga (o‘qish, 
yozish, tinglab tushunish va gapirish) bo‘linib, ularning har biri bo‘yicha alohida 
tushuncha va ko‘nikmalar berilmoqda. XXRdagi til o‘qitish bo‘yicha 
mutaxassislarda “ 
多读,多写,多听,多说
”tavsiya mavjud bo‘lib, bu “ ko‘p 
o‘qish, ko‘p yozish, ko‘p tinglab tushunish, ko‘p gapirish” degan ma’noni 
anglatadi.Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga 
zamonaviy innovatsion texnologiyalarni olib kirish orqali ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o‘rganishda 
bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha 
afzalliklari mavjud. Til o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy texnologiyaning roli 
beqiyos. Bugungi kunda innovatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil 
usullari mavjud. Darslarda mavzuni yoritishda ulardan unumli foydalanilsa 
darsning samaradorligi yuqori bo‘ladi va o‘quvchilarning fanga bo‘lgan 
qiziqishlarining ortishi ham ta’minlanadi. Chet til o‘rgatish sharoiti, ya’ni sun’iy 
muhit va ajratilgan kam soatlar qoidalarni oddiylashtirish va sonini ozaytirish 
muammosini ko‘ndalang qilib qo‘yadi.“Til birligi, bir tomondan, sezgilar 
yordamida idrok etilsa, ikkinchi tomondan, faqat tafakkur hosilasi, mantiqiy 
jarayon natijasi bo‘lib ro‘yobga chiqadi.“Chet til qoidasi nutq faoliyatini 
egallashni osonlashtiruvchi vositadir. Qoida nutq materialini o‘zlashtirish nuqtai 
nazaridan ikkiga bo‘linadi: qoida — umumlashma (material nutqda 
o‘rganilgandan so‘ng) va qoida—ko‘rsatma (material o‘rganilishi oldidan 
beriladi).Qo‘llanilishi jihatidan qoidani uch guruhga ajratish maqsadga muvofiq: 
1) 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish