O‘zbekiston respublikasi oliy va va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari faninining o’qitish usullsri va vositala



Download 1,51 Mb.
bet4/80
Sana12.07.2022
Hajmi1,51 Mb.
#779555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Матем мажмуа.2 (2)

Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari faninining o’qitish usullsri va vositalari.
Matematik bilimlar inson hayotida har tomonlama ahamiyatga ega.Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo’lishi,bolalar tafakkurining analiz va sintez,mantiqiy fikrlash ,xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo’lishini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son va sanoq ,geometrik shakllar , vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang’ich bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda bog’lanishlari va ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar.
Ilk sodda matematik tasavvurlarni shakllantirish natijasida bolalarda:
-miqdor (kattalik) haqida tasavvurlar hosil qilinadi;
-son va sanoq haqida tasavvurlar hosil qilinadi;
-geometrik shakllar va predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlar shakllantiriladi ;
-fazoviy munosabatlarni tushunish va fazoda mo’ljal olish ko’nikmasi hosil qilinadi;
-vaqt haqida tasavvurlar shakllantiriladi;
-arifmetik masalalr echish haqida bilimlar berilib, birinchi va ikkinchi o’nlik ichida miqdoriy munosabatlar haqida tushunchalar hosil qilinadi.
MTTlarda mashg’ulot davomida bolalar bilimlarini kengaytirishga yo’naltirilgan quyidagi interfaol usullardan foydalanish mumkin; hikoya, tushuntirish, ko’rsatish, guruhlarda ishlash, juftlikda ishlash, galereyaga sayr, muammoli vaziyat, savol-javob, rag’batlantirish, amaliy ish, ijodkorlik, bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin,masala tuzish ,yechimni toppish,grafik diktant. Bu usullar mashg’ulotlarda almashinib kelgan holda qo’llanilgan.
Maktabgacha yoshda asosiy oddiy matematik qonuniyatlari haqida tushuncha. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan ota-onalarning ijtimoiy faoliyati uchun shart-sharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar MTT ish mazmuniga qo‘yilgan talablar ham o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichidagi o‘qishga tayyorlashdir. Bolalar MTT tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda maktablar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirilgan 12 yo‘nalishli yangi dasturlar ishlab chiqildi, sinovdan o‘tkazilib, joriy etishga kirishildi. MTTlarida bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi MTTda matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. MTT bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish uchun bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi» kursini chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur. Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy shakllarni (joylashishlarini); natural son, geometrik shakl, miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt, ammo ular real borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda bilimlar berish. Bu bilimlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak. Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona tilida xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o‘rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon etishda sergaplikka yo‘l qo‘yish mumkin emas, bunda har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir.
1. Bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o‘rgatish
(shu qatorda matematikadan ham).
2. Yosh bolalarga matematik bilim berish.
Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni boshqa oladigan bilimlariga qaraganda ko‘proq sabotlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o‘z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa, kuzatish, tajriba va fahmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon bo‘lishiga e’tibor bera bilishga odatlantirish kerak. Bolalarda matematik bilimlarga bo‘lgan qiziqish, matematik xarakterdagi masalalarni sabr-toqat va tirishqoqlik bilan yechish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Matematik ta’lim berish induktiv va deduktiv tafakkurning boshlang‘ich ko‘nikmalarini, aqliy operatsiyalarni, ya’ni tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga, idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va xayolni o‘stirishga katta yordam beradi.
Matematik bilim berishdan kuzatilgan amaliy maqsadlar qatoriga bolalarning nazariyani amaliyotga bog‘lay olishi, ya’ni olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishga qo‘llay bilishi, to‘plam va son haqida, kattalik (miqdor) larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik shakllar haqida boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘lishi, joy va vaqtni bilishi kiritiladi. Bolalarda olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin faoliyatida, maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishda tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak.




Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish