Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаlim vаzirligi


Diniy va dunyoviy iymon-e’tiqod va ularning mohiyati



Download 50,77 Kb.
bet4/6
Sana18.07.2022
Hajmi50,77 Kb.
#821431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elyorbek yangi (1)

3.Diniy va dunyoviy iymon-e’tiqod va ularning mohiyati
Adolat (arab.- odillik, to‘g‘rilik, hamma uchun barobar bo‘lgan haqiqatning talab va tamoyillariga amal qilinishi) - insoniyatning azaliy orzusi, ezgu g‘oyasi, ma’naviyat, axloq va huquqning me’yoriy kategoriyalaridan biri. Jamiyat hayotidagi hodisalar, tartib-qoidalarning asl insoniy ideallarga, haqiqat mezonlariga qanchalik mos ekanini aniqlashda hamma zamonlarda ham asosiy ma’naviy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatning shaxsga, shaxsning jamiyatga va bir shaxsning ikkinchi shaxsga munosabatida namoyon bo‘ladigan adolat tamoyili ana shu munosabatlarni baholashning o‘zgarmas mezonidir. Adolat yuksak ma’naviy qadriyat bo‘lib, «baxt», «ozodlik», «tenglik», «do‘stlik», «tinchlik» tushunchalari kabi insonning azaliy ezgu intilishlari timsolidir. Adolat haqidagi ilk tasavvurlar juda olis zamonlarga borib bog‘lanadi. Qadimgi davr muttafakkirlari uni universal qonun sifatida talqin etishgan. Yunon faylasufi Aflotun adolat muammosini tizimli tarzda o‘rganib chiqishga harakat qilgan. Uning ijtimoiy-siyosiy konsepsiyasida adolat «hukmronlik» va «imtiyoz» tushunchalariga yaqin kategoriya sifatida sharhlangan. Faylasufning fikricha, har bir tabaqa ichida tenglik bo‘lmog‘i, tabaqalar o‘rtasida tenglik hukm surmog‘i adolatdandir. Arastu bu g‘oyalarni rivojlantirib, «tenglashtirish» va «taqsimlash adolati» tushunchalarini qo‘llagan. Farobiy adolatni ijtimoiy iyerarxiya va tartibning mavjud bo‘lishi uchun poydevor yaratuvchi huquqiy kategoriya deb ta’riflagan. XVIII asrga kelib adolat ijtimoiy tenglik bilan bog‘liq holda kun tartibiga qo‘yila boshlandi. Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida adolat jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni ifoda etuvchi kategoriya sifatida ta’riflanmoqda. Adolat jamiyatda oltita asosiy vazifani bajaradi: 1. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni maqsadga muvofiq tashkil etadi. 2. Turli ijtimoiy guruh va sinflar manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlaydi, ular orasidagi muvozanatni saqlab turadi. 3. Jamiyatdagi mulkchilik munosabatlarini, ishlab chiqarish faolligini oshiradi. 4. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalovchi vosita sifatida xizmat qiladi. 258 5. Voqelikda keng ildiz otgan, lekin ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan munosabatlarni bartaraf etishga da’vat qiladi. 6. Odamlarda kelajakka ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi. Adolat tamoyili adolat, odillik, xolislik asosida masalaga qonun ustuvorligi nuqtayi nazaridan xolis yondashish, haqiqatni bosh mezon deb bilish, shu yo‘lda beminnat xizmat qilish. Adolat tamoyiliga amal qilib, mamlakatimizda inson, uning huquq va manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bu o‘zgarishlar yurtimizda ijtimoiy adolat va demokratiya tamoyillarini chuqur qaror toptirish bilan uzviy va chambarchas bog‘liq. Adolat tamoyili alohida inson xatti-harakatidan tortib mamlakatdagi ijtimoiysiyosiy institutlargacha bo‘lgan keng miqyosdagi munosabatlar tizimiga bir xilda yondashishni taqozo etadigan noyob ijtimoiy hodisadir. U ba’zan qarama-qarshi va ziddiyatli holatlarga sabab bo‘ladi, lekin oxir-oqibatda haqiqatni yuzaga chiqaradi. Adolat tamoyili real ijtimoiy mexanizmga ega. Avvalo, barqarorlik va ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashning eng muhim omilidir. Adolat tamoyili jamiyatning o‘ziga xos «asab tolasi» bo‘lib, odamlarning ijtimoiy kayfiyatini yaqqol ifoda etadi. Ayni paytda u jamiyatdagi ezgu niyatli kuchlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradigan ta’sirchan va samarali qadriyatdir. Jamiyatimiz o‘zining ijtimoiy adolat konsepsiyasiga ega bo‘lib, bunda xalqimizga azaldan xos bo‘lib kelgan adolatga ishonch va ehtirom tuyg‘usi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiyotda adolat tamoyilining asosiy qoidasi - hissa va ulush mutanosibligi manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash masalasi bo‘lib, bunda demokratik tamoyillar muvozanatga soluvchi vosita rolini bajaradi. Adolat tamoyilining ratsional ahamiyatini oshirish uchun aniq me’yorlar, o‘lchovlar talab etiladi. Hissa va ulush birligi demokratik me’yorlarga ham mos keladiki, bu iqtisodiyotda - mehnat va ish haqi; siyosatda - boshqaruvdagi ishtirok va burch; huquqda - erkinlik va zarurat, huquq va burch, jinoyat va jazo, sotsial sohada - insonning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi, ijtimoiy maqomining real mehnat natijalari, qobiliyat va salohiyatiga qanchalik mos ekanida namoyon bo‘ladi. 259 Adolatning boshqa tamoyillari ham demokratik mazmunga ega. Ular jamiyatning barcha a’zolari uchun umumiy va bir xilda tatbiq qilinishi mumkin. Quyida adolat tushunchasini umumiy tarzda tasniflab o‘tamiz: 1) talab va taklif qoidasi; 2) teng imkoniyatlar qoidasi; 3) ehtiyoj qoidasi; 4) ijtimoiy kafolat qoidasi; 5) xizmat ko‘rsatish qoidasi; 6) mutanosiblik qoidasi; 7) ekvivalentlik qoidasi; 8) rag‘batlantirish qoidasi; 9) kasbiy layoqatlilik qoidasi; 10) ijtimoiy foydalilik qoidasi. Mazkur qoidalar bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha demokratik jamiyatlarda keng qaror topgan. Bu qoidalar hayotga qanchalik keng joriy etilsa, fuqarolik jamiyati poydevori shunchalik mustahkam bo‘ladi. Ayni paytda mutaxassislar bu qoidalarni to‘ldiruvchi boshqa prinsiplar haqida ham fikr yuritadi. Amerikalik sotsiologlar R.Xyusman va D.Xetfild «adolat omili» tushunchasini asoslab, uni amalga oshirishdagi qo‘l keladigan qoidalarni ilgari suradi. Bular quyidagilar: 1) inson o‘zgalar bilan munosabatini o‘zining jamiyat ishiga qo‘shgan hissasi va shuning evaziga oladigan ulushini taqqoslash orqali baholaydi; 2) hissa va ulushning o‘zaro mos kelmasligi norozilikka sabab bo‘ladi; 3) inson o‘ziga tegayotgan ulushdan qoniqmasa, o‘zicha adolatni tiklashga harakat qiladi. Xullas, ijtimoiy adolatning mazkur qoidalari jamiyatning barcha a’zolari uchun umumiyligi va bir xilda tatbiq qilinishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, bu qoidalar ijtimoiy uyg‘unlikning zaruriy asosi hisoblanadi. Garchi adolat nisbiy tushuncha bo‘lib, barcha uchun bir xilda mavjud bo‘lmasada, demokratik jamiyatda uni amalga oshirishning qat’iy qoidalari, me’yorlari ta’minlanadi. Mamlakatimizda taraqqiyot 260 tadrijiy va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilayotgani yurtdoshlarimiz manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bunday sharoitda adolat tamoyilining o‘zi jamiyat hayoti uchun muhim ma’naviy-huquqiy me’yorga aylanadi. Prezident Islom Karimovning «Odamlar hamma narsani kechirishi mumkin, ammo adolatsizlikni kechirmaydi» degan fikrlari asosida yurtimizda har qaysi insonning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Shafqat kishining o‘ziga aloqador odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik ko‘rsatishini anglatuvchi tushuncha. Shafqat o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan yuksak ma’naviy fazilatlardan bo‘lib, o‘zgalarning dardini anglash, muhtoj odamlarga ko‘mak va muruvvat ko‘rsatish, ularning inson ekanini yodda tutgan holda yordam, rahmdillik ko‘rsatish, himmat qilishni bildiradi. Odamlarning o‘zaro kundalik ijtimoiy munosabatlarida namoyon bo‘ladigan fazilatlarini, jamiyatdagi ong va axloqning yuksakligini belgilovchi insoniylik tamoyillaridan bo‘lgan bu xislatni jamiyat va kishilar faoliyatining barcha jabhalarida kuzatish mumkin. Shafqat hissi - shafqatga muhtoj kishi o‘rniga xayolan o‘zini qo‘yib, fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o‘zga inson iztiroblarini yengillatishga qaratilgan ma’naviy-axloqiy hodisa. G‘azab insondagi yomon xislat bo‘lsa, shafqat insoniylik belgilaridan biridir. Masalan, beva-bechoralar, iqtisodiy nochor oilalar ahvolidan boxabar bo‘lib turish, kichik yoshdagilarga izzathurmat, keksalarga muruvvat ko‘rsatish, gunoh yoki ayb ish qilib qo‘ygan kishilarning aybidan o‘tish, yordamga muhtoj kishilarga himmat qo‘lini cho‘zish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan muruvvat va shafqatpeshalik fazilatlari hisoblanadi. Qur’oni Karim va Hadisi sharifda hatto urushda mag‘lub bo‘lgan, asir bo‘lib tushgan dushmanlarga, g‘ayridinlarga ham muruvvat, shafqat ko‘rsatishga da’vat qilinadi. Mo‘tabar dinimizda tilga olingan bunday bag‘rikenglik (tolerantlik) bugungi kunga kelib, dunyoning turli xalqlari turmush tarziga, tafakkuriga singdirilmoqda. Uning aksi bo‘lgan salbiy xususiyatlar qatorida qahr-g‘azab, nafrat, johillik, adolatsizlik, befarqlik, loqaydlik kabi qusur va nuqsonlarni ko‘rsatish mumkin. Shafqat oldingizda javobgar, jazoga 261 loyiq odamni, uning insoniy huquqi va tabiatini hisobga olib, kechirishdir. Shafqat universal tabiatga ega bo‘lib, u nafaqat insonning insonga, balki hayvonga bo‘lgan munosabatida ham namoyon bo‘ladi, zero, hayvonga shafqatsizlik qilgan odam insonga ham shafqat qilmaydi. Bugungi kunda «shafqat» tushunchasini inson hayotining oliy qadriyati deb e’tirof etish, uning yashashga bo‘lgan huquqini himoya ostiga olish nuqtayi nazaridan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Diniy aqidaparastlik, ekstremistik g‘oyalar va mafkuraviy kurashlar shafqatsizlikka asoslanganini hisobga olsak, «shafqat» tushunchasining ahamiyati yanada ortib borayotganini, uning XXI asr jamiyati uchun eng muhim ma’naviy-axloqiy hodisaga aylanganini ko‘rish mumkin.


Download 50,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish