O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet166/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Meva va sabzavotlarni saqlashga mo‘ljallangan sovutgichlar. Sovutgich – bu sun’iy sovutish qurilmasi bilan jihozlangan, hamda atrof muhitdan himoyalangan alohida xona. Ushbu xonalarda, tashqi harorat va namlik sharoitidan qat’iy nazar, meva va sabzavotlarni saqlash uchun optimal rejim yaratiladi, va shu tufayli mahsulotni saqlash muddati uzayadi, yo‘qotishlar miqdori kamayadi, sifati saqlab qolinadi. Lekin sovutgichlarni qurish va ishlatish oddiy omborlarga nisbatan sezilarli qimmatga tushishiga qaramasdan xarajatlarni tezda qo‘laydi, va shuning uchun hozirgi kunda meva va sabzavotlarni yirik sovutgichlarda saqlash tendensiyasi jadallik bilan rivojlanmoqda.
Sovutgichlarning bino va inshootlari quyidagi amortizatsiya muddatiga ega: qurilish qismi – 30 yil; sovutish qurilmalari va elektr jihozlari – 15 yil; mahsulotga tovar ishlov berish va yuklash – tushirish ishlarini mexanizatsiyalash uskunalari – 7...10 yil.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, hamda sovutgichlardan foydalanishning jahon tajribasidan kelib chiqib, yaqin kelajakda sovutgichlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha quyidagi tendensiyalarni belgilab olishimiz mumkin:

  • mavjud sovutgichlarning umumiy balansida o‘rta va kichik hajmli sovutgichlar ulushini oshirish;

  • etishtirilayotgan mahsulotni qisman qayta ishlashni hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bevosita ishlab chiqarish zonalarida sovutgichlarni qurish;

  • sovutgichlarni qurishda yuqori samarali issiqlik izolyasiyalash materiallaridan foydalangan holda, tez barpo etiladigan qurilish konstruksiyalaridan foydalanishga o‘tish.

Shu bilan birgalikda loyihanadigan sovutgichlar texnologik ‘arametrlarni ta’minlashi, o‘z navbatida loyihalash vazifasi esa buyurtmachining talabini hisobga olgan holda namunali loyihadan individual loyihaga o‘tishi kerak.
Odatda sovutgichlar hozirgi kunda bir qavatli er usti joylashtirilgan qilib loyihalanmoqda

(rasm).



Rasm. Bir qavatli er ustida quriladigan sovutgichlarning tashqi ko‘rinishi:

a – temir – betonli poydevorli sovutgich; b – metall ramali poydevorli sovutgich.

Hozirgi kunda bir qavatli tez barpo etiladigan sovutgichlar dunyoning eng ilg‘or texnologiyalari asosida metalli karkasdan va “sendvich” turidagi uch qavatli panellardan tiklanmoqda. “Sendvich” turidagi panellar (rasm) qalinligi 0,7...0,8 mm ruxlangan ikki qavat metall listlar orasiga ‘eno‘oliuretan [‘eno‘oliuretanning issiqlikni saqlash izolyasiyasi xususiyati: issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti – 0,022 Vt/(m·K); hajmiy zichligi – (50 ± 5) kg/m3 ] quyib tayyorlanadi. Bunday panellarning qalinligi sovutgichda qo‘llaniladigan harorat rejimlaridan kelib chiqib 75...250 mm ni tashkil etadi.


Metall karkaslarni yigpish va ularga sovutgich panellarini mahkamlashda boltli birikmalardan foydalaniladi. panellarni bir biriga biriktirishda panel konstruksiyasidagi ekssentrik qulflardan foydalaniladi. Sig‘imi 250 tonnagacha bo‘lgan sovutgichlar temir – betonli poydevor talab qilmaydigan metall ramali poydevor ustida tiklanishi mumkin.


Rasm. “Sendvich” panel sxemasi:

1 – ruxlangan metall list; 2 – ‘eno‘oliuretan; 3 – ekssentrik qulf.
HAVO MUHITI BOSHQARILADIGAN (RGS) SOVUTGICHLAR

So‘ngi paytlarda meva va sabzavotlarni tartibga solinadigan gaz muhitida (RGS) saqlash usuli keng qo‘llanilmoqda.
So‘ngi paytlarda meva va sabzavotlarni o‘zgartiriladigan gaz muhitida (RGS) saqlash usuli keng qo‘llanilmoqda.
Mevalarni o‘zgartirilgan gaz muhitida saqlash usuli nisbatan past haroratlarda (0...4°S), kislorod miqdori kam va karbonad angidridga boy bo‘lgan muhitda saqlashga asoslangan. Masalan olmaning ko‘pgina navlarini saqlash uchun optimal gaz muhiti: O2 – 2...3 %, CO2 – 2...5 %, N2 92...94 % hisoblanadi. Boshqa meva va sabzavotlar uchun gaz muhiti tarkibi mahsulot turi va navidan kelib chiqib boshqacha bo‘lishi mumkin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki RGSdan foydalanish meva va sabzavotlarni saqlash muddatini sezilarli darajada uzaytirishi bilan, sifatini sezilarli darajada pasaytirmasdan massa miqdorida yo‘qotishlarni kamaytiradi. Mahsulotlarni RGS da saqlashda yangi qurilish konstruksiyalaridan foydalanish ushbu usulini rivojlanishiga yordam beradi. Meva va sabzavotlarni RGS da saqlashning muvaffaqiyati mahsulotning yig‘im – terimdan keyingi etilish jarayonini boshqarishga asoslangan bo‘lib, bunday saqlash usulida to‘qimalarning qarishi va nobud bo‘lishi sekinlashib, ularning ba’zi fiziologik kasalliklarga chalinishi va massa yo‘qotilishi kamayadi.
Sovutish kameralari yoki plyonkaga qadoqlangan mahsulotning gaz muhiti tarkibini turli usullar bilan o‘zgartirish mumkin bo‘lib, ularni asosan ikki guruhga ajratib o‘rganamiz: ichki generatsiyadan foydalanib (mahsulotning o‘zini nafas olishidan foydalanib); tashqi generatsiyadan foydalanib (maxsus agregat va moslamalar yordamida gazli muhitni hosil qilish).
Birinchi holatda gaz muhitining kerakli tarkibi darhol yuzaga kelmaydi, balki meva va sabzavotlarning nafas olish jadalligiga bog‘liq bo‘lib, bunga taxmininan saqlashga qo‘yilganidan 15...30 kundan keyin erishiladi.
Ikkinchi holatda zarur gaz muhitiga tez va qisqa muddatda erishish mumkin. Ammo bu usul ancha murakkab va qimmat. Zarur gaz muhitini yaratish uchun saqlash kamerasi yoki mahsulot qadoqlangan germetik idishga zarur gazli aralashma yoki ularning komponentlarini (CO2, N2) kiritish bilan erishiladi.
Hozirgi kunda har bir turdagi mahsulot uchun maqbul rejim talablariga muvofiq, mahsulot saqlanadigan havoning gazsimon tarkibini o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi ko‘plab texnik echimlar ma’lum. Ushbu usullarning aksariyati tashqi va ichki generatsiyani birlashtiradi, ayniqsa, o‘simlikga oid mahsulotni saqlashda uning nafas olishini istisno qilish deyarli mumkin emas, shuning uchun tashqi generatsiyadan foydalanishda ichki generatsiyani ham hisobga olish kerak.



Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish