Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаlim vаzirligi


Ma’naviy fazilatlarni anglatuvchi tushunchalar



Download 50,77 Kb.
bet3/6
Sana18.07.2022
Hajmi50,77 Kb.
#821431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elyorbek yangi (1)

2.Ma’naviy fazilatlarni anglatuvchi tushunchalar
Iymon (arab. - ishonch) - 1)Allohga bo‘lgan ishonch-e’tiqod; ko‘ngilda ishonish va tilda iqror qilish; 2) umuman, ishonch; 3) muayyan fikr, oliy g‘oyaning haqiqatligiga komil ishonish, shu ishonchni e’tiqodga aylantirish. Shuning uchun ham iymon so‘zi e’tiqod so‘zi bilan yonma-yon kelib, iymon-e’tiqod tarzida ishlatiladi. Iymon inson ongi va ruhiyatiga singgan, undan mustahkam o‘rin olgan dunyoqarash sifatida qudratli harakatlantiruvchi kuch, inson irodasini mustahkamlash vositasidir. Iymon tufayli odam ruhi ezgulik sari intiladi, ijtimoiy-siyosiy hayotning insoniylashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, har qanday g‘oya va dunyoqarash insonning iymone’tiqodiga aylangandagina harakatlantiruvchi moddiy hamda ruhiy kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar - so‘z bilan ish (amal), til va dil birligi, insof, diyonat, halollik-poklik, vijdonlilik, sadoqat, muhabbat, vatanparvarlik, shuningdek, oila, jamiyat, xalq va butun insoniyat oldidagi burchni anglash kabi fazilatlar iymonlilik shartlari hisoblanadi. «Ishonch» bilan «iymon» tushunchalari odatiy (kundalik) ongda ko‘pincha bir ma’noda qo‘llanadi. Nazariy ongda ular o‘rtasidagi yaqinlikdan tashqari tafovut ham borligi e’tiborga olinadi. Ishonch odamlar va ularning uyushmalari o‘rtasidagi axloqiy-ruhiy holat sifatida o‘zaro munosabatlar insoniy tus olishiga xizmat qiladi. Ishonch muhiti qaror topgan joyda ko‘p muammolar osonroq, beozorroq hal bo‘ladi, odamlarning ko‘p vaqti va quvvati behuda sarflanmaydi. Ishonchsizlik va shubha barqaror muhitda inson shaxs sifatida shakllanishi qiyinlashadi. 253 Iymon ishonchga nisbatan chuqur falsaviy mazmunga ega. U dunyoqarash va e’tiqod bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani sababli alohida nodir ruhiy holat sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi davrda butun jahonda diniy dunyoqarash bilan birga ilmiy-falsafiy dunyoqarash ham mavjud. Ayrim odamlarda diniy ong ustuvor bo‘lib, ularda iymon diniy aqidalar haqligiga ishonch asosida shakllanadi, ba’zi kishilarda esa ilmiy haqiqatlarga ishonch ustuvor bo‘lgani sababli, ularda iymon dunyoviy bilim, falsaviy dunyoqarash negizida yuzaga keladi. Qur’oni Karimda iymonli insonlarning belgilari quyidagicha tavsiflanadi: ular mo‘min, halim, itoatkor, so‘zi bilan amali bir, poklik va halollikka intiluvchi, o‘z va’dalari, shartnomalariga rioya etuvchi, ibodatiga amal qiluvchi va shuning uchun jannat vorislari bo‘lgan kishilardir. Ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda «iymon» tushunchasi bilan «e’tiqod» tushunchasini aynan bir narsa deb talqin qilish holatlari uchraydi, hatto e’tiqodni iymondan ustun qo‘yadigan qarashlar ham bor. Aslida e’tiqod odamning ongi, ahvoli, ruhiyati bilan bog‘lanib ketadigan, olamdagi narsa-hodisa va jarayonlarga alohida munosabatni qaror toptiradigan ma’naviy-ruhiy holatdir. Muayyan g‘oya va dunyoqarashga his-hayajon asosida yondashuv ma’nosida e’tiqod iymonga yaqin turadi, shu bois ham ba’zan e’tiqodni «iymon» tushunchasining ma’nodoshi yoki uni to‘ldiradigan tushuncha sifatida qo‘llaydilar. Sobiq sovet davrida «iymon» tushunchasi tadqiq etilmagan. Uni o‘rganish, tahlil etish nihoyatda muhim. Umuman aytganda, uch narsaning butunligidan iymon hosil bo‘ladi: e’tiqod, iqror va amal. E’tiqod - chin dildan ishonish; iqror - so‘zda buni tan olish; amal - ishonchni yaxshi ishlar bilan isbotlash. Alisher Navoiyning «Mahbub ul qulub» asarida quyidagi satrlarni o‘qiymiz: «Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q. Har kimda bu ikki yo‘q - iymon yo‘q va har kimda iymon yo‘q- andin odamiyliq kelmak imkoni yo‘q»1 . Ya’ni iymonsiz kimsa odam emas. Tilimizda iymon so‘zi keng qo‘llanib, u o‘ta muhim tushunchalarni bildiradi. Xalqimizda «iymonsiz» so‘zidan ortiq haqorat bo‘lmasa kerak. Bu haqorat zamirida ishonch-e’tiqodi yo‘q, xudodan, dindan qaytgan ma’nolaridan tashqari vijdonsiz, yaramas, 1 Маънавиятшунослик тушунчалар изоҳли луғати. razil, diyonatsiz degan mazmun ham ifodalanadi. Inson e’tiqodsiz, fikrsiz yashay olmaydi. Shaxsning e’tiqodi masalasi muhim muammolardan bo‘lib, uning shakllanishi, iymonlilik darajasi ko‘p jihatdan ijtimoiy omillarga ham bevosita bog‘liq. Bugungi kunda bu masalaga e’tibor ortib borayotganining boisi shundaki, inson, ayniqsa, yoshlar uchun g‘oyat zarur bo‘lgan mafkuraviy immunitetning shakllanishida undagi iymon-e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, biz yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog‘lom e’tiqod va yuksak dunyoqarash asoslarini shakllantira olsak, ular ma’naviyati boy, mustaqil fikrli va oliyjanob shaxslar bo‘lib kamolga yetadi. E’tiqod (arab. ishonch, iymon) - muayyan maqsad, qadriyatga ishonch, shu asosda shakllangan tafakkur tarzini ifoda etuvchi tushuncha. Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «e’tiqod» tushunchasi turlicha talqin etiladi, jumladan, e’tiqodning vujudga kelishi uchun bilim eng muhim asos vazifasini bajaradi. Lekin e’tiqod va bilim aynan bir xil tushunchalar emas. Albatta, bilimlarning chinligi e’tiqodni mustahkam bo‘lishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ammo har qanday bilim ham e’tiqod emas, balki inson ongida qayta ishlab chiqilgan, ya’ni tajriba chig‘irig‘idan o‘tgan, ikkinchi marta qayta hosil bo‘lgan bilimlargina (g‘oyalar, nazariyalar) e’tiqodning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Insoniyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan bilimlar insonning o‘zi uchun, uning ehtiyojlari uchun qayta kashf etilgandagina, chinakam e’tiqod darajasiga ko‘tariladi. Bilim e’tiqodga aylanishi uchun bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Chunonchi bilim o‘z taraqqiyotining dastlabki bosqichida anglash holatini bosib o‘tadi. Anglab olingan bilim, o‘z taraqqiyotining ikkinchi bosqichida tushunish holatiga kiradi. Inson bilimlarning ma’no-mohiyatini tushunib yetgach, uning to‘g‘riligiga (yoki noto‘g‘riligiga) ishonch hosil qiladi. Tajribadan ma’lumki, faqat mustahkam e’tiqodga aylangan bilim (g‘oya, nazariya) inson amaliy faoliyatining takomillashuviga xizmat qiladi. Inson e’tiqodi nafaqat turli haqiqatlarni o‘zida aks ettirgan bilimlar, balki o‘sha bilimlarga bergan bahosi, unga bo‘lgan munosabatiga ham bog‘liqdir. Shuning uchun ham bilim (g‘oya, nazariya)ning e’tiqodga aylanishi jarayonini tahlil etganda, u ijtimoiy amaliyot insonning bilish borasidagi faoliyatining mahsuli ekanini unutmaslik darkor. E’tiqod quyidagi uch holatni bosib o‘tadi: 255 a) bilim, g‘oya, nazariya (ya’ni aqliy holat); b) bilimga berilgan baho, munosabat (ya’ni baholash holati); d) o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘z faoliyatiga tatbiq etish, ular asosida o‘z xatti-harakatini tartibga solish (xohish-iroda bilan boshqarish holati). Inson dunyoqarashining asosiy komponenti sifatida e’tiqod bilish, baholash, boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. Bilish funksiyasining asosida olamdagi turli voqea-hodisalar, jarayonlar sodir bo‘lishiga doir bilimlar yotsa, baholash funksiyasi o‘zlashtirib olingan bilimlarga tayanib, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ma’nomohiyatini tushunib olish bilan bog‘liq. Boshqarish funksiyasi esa, insonning o‘z xulq-atvori, xatti-harakatiga ko‘rsatayotgan ta’siri, uni aniq maqsad sari yo‘naltira olish qobiliyati, malakasi bilan bog‘liqdir. Demak, bilim, g‘oya, nazariya insonning amaliy faoliyati chig‘irig‘idan o‘tgach, ishonch-e’tiqodga aylanadi. Ishonch insonning ongliligi, xulq-atvorini xarakterlasa, iymon kishining xatti-harakatida namoyon bo‘ladi. E’tiqod inson xulq-atvori va xatti-harakatining birligi holatini ifodalovchi integrativ tushunchadir. O‘z navbatida, e’tiqod inson xatti-harakati yo‘nalishini belgilovchi asosiy determinantdir. Xohish-iroda, istak kabi unsurlar e’tiqodning inson amaliy faoliyatida namoyon bo‘lishi uchun hal qiluvchi turtki beradi. Amaliy faoliyat esa e’tiqodni inson hayotiy pozitsiyasiga aylantiradi. Shunday qilib, e’tiqod inson dunyoqarashining eng barqaror komponentidir. Xuddi shu komponent insonning ongli faoliyati, so‘zi bilan ishi birligini ta’minlovchi mustahkam, ishonchli ko‘prikdir. Lekin e’tiqod o‘z mazmuni, xarakteriga ko‘ra xilma-xil tarzda (gumanistik, fashistik, kommunistik, irqiy va b.) namoyon bo‘lishi mumkin. Avtoritarizm yoki zo‘ravonlik, ma’muriy buyruqbozlik yoki irqchilikka asoslangan har qanday e’tiqod shaxs mustaqilligini yemiradi, insonni buyruqni bajaruvchi manqurtga aylantiradi. Aniqrog‘i, dunyoqarashida fashistik yoki g‘ayriinsoniy, irqchilik, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki diniy fanatizm ustuvorlik qilgan e’tiqodga asoslangan har qanday inson, hech qachon mustaqil shaxs darajasiga ko‘tarila olmaydi. Dunyoqarashida bunday e’tiqod ustuvorlik qilgan kishi mustaqil fikrlash, mustaqil ishlash, mustaqil yashash madaniyatidan mahrum bo‘ladi. Ilmiy g‘oya va nazariyaga asoslan- 256 magan, turmush sinovlaridan o‘tmagan e’tiqod g‘ayri ilmiy e’tiqoddir. Shuningdek, e’tiqod – psixologik hamda ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, odamning muayyan qarash, ta’limot-nazariya, hayotiy aqida, qadriyat yoki faoliyat tamoyillarini emotsional-hissiy qabul qilish jarayonida shakllangan sobit fikr va tasavvurlar majmuyi hamdir. Boshqacha aytganda, e’tiqod ma’lum qadriyatlar, diniy yoki dunyoviy maslak, munosabatlarning inson qalbida yashash falsafasi, faoliyat dasturi sifatida qabul qilinishidir. Agar shu jarayonning oqibati o‘laroq odamda diniy yoki dunyoviy maslak, ishonch kabi turg‘un munosabatlar shakllangan bo‘lsa, biz uni e’tiqodli odam deb ataymiz. Insonning insonligi, uning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi ham ma’lum ma’noda uning e’tiqodi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar butun umri mobaynida faqat bitta narsaga e’tiqod qiladi. Masalan, Fransiyalik mashhur sayyoh Kusto va uning masalakdoshlari bir qarashda, butun umrini dengiz hayoti va undagi sirli voqealar, hayvonot dunyosini kashf etishga bag‘ishlagandek ko‘rinadi. Dengizdan juda uzoqda yashaydigan, undan manfaat ko‘rmaydigan odamlar uchun bunday tadqiqotchilarning hayoti va faoliyati keraksizdek tuyuladi. Lekin, Kustoning o‘z ishiga sadoqati, e’tiqodi shu darajada kuchliki, uni butun dunyo, sog‘lom fikrlovchi har bir inson juda yuksak qadrlaydi. Bu kabi odamlarning boshqa sohalardagi xizmatlari kam bo‘lishi mumkin, ammo bashariyat ularni yuksak e’tiqodlari uchun hurmat qiladi. E’tiqodli odam, avvalo, foydali ish bilan shug‘ullanadi, o‘zgalarga ziyon keltiruvchi amallar qilmaydi, yolg‘on gapirmaydi. U hamisha lafziga amal qiladi, ya’ni bir narsani qilaman, deb ahd etsa, butun kuchi va iqtidorini safarbar qilib, uni albatta bajaradi, boshlagan ishini oxiriga yetkazadi. E’tiqodli inson nima uchun aynan shu ishni qilayotganini juda yaxshi biladi. Shu bois haqiqiy e’tiqod egasi ilmga intiladi, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib yashaydi, har tomonlama barkamol bo‘lishga tirishadi, yaxshilarga oshno bo‘lish, buyuklikka havas uning hayotiy shioriga aylanadi. Haqiqiy e’tiqod sohibi o‘zidan oilasiga, farzandlariga, insoniyatga nimadir qoldirishni istab yashaydi. Shuning uchun ham e’tiqod shaxsdagi jur’at, mardlik, fidoyilik, iroda, vijdon, qat’iyat, halollik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar bilan bog‘liqdir.

Download 50,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish