O’zbekiston Respublikasi Qonuni Pedagog xodimning maqomi to’g’risida ql-1037/20-3 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Pedagog xodim maqomining huquqiy asoslari



Download 27,78 Kb.
bet3/13
Sana23.07.2022
Hajmi27,78 Kb.
#841053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
qarorlar

2-bob. Pedagog xodim maqomining huquqiy asoslari
7-modda. Pedagog xodim maqomiga ega bo’lish va uni yo’qotish
Pedagog kadr u bilan ta’lim tashkiloti o’rtasida mehnat shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab pedagog xodim maqomiga ega bo’ladi va mehnat shartnomasi bekor qilinganda ushbu maqomni yo’qotadi.
Quyidagi shaxslar uzluksiz ta’lim tizimida (maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi bundan mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin emas:

  • sud tomonidan muayyan muddatga pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxslar;

  • muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

  • qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;

  • pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to’sqinlik qiladigan kasalliklari bo’lgan shaxslar;

  • tegishli ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lmagan shaxslar.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
8-modda. Pedagogik faoliyatga oid lavozimlar
Uzluksiz ta’lim tizimida quyidagi lavozimda mehnat faoliyatini olib borayotgan shaxslar pedagog xodim maqomiga ega bo’ladilar:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiyada – tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi (enaga), psixolog, logoped-o’qituvchi, o’qituvchi-defektolog, til o’qituvchisi, musiqa rahbari, musiqa xodimi, xoreograf, jismoniy tarbiya yo’riqchisi, metodist, defektolog, logoped, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari;

  • umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limda – o’qituvchi, ta’lim tashkiloti rahbari va uning o’rinbosarlari, psixolog, tarbiyachi, yetakchi, to’garak rahbari, metodist, uslubchi, mutaxassislar, bo’lim boshliqlari, sho»ba mudirlari, xarbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbari;

  • professional ta’limda – o’qituvchi (katta, yetakchi, bosh), oliy ma’lumotli o’qituvchi, o’rta maxsus ma’lumotli o’qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi, kafedra mudiri, harbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tarbiya rahbari, psixolog, uslubchi, bo’lim boshlig’i, katta usta, professional ta’lim tashkiloti rahbari va uning o’rinbosarlari;

  • oliy ta’limda – professor, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi, assistent, kafedra mudiri, fakul`tet dekani va uning o’rinbosarlari, o’quv, ilmiy va ma’naviyat bo’limi rahbari va uning o’rinbosarlari, bo’lim uslubchilari, tarbiyachi-pedagoglar, oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) va prorektorlari (filial direktori o’rinbosarlari);

  • oliy ta’limdan keyingi ta’limda – dissertantlarning ilmiy rahbarlari va maslahatchilari (murabbiylari);

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarida – professor, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi, kafedra mudiri, fakul`tet dekani va uning o’rinbosarlari, o’quv, ilmiy va ma’naviyat bo’limi rahbari va uning o’rinbosarlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasasi rahbari va uning o’rinbosarlari;

  • maktabdan tashqari ta’limda – o’qituvchi, murabbiy, trener murabbiy, trener-o’qituvchi, o’qituvchi-defektolog, t`yutor, metodist, to’garak rahbari, tarbiyachi, maktabdan tashqari ta’lim muassasasi rahbari va uning o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari va sho»ba mudirlari, uslubchi, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchisi, mutaxassislar, tashkilotchilar, ekskursovod.

Qonun hujjatlarida uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilgan yangi lavozimlar pedagog xodim maqomiga egaligi qayd etilishi mumkin.
Pedagog xodim maqomiga ega shaxslarga ko’krak nishoni va guvohnoma beriladi. Pedagog xodim maqomi yo’qotilganda ko’krak nishoni va guvohnoma ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga qaytarilishi lozim.
Pedagog xodimning ko’krak nishoni va guvohnomasini berish tartibi va uning namunaviy shakli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 27,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish