O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus


BOB Arıstotelnıng ta’limoti va notiqligi



Download 0,75 Mb.
bet4/10
Sana11.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#654006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aristotel haoti va ijodi

2 BOB Arıstotelnıng ta’limoti va notiqligi
2.1 Notiqlik san’ati haqida Aristotelning falsafiy qarashlari

Aristotelning «Ritorika»si uch kitobdan tashkil topgan. Asaming


birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish
uslublari haqidagi fikr va mulohazalardan iborat bo‘Isa, uchinchi
kitobida nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi. Olimning
fikricha, notiq tilidagi turli «qorishmalar», ya’ni so‘zlarning noto‘gri
va noto'rin talaffuz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi
so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy
fikmi ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan
darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan
so'zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez
yetishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari,
Aristotel notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni
hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan
foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metofaralami qo‘llasa,
nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar
ko'payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi.
Arsitotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi:
Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash).
Materialni joylashtirish shakli (rejasi).
Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish).
Materialni socz yordamida to‘g‘ri aks ettirish.
Materialni to‘g‘ri talaffuz etish.
Aristotelning fikrlari hozirgi kunda ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.
Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, so‘z va nutqdan foydalanish, uning imkoniyatlari doirasida fikr yetkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Zamon rivoji, insonlar dunyoqarashi jadal rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar davrida notiqlikning o‘rni beqiyos. Jahon miqyosida xalq qalbi va ongi uchun keskin va shafqatsiz kurash ketayotgan bir paytda bu jarayonga qarshi chuqur bilim va ma’rifat bilan javob bera olish, voizlik mahorati orqali fikr yetkazish sanʼatini egallashni davrning oʻzi talab qilib turibdi. Barcha jabhada butun jamoani oldinga boshlash, vatanparvarlik hissini uyg‘otish va insondagi ayrim illatlarni yoʻqotishda notiqlikning samarasi bebahodir.
Keling, bu safargi mavzumiz notiqning oldiga qoʻyiladigan vazifalar haqida boʻlsin.Maʼlumki, notiqlik sanʼati miloddan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonda shakllangan. Aristotel, Demosfen, Sitseron kabi ijodkor notiqlarning nomi jahonga mashhur boʻlgan. Ular ritorika yaʼni notiqlik sanʼatini yuksak choʻqqilarga olib chiqqishgan.Aristotel nutqda aniqlik boʻlmasa, koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmasligini, notiqlik sanʼatining asosiy yutugʻi ham uning aniq va tushunarli boʻlishidadir deya izohlagan. Notiq tayyorlayotgan nutqini har tomonlama oʻrganib chiqqandan soʻnggina keng ommaga tatbiq etmogʻi lozim. Bu talablar hozirgacha oʻzining ahamiyatini yoʻqotgan emas. Aristotelning ushbu fikrlari hozirgi notiqlik maktabida nazariya sifatida qabul qilingan.Sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan Sitseron nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda, uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi.Sitseron matnning ravonligi, go‘zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, “har qanday notiqning asosiy maqsadi — tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat”. Shuning uchun ham yuqorida taʼkidlaganimizdek, Sitseron emotsional taʼsir koʻrsatishga koʻproq diqqatini qaratgan.Hozirgi davrga kelib ham ushbu sohani oʻrganilishida muhim qadamlar qoʻyilmoqda. Deyl Karnegi, Erik Toms, Entoni Robbins kabilarni misol qilishimiz mumkin. Deyl Karnegining notiqlik toʻgʻrisidagi fikrlarida oʻziga boʻlgan ishonch yuqori baholaniladi. Sitseron ham oʻzining “Notiqlik sanʼati” kitobida “Oʻziga boʻlgan ishonchning mavjudligi ulkan boylikdir” deya eʼtiroflagan [4]. Notiq tinglovchilar huzurida oʻzini dadil sezishi uchun, goʻyo bu bosqichlarni allaqachon bosib oʻtganday his qilib, erkin tutsa oʻziga boʻlgan ishonch yanada mustahkamlanadi. Tinglovchi ham hech shak-shubhasiz notiqning gaplariga shubha bildirmay, diqqat bilan tinglaydi.Xulosa oʻrnida, biz ham notiqlik boʻyicha oʻz qarashlarimizni keltirib oʻtishni joiz, deb bildik. Avvalambor, nutq soʻzlovchi tayyorlayotgan nutq materialiga diqqatli boʻlishi kerak. Kirish, asosiy qism va xulosani toʻgʻri joylashtira olishi lozim. Tinglovchilarni zeriktirib qoʻymaslik uchun turli xil hikoya yoki latifalardan unumli foydalanib, jest(qoʻl harakati)larni ishga solsa foydadan holi boʻlmaydi nazarimizda. Aniqlik va loʻndalik esa notiqning asosiy va kundalik quroli boʻlmogʻi kerak.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish