O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti ``iqtisodiyot ``kafedrasi



Download 1,18 Mb.
bet1/5
Sana01.06.2022
Hajmi1,18 Mb.
#626143
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish xavfsizlik


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

``IQTISODIYOT ``kafedrasi
Iqtisodiy xavfsizlikfanidan
MUSTAQIL ISH

Bajardi: Safarov .Sh
Tekshirdi:Tursunov. B
MAVZU: Xududiy oziq ovqat xavfsizligi va uni bartaraf etish.
REJA:

  1. Pandemiyaning oziq ovqat xavfsizligiga ta`siri.

  2. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning asosiy yo‘nalishlari.


Global pandemiya sharoitida dunyo davlatlari qatori yurtimiz oldida turgan asosiy masala — qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, isteʼmolchilarni sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan talablarini qondirish asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Barchangizga maʼlumki, sayyoramizda davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi iqtisodiyotning barcha tarmoqlari qatorida qishloq xoʻjaligida ham mavjud resurslar va imkoniyatlardan toʻliq foydalanish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish, uning xavfsizligini taʼminlash, sohaga ilgʻor zamonaviy yondashuvlarni joriy etish boʻyicha ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy hamda ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Bugungi kunda butun dunyo olimlari, tahlilchilari, siyosatchilar, davlat arboblari va jamoatchilik vakillari insoniyat boshidan kechirayotgan koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, uni bartaraf etish yoʻllari xususida qizgʻin muhokamaga kirishgan.
Barchamizga ayonki, koronavirus pandemiyasi hukumatlarni oʻz chegaralarini yopishga majbur qildi. Natijada dunyo boʻylab tadbirkorlik faoliyati va oʻzaro tovarlar, xizmatlar ayirboshlanishiga jiddiy putur yetdi. Harakatlar cheklanishi, yetkazib berish va aviatsiya sanoatida uzilishlar oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonini, ularni xalqaro koʻlamda tashishni qiyinlashtirdi. Bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish va taʼminot zanjirining buzilishiga hamda oziq-ovqat xavfsizligiga raxna sola boshladi. Maʼlumki, bunday holat kelajakda oziq-ovqat muammosini yana-da chuqurlashtiradi. Hatto ayrim davlatlarda ocharchilikning avj olishi oqibatida ijtimoiy boʻhronning yuzaga kelish xavfi mavjud. Shunday ekan, ushbu baloga qarshi dunyo olimlari, tajribali ekspertlar birlashgan holda harakat qilishlari lozim boʻladi.
Ushbu jihatlarni eʼtiborga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2020-yilning 20-22-oktyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Germaniyaning IAMO (Oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti) hamda AQSHning IFPRI (Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqotlari ilmiy tadqiqot instituti) institutlari bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda sogʻlom iqtisodiy oʻsishni taʼminlash uchun qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish va hududiy hamkorlik” xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Uch kun davom etgan konferensiya ishida Germaniya, Italiya, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Indoneziya, Portugaliya, Rossiya va MDH davlatlarining 30 dan ortiq professor-oʻqituvchilari, ekspert mutaxassislari taqdimot maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Onlayn platforma yurtimiz va xorijlik olimlar, siyosatchi, ishbilarmon doira vakillari hamda fuqarolik jamiyatlari uchun oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xoʻjaligi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhokamalar maydoniga aylandi.
Markaziy Osiyo mintaqasida bir nechta yangi siyosiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Masalan, Oʻzbekiston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqmoqda. U JSTga aʼzo boʻlish uchun ariza berdi va 2030-yilgacha qishloq xoʻjaligida oziq-ovqat sektorini rivojlantirishning yangi va ulkan strategiyasini qabul qildi. Bularning barchasi, oziq-ovqat tizimi mintaqada haqiqatan ham oʻzgarishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi”.
Shunday qilib, oziq-ovqat iqtisodiyotining moslashuvchanligi va barqarorligini oshirish uchun ilgʻor strategiyalar talab qilinadi. Shu nuqtayi nazardan, innovatsiyalar xususan, raqamli yangiliklar ushbu muammolarni hal qilishning muhim vositasi boʻlishi lozim.
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish