O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi samarqand davlat tibbiyot universiteti mustaqil ish



Download 39,64 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2022
Hajmi39,64 Kb.
#466196
1   2
Bog'liq
mustaqil ish

Ginekologik sepsis jinsiy a’zolar faoliyatidagi ayrim o‘zgarishlar yoki kasalliklar (masalan, noqulay sharoitda qilingan abort, tug‘ruqning og‘ir o‘tishi, yiringli endometrit, salpingit)dan so‘ng ro‘y beradi.
Kriptogen sepsis ko‘pincha autoinfeksiyalar tufayli ma’lum sharoitda vujudga keladi, ya’ni infeksiyalar bodomcha bezlarida, tish granulomalarida, kengaygan bronxlarda, ichaklarda, taloqda o‘rnashgan bo‘lishi mumkin.
Tonzillogen sepsis ko‘pincha bodomcha bezlarning yiring boylashi va nekrozli yallig‘lanishi (angina) natijasida paydo bo‘ladi.
Rinogen sepsis burun va uning yondosh bo‘shliqlaridagi yiringli kasalliklar asoratidir.
Urosepsis siydik-tanosil a’zolariga infeksiya tushishi, ularning zararlanishi hamda bu a’zolardagi yiringli jarayonlar oqibatida vujudga keladi.
Jarrohlik sepsisi turli jarrohlik kasalliklari (ayniqsa, yiringli peretonitplevrit, appenditsit, o‘pka absessi hamda kuyish jarohati) asorati sifatida uchraydi.
Bulardan tashqari, sepsis jarayoni yangi tug‘ilgan go‘daklarda ham kuzatiladi.
Chaqaloqlar sepsisi (neonatal sepsis) bakteriyalarning infeksiya o‘chog‘idan qonga tushishi bilan kechadigan umumiy infeksion kasallikdir. Chaqaloq organizmiga infeksiya antenatal (tug‘ruqqacha), intranatal (tug‘ruq paytida) va postnatal (tug‘ruqdan keyin) davrlarda o‘tishi mumkin. Ayniqsa, chala tug‘ilgan go‘daklarda sepsis juda tez rivojlanadi.
Go‘daklarda bu kasallikni turli patogen va shartli patogen mikroorganizmlar (masalan, stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, salmonella, ichak tayoqchasi) qo‘zg‘atadi. Shunindek, homilador ayol organizmida yallig‘lanish jarayonlari kechayotgan bo‘lsa, tug‘ruq paytida terisi shikastlanishi tufayli yiringli o‘choqlardagi infeksiya chaqaloqqa o‘tadi.
Chaqaloqlar sepsisi aksariyat hollarda bola tug‘ilishi vaqtida yoki tug‘ilgandan so‘ng yuz beradi. Ko‘pincha kindik yarasi mikroblar manbaiga aylanadi. Bunda kindik qoldig‘idan infeksiya kirishi natijasida sepsis yuzaga keladi. Ya’ni bola kindigi uy sharoitida kesilganda yoki kindikni toza bo‘lmagan ip va latta bilan bog‘laganda, unga kul sepganda sepsis osonlik bilan rivojlanadi. Bundan tashqari, sepsisni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar chaqaloq organizmiga shilliq qavatlar, nafas yo‘llari, oshqozon-ichak, teridagi jarohatlar va kindik tomirlari orqali kirishi mumkin.
Sepsisni davolash
Sepsisda etiologic davolash tadbirlarning ikki guruhi: yallig`lanish birlamchi va ikkilamchi bartaraf etishga qaratilgan mahalliy va umumiy davolash guruhlariga ajratiladi.
Mahalliy davolashga qyidagilar kiradi:

  1. O`z vaqtida va radikal jarrohlik yo`l bilan davolash . bunda nekrtik to`qimani olib tashlash , drenajlash vakum oqali yiringlarni olish jarohatni tez bitishini ta`minlash.

  2. Yallig`lanish o`chog`ini biologic va kimyoviy yo`l bilan dezinfeksiya qilish (antibiotiklar , sulfanilamidlar , antiseptiklar potoletik fermentlar bakteriofaglar0.

  3. Patologik o`choqni mikroblardan tozalash uchn fizioterapevtik muolajalar ( UFO , UVCH < geliy neon lazer) qo`llash.

  4. Patologik o`choq joylashgan joyni imobilizatsiya qilish.

Umumiy davolashga quyidagilar kiradi:


Antibiotikterapiyadan foydalanish. Antibiotikka qanchalik chidamliligini aniqlash . penitselin har 4-6 soatda kuniga 15-20 ming hatto 50 mln TB miqdorda seporin bir kunda 3-10 gr dan tayinlanadi. Surunkali sepsisda stafilokkli anatoksin va autovaksina bilan faol immunizatsiya qilinadi.
Organizm imunolobiologik reaktivligini oshirish.
To`qima gipoksiyasiyaini yo`qotishning eng qulay usuli giperbarik oksigenatsiyasi o`tkazish hisoblanadi mikrosirkulyatsiya yaxshilanadi.
Organism desensibilizatsiyalashda xuddi shunday sensibilizatsiyani keltirib chiqaruvchi biologic faol moddalarga qarshi kurashish dimedirol suprastin pipolfen shuningdek kalsiy glyukanat yoki xlorli kalsiy aspirin qo`laniladi.
Sepsisning o‘ta jiddiy jarayon ekanligini unutmasligimiz kerak. Bu jarayonda yiring qonga so‘riladi va organizmdagi barcha a’zo va hujayralarda o‘rnashib qoladi. Shundan so‘ng zarur a’zo va hujayralar yemirila boshlaydi, ularning faoliyati keskin buziladi. Ayniqsa, yurak-qon tomir, nafas, hazm a’zolari ishi izdan chiqadi va ularning yetishmovchiligi kuzatiladi.Sepsisga faqat kasalxona sharoitida davo qilinadi. Bunda konservativ (dori-darmon) va jarrohlik muolajalari qo‘llanadi. Organizmdagi yiringli o‘choqlar dori-darmonlar, fizioterapevtik muolajalar va yana bir necha xil murakkab davo usullari yordamida yo‘qotiladi. Konservativ davolash yordam bermagan hollarda jarrohlik muolajasi amalga oshiriladi.Ma’lumki, sepsis rivojlanganda bemor organizmida og‘ir turdagi zaharlanish (intoksikatsiya) ro‘y beradi, bu vaqtda ishtaha yo‘qoladi va organizm quvvatsizlanadi. Shuning uchun ham sepsisni davolash jarayonida bemorga yuqori kaloriyali, ya’ni servitamin ovqatlar berish zarur. Bundan tashqari, bemorlar tinch sharoitda bo‘lishlari, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishlari lozim. Ayniqsa, ularga yaxshi muomalada bo‘lish kasallikning tuzalishida muhim ahamiyatga ega.Maslahatimiz shuki, odam badanida paydo bo‘lgan har qanday yara-chaqalar va organizmida kechayotgan yallig‘lanishlarga beparvo qaramaslik kerak. Sepsisning oldini olish uchun quyidagi holatlarga e’tiborli bo‘ling:

  • ochiq jarohatlar yiringlashi;

  • yuzdagi husnbuzarlar uchi oqarishi;

  • chipqon chiqishi;

  • xasmol (qo‘l barmog‘i to‘qimlarining o‘tkir yiringli yallig‘lanishi) paydo bo‘lishi;

  • flegmona (teri osti yog‘ klechatkasining o‘tkir yiringli yallig‘lanishi) vujudga kelishi;

  • teridagi mayda shikastlar tuzalishi cho‘zilishi;

  • badanning biror joyi kuyishi

OITS-orttirilgan immun tanqisligi sindromi-viruslar qo’zg’atadigan va organizmda immunitet (himoya qobiliyati) ning keskin pasayib ketishi oqibatida turli kasalliklarning, ayniqsa xavfli o’sma (rak) larning rivojlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir.


Hozirgi vaqtda “asr” vabosi deb atalmish bu kasallik butun dunyo mamlakatlari bo’ylab, “yashin tezligida” keng quloch yozib tarqalib bormoqda va insoniyat boshiga katta xavf solmoqda. Kasllikka chalingan bemor albatta halokatga uchraydi. Chunki bu dardning na davosi na oldini olish choralari bor.


OITS hozir birlashgan millatlar tashkiloti va jahon sog’liqni saqlash tashkiloti nazoratida turgan asrning dolzarb va global muammosi hisoblanadi.
OITS kaslligiga 1981 yilda amerikalik olimlar tomonidan asos solingan.
1980-1981 yillarning qishida Amerika Qo’shma Shitati AQSH ning Nyu-york universitetiga gospiteliga 1972- yilda vengiryalik olim Morit Kaposhi tomonidan aniqlangan Kaposhi sarkomasi (teri raki) tashxisi bilan bir necha bemor yotqizilgan. Bizga malumki, bu kasallik badan terisida jigarrang- qizg’ish yoki ko’kimtir qizg’ish tugunchalarning paydo bo’lishi, ularning yaralarga aylanishi, va yaralar qurish qo’tir hosil qilib bitib ketishi bilan kechadigan kasallik bo’lib, ko’proq 60 yoshdan oshgan qariyalarda uchraydi. Bemorlarda kasallikka qarshi dori- darmonlar bilan davolash ishlari o’z vaqtida olib borilganda, ular batamom tuzalib ketadilar. Bundan tashqari Kaposhi sarkomasi AQSH va G’arbiy Yevropa davlatlarida juda kam uchraydi. Nyu -york universiteti gospiteliga tushgan bemorlarning yoshi esa 30 yoshlar atrofida bo’lib, aksariyati jinsiy buzuqliklar gomoseksualistlar- ( o’z jinsi bilan jinsiy aloqa qiluvchilar besoqolbozlar ) ekanligi aniqlandi. Ularda Kaposhi sarkomasi xavfli shaklga o’tib bir necha oy ichida xalokatga uchradilar.
1981-yilning bahorida Los-Anjelesdagi klinikalardan biriga o’pka to’qimasining yallig’lanishi bilan kechadigan pnevmosistali pnevmoniya (zotiljam) kasalligi tashxisi qo’yilgan bemorlar yotqizildi. Bemorlarni kuchli tasir etadigan antibiotiklar yordamida davolashga qaramasdan, ularning barchasi halok bo’ldi. Tekshirishlar natijasida bu bemorlarning gemoseksualistlar ekanligi aniqlandi. Olimlarni tashvishga solgani, bu bemorlarning organizmida immunitetning keskin pasayib ketganligi bo’ldi. 1981-yilning yozida AQSHda 116 ta shunday holat aniqlandi.
1983-yilda OITS G’arbiy Yevropa davlatlarida ham qayd qilindi. 1985-yilda dunyoning 40 ta davlatida OITS qayd qilingan bo’lib, 1987-yilda AQSHda 47 ming, Afrikada 8,5 ming, Yevropada 9 ming, Osiyoda 200dan ortiq kishi ro’yxatga olindi.
Ilmiy kuzatishlar natijasida OITS ning ko’pincha jinsiy buzuqlar, foxishalar, giyoxvandlarda va qon kasalliklari bor bemorlarda uchrashi aniqlandi.
Kasallikning to’satdan boshlanishi, tarqalishi, xatarli o’smalar, zotiljam, tanasul kaslliklari bilan bog’liklari, yashirin davrining uzoq davom etishi, davolashning samarasiz bo’lib, bemorlarning 100% halokatga uchrayotgani mutaxassis olimlarning hayratlantirdi va tashvishga soldi.
Hozirgi paytda OITS ning quyidagi yo’llari orqali yuqishi tasdiqlangan:
1. Jinsiy aloqa. Bunda kasallik jinsiy buzuqlar (gemoseksualistlar)-o’z jinsi bilan aloqa qiluvchilar, biseksualistlar – o’z jinsi va qarama-qarshi jins vakillari bilan aloqa qiluvchilar, fohishalar, fohishabozlar-qo’shmachilar, yengil tabiatli axloqi buzuqlar orqali yuqadi.
2. Parenteral yo’l (virus bilan zararlangan shpiris ignalar, jarrohlik asbob uskunalari, donor qoni va va qon preparatlari quyilganda qon orqali)
3. Transplasentlar (xomiladorlik vaqtida onadan xomilaga yo’ldosh orqali o’tishi), tug’ruq vaqtida va tug’ilgandan keyin ona suti orqali yuqish yo’li.
OITS aniqlangandan keyingi dastlabki yillarda kasallikning jinsiy aloqa yo’li
jinsiy buzuqlar, fohishalar va donor qoni orqali yuqish yo’llari ustunlik qilgan
bo’lsa hozirgi vaqtda parenteral usulning shpiris ignalar yordamida giyohvandlardan yuqish yo’li eng asosiy yo’llardan biri bo’lib qoldi.
OITS ning yuqishida havo tomchi, og’iz orqali, kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar choyshablar (bilvosita muloqot) orqali yuqish yo’llari hech qanday asosiy ahamiyatga ega emas. Demak kasallik bu yo’llar bilan yuqmaydi.
Xulosa qilib aytganda OITS ning yuqishida eng xavfli kasallik manbai bo’lib jinsiy buzuqlar, fohishalar, giyohvand (narkoman)lar, donorlar, qon kasalliklari (gemofiliya) bilan og’rigan bemorlar alohida ahamiyatga ega.
Bu guruhlarga mansub kishilar OITS kasalligini yuqtirishda va tarqatishda eng muhim xavfli manba bo’lib hisoblanadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Oripov, Karimov.-‘’Umumiy xiurgiya’’ 2008


2. Oxunov A. ‘’umumiy xirurgiya’’
3.’’Umumiy xirurgiya’’ Babadjanov 2000
4. mt.sammi.uz sayti
5. www.uz.m.wikipedia.org
Download 39,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish