O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


  TIMSS  –  maktabda  matematika  va  aniq  fanlar  sifatini  tadqiq  qiluvchi  xalqaro



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/456
Sana03.01.2022
Hajmi2,77 Mb.
#316668
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   456
Bog'liq
2 5193060492490314745

9.  TIMSS  –  maktabda  matematika  va  aniq  fanlar  sifatini  tadqiq  qiluvchi  xalqaro 
monitoring. 
TIMSS (inglizcha  Trends  in  Mathematics  and  Science  Study)   -   maktabda  
matematika   va   tabiiy   fanlarni   o‗qitish   sifatining  xalqaro  monitoringi  bo‗lib,  Ta‘lim 
yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Ushbu tadqiqot turli 
davlatlardagi 4- va 8-sinf o‗quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‗yicha egallagan bilim 
darajasi  va  sifatini  solishtirish  hamda  milliy  ta‘lim  tizimidagi  farqlarni  aniqlashga  yordam 
beradi. 
Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Taʼlim  sifatini  nazorat  qilish  davlat  ins‘eksiya  vakillari 
Fransiyaga  qilgan  xizmat  safari  davomida  Xalqaro  iqtisodiy  hamkorliklar  tashkiloti  (OECD)da 
boʻlib,  tashkilot  mutasaddilari  bilan  muzokara  oʻtkazgan.  Uchrashuv  davomida  TALIS 
(Teaching and Learning International Survey)  xalqaro  baholash  tadqiqotlarida  Oʻzbekistonning 
ilk ishtiroki yuzasidan kelishuv imzolash boʻyicha ham muzokaralar olib borildi. 
TALIS  oʻqituvchilar  faoliyati,  ish  sharoiti  va  maktabdagi  taʼlim  muhitini  baholashga 
qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi. 
Tadqiqot maqsadi – ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-
sharoitlar  yaratish  qaratilgan  taʼlim  siyosatini  ishlab  chiqishda  yangi  ustuvor  yoʻnalishlarni 
koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim 
etishdan iborat. 
Tadqiqotlar  maktab  oʻqituvchilari  va  direktorlariga  nafaqat  milliy,  balkim  xalqaro  daraja 
oʻz  fikrini  bildirish  imkonini  beradi.  Uchrashuv  avvalida  OECDning  TALIS  boʻyicha  masʼul 
boʻlim  boshligʻi  oʻrinbosari Karine Trembley ushbu  tadqiqotda  ishtirok  etish  shartlarini 
tushuntirib  berdi.  Ushbu  tadqiqotda  200 ta maktab,  4000  nafar  oʻqituvchi  va  200  nafar  maktab 
direktori  ishtirok  etadi.  Ularni  tanlash  ham  PISAtadqiqotlariga  oʻxshash  boʻlib,  qaysi  bosqich 
oʻqituvchilarini  tanlash,  nechta  tilda  soʻrovnomalar  boʻlishini  belgilash  OECD  va  davlat 
oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan koʻzda tutiladi. 
Ilgari  TALIS  tadqiqotlari  har  5  yilda  oʻtkazilgan  boʻlsa,  endi  6  yilda  oʻtkazilishi 
rejalashtirilgan.  2018-yilda  oʻtkazilgan  TALIS  xalqaro  baholash  tadqiqotlarida  48 ta davlat 
qatnashgan boʻlib, natijalari 2020-yilda mart-a‘rel oylarida eʼlon qilinadi. 
Uchrashuv  davomida  OECD  mutasaddilari  TALIS  tadqiqotlari  aynan  PISAoʻtkazilgan 
maktabda  boʻlishi  shart  emasligi,  ularning  natijalari  alohida  chiqarilishi,  TALIS  oʻtkazishdan 
maqsad  taʼlim  muassasalaridagi  ahvolni,  oʻqituvchilar  kom‘etensiyalarini  va  muammolarini 


124 
 
aniqlash,  lekin  uning  natijalari  ham  ‗ersonal  muhokama  qilinmasligi,  natijalariga  koʻra  reyting 
chiqarilmasligini qayd etib oʻtishdi. 
Shuningdek,  navbatdagi  TALIS  tadqiqoti  2024-yilda  oʻtkazilishi  rejalashtirilgani  va  unda 
ishtirok  etish  uchun  Oʻzbekiston  hukumati  rasman  murojaat  qilishi  lozimligi  taʼkidlandi. 
Shundan  soʻng,  shartnoma  tuzilib,  rasmiylashtirish  masalalari  koʻrib  chiqilishi  maʼlum  qilindi. 
Yakunda ushbu tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha boshqa davlatlar, xususan 2018-yilda 1-marta 
TALIS tadqiqotlarida ishtirok etgan Qozogʻiston tajribasini oʻrganishga kelishib olindi. 
Maʼlumot  uchun,  Shanxayda  TALIS-2013  natijalariga  koʻra  oʻqituvchilar  oylik  maoshi    
10 % oshirilgan. Avstraliyada oʻqituvchilarni oliy taʼlimdan keyingi tayyorgarligi boʻyicha yangi 
dasturlar joriy  etilgan, ‗rofessional  standartlar  yangilangan.  Italiyada ―Yaxshi maktab‖ loyihasi 
doirasida oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, oʻqituvchilarga 
haq  toʻlash  tizimiga  oʻzgartirish  kiritgan  bunda  asosiy  eʼtibor  oʻqituvchilar  faoliyat 
samaradorligiga  qaratildi.  Angliyada  maktablar  uchun  1  kun  (yiliga  3-marta)  davom  etadigan 
―qisqa  tekshiruvlar‖  joriy  etilib,  ushbu  holat  navbatdagi  tadqiqotlarda  pedagoglar  tomonidan 
―yaxshi‖ deb baholangan. 
Yosh  avlod  bilimini  baholashda  xalqaro  baholash  dasturlarini  amaliyotga  qo‗llash  bilan 
birga  milliy  baholash  tizimini  yanada  takomillashtirishga  e‘tibor  qaratish  maqsadga  muvofiq 
bo‗ladi.  Xalqaro  dasturlarda  ishtirok  etish  yosh  avlodning  intelektual  salohiyatini  qay  darajada 
rivojlanayotganini aniqlash, shu orqali natija va samaradorlikning yangi  yo‗nalishlarini belgilab 
olishga imkoniyat  yaratsa milliy baholash tizimining  yanada takomillashtirish xalqaro baholash 
dasturlarida  muvaffaqiyatli  ishtirok  etishini  ta‘minlash  bilan  birga  ularning  kreativligini  va 
kom‘itentligini  va  o‗z  navbatida  ta‘lim  sifatini  yanada  rivojlanishiga  xizmat  qiladi.  Zero,  ayni 
davr  ta‘limi  va  global  taraqqiyot  bilimlar  universalligini  ham  talab  etmoqda.  Mamlakatimizda 
ta‘lim-tarbiya  tizimini  mutlaqo  yangi  bosqichga  ko‗tarish,  pedagogik  kadrlar  tayyorlash 
jarayonlari  sifat  darajasini  umume‘tirof  qilingan  xalqaro  talablar  va  standartlarga  muvofiq 
tubdan yaxshilash bo‗yicha keng ko‗lamli ishlarni amalga oshirishimiz kerak. 
O‗zbekiston  Res‘ublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‗yicha  Harakatlar  strategiyasida 
belgilangan vazifalarga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta‘limga to‗liq 
qamrab olinishi, 11 yillik o‗rta ta'limning joriy qilinishi munosabati bilan yuzaga kelgan malakali 
pedagog  kadrlarga  ehtiyoj  masalasi  oliy  ta'limning  pedagogika  yo‗nalishlarida  sirtqi  (maxsus 
sirtqi),  kechki  (smenali),  ikkinchi  Oliy  ta'lim  hamda  xorijiy  davlatlar  bilan  qo‗shma  ta'lim 
dasturlari  asosida  kadrlar  tayyorlashni  yo‗lga  qo‗yish  bilan  o‗z  yechimini  to‗moqda.Hozirgi 
kunda yoshlarni bilim saviyasini yanada oshirish uchun xalqaro baholash tizimlaridan foydalana 
boshlandi.  Bu Xalqaro baholash dartutlari  (PIRLS,  TIMSS, TALIS va boshqalar) boshlang‗ich 
sinf,  nafaqat  yuqori  sinf  o‗quchilari  uchun  ham  qo‗llanila  boshlandi.Bu  xalqaro  dasturlar 
o‗quvchi  o‗ylantirishga,  balki  fikrlay  olish  doirasini  kengaytirishda,  uni  har  tamonlama 
tarbiyalashda  muhim  turtki  vazifasini  bajaradi.Bu  baholash  dasturlarining  asosiy  maqsadi 
shundan  iboratki,  umumta‘lim  maktablarining  o‗qish,  matematika  va  tabiiy  yo‗nalishdagi 
fanlardan  savodxonlik  darajasini  xolisona  baholash,  o‗quvchilar  olgan  bilimlarini  amaliyotda 
qo‗llash  qobiliyatini  rivojlantirsh  va  ta‘lim  muassasalarida  sifatli  ta‘lim  berish  uchun  yetarli 
shart-sharoitlarni  yaratish  lozim.Xalqaro  baholash  dasturlari  asosan  3xil  fan  doirasida  olib 
boriladi. Bular quyidagilar: 
1. O‗qish savodxonligi- insonning yozma matnlarni tushunish va qo‗llay olish, ular haqida 
fikrlash  va  o‗z  bilimi  hamda  imkoniyatlarni  kengaytirish,  ijtimoiy  hayotda  ishtirok  etish, 
maqsadlariga erishish uchun o‗qish bilan shug‗ullanish qobiliyatidir. 


125 
 
2.  Matematik  savodxonlik-  bu  insonning  u  yashayotgan  dunyoda  matematikaning 
o‗rnini aniqlash  va  tushunish,  asoslangan  matematik  xulosalar  yuritish  hamda  fikrlaydigan, 
qiziquvchan va ijodkor fuqaroga mansub hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish maqsadida 
matematikadan foydalanish qobiliyatidir. 
3. Tabiiy-ilmiy savodxonlik- bu shaxsning tabiiy fanlarga bog‗liq masalalar bo‗yicha faol 
fuqarolik  ‗ozisiyasiga  ega  bo‗lishi  va  tabiiy  g‗oyalarga  qiziqishga  tayyorgarlik 
qobiliyatidir.Tabiiy-ilmiy  savodli  inson  tabiiy  fanlar  va  texnalogiyalarga  oid  muammolar 
muhokamasida ishtirok etishga intiladi va buning uchun quyidagi kom‘etensiyalarga ega bo‗lishi 
talab  etiladi,  hodisalarni  ilmiy  tushuntiradi,  baholaydi  va  ilmiy  tadqiqotlarni  rejalashtiradi, 
ma‘lumot va dalillarni ilmiy jihatdan sharxlaydi. 
O‗quv  dasturlarida  o‗quvchilarning  muammolarni  hal  etish  qobiliyatini  rivojlantirishning 
uchta o‗zaro bog‗liq kom‘onentlari qo‗llab-quvvatlanadi: tushunchalar, ko‗nikmalar, jarayonlar. 
Ushbu tizim o‗quv dasturlarini o‗qitish, o‗rganish va baholash yo‗nalishlarini ta‘minlab beradi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   456




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish