O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jalik vazirligi


Xalqaro savdo, global oziq-ovqat xavfsizligi va jaxon oziq-ovqat tashkilotlari



Download 383 Kb.
bet18/20
Sana09.03.2023
Hajmi383 Kb.
#917277
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi fan sillabusi. AIF-19

Xalqaro savdo, global oziq-ovqat xavfsizligi va jaxon oziq-ovqat tashkilotlari
Global oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. Oziq-ovqat xavfsizligi va uning sifati. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mintakaviy xalkaro savdo tusiklarini bartaraf etish yullari. Global oziq-ovqat xavfsizligi muammolari va ularni bartaraf etish Xalkaro savdo va Jahon oziq-ovqat tashkilotlari hakida tushuncha. Jahon oziq-ovqat bozorining rivojlanish tendensiyalari. Jahon oziq-ovqat tashkilotlarining maqsad va vazifalari. Jahon oziq-ovqat inkirozi okibatlarini bartaraf etishda xalkaro oziq-ovqat tashkilotlarining roli. Qishloq xo’jaliklari mahsulotlarini ishlab chikarishda mintakaviy va davlatlararo ittifoklar va kelishuvlar. BMT ning oziq-ovqat va Qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) urtasidagi bitim. Xalkaro savdo tashkiloti va uning oziq-ovqat savdosidagi o’rni.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. «Aqliy xujum», «Zigzag» usullari orqali olib boriladi.
Adabiyotlar:A1;A2;A3;Q1;Q2;Q3;Internet saytlari.


Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Talabalar mustaqil ta’lim mavzularini namoyish lavhasi (prezentatsiya) orqali ham himoya qiladilar. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
«Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfszligi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 22 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
Mustaqil ta’lim ishlarini talabalar quyidagicha rasmiylashtirishlari va ularni o’qituvchiga topshirishlari mumkin:
1.Og’zaki shaklda.
2. Referat shaklida (A4 formatli qog’azda yoki umumiy daftarda).
3.Kompyuterda bajarilgan referatning internet axborot resurslaridan foydalanilgan holda izlab topilgan materiallarini elektron versiyasi.
4.Talabaning mustaqil ta’lim bo’yicha o’zlashtirish darajasi suhbat o’tkazish yoki test sinovi orqali aniqlanadi va reyting tizimida baholanadi.
5. Prezentatsiya shaklida.
Agrobiznes va investitsion faoliyat” ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabari uchun “Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfszligi” fanidan mustaqil ta’limning mazmuni va hajmi

  1. Agrar siyosatning mohiyati, maqsadi va ustunliklari.

  2. Oziq-ovqat mahsulotlari bozorini davlat tomonidan boshqarilishi.

  3. Oziq-ovqat xavfsizligi - agrar siyosatning ustuvor yo’nalishi.

  4. Agrar siyosatni boshqarish vosita va dastaklari

  5. O’zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi xolati.

  6. Uzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi muammolari

  7. Qishloq xo’jaligining rivojlanishi va oziq-ovqat xavfsizligi

  8. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minotining zamonaviy dastaklari

  9. O’zbekistonda agrar islohotlar: asosiy yo’nalishlari va ustunliklari

  10. O’zbekiston Respublikasida oziq-ovqat bozorini davlat tomonidan boshqarilishi va narx siyosati.

  11. O’zbekiston agrooziq-ovqat mahsulotlari sohasida eksport-import operatsiyalarining boshqaruvi

  12. Zamonaviy sharoitda O’zbekistonda qishloq xo’jaligi resurslar bozorini tartibga solish

  13. Agrosanoat majmuasida innovatsiyalar

  14. Oziq-ovqat xavfsizligida investitsion ta’minot

  15. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar agrar siyosatining ustunliklari.

  16. Aholini turli tabaqa va ijtimoiy guruhlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlaridagi muammolar

  17. AQShning agrar siyosati: maqsad va dastaklari

  18. Yevropa" Ittifoqi mamlakatlarining agrar siyosati: maqsad va dastaklari

  19. Norvegiya, Shveysariya, Yaponiya mamlakatlarining agrar siyosati: maqsad va dastaklari

  20. Avstraliya va Yangi Zelandiya mamlakatlarining agrar siyosati: maqsad va dastaklari

  21. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda O’zbekistonda ASM tarmoqlari korxonalarini moliyaviy sog’lomlashtirish muammolari

  22. ASMda axborot-maslahat markazlari xizmatlari rivojlanishi - agrar siyosatning asosiy dastaklaridan biridir.



Talabalar mustaqil ishni tayyorlashda ushbu fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi va joriy nazorat sifatida baholanadi.
-Mavzu bo’yicha konspekt (referat va taqdimot) – nazariy materiallarni puxta o’zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o’quv materialiga asosiy diqqatni ko’proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;
-Fan bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash-mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar bo’yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha o’quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadi. Bunda rus va xorijiy adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi;
-Internet tarmog’idan foydalanish – fan mavzularini o’zlashtirish, kurs ishi, BMI yozishda mavzu bo’yicha internet manbalarini topish, ular ishlash nazorat turlarining barchasida qo’shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiriladi;
-Mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o’quv loyihalarini ishlab chiqish va unda ishtirok etish;
-Amaliyot turiga oid ma’lumotlar yig’ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish, hisobotlar tayyorlash;
Mustaqil ta’limni tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha amaliy topshiriq, keys stadilar yechish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.



Download 383 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish