Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаlim vаzirligi



Download 50,77 Kb.
bet1/6
Sana18.07.2022
Hajmi50,77 Kb.
#821431
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elyorbek yangi (1)


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА OʼRTА MАXSUS TАLIM VАZIRLIGI
ZАHIRIDDIN MUHАMMАD BOBUR NOMIDАGI
АNDIJON DАVLАT UNIVERSITETI

Milliy gʼoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi


4–bosqich 401 - guruh talabasi Qo’chqarov Elyorbek


“Huquq fanlarini oʼqitish metodikasi” fani boʼyicha yozgan

K U R S I SH I


Mavzu: Manaviyat- insonni ulug’lash va kuch qudrat manbaidir



Ilmiy rahbari: Abdumalikov I.
Mavzu: Manaviyat- insonni ulug’lash va kuch qudrat manbaidir

Kirish
Reja:
1.Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va uning sharqona ta’rifi
2.Ma’naviy fazilatlarni anglatuvchi tushunchalar
3.Diniy va dunyoviy iymon-e’tiqod va ularning mohiyati
4.Ma’naviy fazilatlarni anglatuvchi tushunchalar
Xulosa.
Foydalangan Adabiyotlar

Kirish
Ikki olamda ham odamga kerakli va foydali narsa
yaxshi fe’l va xush xulqdir.
Yusuf Xos Hojib
Dunyodagi barcha bilim va tajribalar, so‘z, tushuncha, tasavvur hamda xulosalar bevosita va bilvosita inson faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga keladi, rivojlanadi, boyib, takomillashib boradi yoxud aksincha – eskirib, umrini o‘tab, zavolga yuz tutadi. Biroq, jahonda shunday bir buyuk hodisa borki, u odamzodning ongli hayoti mavjud ekan, hech qachon zavol ko‘rmaydi. Shuning uchun ham uni o‘ta noyob – fenomenal hodisa deb ataymiz. Bu sog‘lom fikrlaydigan, ezgu orzu-umidlar bilan yashaydigan inson va jamiyat tomonidan hamma zamonlarda ham qadrlanib kelingan ma’naviyatdir. Darhaqiqat, bashariyat o‘z aqlini tanigan, ruh va vujudning farqini, hayot ma’nosini, ezgulikning mohiyatini anglaganidan buyon ma’naviyat unga hamroh bo‘lib kelmoqda. Inson ma’naviyat orqali tarixini, bugungi kuni va kelajagini tasavvur qilish, baholash va shu tariqa zarur saboq va xulosalar chiqarish imkoniga ega. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurtimizda inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat deb e’lon qilindi. O’zbekistonda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish masalasi qanchalik dolzarb va muhim vazifaga aylangan bo‘lsa, ma’naviyat haqidagi qarashlarni ham butunlay o‘zgartirish, bu borada zamon talab qilayotgan azaliy mezonlarni, bu noyob hodisaning asl ma’nomazmuni, ijtimoiy ahamiyatini tiklash ham o‘tkir zaruratga aylandi. Bunday keng qamrovli masalalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asarlarida ham nazariy, ham amaliy jihatdan har tomonlama chuqur asoslab berildi. Shu bois, istiqlol yillari biz uchun hayotning barcha sohalarida yangilanish va o‘zgarishlar bilan birga, tom ma’nodagi ma’naviy tiklanish va yuksalish davri bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1992-yildayoq, «Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so‘ngra ma’naviyat to‘g‘risida o‘ylash kerak, deganlar haq bo‘lmasalar kerak. Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch - qudratidir.» 1 – deb ta’kidlagan edi.
Shu sababli ma’naviyatni rivojlantirish, xalqimizning buyuk bunyodkorlik ishlarida unga tayanish davlat siyosati darjasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, Prezidentimizning 1994-yil 23-aprelda Respublikamizda «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tuzish to‘g‘risida», 1996-yil 9-sentabrda «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida», 1999-yil 3-sentabrda «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonlari, shuningdek, 1998-yil 24-iyulda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ma’naviy va ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi buning isbotidir. Ana shu farmon va qarorlarga asosan Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1997-yildan boshlab, barcha oliy o‘quv yurtlarida «Ma’naviyat va ma’rifat asoslari» maxsus kursini o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasidagi ma’ruzasida O’zbekistonning XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimiz rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, «ikkinchi ustuvor yo‘nalish – jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirishdan iborat»ligini ta’kidlagan. E’tirof etish kerakki, mustaqilligimizni mustahkamlashda va milliy o‘zlikni anglashimizda ma’naviyat beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Chunki u xalqimizning, xususan, yoshlarimizning ruhan baquvvat, o‘z vatani va millati manfaatlarining fidoyilari bo‘lib yetishishlarida hamda yot mafkuralarga qarshi tura olishlarida juda muhim omil hisoblanadi. Prezidentimiz «Milliy istiqolol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasiga yozgan so‘zboshida: «Oldimizga qo‘ygan oliyjanob maqsad – muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo‘lish, g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, begona va yot g‘oyalarning xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda»1 deganida ayni haqiqtni aytgan edi. Chindan ham ma’naviyat qanchalik yuksak bo‘lsa, inson qalbida johillik, yovuzlik, xudbinlik, yalqovlik kabi salbiy illatlarga o‘rin qolmaydi, uning o‘rnida yoshlarimiz ongida vatanparvarlik, yaratuvchanlik tuyg‘ulari yuksak darajaga ko‘tariladi, o‘zaro munosabatlarda samimiylik, birdamlik, mehr-oqibat, e’tiqod, iymon, mas’uliyat va boshqa bir qator ijobiy fazilatlar xalqimiz turmush tarzining ajralmas boyligi sifatida yanada mustahkam o‘rin olib boraveradi. Ana shu o‘ta muhim vazifalarni hal qilishimiz uchun mustaqillik ma’naviyatini shakllantirish va milliy istiqlol g‘oyasini chinakam moddiy kuchga aylantirish strategik ahamiyatga egadir. Bu o‘z navbatida biz qo‘lga kiritgan istiqlolning ma’no va mazmunini, milliy o‘zligimizni to‘la anglashimizga, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularimizni mustahkamlashimizga, Vatan va millat istiqboli uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni teran tushunib yetishimizga da’vat etadi. Mazkur o‘quv qo‘llanma Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asariga asoslanganli. Ushbu fenomenal asarda ma’naviyatning shaxs kamoli, uning inson va jamiyat munosabatlaridagi beqiyos ahamiyati, ayniqsa, istiqlol yillarida ma’naviy buloqlarimiz ko‘zlarining ochilishi, ming-ming yillik ma’naviy obidalarimizning tiklanishi, sayqal berilib, asl holatiga keltirilishi orqali buyuk ajdodlarimiz jahon ilm-fani, ma’naviyati-yu madaniyati xazinasiga beqiyos hissa qo‘shganliklari ilmiy-amaliy jihatdan to‘la isbotlanishi yorqin bo‘yoqlarda g‘oyatda ta’sirchan, yoritib berilgankim, bularning hammasi yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash, ota-onasi, millati, xalqi va vataniga sadoqat bilan xizmat qilish, ular bilan haqli ravishda faxrlanish, ozod va obod yurt bunyodkori ruhida tarbiyalashdek zamonaviy dolzarb masalalar har birimizning tafakkurimizda, qalbimiz va ongu shuurimizda qo‘ng‘iroq misol yangrab turganligi bilan benihoya qimmatlidir. Shuningdek, «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asari O’zbekistonda insonparvar huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini barpo etishda xalqimizni, shu jumladan, yoshlarimizni ezgu va olijanob maqsadlar sari ilhomlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ham Yurtboshimiz tomonidan tarixiy manbalar, aniq dalillar, hayotiy tajribalar-u, ibratli misollar asosida chuqur tahlil qilinib, ma’naviy taraqqiyotimizning strategik tamoyillari ko‘rsatib berilgankim, bularning bari ushbu o‘quv qo‘llanma mualliflari fikrlari parvoziga qanot sifatida xizmat qilganligi yaqqol aks etib turibdi.

Download 50,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish