O‘zbekiston respublikasi oliy va va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Psixologik-pedagogik adabiyotlarda matematik



Download 1,51 Mb.
bet8/80
Sana12.07.2022
Hajmi1,51 Mb.
#779555
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Bog'liq
Матем мажмуа.2 (2)

Psixologik-pedagogik adabiyotlarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda va boshlang‘ich maktab yoshida elementar matematik tasavvurlarini taraqqiy ettirish muammolari ustida ilmiy ishlar olib borgan pedagoglardan Y.I. Tixeyeva bolalarni aqliy tomondan tarbiyalashda boshlang‘ich matematik tushunchalarga katta ahamiyat beradi. Y.I. Tixeyeva: “Bola bilimni hayotdan olishi kerak, hayotning o‘zi har qadamda bolaning oldiga amaliy vazifalarni qo‘yadi, ya’ni o‘lchash, sanash, ayirishlar. Har bir normal bola kattalarning yordamisiz 10 gacha sanashni bilib oladi”, deydi. U, ayniqsa, birinchi o‘nlik sonlarni bilib olishga katta ahamiyat beradi. U bolani sanashga o‘rgatishda majbur qilmaslik kerak, faqat unga ko‘rgazmali, didaktik material berish kerak, deydi. Maxsus material bilan birgalikda tabiiy materiallar, tashlandiq materiallar berish kerak, deydi. Y.I. Tixeeva birinchi bo‘lib matematik tasavvurlarga o‘rgatish dastursini tuzishga urinib ko‘radi. Son-sanoqqa o‘rgatishda o‘n ichida sanash, bir va ko‘p tushunchasidan boshlab raqamlar bilan tanishtirish, soat bilan tanishtirish, masalalar yechish, kasrlar bilan tanishtirish, kattalik va shakllar bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi. Tixeeva sanamasdan sonlarni bir ko‘rishda bilib olish metodini tavsiya etadi, ya’ni monografik metod asosida. 1915-yilda Y.I. Tixeyeva “Bog‘chada son-canoq” kitobini yozadi. F.N.Blixer ko‘p yillar bolalarda matematik tasavvurlarini o‘stirish masalalari ustida ishladi. U quyidagi kitoblarni yozdi: «Bolalar bog‘chasi va nulevoy guruhda matematika», «Didaktik o‘yinlar», «Birinchi sinfda qiziqarli o‘yinlar va mashqlar», 1932, 1934, 1938, 1945, 1958-yillardagi tarbiya dasturlarining matematikaga o‘rgatish bo‘limini ishlab chiqdi. F.N.Blixer bolalarni sanashga o‘rgatish kerak emas, sharoit yaratish kerak deydi. U maxsus mashg‘ulotlarni inkor etadi. Faqat tayyorlov guruhlardagina mashg‘ulot o‘tkazish kerak, deydi. U ko‘proq yakama-yakka, yo‘l-yo‘lakay o‘rgatishni ma’qullaydi. Bu bilan u Tixeeva va Shlegerlarning fikrini quvvatlaydi. Blixer didaktik o‘yinlarga katta ahamiyat beradi. U juda qiziqarli didaktik o‘yinlarni ishlab chiqqan bo‘lib, didaktik o‘yin bu o‘rgatishning eng asosiy metodi ekanligini ta’kidlaydi. “Didaktik o‘yinlar” kitobida tarbiyachilarning ish tajribalaridan foydalanadi, lekin ilmiy asoslanmaydi. Chunki, biz bilamizki, bolalarni faqat maxsus mashg‘ulotlardagina o‘rgatish mumkin. A.M. Leushina o‘zining butun hayotiy faoliyati davomida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga sanoqni o‘rgatish masalalari bo‘yicha ish olib bordi, Leushinaning pedagogik ishlari: Bolalarni bog‘chada sanashga o‘rgatishga tayyorlash temasi 1959-1961-yillardan boshlab bosilib chiqdi. «Bolalar bog‘chasida sanoq mashg‘uloti» 1963-yilda bosilib chiqdi. Juda ko‘p maqolalari «Doshkolnaya vospitaniya» jurnalida e’lon qilingan. Pedagogika institutlari uchun «Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish» kitobi bosilib chiqdi. Leushina tomonidan 1962-63-yillardagi dastur ham ishlab chiqarilgan. Leushina bolalarning elementar matematik tasavvurlarini o‘stirish bo‘limining muallifi hisoblanadi. Leushina o‘zining keyingi 20-30 yillik faoliyatida bolalarni sanoqqa o‘rgatish masalalari bo‘yicha ish olib bordi. U bolalarning matematik tasavvurlarni o‘stirish bo‘yicha ish olib borayotgan pedagoglar va shu kafedra olimlariga rahbarlik qildi. 80-90 yillarda O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalari elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi asoslari rivojlanishi bo‘yicha ko‘pgina pedagoglar ish olib bordilar. Jumladan, H.U. Bikbayeva 1973-yildan boshlab, rossiyalik pedagoglar, A.M. Leushina, A.A. Stolyar, L. S Metlinalarning ishlarini ko‘rib chiqib, ularning hammasi bizning O‘zbekiston bolalar bog‘chalariga to‘g‘ri kelmasligini isbotladi va yangi dastur yaratdi. Metodistlar X.I. Qosimova, Z.I Ibrohimovalar bilan birgalikda 1995-yili «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni, shakllantirish» mavzusida O‘rta va Oliy pedagogika bilim yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma tayyorlandi. N.U. Bikbayeva X.I. Qosimovalar tomonidan respublikadagi pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi bo‘yicha dastur tayyorlandi. Bolalar bog‘chalarining turli yosh guruhlari uchun qo‘llanma tayyorlangan.

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish