Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

verbal qoidalar
(so‘z yordamida ta’riflanadi): a) darslikda yozilgan (verbal-
grafik qoida) va b) muallim yoki o‘quvchilar chiqaradigan qoidalar; 2) vizual 



qoidalar (so‘z ishtirokisiz, ta’riflamay beriladigan qoidalar): sxema, jadval va 
simvol kabilar; 3) qoida — analogiya (so‘z yoki biron belgi yordamisiz 
o‘quvchilar tomonidan ixtiyorsiz holda yoki o‘zlarining til tajribasiga ko‘ra, 
ma’lum lisoniy tushuncha va qonuniyatni bildiruvchi «qoidalar», mas. ot, sifat, 
gap, ega, kesim singari atamalarda ifodalangan tushunchalar yoki gapda so‘z 
tartibi, so‘z yasalishi hodisalarini bildiruvchi chet til qonuniyatlari va hkz.).Qoida 
mazmuniga ko‘ra uch darajada bo‘ladi: 1) dastlabki yoki birlamchi qoida (til 
hodisasining biron fakti, mas. hozirgi zamon fe’lining 3-shaxs birlik shaklda 
yasalishi); 2) ikkilamchi yoki qiyosiy qoida (a) bir tomonlama solishtirish, mas. 
xitoycha hozirgi zamon fe’lining 3-shaxs birligi va boshqa shaxslar shakllarining 
yasalishi, (b) ikki tomonlama solishtirish; 3) yakuniy qoida — sistemalashtirish, 
(a) biron hodisaning barcha shakllarini umumlashtirish — qisman 
sistemalashtirish, mas. hozirgi zamon fe’lining barcha shakllarda tuslanishi, (b) 
ushbu bosqichda hodisalarning barchasini umumlashtirish — dasturiy 
sistemalashtirish, mas. fe’llar uch zamonda qo‘llanadi va (v) chet til o‘qitish 
kursida o‘rganilgan til hodisalarining barchasini umumlashtirish — nisbatan 
to‘liq sistemalashtirish. 
Uchala darajadagi qoidalar ham faqat maktab til 
materiali yuzasidan beriladi, ular tilni sistemaga solishdek lingvistik maqsadni 
ko‘zlamaydi.”
6
Chet tilini o‘rganishga ehtiyoj yuqori bo‘lgan bir davrda, ta’lim 
jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innоvatsion ta’lim 
texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo‘lishiga olib 
keladi. Innоvatsion ta’lim texnologiyalarining samaradorligi ularning ta’lim 
jarayonida 
to‘g’ri 
va 
unumli 
foydalanilganidadir. 
Mazkur masalalar aynan shu predmet doirasida ko‘rib chiqiladi. Albatta bu 
o‘quv qo‘llanmani yaratishda biz juda ko‘p marotaba murojaat qiladigan 
darsligimiz - O‘zbekistonda “Chet tili oqitish metodikasi” fanining katta 
bilimdoni, asoschisi desak ham hech mubolag‘a bo ‘lmaydi, mashhur Ustozimiz 
Jamol Jalolovning aynan mana shu nomli darslik kitobidir. “Metodika institutda 
berilgan bilimlar yig‘indisi bilan maktab tajribasi orasidagi «ko‘prik» vazifasini 
o‘tovchi fandir. Leksiya va amaliy mashg‘ulotlarda chet til o‘qitish qonuniyatlari 
bayon etiladi, metodika faniga ta’limning xususiy nazariyasi sifatida qarash 
shakllantiriladi.
Talaba metodika kursini o‘tar ekan, uch toifa 
mashg‘ulotda ishtirok etadi: oliy o‘quv yurti dasturi asosida ma’ruza majmuini 
tinglaydi, amaliy-metodik saboqlar oladi va maktabda o‘quv-tarbiya (pedagogika) 
amaliyotidan o‘tadi. Birinchi ikkala mashg‘ulotlarda ilm bilan mashg‘ul bo‘linadi 
va uchinchi ish turida dars beriladi va sinfdan tashqari tadbirlar o‘tkaziladi. 
O‘rta umumiy ta’lim maktablarida chet til o‘qitish metodikasi fani erishgan 
yutuqlarni egallash talabalar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 
6
Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. -T.: O‘qituvchi. 2012. – B. 12 


10 
1)kelajak kasbiy faoliyatlariga puxta nazariy zamin tayyorlaydi; 2) ta’limning 
zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllari va vositalari bilan atroflicha tanishtiradi; 
3) talabalarning olgan metodik bilimlarini amaliyotda samarali qo‘llay olishlari 
uchun ko‘nikma va malakalar hosil qiladi; 4) barcha fanlardan o‘zlashtirgan 
nazariy bilim va amaliy malakalarini maktab ta’lim-tarbiya ishida ijodiy tatbiq 
etishga ko‘maklashadi.”
7

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish