O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 260,78 Kb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi260,78 Kb.
#813084
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy kurs ishi

Mavzuning maqsadi. Ko’p omilli dala tajriba usullarini dorivor zubturum o’simligi misolida o’rganish.
Mavzuning vazifasi.
1. Ko’p omilli dala tajriba usullarini o’rganish.
2. Zubturum o’simligining bioekologiyasi va dorivorlik xususiyatlarini o’rganish.
3. Zubturum o’simligining yetishtirish texnologiyasini o’rganish.
Kurs ishining hajmi.
Kurs ishi 40 bet bo’lib, kirish, adabiyotlar tahlili, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.Bob. Adabiyotlar tahlili.
Respublikamizda yil sayin dorivor o‘simliklar mahsulotiga ehtiyoj o‘sib borishi natijasida ularning xomashyosini tayyorlash miqdori ham ko‘paymoqda. Bu esa o‘z navbatida qator dorivor o‘simliklarning zahiralari ko‘p o‘sadigan joylarida kamayib ketishiga, natijada ularning xomashyosini tayyorlanishini keskin chegaralanishi yoki butunlay to‘xtatilishiga olib kelmoqda. Dorivor o‘simliklar zahiralaridan oqilona foydalanishning yagona yo’li ularni madaniylashtirish va sanoat plantatsiyalarida yetishtirishni yo’lga qo‘yishdir.
O’simliklar bilan dastlab mashhur grek olimi (eramizdan oldingi 384-322 yillar) Aristotel shug’illangan. Aristotelning “O’simliklar nazariyasi” nomli asari bizgacha yetib kelmagan, lekin u o’z davrida 100 dan ortiq o’simlik turlariga tavsif bergan. Aristotelning shogirdi Teofrast (eramizdan avvalgi 371-286 yillar) o’z vatanidagi o’simliklarni va boshqa o’lkalarda o’sadigan ko’pgina o’simliklarni tekshiradi, o’simliklar klassifikatsiyasini ham ishlab chiqadi. U hamma o’simliklarni daraxtlar, butalar, yarim butalar va o’tlarga bo’ladi. Teofrast o’simliklar to’g’risidagi bilimlarini o’simliklarning turmushdagi ahamiyati bilan mahkam bog’laydi va odam qo’li bilan yaratilgan sharoitda o’simliklarning qay tariqa o’zgarib borishiga e'tibor beradi. U o’simliklarni madaniylashtirish usullarini va o’simliklardan yuqori hosil olishni ko’rsatib beradi. U o’simliklarni atroflicha o’rganib, 10 tomlik "O’simliklarning tabiiy tarixi" nomli asarini yozadi va 450 ga yaqin o’simliklarga tavsif beradi. Teofrast tuzgan tizim (sistema) o’simliklarning hayotiy shakliga va ekologik xususiyatlariga qarab ishlangan. U yaratgan tizim mazmuniga ko’ra sun’iy tizim edi.
Pliniy "Tabiat tarixi" nomli 9 jildli kitob yozib, uning 6 jildini o’simliklar dunyosiga bag’ishlaydi. U 1000 ga yaqin o’simlik turiga tavsif beradi. Uning ushbu asarida dorivor o’simliklarga keng o’rin berilgan. Pliniy bilan deyarli bir davrda yashagan grek vrachi Dioskarid “Dorivor moddalar” nomli asarida 600 ga yaqin tur dorivor o’simliklarga tavsif bergan. Lekin Dioskarid asari o’simliklarni tasniflashda prinsipial ahamiyatga ega emas edi. Shunday bo’lsada bu asar XV asr davomida eng muhim qo’llanma bo’lib kelgan.
O’simliklar to’g’risidagi ma'lumotlar O’rta Osiyoda o’rta asrlarda yashab ijod qilgan olimlar asarlarida ham keng bayon etilgan. Tabiat hodisalarining takomillashib, evolyutsion tarzda rivojlanib borishidagi tushuncha va ta'limotlar Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarning asarlarida o’z ifodasini topgan.
Muhammad Al-Xorazmiy (782-847) 847-yilda "Kitob surat al-arz" nomli asarini yozadi. Unda dunyo okeanlari, qit'alari, qutblar, daryo, o’rmon, ko’l, o’simliklar haqida ma'lumotlar beradi.
Abu Rayhon Beruniyning (937-1048) tarix, astronomiya, filosofiya, adabiyot, tilshunoslik, etiografiya, matematika, geografiya, geodeziya, kartografiya, meteorologiya, fizika, kimyo, dorishunoslik, tibbiyot, tabiatshunoslik sohalariga bag’ishlangan 150 asari bor. Beruniyning asarlarida tabiatga oid juda ko’p ma'lumotlar kiritilgan. Uning asarlarida O’rta Osiyo, Eron, Hindiston, Afg’onistonda keng tarqalgan qazilma boyliklar, dorivor o’simliklar haqida mukammal ma’lumotlar keltiriladi. Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari "Saydana", "Mineralogiya", "Hindiston", “O’tmish avlodlardan qolgan yodg’orliklar", "Geodeziya" va "Ma'sudiy qonuni" kabi asarlarida mujassamlashgan.
Beruniyning "Kitob as-Saydana-fit-tibbi" (Tabiatda dorishunoslik) nomli asari 1927-yili Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonasida topilgan. U O’rta Osiyo dorishunosligiga bag’ishlangan bo’lib, 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, tarixchi, faylasuf, sayyoh, shoir va boshqa mualliflarni keltiradi. Unda dorilarni nomlarini arab, yunon, hind, fors, xorazmiy, sug’diy, turkiy va boshqa tillarda keltirilgan. Muallifni fikricha, yer yuzining o’zgarishi o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishiga sabab bo’ladi. "Saydana"da Beruniy 1116 tur dorivorni ta'riflaydi. Shundan 750 turi o’simliklardan, 101 turi hayvonlardan va qolganlari minerallardandir. "Tabiatda dorishunoslik" asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, unda A.R.Beruniy dorishunoslik o’zi alohida fan bo’lishi lozimligini ta'kidlab, shu bilan farmakologiya fanini asoslaydi.
R.L. Xazanovich, M.I. Russiyan, P.A. Gomolitskiy (1951) lar o‘z ishlarida mahalliy va chetdan keltirilgan dorivor, kraxmal saqlovchi va efir-moyli o‘simliklarni introduksiya sharoitida o‘sishi va rivojlanishi, kimyoviy tarkibining o‘zgarishlarini o‘rgandilar.
O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi sohasida O‘zR FA Botanika instituti va Botanika bog‘i olimlari muhim ishlarni amalga oshirdilarki, bu tadqiqotlar respublikamiz dori darmon ishlab chiqarish tarmog‘ining dorivor o‘simliklar xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. Masalan, 1950-1965 yillar mobaynida akademik F.N. Rusanov boshchiligida yer sharining deyarli barcha floristik oblastlaridan o‘simliklar yig‘ib kelindi va ularning namunalari tuzildi.
Q.H. Xo‘jaev va H.X. Xolmatov (1963, 1965) lar esa kolleksiyadagi dorivor o‘simliklarni madaniy holda o‘stirish va ularga qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlari ustida ilmiy ish olib bordilar.
I.V. Belolipov (1976) O‘rta Osiyo florasida uchraydigan o‘simliklarning Toshkent Botanika bog‘i introduksion sharoitida ekologik jihatdan moslashish xususiyatlarini tavsiflab berdi. Ilmiy tadqiqotlarda O‘rta Osiyo florasiga mansub 565 yoki er sharining floristik oblastlaridan 5,5 mingdan ortiq tur introduksiya qilingan o‘simliklar kolleksiyasidan foydalanildi.
A.A. Abdurahmonov va S.P. Valixo‘jaeva (1980) lar tomonidan esa, SHarqiy Osiyo floristik oblastiga mansub bo‘lgan 25 turning introduksiyasi o‘rganildi. Bu tadqiqotlardan so‘ng Toshkent sharoitida 500 dan ortiq turlardan iborat kolleksiya tashkil qilindi. Jumladan, YU.M. Murdaxaev (1965-1990) tomonidan Nyphaceae Dc., Nelumbonacea Salisb., Trapa L., Mentha L., Brasenia schreberi I. F. Gmel., Sophora japonica L., Orthosiphon stamineus Benth., Solanum laciniatum Ait., Rhaponticum carthamoides (Willd.) Jljin., Mandragora turcomanica (Mizgir.), Aerva lanata Juss va boshqa o‘simliklar introduksiya qilindi. SHarqiy Osiyo florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarning mavsumiy rivojlanishi turli xil sharoitlarda (soya va quyoshli ekspozitsiyasida, soya-quyosh ekspozitsiyalarida sug‘orish miqdori bilan) o‘rganildi.
Markaziy Osiyoda asrlar davomida o‘ziga xos sharq xalq tabobati shakllangan, u ming yillar davomida shifobaxsh o‘simliklardan foydalanish tajribasiga asoslangan. Xalq tabobatining asosiy quroli — shifobaxsh o‘simliklar va ularning xomashyosi asosida tayyorlangan dorivor vositalar hisoblangan.
Ma’umki, odam va hayvonlarda uchraydigan kasalliklami davolash hamda shu kasalliklarning oldini olish maqsadida ishlatiladigan o‘simliklar dorivor o‘simliklar hisoblanadi. Eramizdan avvalgi davrlardayoq insonlarda shifobaxsh o‘simliklar va ular yordamida ko‘pgina kasalliklarni davolash usullari haqida ma’lumotlar
bo‘lgan va ular amaliyotda qo‘llanilgan. Eramizdan avvalgi 5000 yil avvalgi Shumer davlatida sopol taxtachalarga yozilgan va 1956-yilda nemis olimlari tomonidan o‘qishga muvaffaq bo‘lingan qadimgi yozuvlarda ham dorivor o‘simliklardan dorivor malhamlar tayyorlash usullari haqida ma’lumotlar bo‘lgan. Qadimgi Suriya shohi Assurbanipal kutubxonasida (eramizdan avvalgi 668 yil) sopol taxtachalarga mixxat bilan yozilgan 22000 jadvallar topilgan, ulaming 33 tasida dorivor o‘simliklar va ular asosida tayyorlangan mahsulotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
X.X. Xolmatov va 0 ‘.A.Axmedovlar [15, 34] ma’lumotlariga qaraganda qadimgi grek hakimi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-377 yillar) davrida 236 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklardan foydalanilgan, bu haqida yozma ma’lumotlar uning “Korpus Xippokratikum” asarida bizgacha yetib kelgan.
Xitoy, hind va Tibet tibbiyoti ham o‘ziga xos qadimgi an’analarga tayanadi. Xitoy xalq tabobati 4000 yillik tarixiga ega. Xitoydagi dorivor o‘simliklarga bag‘ishlangan ilk kitob (“Ben Sao”) eramizdan awalgi 2600-yilda chop etilgan va unda 900 ga yaqin dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu kabi kitoblar Xitoy tarixida ko‘plab yoritilgan va boyitilgan holda ko‘p marotaba chop etilgan va tibbiyot amaliyotida keng qo’lanilgan.
Masalan, XVI asrda yashagan Li Shi-chjen o‘zidan avvalgi olimlar va tabiblarning tajribalarini umumlashtirib 52 tomli asar yaratgan,unda 2000 turdagi o‘simliklar, ular xomashyosini tayyorlash vaqti, terish texnologiyasi va ulardan dorivor vositalar tayyorlash usullari keltiriladi. Qadimgi Xitoyda jenshen, limonnik, shirinmiya, arslonquyruq, kamfora, ravoch kabi dorivor o‘simliklar xomashyosiga talab yuqori bo’lganligidan ushbu o‘simliklar madaniy shariotlarda keng miqyosda ekilgan. Qadimda tabiblar uch turdagi davolash usulidan keng foydalanganlar: tig‘ orqali, shifobaxsh o‘tlar va so‘z bilan davolash usullari.
S.I. Isxakov [17] fikricha Abu Ali ibn Sinoning dunyoga tanilishiga uning tibbiyotga bag’ishlangan mashhur “Al-qonun” (“Tib qonunlari”) ilmiy asari sababchi bo‘lgan. Olim 20-yillar davomidagi o‘tkazgan tibbiyot amaliyotida to‘plagan tajribalari asosida yaratgan 5 jildlik “Al-qonun” (“Tib qonunlari”) asari asrlar mobaynida nafaqat arablar, balki Yevropa shifokorlari uchun ham dastur amal bo’lib xizmat qilgan. Kitobda 500 dan oshiq dorivor o‘simliklar hamda ulardan tayyorlangan 40 dan oshiq dorivor vositalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ilmiy asar o‘rta asrlardayoq ko‘pgina xorijiy Yevropa tillariga tarjima qilingan, birgina lotin tilida 16 marta chop etilgan. Bunday mukammal tibbiyotga bag’ishlab yozilgan katta hajmdagi ilmiy asar Yevropa xalqlari tomonidan asrlar mobaynida tibbiyot amaliyotida keng foydalanilgan. Buyuk olim malhamlarni inson organizmiga ko‘rsatadigan ta’sirini oshirish uchun bir necha o‘simliklardan iborat murakkab dorivor vositalar qo’lashni taklif etgan.
Olimning inson sivilizatsiyasi uchun qilgan xizmatlari bu sistematik olim Karl Linney (1707-1778 y) tomonidan e’tiborga olingan, tropik mintaqalarda tarqalgan qimmatli o‘simlikning nomini uning ismi bilan “Avitsenna” deb atagan. Ispaniyada yashagan arab hakimi Ibn Boytar 1400 ga yaqin shifobaxsh mahsulotlar va ular bilan davolash usullari haqida ma’lumotlar keltiradi, ularning asosiy qismini dorivor o‘simliklar tashkil qilgan. XVIII asrda yashagan Muhammad Husayniy “Bujoik farmakognoziya” va “Dorilar xazinasi” asarlarini yozdi, ularda ham 2000 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar, va ma’danlardan tayyorlangan dorivor vositalar hamda ulardan foydalanish usullari keltirilgan va ular bilan davolash usullari haqida ma’lumotlar mavjud.
O‘rta asrlarda xalq tabobati rivojlandi, uning vakillari tabiblar deb atalgan. Tabiblar o‘z zamonasining o‘qimishli va tibbiyot amaliyoti tajribalariga ega insonlar bo‘lishgan. O‘qimishIi tabiblarni xalq hakimlar deb atagan. Bu davrda Abbos al-Zahraviy, Abu Bakrar-Roziy, Najibutdin Samarqandiy, Avaz tabib, Iloqiy, Kolonisiy,Qumriy, Xurosoniy, Xorazmiy, Mahmud Hakim Yaypaniy kabi xalqqa tanilgan hakimlar muvaffaqqiyatli tibbiyot amaliyoti bilan shug‘ullandilar va xalq tabobatini rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Tabiblar tomonidan qo‘llanilgan o‘simliklar asosida tayyorlangan dorivor vositalar va usullar yaxshi natijalar berganligi sababli ular keyinchalik tibbiyot botanikasi, farmakognoziya, farmakologiya kabi sohalami rivojlanishiga ta’sir etdi.Sobiq Ittifoqda ham dorivor o‘simliklarini o‘rganishga e’tibor kuchli bo’lgan, 1931-yilda Butun ittifoq dorivor va xushbo‘y o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti (VILAR) tashkil etilgan, ushbu ilmiy dargoh olimlari dorivor o‘simliklarni ilmiy o‘rganishda va madaniylashtirishda katta ishlarni amalga oshirganlar. Dorishunoslik-farmakognoziya fanini ravnaq topishida A.F. Gammermanning(l888-1978) katta hissasi bor. Uning “Farmakognoziya kursi” kitobi dorishunoslar uchun qimmatli qo‘llanma hisoblangan va 1978-yilgacha yagona darslik sifatida 6 marta nashr etilgan.
Akademik S.Yu.Yunusov va uning shogirdlari tomonidan Respublikamiz florasidagi alkaloidli o‘simliklarning biokimyoviy tarkibi o‘rganildi. Ushbu olimning sa’y harakatlari bilan 1956-yilda o‘simlik moddalari kimyosi instituti tashkil qilindi va uning olimlari Respublikamiz florasidagi o‘simliklarni biokimyoviy tarkibini o‘rganishga katta hissa qo‘shdilar. 1968-yilgacha bo‘lgan davrda o‘simliklardan ajratib olingan 500 ta alkaloidlarga ilmiy tavsif berilgan bo‘lsa, 1981-yilga kelib 1096 ta alkaloidlarni o‘rganishga muvaffaq bo‘lindi. Ularning 466 tasi Sobiq Ittifoqda tarqalgan o‘simliklardan ajratib olingan. 0‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘simlik moddalari kimyosi institutining “Alkaloidlar kimyosi” laboratoriyasi olimlari o‘simliklardan jami 688 ta alkaloidlar ajratib olganlar va ulaming 338 tasini kimyoviy strukturasini aniqlaganlar.
Demak, dorivor o‘simliklar ming yillar davomida insonlar uchun yagona dorivor vositalar tayyorlash manbai bo‘lib xizmat qilgan va uning salomatligini saqlashda muhim o‘rin tutgan. Hozirgi paytda kasalliklarni davolash uchun odatda dorivor o‘simliklardan dorixona, farmatsevtika zavodlari va fabrikalari, Galen laboratoriyalarida yoki uy sharoitlarida bir qator dori preparatlari tayyorlanadi yoki ulardan dori tayyorlash uchun sof holida kimyoviy birikmalar— o‘simliklarning biologik aktiv moddalari ajratib olinadi.O’simliklardan sof holda ajratib oligan kimyoviy birikmalar ba’zan tirik organizmga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli biologik faol moddalar bo’lishi mumkin. Ammo ayrim o‘simliklarning o‘zi ham
zaharli bo’lishi mumkin. Masalan: kuchala, parpi, isiriq, Turkiston adonisi (sariqgul), omonqora, afsonak, achchiqmiya (eshakmiya), qizilcha (efedra) va boshqalar zaharli o‘simliklar hisoblanadilar.Lekin shu bilan birga bir qancha oziq-ovqat maqsadlarida keng foydalaniladigan o‘simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalansa bo’ladi. Bunday o‘simliklarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: anor, o‘rik, behi, anjir, shotut va balxitut, jiyda, chilonjiyda, olxo’ri, zirk, na’matak, kashnich, shivit, garmdori, zig’ir, turli xil o‘simlik moylari, murch, xantal, zanjabil, dolchin, zarchava, qalampirmunchoq (gvozdika) va boshqalar.
Dorivor o‘simliklarni kasalliklarni davolash maqsadida qo‘llash uchun odatda ulardan ko‘pincha damlama, qaynatma, nastoyka,ekstrakt yoki boshqa preparatlar tayyorlanadi. Ularning aksariyatidan suv, turli darajadagi spirt va boshqa erituvchilar yordamida shifobaxsh mahsulotlari ajratib olinadi. Natijada biologik aktiv moddalar yig‘indisidan iborat dori vujudga keladi.
Tayyorlangan dorilar tarkibida o‘simliklarning asosiy ta’sir etuvchi biologik faol birikmalari bilan bir qatorda odatda shu erituvchida erib, ajralib chiqqan boshqa moddalar ham bo‘ladi. Bular asosiy ta’sir etuvchi biologik faol moddalar bilan birga uchraydigan birikmalar bo’lib, ular ham kishi organizmiga o‘ziga xos ta’sirini ko‘rsatishi, asosiy biologik faol moddalarning ta’sirini kuchaytirishi, pasaytirishi yoki ularning erishini yaxshilab, organizmga shimilishini tezlatishi mumkin. Shu sababli o‘simliklardan tayyorlangan damlama, qaynatma, nastoyka, ekstrakt va yig’indi dori preparatlar bilan ulardan ajratib olingan sof holdagi moddalarning tirik organizmga ko‘rsatadigan ta’siri orasida katta farq bor. Binobarin, ajratib olingan sof holdagi birikmalar shu o‘simlikdan tayyorlangan dorilardek ta’sir ko’rsata olmaydi. Shu sabablarga ko’ra dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dorilar yoki ularning yig’indi preparatlarining tibbiyotdagi ahamiyati borgan sari ortib bormoqda.
Hozirgi kunda yer sharida yovvoyi holda o‘sadigan o’simliklarning gulli o‘simliklarning 600-650 turi 3 mingdan oshiq madaniy va yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlarida foydalanadilar. Tibbiyot maqsadlarida 12 mingga yaqin o‘simliklardan foydalaniladi.
Fitopreparatlar borgan sari tibbiyot amaliyotiga turli xil kasalliklari davolash uchun tobora kengroq tadbiq qilinmoqda. Bunday preparatlarga alorom, antrasennin, arfazetin, datiskan, rotokan, karsilon, safinar, tanatsexol, trizoflan, flaronin, xalepin, staxiglen, biosegman, senadeksin, nigedaza, ledin, patulaten kabilarni misol qilish mumkin.
Hozirgi vaqtda o‘simlik olamida 300 ming atrofida gullaydigan o‘simliklar, shularning 20 mingtachasi MXD da o‘sadi.
Vatanimizda dorivor o‘simliklar - tundra, quyuq o‘rmon, igna bargli o‘rmon, aralash o‘rmon, tog‘lik, dala va o‘tloq zonalarida tarqalgan. Bundan tashqari, qir, ko‘l va subtropik zonalar ham bor. Yuqorida qayd qilingan zonalarda keraklicha dorivor o‘simliklar bor, lekin ulardan unumli foydalanilmaydi. Buni shundan ham bilish mumkinki hozirgi kunda atigi 300 xil o‘simlik tayyorlanadi xolos.
Hozirgi kunda sintetik preparatlar meditsinada keng qo‘llanilishga qaramasdan ishlatilayotgan preparatlarning 40% atrofidagini o‘simlik (dorivor) lar yoki ularning mahsulotlari tashkil qiladi. SHuning uchun borgan sari yangi dorivor o‘simliklarni topish, o‘rganish va meditsinaga tatbiq qilish o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo’q. Sobiq SSSR florasini yanada chuqurroq o‘rganish uchun juda ko‘p ekspeditsiyalar tashkil qilinib ular orqali amaliy va nazariy (meditsina uchun) ma’lumotlar to‘plagan. YAngidan yangi dorivor o‘simliklar tayyorlash uchun rayonlar (viloyat) topildi. (Murdaxaev Yu. M. O‘zbekistonda vatan topgan dorivor o‘simliklar.)
VNIXFI qoshida uyushtirilgan shunday ekspeditsiyalarga L.A.Utkin boshchilik qilgan bo‘lib, ular G‘arbiy Sibir, Oltoy, Ural va Kavkazni, P.S.Masachetov O‘rta Osiyo junhuriyatlarini, Qozog‘iston, Zakavkaziyani, Oltoy va Uzoq SHarqni o‘rganish bo‘yicha ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. SHunday dorivor o‘simliklarni o‘sish va tayyorlash mumkin bo‘lgan joylarni aniqlash uchun 1931- yilda tashkil qilingan VILAR da 1933 - yili ekspeditsiya uyushtirilib, ularga V.N.Voroshilov, M.N.Karavaev, M.S.Dvornovskiy va A.I.Shreterlar boshchilik qilishgan. O’zbekiston tabiatidagi hamda qishloq xo‘jaligida ahamiyatga ega bo’lgan o‘simlik turlarining hujayra va to'qima tuzilishi, vegetativ va generativ organlarining morfologik va anatomik tuzilishi yoritib berilgan. Vatanimiz hududida o‘sadigan va keng tarqalgan madaniy, yovvoyi, zaharli va dorivor o‘simliklar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Talabalar o‘simliklar geografiyasi, geobotanikasi hamda ekologiyasi bo‘limi bilan tanishish jarayonida o‘simliklarning yer shari bo‘ylab tarqalish hamda taqsimlanish qonuniyatlari, flora, areal tushunchalari, turlari, begona o‘t!ar, ularning klassifikatsiyasi haqidagi bilimlarga ega bo'lishadi.
Shu bilan birga, o‘simliklar jamoalari, fitotsenozlar, ularda uchraydigan o’simliklar, ularni o‘rganish tartibi, o‘simliklar ekologiyasi bo‘limlari, qonuniyatlari, iqlim omillari, ularga nisbatan o‘simlik guruhlari hamda edafik, biotik, orografik, antropogen omillar va ularning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati yoritib berilgan.
Har qanday tabiiy fanlar qatori botanika fani ham jamiyatning talablari bilan bog'liq holda rivojlangan. Shuning uchun o'simliklarni o'rganish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Dastlab o'simliklar faqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o'simliklardan eramizdan avvalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika fanining rivojlanishida dorishunoslarning ro’li benihoya katta bo'lgan. Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, keyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan VII asrning o'rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf etilishi o'simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o'rganishga qo'shilgan katta hissa bo'ldi.
XII asrda botaniklarning e'tibori o'simlik turlarini o'rganishga va ularning tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada shved tabiatshunosi Karl Linney olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko'plab yangi tur va turkumlar kashf etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma'lum bo'lgan barcha o'simlik turlarini 24 ta sinfga birlashtirdi. Shuningdek, u o'simliklarni qo'sh nom (binar) bilan, ya'ni turni turkumga qo'shib nomlashni taklif qildi.
O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o'rganish qadim zamonlardan boshlangan. O'rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid ma'lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973—1048) tabobatga bag'ishlangan “Kitob as-Saydana fit-tibb" nomli asarida diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) “Tib qonunlari" va “Kitob ush-shifo" nomli asarlarida O'rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug'atut turk" nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan.


Download 260,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish