О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

kollsktsiyalar to`plash 
ishlari ham olib borildi.
 
Xalq  ho`jaligini  o`rganish  sohasida  ham  ba`zi  ishlar  amalga 
Oshirildi, 
L. 
F. 
Middsndorfning  “Farg`ona 
vodiysi”
degan  asari  shunga  o`xshash  boshqajuda  ko`plab 
asarlar 
hozirgacha 
ham o`zining ilmiy ahamiyatini yo`qotgani yo`q.
 
Ozbekiston  aholisi  tarkibini  o`rganishga  ham  ma`lum  darajada  e`tibor  berildi.  A.  I. 
Pashino,  P.  S.  Nazarov,  I.  I.  Krauze  kabi  olimlarning`  kasb-hunar  ishlarini  o`rganishga 
bag`ishlangan asarlari bosilib chiqdi.
 
XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  O`rta  Osiyo  gilamlariga  Rossiya  va  Evropa 
mamlakatlari juda qiziqib qolishdi. 1908—1909 yillarda A. A. Bogolyubov tomonidan tuzilgan 
al’bom bosilib chiqdi. Bu al’bomda juda ko`p xil  gilam  nusxalari  (Ko`proq turkman gilamlari, 


 
11 
qisman o`zbek gilamlari va boshqalar) ko`rsatilgan edi. Bogolyubov bu al’bomda birinchi marta 
ularni ilmiy asosda tasniflashga urinib ko`rgandi. Bogolyubov al’bomidan so`ng A. Fal’kerzam, 
S. M. Dudin va boshqalarning O`rta Osiyo gilamlarini mufassal ta`riflagan kitoblari chop etildi.
 
O`lkani  o`rganishda  zarur  talablar  olimlar  oldiga  yangidan-yangi  vazifalarni  ko`ndalang 
qilib qo`ydi. Bu vazifalarni xal qilish uchun katta-katta mablag` kerak edi. Biroq o`lkada davlat 
ilmiy-tekshirish  muassasalari  deyarli  butunlay  yo`q  edi.  Bu  xam  o`lkadagi  olimlarni,  umuman 
rus  ziyolilari  namoyandalarini  Moskva  va  Peterburgdagi  yirik  olimlarning  qo`llab-quvvatlashi 
bilan  o`lkada  ilmiy  jamiyatlar  tuza  boshlashga  undadi.  Ilmiy  jamiyatlarning  paydo  bo`lishi  bu 
erda  mahalliy  turkistonshunos  xodimlar  paydo  bo`lganligidan  va  ularning  ishlarini  o`zaro 
muvofiqlash zarurligidan dalolat berardi.
 
Qisqa  muddat  ichida  Turkiston  ilmiy  jamiyatlari  o`lkani  o`rganish  tarixida  mustahkam 
o`rin oldilar. Bulardan ba’zi birlari faqat mahalliy axdmiyatga ega bo`lgan jamiyatlar (masalan, 
O`rta  Osiyo  olimlar  jamiyati,  ilmiy-tibbiyot  jamiyati)  bo`lsa,  boshqalari  Umumrossiya  ilmiy 
jamiyatlarining  bo`limlari  (Rus  geografiya  jamiyati,      Rus      texnika      jamiyatining      xamda   
tabiiyot,  arxeologiya,  antropologiya  va  etnografiya  havaskorlari  jamiyatining  Turkiston 
bo`limlari)  edi.
 
1870 yilda O`rta Osiyo olimlari jamiyati paydo bo`ldi. Bu jamiyat o`z oldiga O`rta Osiyo 
tarixi,  geografiyasi,  etnografiyasi,  statistikasi,  iqtisodiyotiga oid  ma`lumotlarni to`plash,  ishlash 
va  tarqatishni  maqsad  qilib  qo`ygan  edi.  O`ning  birinchi  ochiq  majlisi  1871  yil  28  yanvarda 
bo`ldi.
 
SHu  bilan  bir  vaqtda  A.  P.  Fedchenkoning  faol  ishtiroki  bilan  tabiiyot,  arxeologiya, 
antropologiya  va  etnografiya  havaskorlari  jamiyatining  Turkiston  bo`limi  ochildi.  Bo`lim 
a`zolari  orasida  N.  A.  Severtsov,  I.  V.  Mushketov,  V.  F.  Oshanin  kabi  rus  olimlari  bor  edi. 
Bo`lim  1879  yilda  «Tabiiyot,  arxeologiya,  antropologiya  va  etnografiya  havaskorlari  jamiyati 
Turkiston bo`limining xotiralari» degan o`zining birinchi va so`nggi  asarini bosib chiqardi.  Bu 
to`plamga  kirgan  maqolalar  orasida  N.  A.  Severtsovning  «Pomir  umurtqali  faunasidan 
ma`lumotlar» maqolasi, N. B. Teyxning o`lka iqlimi ta`rifiga bag`ishlangan ishlari va boshqalar 
diqqatga  sazovordir.  Bo`lim  bu  jamiyatning  Moskvada  1872  yilda  tashkil  qilingan  ikkinchi 
politexnika ko`rgazmasida Turkiston bo`limining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish yuzasidan 
katta  ishlar  olib  bordi.  O`rta  Osiyo  olimlar  jamiyatida  bo`lgani  singari,  bu  bo`lim  majlislarida 
ham  qimmatli  ilmiy  axborotlar  va  ma`ruzalar  tinglandi.  Jamiyatning  1878  yilda  V.  F.  Oshanin 
rahbarligi  ostida  tashkil  qilingan  ilmiy  safari  natijasida  Buyuk  Pyotr  tizma  tog`lari  ochildi, 
Mug`suv daryosining manbalaridagi muzlik topilib, unga A. P. Fedchenko nomi berildi. Mablag` 
yo`qligi tufayli bo`lim juda katta qiyinchiliklarni boshidan kechirdi va taxminan 1893 yilda o`z 
faoliyatini to`xtatishga majbur bo`ldi.
 
O`lkada ishlab turgan havaskor arxeologlar 1895 yilda Turkiston arxeologiya havaskorlari 
to`garagiga  birlashdi.  Fanning  boshqa  sohalarida  bo`lgani  singari  bunda  ham  tadqiqot  ishlari 
rejali tashkil qilinmasdi, mutaxassislar yo`qligi tufayli tadqiqot ishlarini olib borishga imkor ham 
yo`q  edi.  Arxeologiya  ishlari  asosan  yozuv  manbalariga  qarab  qadimgi  zamon  yodgorliklarini 
o`rganishdan, ayrim arxeologiyaga oid manzillarni tekshirib, aniqlashdan iborat bo`lardi, ahyon-
ahyonda  arxeologiyaga      oid     qazishmalar      o`tkazilardi.      Turkiston 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish