Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Boshqaruv samaradorligining mohiyati va me’zonlari. Boshqaruv samaradorligi ko’rsatkichlari



Download 3,65 Mb.
bet159/278
Sana23.05.2022
Hajmi3,65 Mb.
#608127
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   278
Bog'liq
Menejment

Boshqaruv samaradorligining mohiyati va me’zonlari. Boshqaruv samaradorligi ko’rsatkichlari.


Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko’proq menejerlarning san’ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bog’liq. Biznesning murakkab dunyosida bunday o’zini o’zi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning ko’zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya’ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni o’zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi.


Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida so’z yotadi. Muvaf- faqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me’yorlar, iste’molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an’analar va h.k. ko’rinishidagi
huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar)ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy ko’rinishda quydagicha aks ettirish mumkin:
Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf Pht Pa yoki Pprim shartida max
bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxona uchun , yoki faqat jamiyat uchun samarali bo’ladi.
Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me’yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig’ma daromadlari va resurslari;
Dpo – soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy to’lovlar to’langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari;
Dpf – korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, o’rnatilmagan uskunalar, sug’urta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim – korxona tomonidan qo’llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya’ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, o’rnatilmagan uskunalar, sug’urta va tavakkalchilik fondlari);
Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. G’arbda ular o’zlarini o’stirgan mamlakatlaring faxri bo’ladilar, ularning menejerlari esa – eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir.
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ihtiyoriy to’lovlar to’langanidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo’shilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial to’lovlarni o’z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to’lovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yo’qotishlar va h.k.) ko’rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo’linadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag’lar, avans qilib berilgan yoki qo’llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi.
Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig’imining o’zlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yo’li bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko’rsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh bo’ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g’oyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda.
Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligini o’zgarishi – bu uning tijorat sirining o’zagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Etakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy bo’ladi. Shunga qaramasdan biznes bo’yicha g’arb adabiyotlarini ko’rib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va ko’proq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobatbardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajratish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsiallarga bo’linadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular etarlicha ko’p yoki nisbatan kam bo’lishi mumkin. Bu o’tkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bog’liqdir. Bizning minimum korxona salohiyati- ning iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya’ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi.
Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me’yoriy ko’rsatkichlar va korxona raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning maqsadlariga ko’ra bir nechta bo’lishlari mumkin. Ulardan eng muhimlarini ajratamiz. Bu jahon etakchisi (yetakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq miqdorlarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar); jahon standarti (ekspert yo’li bilan olingan me’yoriy ko’rsatkichning o’rtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon-mo’ljallar safiga kiritilganligini bildiradi ); xalq xo’jaligi etakchisi; xalq xo’jaligi standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin korxona raqobatbardosh bo’la olmaydi). Raqobatbardoshlikning har bir darajasiga aniq ko’rsatkichlar ko’rinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan ko’rsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli- balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval).
Ushbu matritsani aniq ko’rsatkichlar bilan to’ldirish oson ish emas. U korxonada malakali aqliy markazni mavjud bo’lishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qo’shish va o’zinikini saqlab qolish, hamda axborat manbalarini, shu jumladan xorijnikini qo’shimcha o’rganish va ulardan foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu “oltin yoqachalar”: maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining
sobiq a’zolari va boshqalarning oddiy ishi bo’lsa ham. Bunday ishsiz obro’li va o’zini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi. Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi eng yuqori – ekspert yo’li bilan olingan indikatorning darajasi 100% deb qabul qilinadi va shunga ko’ra 100 ball bo’ladi. Ushbu matritsa asosda raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar bo’yicha va ham, umuman, ularningg butun majmuasi bo’yicha balli hisoblanishlarini berish mumkin.



Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish