O‘zbekiston respublikasi oliy va va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Ilovalar: a) fan dasturi…………………………………………………



Download 1,51 Mb.
bet2/80
Sana12.07.2022
Hajmi1,51 Mb.
#779555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Матем мажмуа.2 (2)

Ilovalar:
a) fan dasturi…………………………………………………...
b) ishchi fan dasturi…………………………………………….
c) tarqatma materiallar…………………………………………
d) testlar ………………………………………………………...
e) baholash mezonlari…....……………………………………...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI


FANIDAN MA’RUZALAR MATNI



NAMANGAN

1-Mavzu;MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MATEMATIK RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI.
Reja;

  1. Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari faninining predmeti,maqsad va vazifalari.

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishing metodologik, psixofiziologik va psixologik-pedagogik asoslari.

  3. Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari faninining o‘qitish usullsri va vositalari.

  4. O‘quv faning fundamental fanlar bilan aloqasi


Tayanch so‘z va iboralar: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, ilmiy va uslubiy ta’minlanganlik, kasbiy tayyorgarlik, maktabgacha tarbiya, miqdor, son, narsalarning kattaliklari, geometrik figuralar, matematik bilim, ta’limiy faoliyatlar, matematik tushunchalarni shakllantirishning mexanizmi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari faninining predmeti,maqsad va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni va “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi» o‘quv predmeti bo‘yicha ta`lim texnologiyasi ma`ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitishning xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan ilg‘or pedogogik texnologiya qoidalari asosida ishlab chiqilgan.Fanni o‘qitish texnologiyasi quyidagi tartibda ishlab chiqilgan.
- Ma`ruza mashg`ulotlarini olib borishda ko‘proq ko‘rgazmali, muammoli,
information va tematik shakllarga e`tibor qaratilgan.
- Amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda muammoli savollarni guruhlarga bo‘lingan
holda muhokama qilish, individual tarzda ishlash, muammoli vaziyatni keys-stadi
usulidan foydalanib nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar
va bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan.
O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini topmoqda.
Davlatimizning iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlash uchun ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va ma`rifiy sohalarda tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yuqori sifatli kadrlar salohiyatiga
bog`liq. Shu bois, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jahon andozalari
darajasida kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish vazifasi qo`yildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va boshqa me`riy hujjatlar nafaqat milliy ta`lim taraqqiyoti, balki, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot kafolati sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta`limning sifati va uni tashkil etish usuli o`qituvchining mahoratiga,
talabaning xohish-istagiga, qobiliyati va bilim darajasiga bog`liq. Ta`limning
natijasi bilim bilan belgilanadi. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning
in`ikosi, inson miyasidagi mushohada va tasavvurlar natijasida hosil bo`ladigan
tushunchalar yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Xulosa qilib aytganda, ta`limning
sifati uni berishda ishtirok etadigan kishilar salohiyati va o`quv jarayonining
darajasiga bog`liq. O‘quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar-yuqori ilmiy pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o`qish, darslarni savol javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardanvamul’timedia qo`llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan,o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilishdan iborat bo‘lib, ushbu tadbirlar ta`lim ustivorligini ta`minlaydi. Bunda har bir fanning o`ziga xos xususiyatlari,maqsadva vazifalari, hamda spitsifikasiga asoslanish maqsadga muvofiq. Matematik tasavvurlani shakllantirish kursini o‘qitish yuqorida ta`kidlangan ta`lim texnologiyalariga, kontseptual yondoshuvlarga asoslanishi kerak.Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim berish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).
2. MTTda matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilsa, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi?
3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat, qobiliyatlarni egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining shakllanishi va garmonik rivojlanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalari: darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish kerak?).
5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish kerak?)
6. Ta’limiy faoliyat ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak? Ta’limiy faoliyatlar jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentlaridir.Matematika fani oldida turgan maqsadlar umumiy ta’lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlardan iboratdir. Amaliy maqsadlar qatoriga bolalarning nazariyani amaliyotga bog‘lay olishi, ularning to‘plam va son haqida; kattalik (miqdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘lishi, joy va vaqtni bilishi kabilar kiradi: bolalar olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin faoliyatida, maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda miqdor va son, buyumlarning katta ligi va shakli, geometrik figuralar haqidagi tushunchalarni shakllantirish uchun bir xil harakat usullarini har xil vaziyatlarda va turli ko‘rgazmali materiallar bilan ko‘p martalab aytib ko‘rsatish ularni bolalar o‘zlashtirishlariga imkon beradi. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish uchun bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini chuqur o‘zlashtirib olishi lozim.

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish