О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


kerak.  Jamiyat  ko`pdan-Ko`p  qishloq  xo`jalik-sanoat  ko`rgazmalari



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

kerak. 
Jamiyat  ko`pdan-Ko`p  qishloq  xo`jalik-sanoat 
ko`rgazmalari 
tashkil  qildi,  qish^.oq  xo`jalik  xodimlarini  s`ezdlarini  uyushtirdi.  (1900  yilda 
Toshkentda   
qishloq   
xo`jalik  muzeyi   ochildi,   kontrol urug`chilik   stantsiyasi   va   boshqa   
yordamchi   muassasalar tashkil etdi.
 
O`lkada hammasi bo`lib 15 ga yaqin ilmiy jamiyat ish olib bordi (faol ish olib borib, fanda 
iz qoldirgan ilmiy jamiyatlar nazarda tutiladi). Ular geologiya,  geografiya, zoologiya, botanika, 
iqtisodiyot  (qishloq  xo`jaligi,  sanoat),  tarih  sharqshunoslik,  arxeologiya,  etnografiya, 
antropologiya,  ilmiy  tibbiyot  va  shu  kabi  bilim  tarmoqlari  va  yordamchi  ilmiy  fanlar  sohasida 
tadqiqot ishlarini olib borganlar.
 
Mustamlaka  Turkiston  sharoitida  ilmiy  jamiyatlarning  faoliyati  mahalliy  aholi  o`rtasiga 
yoyilmadi. Ilmiy tibbiyot jamiyatlari bundan bir qadar mustasnodir.
 
O`lkada  Farg`ona  tibbiyot  jamiyati  (1892—1910  yillar),  Turkiston  shifokorlar 
jamiyati,(1899 — 1909 yillar), Turkiston tibbiyot jamiyati (1900—1908 yillar), Turkiston o`lka 
tibbiyot,  tabiatshunoslar  va  shifokorlar  jamiyati  (1913  —  1922  yillar)  ish  olib  bordi.)Bu 
jamiyatlar  maxsus  tibbiyot  kutubxonalari  barpo  etdi,  shifokorlik  ishlarini  tashkil  etish  va 
yaxshilash  masalasini,  kishilarning  sog`lig`i  va  hayotiga  zararli  bo`lgan  o`rta  asrchilik 
qoldiqlariga qarshi kurash olib borish masalalarini o`rtaga qo`yib, ularni muhokama qildi.
 
Toshkentda, Andijonda va o`lkaning boshqa shaharlarida (garchi mablag` yo`qligidan juda 
oz  miqdorda  bo`lsada)  yangi  tibbiyot  markazlari,  erkak  va  ayollar  uchun  ambulatoriyalar, 
kasalxonalar  ochilganligi,  ularda  tekinga  yoki  juda  arzon  narx  bilan  mahalliy  aholiga  tibbiyot 
xizmati  ko`rsatilganligi  tibbiyot  jamiyatlarining  xizmatidir.  SHu  tibbiy  muassasalar  o`n 
minglarcha  betoblarga  xizmat  ko`rsatdi,  bularning  ko`pchiligi  umrida  birinchi  marta  jur`at  etib 
malakali tibbiy yordam so`rab murojaat qilgan edi.
 
Ilmiy jamiyatlar huzurida faol o`lkashunoslar, mahalliy muxbirlar paydo bo`ldi. 
Masalan, o`tgan asrning 80-90-yillaridayoq Turkistonda ko`proq rus tadqiqotchilari
kollektsiyachilari va ilmiy jamiyatlarning ta`siri ostida osori atiqa xavaskorlari, qadimgi 
yodgorliklarni to`playdigan xavaskorlar etishib chiqdi. Bular orasida samarqandlik Mirzo 
Buxoriy, Mirzo Abdulalarning nomi alohida ajralib turadi. Mirzo Buxoriy juda ko`p 
arxeologik-numizmatik kollektsiyalar to`plagan bo`lib, bularning bir qismi ermitaj 
kollektsiyalariga kirgan. Ajoyib san`atkor-xattot Mirzo Barot Mullo Qosimov Samarqand va 
uning atroflaridagi ko`pdan-Ko`p qadimgi zamon yodgorliklari suratini chizgan. Ulug`bek 
madrasasining g`oyat aniq eskizini tayyorlagan edi. 
A.L.Kunning  Iskandarko`l  ilmiy  safarida  qatnashgan  Mirzo  Abdullo  Abdurahmon  fanga 
qadimgi  toshlarga  va  qabr  toshlariga  yozilgan  xatlar  qayd  qilingan  ajoyib  kundalik  daftar 
qoldirib ketgan.
 
Buxoroda qadimgi gilamlar, qo`lyozmalar, nodir sopol idishlar to`plagan Muxdmmad Vafo 
tez  orada  mashhur  bo`lib  ketdi.  Havaskor  geograflardan  Olimxo`ja  YUnusov,  Mirza  Hakim  va 
boshqalar  Rus  geografiya  jamiyati  Turkiston  bo`limining  xodimlari  bo`lib  ishlashardi  (Bular 
haqida batafsilroq ma`lumot keyingi bandlarda beriladi).
 


 
13 
Turkiston o`lkasida tug`ilib o`sgan kishilardan ancha-munchalari foydali qazilmalar topish 
va  ularni  tavsiflash,  qadimgi  zamon  yodgorliklarini  qidirib  topish  va  shu  kabi  ishlarda 
qatnashdilar.
 
XX  asr  boshlarida  ham  Turkistondagi  ilmiy  jamiyatlar  o`z  faoliyatini  davom  ettirdi.  Rus 
geografiya  jamiyatining  Turkiston  bo`limi  o`lkani  tabiiy-tarixiy  jihatdan  o`rganish,  uning 
o`simlik  va  hayvonot  dunyosini,  iqlimini  tadqiq  etish  borasida  kattagina  ishlar  qildi.  Jamiyat 
bo`limi  tomonidan,  olib  borilgan  ishlar  orasida  L.S.Bergning  (1876—1950)  tadqiqotlari  katta 
o`rin tutadi. U 1899—1903 yillar ichida O`rta Osiyoning eng katta suv havzalari — Orol dengizi 
bilan  Balxash  ko`lini  tadqiq  qilib  chiqdi.  1908  yilda  L.  S.  Bergning  «Orol  dengizi»  degan 
monografiyasi bosildi. Unda bu katta ko`lni xdr taraflama o`rganish natijalari bayon qilingan va 
ulardan  xulosalar  chiqarilgan.  L.S.Berg  asarida  suv  rejimi  o`zgarishi  va  dengiz  sathi  o`zgarib 
turishi  munosabati  bilan  Amudaryo  va  Orolbo`yi  sohillariga  aholi  joylashtirilishiga  oid  boy 
tarixiy ma`lumsuglar berilgan.
 
Jamiyat  bo`limi  Turkiston  muzliklarini  o`rganish  sohasida  katta  ishlar  olib  bordi. 
G.B.Leonov Talas Olatovi muzliklarini, N.L.Korjenevskiy Seldara va qorasel muzliklarini tadqiq 
qildi  (bulardan  birinchisiga  Fedchenko  nomi,  ikkinchisiga  Mushketov  nomi  berilgan),  V.  G. 
Gorodetskiy Zailiy Olatov muzliklarini tadqiq qildi. 
 
V.F.Oshanin  o`lka  hayvonot  dunyosini  tadqiq  qylishni  davom  ettirdi;  N.  A.  Zarudniy 
Turkiston parrandalarini  o`rgandi; B. A. Fedchenko va uning onasi  O. A. Fedchenko o`lkaning 
o`simlik  dunyosini  tadqiq  qildi.  Bu  ishlar  natijasida  jamiyat  bo`limining  asarlarida  o`simlik  va 
hayvonot dunyosining 80 xil  yangi  urug`, tur va kichik turlarini  ta`riflovchi  ma`lumotlar  e`don 
qilindi.)
 
B.  A.  Fedchenkoning  1915  yilda  e`lon  qilingan  «Turkiston  o`simliklari»  degan  asarida 
O`rta Osiyoda ma`lum bo`lgan 5030 dan ko`proq o`simlik xillari ko`rsatib o`tilgan. 
 
Turkistonda bo`lgan zilzilalarni B. YA. Korolenko, G. B. Leonov va boshqalar o`rgangan. 
(SHarqshunoslik  jamiyati  Toshkent  bo`limining  faoliyati  (1901  —  1913)  ham  diqqatga 
sazovordir. Bu bo`lim tashabbusi bilan o`lkada tub joy aholining rus tilini o`rganishi uchun bepul 
kechki  kurslar  tashkil  qilingan.  Bu  kurslarda  hunarmand-kosiblar  va  shahar  aholisining  quyi 
tabaqasidan bo`lgan boshqa kishilar o`qigan)
 
1906  yilda  jamiyat  bo`limi  S
l
  M.  Solov’yovning  «Boshlang`ich  o`qish  uchun  rus 
solnomasi»ni  nashr  qildi,  buni  o`zbek  tiliga  N.  S.  Likoshin  tarjima  qilgandi.  Bu  asar  2700 
nusxada  bo`lib,  rus-tuzem  maktablariga  bepul  tarqatildi.  Bunda,  albatta,  umumiy  ta`lim 
maqsadigina  emas,  shu  bilan  birga,  siyosiy  maqsadlar  ham  ko`zda  tutilgan  edi.  Toshkentda 
sharqshunoslik o`quv yurti ochish yo`lida qilingan xdrakatlardan natija chiqmadi.
 
1907  yilda  bibliograf  I.  V.  Dmitrovskiy  rahbarligi  ostida  «Turkiston  to`plami»ni  tuzish 
ishlari  yangidan  boshlandi.  1917  yilga  qadar  to`plam  jildlarining  soni  394  ga  etkazilgan  edi 
(hozir  to`plam  Alisher  Navoiy  nomli  O`zbekiston  Davlat  xalq  kutubxonasida  saqlanadi
1
). 
YUqorida ko`rsatib o`tilganidek, bu to`plam juda hdm qimmatli va nodir yodgorlik hisoblanadi.  
Unda   1952 yilda Mosqvadagi Davlat xalq kutubxonasida «Turkiston to`plami»ning yana 
29 jildi topildi.
 
O`rta  Osiyo  va  unga  qo`shni  bo`lgan  SHarq  mamlakatlarining  tarixi,    arxeologiyasi, 
etnografiyasi,  adabiyoti,  iqtisodiyoti,  madaniyat  tarixi  va  boshqa  masalalariga  oid  keng 
ma`lumotlar bor.
 
O`rta Osiyo tarixi va arxeologiyasi XX asr boshidan chuqurroq tekshirila boshlandi. Bunda 
birinchi  va  rahbarlik  o`rnida,  shubhasiz,  g`oyat  bilimdon  olim,  mashhur sharqshunos  akademik 
V. V. Bartol’d (1869-1930) turgan edi. U sharq tillarini yaxshi bilganidan xamisha uning ilmiy 
faoliyati   markazida   turgan.
 
O`rta Osiyo tarixinigina emas, shu bilan birga, butun «musulmonlar SHarqi» tarixiga ham 
oid juda ko`p birinchi manbalarni puxta o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldi.
 
Uning «Turkiston Mo`g`ullar xuruji davrida»"(1898 — 1900 yillar) singari asarlari puxta 
to`plangan,  tadqiq  qilingan,  asl  nusxali  ma`lumotlarga  boyligi  jihatidan  O`rta  Osiyoning 
o`tmishini o`rganishda fanga qo`shilgan g`oyat katta hissadir. V. V. Bartol’dning «Ulug`bek va 


 
14 
uning  zamoni»,  «Turkistonning  sug`orish  tarixiga  doir»  nomli  asarlari  va  boshqa  ko`p  kitob, 
maqola, tadqiqot va mulohazalari g`oyat qimmatli va o`z axamiyatini yo`qotmagan asarlardir. V. 
V. Bartol’dda katta tashkilotchilik qobiliyati ham bor edi. Darhaqiqat, O`rta Osiyoning tarixi va 
arxeologiyasini o`rganish sohasidagi biron kattaroq tadbir V. V. Bartol’d ishtirokisiz bo`lmagan.
 
Polkovnik A. G. Serebrennikov to`plagan O`rta Osiyoni zabt etish tarixiga oid 70 ta katta-
katta jilddan iborat ma`lumotlar O`rta Osiyoning 1839 yildan 1876 yilgacha o`tgan davr tarixini 
o`rganishda ma`lum darajada qiziqarli manbadir. Bular Peterburg, Moskva,   Orenburg,   Tiflis   
va   Omsk   arxiv   ma`lumotlari asosida tanlab olingan. Bulardan faqat 14 jildi nashr qilingan, 
xolos.
 
Mahalliy arxeologlardan V. L. Vyatkinning (1869 — 1932) ishlari diqqatga sazovordir. Bu 
olim  1908  yilda  Samarqanddagi  mashhur  Ulug`bek  rasadxonasining  qoldiqlarini  ochdi, 
Samarqand yodgorliklarini o`rganish va saqlash bilan shug`ullandi, qadimgi Afrosiyob qo`rg`oni 
va uning atroflarini tadqiq qildi.
 
V  V.  Bartol’d  o`zining  1894  yilda  bosilib  chiqqan  «Turkistonda  arxeologik  tadqiqotlar 
masalasiga doir» kitobida o`lkani jiddiy ravishda o`rganish hali oldimizda turibdi, bu ishda bosh 
rolni mahalliy ilmiy kuchlar o`ynamog`i lozim, degan edi. Uning taklifi bilan 1895 yili oktyabr’ 
oyida  Turkiston  arxeologiya  xavaskorlari  to`garagi  va  uning  nizomi  tasdiqlandi.  Nizomda 
jumladan shunday deyilgan edi:
 
1.
 
Turkiston o`lkasidagi qadimgi yodgorliklarni o`rganish; 
a) ularni ta`riflab, o`lkaning arxeologik xaritasida aks ettirish
 
b) arxeologik yodgorliklarni saqlash;  
v) hudud egalarining ruxsaty bilan undagi arxeologik yodgorliklarni   qazish;   
g) arxeologik   materiallarni nashrga    tayyorlash.    
2.          To`garak        faxriy        va      xdqiqiy  a`zolardan        hamda        hamkor        (xodim)lardan    
tuziladi.  
3.     To`garakning hdqiqiy va hamkorlik  a`zoligiga mahalliy arxeologiya  masalalari bilan  
qiziquvchi,  unga  a`zolik      badallarini      to`lab      turuvchi      har      bir      kishy  saylana      oladi.    
Saylanuvchilarning   unvoniga,    kelib chiqishiga, millatiga va jinsiga qaralmaydi.  
4.      Haqiqiy  a`zolar  o`z  ichidan  bir  yil  muddatga  boshqarma  saylaydi.  Boshqarma  rais, 
kotib va xazinachidan iborat bo`ladi.  
5.     Boshqarma to`garakdagi ishlarni olib boradi, qaysi  yodgorlikni qazish, tadqiq qilish 
kerakligini aniqlaydi, mahalliy idoralar va Rossiya arxeologiya komissiyasi bilan aloqa ishlarini 
olib boradi va hokazo.  
6.    To`garakning umumiy majlislariga har bir qiziquvchi kishi qatnasha   oladi.    
7.    To`garakning   bo`limlarini   boshqa shaharlarda   ham    ochish   mumkin.   
 8.   To`garak   mablag`i xdqiqiy   a`zolar,   hamkorlar   to`laydigan   badallardan hamda 
arxeologiya havaskorlari tomonidan beriladigan hadyalardan tashkil topadi.
 
To`garakka     Turkiston      general-gubernatori     baron B. A. Vrevskiy faxriy rais qilib 
saylangandi. To`garakning 108 a`zosi bo`lib, bular ichida V. V. Bartol’d, D. M. Levshin, N. S. 
Likoshin,  K.  V.  Aristov,  V.  F.  Oshanin  va  boshqa  mashhur  kishilar  hdm  bor  edi.  To`garakda 
ilg`or  kayfiyatdagi  rus  ziyolilarining  ta`siri  kuchli  edi.  Ular  O`rta  Osiyo  tarixi  va  qadimgi 
yodgorliklarga hurmat bilan qarab, jiddiy ilmiy-tekshirish ishlarini jonlantirib yuborgan edilar.
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish