O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limvazirligi


Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda



Download 56,78 Kb.
bet14/15
Sana31.12.2021
Hajmi56,78 Kb.
#215229
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Abdumajidov Xasanboy

Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning miqdoriy o’lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi.

Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy modellar – bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro’y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o’z o’rniga ega bo’ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar.

– Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o’lchamlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.

– Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o’zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarini xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va hokazo. Iqtisodiyot nazariyasi fanining negizida ikki narsa yotadi: jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini cheksizligi va shu ehtiyojlarni to’laroq qondirish muammosi.

Er yuzida aholi bugunga kelib 6 millard kishidan oshdi. Erdagi tabiiy boyliklar, ekin maydonlari, o’rmonlar, qazilma boyliklar, chuchuk suv, o’simlik, hayvonot dunyosi miqdori cheklangan. Ular borgan sari kamayib borayapti. Sarf etilgan er osti boyliklarini umuman tiklab bo’lmaydi.

Ma’lumki, ehtiyojlarni qondirishning yagona yo’li ishlab chiqarish. Buning uchun esa turli-tuman resurslar kerak.

Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat (mamlakat, ayrim korxona va oila) ixtiyorida mavjud bo’lgan va tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda hamda iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan tabiiy, moddiy va inson resurslari tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, er osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, va boshqalar) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslar tarkibida uning to’rtta turi ajratiladi.


  • Kapital – inson tomonidan vujudga keltirilgan barcha ishlab chiqarish vositalari (binolar, inshootlar, mashina va mexanizmlar, asbob va uskunalar, xom ashyo, materiallar va h.k.).

  • Er – ishlab chiqarishga jalb qilingan barcha erlar va boshqa barcha shartli resurslar.

  • Ishchi kuchi (mehnat) – insonda mavjud bo’lgan jismoniy va aqliy qobiliyatlar. Ishchi kuchining sarflanishi mehnat jarayonini tashkil qiladi.

  • Tadbirkorlik layoqati – ayrim kishilarga xos bo’lgan, iqtisodiy faoliyat sohalaridagi noyob xislat.

Iqtisodiy resurslarning barcha turiga xos bo’lgan xususiyat, ular nisbatan cheklangan yoki kamyobdir. Resurslar cheklanganligi iste’mol bilan birga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmini ham cheklab qo’yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o’z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo’lganlarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga ustunlik beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi.

Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning asosi bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Shu bilan birga, bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi hamda ularning ishlab chiqarishga jalb qilinishi imkoniyatlar chegarasining kengayishiga olib keladi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, iqtisodiy faoliyatga jalb etish imkonini beradi. Bunga erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan, quyosh energiyasidan foydalanish va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma’lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o’z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo’lmaydi. Masalan, har qanday yaxshi natijaga erishish uchun harakat qilingan taqdirda ham 1 tonna rudadan - 1 tonna metall olib bo’lmaydi. Insonlarning ham, mashinalarining ham unumdorligi o’z chegarasiga ega. Mavjud resurslardan ma’lum miqdor va turdagina mahsulotlarni ishlab chikarish mumkin.



Zarur resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklanishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish imkoniyati nima?


Download 56,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish